Ташкент
logo
SavatKirish

Kuriozin

Kuriozin chiqarish shakllari

KURIOZIN gel 15g
Retseptsiz
KURIOZIN gel 15g
Vengriya
Ishlab chiqaruvchi:
Gedeon Richter PLC
•85 ta dorixonada bor
Narxi
42 000 so'm dan
KURIOZIN eritma 10ml 0,205%
KURIOZIN eritma 10ml 0,205%
Vengriya
Ishlab chiqaruvchi:
Gedeon Rixter OAO
KURIOZIN gel 15g 0,103%
KURIOZIN gel 15g 0,103%
Vengriya
Ishlab chiqaruvchi:
Gedeon Rixter OAO
- Kuriozin qabul qilish bo'yicha ma'lumot
- Kuriozinning tarkibi
- Kuriozin ko'rsatmalar va qarshi ko'rsatmalar
- Kuriozin narxi Toshkent dorixonalarida

Kuriozin qo'llanmasi

Ishlab chiqarilish joyi
Vengriya
Kategoriya
Nimaga qarshi
Saytda e'lon qilingan ma'lumotlar mutaxassislar uchun mo'ljallangan. O'zingizni-o'zingiz davolash bilan shug'ullanmang. Sog'lig'ingizga zarar bermaslik uchun mutaxassis bilan maslahatlashishga ishonch hosil qiling!
Umumiy ma'lumot

DORI VOSITASINI TIBBIYOTDA QO‘LLASH BO‘YICHA

YO‘RIQNOMA

KURIOZIN® GEL

CURIOSIN®

Preparatning savdo nomi: KURIOZIN® (CURIOSIN®)

 

Xalqaro patentlanmagan nomi (XPN): rux gialuronati (zinc hyaluronate)

Chiqarilish shakli:  sirtga qo‘llash uchun gel

Tarkibi

1 g gel quyidagilarni saqlaydi:

Ta‘sir etuvchi moddalar: 1,027 mg rux gialuronati (1,00 mg natriy gialuronatga va 0,33 mg rux xlorid aralashmasidan tashkil topgan).

Yordamchi moddalar:

Kaliy sorbati, natriy gidroksidi, karbomerlar, in‘eksiya uchun suv.

 

Ta‘rifi

Rangsiz yoki deyarli rangsiz, deyarli hidsiz tiniq gel.

Farmakoterapevtik guruhi: Xusnbuzar toshmalarini davolash uchun sirtga qo‘llash uchun boshqa vositalar.

ATX kodi: D10AX

Farmakologik xususiyatlari

Farmakodinamikasi

Xusnbuzarlarni rivojlanishini ikki asosiy etiologik omillari (yog‘ bezlarinining to‘qimalarining proliferasiyasi va ularni chiqaruvchi yo‘llarining giperkeratozi) dan tashqari Propionibacterium acnes bakteriyasi ta‘siri ostida ishlab chiqariladigan biologik faol moddalar katta ahamiyatga egadir. Bunday o‘zgarishlar shikastlangan to‘qimalarda gialuron kislotasining miqdori pasaytiradi; gialuron kislotasiga bo‘lgan yuqori  ehtiyoj Kuriozin gelini mahalliy qo‘llash orqali korreksiyalanishi mumkin. Gialuron kislotasi – mukopolisaxarid turidagi tabiiy polimer bo‘lib, biriktiruvchi to‘qimaning xujayralararo matriksining muhim elementidir. Boshqa molekulalar va hujayralar bilan fizik-kimyoviy xususiyatlariga bog‘liq o‘zaro ta‘sirlari gialuron kislotasini ko‘pchilik biologik jarayonlarning zaruriy komponenti bo‘lishiga olib keladi. Gialuron kislotasi suv molekulalari bilan dispers matriks hosil qiladi va terining tonusi va elastikligini tutib turishga yordam beradi. Proteoglikanlarning boshqa molekulalari bilan bir qatorda gialuron kislotasi ham biriktiruvchi to‘qimaning hujayralararo moddasini barqarorlashtiradi. Preparat tarkibidagi rux P. acnes ning lipazasini faolligini bostiradi, shuningdek antibakterial ta‘sir ko‘rsatadi.

Gialuron kislotasi  suv molekulalari bilan dispersion matriks hosil qiladi va to‘qimaning nuqsonini to‘ldiradi, hujayralar uchun tabiiy tayanchi bo‘lib xizmat qiladi, granulositlar va makrofaglarning faolligini oshiradi, fibroblastlarning proliferasiyasini va angiogenezni kuchaytiradi. Rux gialuronati natriy tuziga nisbatan bakteriyalarning ko‘pchilik shtammlariga bakteriostatik ta‘sir ko‘rsatadi.

