Apteka.uz
SavatKirish

LENZETTO

LENZETTO chiqarilish shakllari

LENZETTO sprey 1,53mg/8,1ml N1
Retseptli
LENZETTO sprey 1,53mg/8,1ml N1
Ruminiya
Ishlab chiqaruvchi:
Gedeon Rixter, OAO, Vengriya proizvedeno: Gedeon Rixter Ruminiya A.O.
•35 ta dorixonada bor
Narxi
82 800 so'm dan
- LENZETTO qabul qilish bo'yicha ma'lumot
- LENZETTOning tarkibi
- LENZETTO ko'rsatmalar va qarshi ko'rsatmalar
- LENZETTO narxi Toshkent dorixonalarida

LENZETTO haqida qo'llanma

Qo'llanilishi mumkin bo'lmagan holatlar

-Diagnostika qilingan, gumon qilinayotgan sut beziraki yoki uning anamnezda mavjudligi.

-Diagnostika qilingan, gumon qilinayotgan estrogenga bog'liq xavfli o'smalar yoki ularning anamnezda mavjudligi (shu jumladan, endometriy raki).

-Noma'lum etiologiyali qindan qon ketishi.

-Oxirigacha davolanmagan endometriy giperplaziyasi.

-Hozirgi vaqtdagi yoki anamnezdagi venoz tromboemboliya (chuqur venalar trombozi yoki o'pka arteriyalarining tromboemboliyasi).

-Diagnostika qilingan trombofilik holatlar (masalan, S proteini, S proteiniyoki antitrombin tanqisligi).

-Hozirgi vaqtdagi yoki anamnezdagi arterial tromboembolik kasalliklar (shu jumladan stenokardiya, Miokardinfarkti).

-O'tkir jigar kasalliklari yoki jigar funktsiyasi ko'rsatkichlarida siljishlar bilan kechuvchi anamnezdagi jigar kasalliklari.

-Porfiriya.

-Ta'sir etuvchi moddaga yoki yordamchi moddalardan birontasiga yuqori sezuvchanlik.

-Xomiladorlik.

-Laktasiya davri.

-Bolalarda qo'llash mumkin emas.

Tarkibi

faol modda: estradiol gemigidrati 1,58 mg/doza (1,53 mg/doza estradiolga ekvivalent).

yordamchi moddalar: oktisalat, 96% etil spirti.

Farmakodinamikasi

Lenzetto – qo'llanganida tuxumdonlar tomonidan sekresiya qilinadiganasosiy estrogen – estradiolni ajralib chiqishi yuz beradigan, estrogenlar bilan tizimli o'rinbosar davolash uchun qo'llanadigan preparatdir. Ta'sir etuvchi modda, sintetik 17-beta-estradiol, kimyoviy va odamning endogen estradioliga biologik jihatdan o'xshash bo'lib, ayollarda postmenopauza davrida yo'qotilgan estrogenlarni yo'qotilgan ishlab chiqarilishini o'rnini bosadi va menopauza simptomlarini engillashtiradi.

Farmakokinetikasi

  So'rilishi

Lenzetto preparatini teriga surilganda o'rtacha qurish vaqti 90 sekundni tashkil etadi (mediana 67 sekundnitashkil etadi). 

Estradiolning qon zardobidagi muvozanatli kontsentrasiyasiga Lenzetto preparatini 

7-8 kun qo'llanganidan keyin erishiladi.

Preparatni ertalab qo'llangandan so'ng qon zardobidagi estradiolning kontsentrasiyasi terapevtik dozalar diapazonida 24 soat davomida, tungi soat 2 bilan tonggi soat 6 lar orasidagi maksimal qiymatga erishgan holda nisbatan barqarorligicha qoladi.

Doza oshirilgani sayin (muvofiq ravishda bir, ikki va uch karra surtilganida) estradiolning ekspozisiyasi oshib boradi,biroq bu oshib borishi dozaga proportsional kichik tomoniga o'zgarishi bilan biroz farq qiladi.

Queshga qarshi vositasi Lenzetto preparatidan bir soat oldin qo'llanilishi estradiolni so'rilish darajasiga axamiyatli ta'sir ko'rsatmaydi. Queshga qarshi vositasi Lenzetto preparatidan bir soat keyin qo'llanilishi estradiolni so'rilish darajasi 10% kamayishi kuzatiladi.

