Apteka.uz
SavatKirish

Lansol

Lansol chiqarilish shakllari

LANSOL kapsulalar  30mg N10
LANSOL kapsulalar 30mg N10
Gruziya
Ishlab chiqaruvchi:
GM Pharmaceuticals Ltd.
- Lansol qabul qilish bo'yicha ma'lumot
- Lansolning tarkibi
- Lansol ko'rsatmalar va qarshi ko'rsatmalar
- Lansol narxi Toshkent dorixonalarida

Lansol haqida qo'llanma

Qo'llanilishi mumkin bo'lmagan holatlar

- preparatga yuqori sezuvchanlik;

- homiladorlik;

- laktatsiya.
Xavfli oʻsma borligini istisno qilish uchun davolash oldidan va davolash tamom boʻlganidan keyin, albatta endoskopik nazorat kerak, chunki Lansol bilan davolash simptomatikasini niqoblashi va toʻgʻri tashxisni orqaga surishi mumkin.

Alyuminiy va magniy gidroksidlarini saqlovchi antatsidlarni, Lansol qabul qilgandan keyin kamida 2 soat oʻtgach qabul qilish kerak.

Klinik tekshiruvlarda Lansolni diazepam, propronalol, varfarin, prednizolon, fenitoin yoki teofillin metabolizmiga qanday boʻlmasin ahamiyatli taʼsiri kuzatilmagan. Preparatni peroral kontratseptivlar bilan birga qoʻllash endogen gormonlar darajasining oʻzgarishini chaqirmagan. Bolalarda preparat qoʻllashning samaradorligi va xavfsizligi haqida klinik maʼlumotlar yoʻq.

Farmakologik ta'siri

Lansol meʼdada xlorid kislota sekretsiyasini bostiradi. Benzimidazol hosilasidir. Taʼsir mexanizmi N+-K+-ATF-azi ingibirlashi bilan bogʻliq. Preparat meʼdaning pariyental xujayralarida faol sulfonamid hosilalariga metabollanadi. Bu metabolitlar N+-K+-ATF-azining sulfongidril guruhlarini faolsizlantiradi, shunday qilib xlorid kislotasi sekretsiyasini yakuniy bosqichini bloklaydi. Pepsin ishlab chiqarilishini tormozlaydi, koʻproq darajada kechasiga qabul qilinganida. Meʼda shilliq qavatining oksigenatsiyasini oshirib va bikarbonatlar sekretsiyasini koʻpaytirib, shuningdek himoyalash taʼsirini koʻrsatadi. Lansol ovqatni hazm boʻlish jarayoniga taʼsir qilmaydi, biroq yaqqol antixelikobakter faollikka ega.

Qabul qilinganidan soʻng Lansolning plazmadagi maksimal konsentratsiyasi 1,5-2,2 soat davomida aniqlanadi. Ovqat qabul qilish preparatni soʻrilishi va biokiraolishligini pasaytiradi, biroq preparatni meʼda sekretsiyasiga tormozlovchi taʼsiri ovqat qabul qilishgacha va keyin bir xil boʻlib qolaveradi. Lansol jigar orqali birinchi oʻtishda faol metabollanadi va organizmdan siydik va ahlat bilan chiqariladi.

Qo‘llash usuli va dozirovkasi

Oʻnikki barmoq ichakning yara kasalligida va stress yaralarda sutkada 30 mg dozada (1 qabul ertalab) 2-4 hafta davomida buyuriladi.

Meʼdaning yara kasalligida va eroziv-yarali ezofagitda sutkada 30 mg dan 4-8 hafta davomida buyuriladi. Ogʻir hollarda preparatning dozasi sutkada 60 mg gacha oshiriladi.

Meʼda shilliq qavatida Helicobacter pylori aniqlanganida 30 mg dan sutkada 2-marta antibiotiklar (klaritromitsin yoki amoksitsillin) bilan 10-14 kun davomida buyuriladi.

Zollinger-Ellison sindromida preparat dozasi kislota ishlab chiqarilishining bazal darajasi 10 mmol/soatdan kamroqqa erishilgunicha shaxsiy tanlanadi.

Kapsulalarni chaynamasdan yutish kerak.

Diqqat: ushbu sahifadagi preparat tavsifi rasmiy yo‘riqnomaning soddalashtirilgan va to‘ldirilgan versiyasidir. Ma’lumot faqat tanishish maqsadida taqdim etilgan va o‘z-o‘zini davolash uchun qo‘llanma sifatida foydalanilmasligi kerak. Lansol preparatini qabul qilishdan oldin albatta shifokor bilan maslahatlashing
Manbalar ro‘yxati:

Lansol haqida savollar

Lansol haqida fikr-mulohazalar

Reyting 0, 0 ta sharh asosida

Alifbo bo'yicha dori vositalar ro'yxati

scroll-top

Biz portalimiz ishini takomillashtirish maqsadida cookie-fayllardan foydalanamiz. Ishni davom ettirar ekansiz, ulardan foydalanishga rozilik bildirgan bo‘lasiz. Batafsil