LAKTO
LAKTO chiqarilish shakllari

LAKTO haqida qo'llanma
Umumiy ma'lumot
QO‘LLASH BO‘YICHA YO‘RIQNOMA
LAKTO – G
LACTO – G
Preparatning savdo nomi: Lakto -G
Ta‘sir etuvchi moddalar (XPN): tirik bakteriyalar: Lactobacillus acidophilus, Bifidobacterium longum, Bifidobacterium bifidum, Bifidobacterium infantis
Dori shakli: kapsulalar
Tarkibi:
1 g (2 kapsula) preparat quyidagilarni saqlaydi:
Faol moddalar: 10X109 CFU/g tirik bakteriyalar: Lactobacillus acidophilus, Bifidobacterium longum, Bifidobacterium bifidum, Bifidobacterium infantis.
yordamchi moddalar: fruktooligosaxaridlar, guruch maltodekstrini.
Ta‘rifi: №0 o‘lchamli, qattiq polisaxaridli kapsulalar. Kapsulaning qopqog‘i va korpusi tiniq. Kapsula ichidagisi- sarg‘ish dog‘li oq kukun.
Farmakoterapevtik guruhi: ichak mikroflorasini boshqaruvchi preparat.
ATX kodi: A07FA01
Farmakologik xususiyatlari
Preparatning tarkibiga kiruvchi sut achitqi bakteriyalari ichak mikroflorasining fiziologik muvozanatini tutib turadi va tiklaydi. Bifidobakteriyalar va laktobasillalar, sut va sirka kislotasini ishlab chiqarib, patogen mikroorganizmlarning ko‘payishi va yashashi uchun noqulay sharoit yaratadi; ovqat hazm qilish jarayonida va vitaminlarning (V, K…) sintezida ishtirok qiladi; elektrolitlar muvozanatini, oqsillar, fosfolipidlar, o‘t va yog‘ kislotalari, bilirubin, xolesterin almashinuvini boshqaradi.
Tabiiy polisaxaridlar – fruktooligosaxaridlar ichak bakteriyalari – eubiotiklarning ko‘payishi, kolonizasiyasi va yashash faoliyati uchun qulay muhit yaratadi. Fruktooligosaxaridlar ovqatni hazm qiluvchi kislotalar ta‘siri ostida parchalanmaydi va o‘zgarmagan holatda ichakning quyi bo‘limlariga o‘tadi.
Qo‘llanilishi
– ichak mikroflorasining muvozanatini buzilishi – disbakteriozni (ta‘sirlangan ichak sindromi) oldini olish va davolash;
– antibiotiklar va ximioterapevtik vositalar bilan davolanish vaqtida bolalar va kattalarda rivojlanadigan disbakteriozlar;
– diareya, meteorizm, qabziyatlar;
– kolitlar, gastroentrokolitlarda (o‘tkir va surunkali) qo‘llaniladi.
Qo‘llash usuli va dozalari
2 yoshgacha bo‘lgan bolalarga bir kapsulaning ichidagisini ko‘p bo‘lmagan miqdordagi suyuqlik (sharbat, shirin suv) bilan aralashtirib, ovqatdan oldin qabul qilish buyuriladi.
2-12 yoshli bolalarga sutkada 1-2 kapsuladan ovqatni qabul qilishgacha, ko‘p bo‘lmagan miqdordagi suyuqlik bilan qabul qilish buyuriladi.
Kattalar va 12 yoshdan oshgan bolalarga sutkada 2-3 kapsuladan, och qoringa yoki ovqatdan oldin ko‘p bo‘lmagan miqdordagi suyuqlik bilan qabul qilish buyuriladi.
Davolash davomiyligi disbakteriozning rivojlanish sababi va organizmning individual xususiyatlariga bog‘liq bo‘ladi.
Nojo‘ya ta‘sirlari
Preparat yaxshi o‘zlashtiriladi, preparatni tavsiya etilgan dozalarda qo‘llanganida nojo‘ya ta‘sirlari qayd etilmagan.
Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar
Preparatning komponentlariga yuqori sezuvchanlikda qo‘llash mumkin emas.