Lenzetto preparati son teri maydoniga suritilganda estradiol so'rilishi bilaklar ichki yuzasi bilan so'rilish darajasi bir xil, biroq qorin terisiga surtilgandan past so'riladi.

Lenzetto preparatini ayollarda postmenopauza davrida bilakning ichki yuzasiga sutkada 

1 marta surtilgandan keyin 1 soatdan so'ng, estradiolning ayollar va erkaklar bilaklari ichki yuzasining 5 minut davomidagi kontakti jarayonida estradiolni ahamiyatli o'tkazilishi aniqlanmagan. Preparat qo'llanganidan so'ng bir soat davomida kontakt jarayonida estradiolni o'tkazilishi to'g'risida ma'lumotlar yo'q.

Atrof muxitni haroratini oshishi (4 soat davomida 35℃) xona haroratiga nisbatan estradiolni so'rilish darajasini 10% tezlashishi kuzatiladi.

Taqsimlanishi

Estrogenlar qonda asosan jinsiy gormonlarni bog'laydigan globulin (JGBG) va albumin bilan aylanib yuradi.

Metabolizmi

Estradiol estrongacha, estradiol va estron – estriolgacha (buyrak tomonidan chiqariladigan asosiy metabolit) qaytuvchan metabolizmga uchraydi, estrogenlar jigarda sulfat va glyukuron kislotasi bilan kon'yugasiya yo'li orqali enterogepatik resirkulyasiyaga uchraydi, kon'yugatlar esa, safro bilan ingichka ichakka sekresiya qilinadi va ichakda qayta so'rilib, keyinchalik gidrolizga uchraydi. Ayollarda postmenopauza davrida qonda aylanib yurgan estrogenlarning katta qismi sulfat kon'yugatlari ko'rinishida, xususan, estron sulfati ko'rinishida namoyon bo'ladi, ular ancha faolroq estrogenlarni sintezi uchun qonda aylanib yurgan manbalar sifatida namoyon bo'ladi.

Chiqarilishi

Estradiol, estron va estriol buyrak orqali glyukuron kislotasining kon'yugatlari va sulfat kon'yugatlar ko'rinishida chiqariladi. Davolash yakunlanganidan keyin kamida 

1 xafta o'tganidan so'ng estradiol, estron, estriol va estriol sulfatining kontsentrasiyalari muvozanatli holatga erishilgandan so'ng dastlabki ko'rsatkichlariga qaytadi.

Dozani oshirib yuborilishi

Simptomlar: estrogenlarning yuqori dozalari qabul qilinganidan so'ng yaqqol namoyon bo'lgan nojo'yareaktsiyalar aniqlanmagan. Estrogenlarning dozasi oshirib yuborilganda ko'ngil aynishi, qusish, sut bezlarida og'riq, bosh aylanishi, qorinda og'riq, uyquchanlik/ charchoqhissi va "bekor qilish" oqibatidagi qon ketishlari paydo bo'lishi mumkin.

Davolash: Lenzetto preparatini bekor qilish, simptomatik davolashni o'tkazish kerak.

Maxsus ko‘rsatmalari

Maxsus ogohlantirishlar va ehtietkorlik choralari

65 yoshdan oshgan ayollarni davolash tajribasi cheklangan.

O'GT postmenopauzasi simptomlarini davolash uchun mavjud smimptomlar ayol xayoti sifatiga yaqqol ta'sir etgandagina buyuriladi. Barcha holatlarda bir yilda kamida bir marta xavf va afzalliklari sinchkov baxolanishi zarur. O'GT ni preparatni qo'llashdan kutilgan afzalliklar xavfdan ustun bo'lgan paytgacha davom ettirish mumkin.

Erta menopauzani davolashdagi O'GT bilan bog'lik xavf to'g'risdagi ma'lumotlar cheklangan. Negaki yosh ayollarda absolyut xavf past bo'lib, yoshi katta ayollarga nisbatan, foyda va xavf nisbati ular uchun ancha ijobiy bo'lishi mumkin. 

