Apteka.uz
SavatKirish

Kokarnit analoglari

Analoglarni taqqoslash
Taqqoslashga dori qo'shish

Kokarnit

Qo‘llash ko‘rsatmalari
  • Diabetik polinevropatiyani simptomatik davolash.
Nojo'ya ta'sirlar
  • Noxush nojo'ya reaktsiyalarning namoyon bo'lish tez-tezligi JSST tasnifiga muvofiq keltirilgan: juda tez-tez (1/10 dan ortiq); tez-tez (1/10 dan kam, lekin 1/100 dan ortiq); tez-tez emas (1/100 dan kam, lekin 1/1000 dan ortiq); kamdan-kam (1/1000 dan kam, lekin 1/10000 dan ortiq); juda kamdan-kam (1/10000 dan kam), shu jumladan alohida holatlar; tez-tezligi noma'lum.
  • Immun tizimi tomonidan: kamdan-kam hollarda - allergik reaktsiyalar (teri toshmasi, nafas olishning qiyinlashishi, anafilaktik shok, Kvinke shishi).
  • Asab tizimi tomonidan: juda kamdan-kam hollarda - bosh aylanishi, bosh og'rig'i, qo'zg'alish, ongning chalkashishi.
  • Yurak tomonidan: juda kamdan-kam hollarda — taxikardiya; ayrim hollarda bradikardiya, aritmiya; tez-tezligi noma'lum – yurak sohasida og'riqlar
  • Tomirlar tomonidan: tez-tezligi noma'lum - yuz va tananing yuqori qismi terisining qizarishi sanchish va achishish hissi bilan, «qizib ketishlar».
  • Oshqozon-ichak trakti tomonidan: juda kamdan-kam hollarda – qusish, diareya.
  • Teri va teri osti to'qimalari tomonidan: juda kamdan-kam hollarda - ko'p terlash, akne, qichishish, eshakemi.
  • Tayanch-harakat va biriktiruvchi to'qima tomonidan: juda kamdan-kam hollarda - tirishishlar.
  • Umumiy buzilishlar va yuborish joyidagi buzilishlar: juda kamdan-kam hollarda - preparat yuborilgan joyda ta'sirlanish, og'riq va achishish, holsizlik paydo bo'lishi mumkin.
  • Agar ko'rsatilgan noxush reaktsiyalarning birortasi kuchaysa yoki yo'riqnomada ko'rsatilmagan boshqa har qanday noxush reaktsiyalar paydo bo'lsa, bu haqda shifokorga xabar berish kerak.
  • Yaqqol noxush reaktsiyalar rivojlanganda preparat bekor qilinadi.
Batafsil

Retseptli

Kategoriya
Vitaminlar
Mavjud chiqarilish shakllari
  • Liofilizat
Bog‘liq kasalliklar uchun davolar
Diabetdan 
scroll-top

Biz portalimiz ishini takomillashtirish maqsadida cookie-fayllardan foydalanamiz. Ishni davom ettirar ekansiz, ulardan foydalanishga rozilik bildirgan bo‘lasiz. Batafsil