Farmakokinetikasi

Ekzogen gialuron kislotasining farmakokinetikasi to‘g‘risida ma‘lumotlar yetarli emas. Adabiyotlardagi ma‘lumotlariga ko‘ra, sog‘lom ko‘ngillilarda gialuron kislotasining zardobdagi konsentrasiyasi 10-100 mkg/l oralig‘ida bo‘ladi. Gialuron kislotasining qon zardobidagi konsentrasiyasi fiziologik sabablarga ko‘ra tonggi soatlarda yuqori bo‘ladi, yosh o‘tishi bilan, shuningdek jigar faoliyatini buzilishlarida uning konsentrasiyasi oshib boradi. Gialuron kislotasi qon plazmasidan tez chiqariladi, kichik molekulyar massali komponentlarga parchalanishi asosan jigarda yuz beradi. Vena ichiga yuborilganidan keyin yarim chiqarilish davri (t1/2) 2,5-5,5 minutni tashkil qiladi. Gialuron kislotasi buyraklar orqali deyarli chiqarilmaydi (1%). 22 sog‘lom ko‘ngillilarning ma‘lumotlarini baholash bo‘yicha ­ 24 soatda 320 mkg tashkil qiladi.

Qo‘llanilishi

Og‘irligi yengil va o‘rtacha darajadagi bo‘lgan xusnbuzar toshmalarning hamma turlarini, ayniqsa komedonlarni va papulo-pustulez xusnbuzarlarni mahalliy davolash uchun qo‘llanadi .

Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar

“Tarkibi” bo‘limidagi ta‘sir etuvchi moddaga yoki yordamchi moddalarga o‘ta yuqori sezuvchanlikda qo‘llash mumkin emas.

Homiladorlik va emizish davrida qo‘llanilishi

Preparatni homiladorlik va  emizish davrida qo‘llash bo‘yicha ma‘lumotlar yo‘q.

 

Qo‘llash usuli va dozalari

Dozalari

Preparat sirtga qo‘llash uchun mo‘ljallangan. Gel yupqa qavat qilib kuniga ikki marta surtiladi.

Qo‘llash usuli

Oldindan yaxshilab tozalangan so‘ng terining shikastlangan sohasiga yupqa qavat qilib kuniga ikki marta surtiladi. Preparat bir necha minut davomida so‘riladi, shuning uchun bog‘lov qo‘yishning hojati yo‘q.

Nojo‘ya  samaralari

Davolashni boshida  yengil achishish hissi yoki qizarish aniqlanishi mumkin, biroq davolash davom ettirilganida ular asta-sekin o‘tib ketadi. Terisi quruq bo‘lgan shaxslarda “tortishish” hissi bo‘lishi mumkin.

Nojo‘ya samara

(MedDRA – SOC [tizimlar va a‘zolar bo‘yicha tasnifi bo‘yicha tibiy lug‘at]

Tez-tez

(>1/100-<1/10)

 

Teri va teri osti to‘qimlari tomonidan buzilishlar

 

Terini achishishi hissi

Dozani oshirib yuborilishi

Dozani oshirib yuborilishi hollari to‘g‘risida xabar qilinmagan.

Boshqa dori preparatlar bilan o‘zaro ta‘siri va  o‘zaro ta‘sirning boshqa  shakllari

Noma‘lum.

Ehtiyotkorlik choralari

Kuriozin geli fotosensibilizasiyalovchi xususiyatlarga ega emas. Teri va kiyimning rangini o‘zgartirmaydi.

 

Transport vositasini boshqarish va boshqa mexanizmlar bilan ishlash qobiliyatiga ta‘siri

Kuriozin geli transport vositasini boshqarish va boshqa mexanizmlar bilan ishlash qobiliyatiga ta‘sir qilmaydi.

 

O‘rami

15 g gel teshuvchi uchlikga ega oq polietilen qalpoqli yopiq alyuminiy tubalarda.

Bir tuba qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnomasi bilan birga karton qutida.

 

Saqlash sharoiti

300S dan yuqori bo‘lmagan haroratda saqlansin.

Bolalar olaolmaydigan joyda saqlansin.

Yaroqlilik muddati

2 yil

Preparat o‘ramida ko‘rsatilgan yaroqlilik muddati o‘tganidan keyin  ishlatilmasin.

 

Berish tartibi

Shifokor reseptisiz beriladi

Ulashish:

Kuriozin narxlari

Dorixonalar
Manzil
Ish vaqti
Sotib olmoq

Kuriozin barcha rasmlari

Barcha rasmlar
Barcha rasmlar
Barcha rasmlar

Kuriozin savollari

Kuriozin fikr-mulohazalari

Reyting 4.7, 3 ta sharh asosida

Alifbo bo'yicha dori vositalar ro'yxati

scroll-top

Biz portalimiz ishini takomillashtirish maqsadida cookie-fayllardan foydalanamiz. Ishni davom ettirar ekansiz, ulardan foydalanishga rozilik bildirgan bo‘lasiz. Batafsil