Tibbiy tekshiruv/dinamik kuzatuv

O'GT ni boshlashdan yoki qayta qo'llashdan oldin tibbiy va oilaviy anamnezni sinchkovlik bilan to'plash lozim. Bunda fizikal tekshiruvlar o'tkazish kerak (kichik tos va sut bezi a'zolari tekshiruvi shular jumlasidan), shuningdek, ko'llash bo'yicha mumkin bo'lmagan holatlar va ehtiyot choralarini belgilashda ham rioya qilish lozim. Davolash jarayonida har bir pasient uchun soni va xarakteri jihatidan individual tanlanadigan muntazam tibbiy ko'riklarni o'tkazish tavsiya etiladi. Ayollar ko'krak bezlaridagi har bir o'zgarish to'g'risida shifokor yoki tibbiy hamshiraga xabar berishlari zarur (quyida "sut bezi raki" bo'limiga qarang). Qabul qilingan skrining normalariga muvofiq maxsus tadqiqotlar, shu jumladan, individual klinik ko'rsatmalarni hisobga olib, mammagrafiya o'tkazish lozim. 

Kuzatuv talab etiladigan holatlar

Quyida sanab o'tilgan holatlar/xavf omillari ayni paytda yoki anamnezda mavjud bo'lganda, shuningdek avvalgi homiladorlik davrida ularning kuchayishi yoki gormonal terapiya paytida pasient ayollar puxta kuzatuv ostida bo'lishlari zarur. Lenzetto preparati qo'llanilganda ushbu holatlar paydo bo'lishi eki yaqqollashishi kuzatilishi mumkin:

- leyomioma (bachadon miomasi) yoki endometrioz;

- tromboembolik kasalliklarni rivojlanish xavfi omillari (quyida qarang);

- estrogen tobe shishlarning xavf omillari, masalan qarindoshlarda 1 darajali sut bezi raki;

- arterial gipertenziya;

- jigar xastaligi (shu jumladan gepatosellyulyar adenoma);

- angiopatiyali va angiopatiyasiz qand kasalligi;

- o't-tosh kasalligi;

- migren yoki kuchli bosh og'riqlari;

- tizimli qizil yugirik (TQYU);

- anamnezdagi endometriy giperplaziyasi (quyida qarang);

- tutqanoq;

- bronxial astma;

- Otoskleroz.

Davolashni darxol to'xtatish sabablari

Davolashni qo'llash mumkin bo'lmagan holatlar aniqlanganda va quyidagi holatlarda to'xtatish lozim:

- sariqlik yoki jigar funktsiyasining buzilishi;

- arterial qon bosiminini sezilarli darajada oshishi;

- migrensifat bosh og'rig'ini paydo bo'lishi;

- homiladorlik.

Giperplaziya vaendometriy raki

Saqlanib qolingan bachadonli ayollarda giperplaziyani va endometriy rakini rivojlanish xavfi estrogenlar bilan davomli monoterapiya qilish jarayonida ortadi. Endometriy raki xavfi gormonlar qabul qilmagan ayollarga nisbatan 2-12 barobar ortadi hamda davolash davomiyligi va estrogen dozasiga bog'liq bo'ladi. Davolash to'xtatilgandan so'ng 10 yil davomida xavf yuqori bo'lib turadi.

28 kunlik tsiklda bir oyda kamida 12 kun davomida progestagenlarni davriy buyurish yoki majmuaviy estrogen va progestagen bilan to'xtovsiz terapiya bachadon saqlanib qolgan ayollarda bunday xavf ortishini oldini olishi mumkin.

Progestagenlarning qo'shimcha buyurilishining xafsizligi Lenzetto preparatini qabul qilish fonida endometriyga nisbatan o'rganilmagan.

"Shidadli" qon ketish va "yopishqoq" ajralmalar davolashning birinchi oylarida kuzatiladi. Agar yorib o'tadigan qon ketish va yopishqoq ajralmalar terapiya boshlangandan so'ng biroz muddatdan keyin aniqlansa yoki davolash tugagandan so'ng davom etgan taqdirda, xatarli shishlar paydo bo'lishini oldini olish uchun sog'lig'ini tekshirish va endometriya biopsiyasini o'tkazish zarur.

Estrogenlar bilan monoterapiya rakdan oldingi yoki endometrioz o'choqlarini halokatli o'zgarishlariga olib kelishi mumkin. Shunday qilib progestagenlarni o'rindosh terapiya sxemasiga qo'shimcha qo'shish zarurati bachadoni olib tashlangan ayollarda endometrioz qolgan o'choqlarini mavjudlik extimolidan kelib chiqib baholanishi lozim.