Dorilarning o‘zaro ta‘siri
Lakto-G ni boshqa dori vositalari bilan noxush o‘zaro ta‘siri aniqlanmagan.
Maxsus ko‘rsatmalar
Preparatni qo‘llash davrida alkogolni qabul qilish tavsiya etilmaydi.
Preparat bolalar ololmaydigan joyda saqlansin va yaroqlilik muddati o‘tgach ishlatilmasin.
Dozani oshirib yuborilishi
Maxsus ko‘rsatmalar yo‘q.
Chiqarilish shakli
10 kapsula o‘ramda.
Saqlash sharoiti
10-250S haroratda, quruq joyda saqlansin.
Yaroqlilik muddati
2 yil
Dorixonalardan berish sharoiti
Shifokor reseptisiz!
Qo'llanilishi mumkin bo'lmagan holatlar
Preparat komponentlariga yuqori sezuvchanlik.
Farmakokinetikasi
Preparatning farmakokinetik tadqiqotlarini o'tkazish imkoni yo'q.
Farmakologik ta'siri
Preparat tarkibiga kiruvchi sut kislotasi bakteriyalari ichak mikroflorasining fiziologik muvozanatini saqlaydi va tiklaydi. Bifidobakteriyalar va laktobatsillalar sut va sirka kislotasini ishlab chiqarib, patogen mikroorganizmlarning ko'payishi va hayot faoliyati uchun noqulay sharoitlar yaratadi; ovqat hazm qilish jarayonida va vitaminlar (B1, B2, B3, B6 B12, H, PP, foliy kislotasi, K va E) sintezida ishtirok etadi, elektrolitlar balansini, oqsillar, fosfolipidlar, safro va yog' kislotalari, bilirubin, xolesterin almashinuvini tartibga soladi.
Tabiiy polisaxaridlar – fruktooligosaxaridlar ichak bakteriyalari – eubiotiklarning ko'payishi, kolonizatsiyasi va hayot faoliyati uchun yaxshi zamin yaratadi. Fruktooligosaxaridlar ovqat hazm qilish kislotalari ta'sirida parchalanmaydi va o'zgarmagan holda ichakning pastki qismiga tushadi.
Maxsus ko‘rsatmalari
Preparatni qo'llash davrida spirtli ichimliklar qabul qilish tavsiya etilmaydi.
Dori vositasining transport vositasini yoki potensial xavfli mexanizmlarni boshqarish qobiliyatiga ta'siri haqida maxsus ko'rsatmalar yo'q.
Dori vositalarining o'zaro ta'siri
Lakto-G ning boshqa preparatlar bilan nomaqbul o'zaro ta'siri qayd etilmagan.
Antibiotiklar va boshqa kimyoterapevtik preparatlar bilan mutanosib.
Qo‘llash usuli va dozirovkasi
2 yoshgacha bo'lgan bolalarga ovqatdan oldin sutkasiga 1 kapsuladan tayinlanadi. Kapsula tarkibi oz miqdordagi suyuqlikda (sharbat, shakarli suv) eritiladi.
2-12 yoshli bolalarga ovqatdan oldin sutkasiga 1-2 kapsuladan, oz miqdordagi suyuqlik bilan ichish tayinlanadi. Agar bola kapsulani yuta olmasa, 2 yoshgacha bo'lgan bolalar bilan bo'lgani kabi yo'l tutish kerak.
Kattalar va 12 yoshdan katta bolalarga ovqatdan oldin sutkasiga 2-3 kapsuladan, oz miqdordagi suyuqlik bilan ichish tayinlanadi.
Davolash davomiyligi disbakterioz rivojlanish sababiga va organizmning individual xususiyatlariga bog'liq. Davolash kursi odatda 2-4 hafta davom etadi.
- 1. Dori vositalari va tibbiy buyumlar Davlat reestri (O‘zbekiston Respublikasi)
- 2. Ishlab chiqaruvchining rasmiy yo‘riqnomasi
- 3. Anatomik-terapevtik-kimyoviy tasnif (ATX)