Ko'krak raki bezi

Estrogenni progestagen bilan kombinasiyada yoki faqat estrogen qabul qiladigan ayollarda davomli terapiyaga bog'liq sut bezirakini yuqori xavfi mavjud

Majmuaviy estrogen-progestagen terapiya

O'GT maqsadida majmuaviy estrogen-progestagen preparatlarini qabul qiladigan ayollarda sut beziraki xavfini sezilarli ortishi davolash boshlangandan so'ng 

3 (1-4) yildan keyin qayd etilgan.

Monoterapiya sifatida estrogenlarni qo'llash

Faqat estrogen asosidagi O'GT qabul qiladigan bachadoni olib tashlangan ayollarda sut bezi rakini rivojlanish xavfi qayd etilmagan. Estrogen-progestagen terapiyani qabul qiladigan ayollarga nisbatan sezilarli darajada past bo'lgan sut beziraki xavfini biroz ortishi to'g'risida ba'zi bir ma'lumotlar mavjud.

Sut bezi rakini xavfi vakt tshtishi bilan kamayib boradi, ushbu holat o'tg ni qo'llash davomiyligiga bog'liq. O'GT ni 5 yil davomida eki undan ko'proq qo'llanilishi sut bezi rakini xavfini 10 yil va undan ko'p vakt bo'lishi mumkin.

Tuxumdonlar raki

Tuxumdonlar raki soni sut bezi raki sonidan ancha kam.

O'GT tarkibida estrogen yoki majmuaviy estrogen va progestragen saqlagan preparatlarni qabul qilayotgan ayollarda birmuncha yuqori xavf qayd etiladi, ushbu xavf qabul qilishning 5 yili davomida ortadi va davolash tugatilgandan so'ng asta-sekin kamayadi.

Venoz tromboemboliya

-O'gtda venoz tromboemboliya (VTE), ya'ni chuqur venalarning trombozi va o'pka tromboemboliyasi nisbiy rivojlanish xavfi 1,3-3 marta ko'payadi. O'GT qo'llanilgan birinchi yili bunday asoratning yuz berish ehtimoli yuqori.

-VTE anamnezli yoki trombofilik holatlar tashxislangan pasient ayollar VTE yuqori xavfiga ega.O'GT bu xavfni oshirishi mumkin, shuning uchun u mazkur pasient ayollar guruhiga qo'llanilishi mumkin emas.

-VTE xavfi faktorlariga quyidagilar kiradi: estrogenlarni qabul qilish, keksa yosh, atroflicha jarroxlik operasiyalari,davomiy immobilizasiya, semirish (tana vazni indeksi>30 kg/m2), xomiladorlik/tuqqandan keyingi davr, SKV va onkologik kasalliklar. VTE rivojlanishiga venalarni varikoz kengayishi rol o'ynashi xaqida bir to'plamga kelinmagan.

-Barcha pasient ayollarda operasiyadan keyingi davrda Vtega nisbatan profilaktik choralar ko'rish lozim. Atroflicha operasiyadan so'nggi davomiy immobilizasiyadaoperasiyadan 4-6 xafta oldin O'GT to'xtatish taviya etiladi.Davolash xarakat faolligini to'liq tiklangandan so'ng davom ettiriladi. 

-VTE anamnezisiz, lekin tromboz va/yoki tromboemboliya anamnezi yoshlik paytida bor 1 qarindoshlik darajali qarindoshlari bor ayollarga tibbiy tekshiruv taklif etilishi lozim (skriningda trombofilik buzilishlarning faqat bir qismi namoyon bo'ladi). Boshqa oila a'zolari trombozi bilan bog'liq bo'lmagan trombofilik nuqson aniqlanmagan yoki bu "og'ir" nuqson bo'lsa O'GT qo'llash mumkin emas. (masalan, antitrombin etishmovchiligi, proteina S, proteina S etishmovchiligi yoki nuqsonlarqo'shilishi).

-O'GT buyurishga ko'rsatmalarni baxolashda antikoagulyantlarni doimiy qabul qiladigan ayollarda foyda/xavf mutanosibligini puxta baholash talab etiladi.

-VTE rivojlanib ketganda preparat qabul qilishni to'xtatish lozim. Tromboemboliyani dastlabki belgilari (masalan, oyolarda og'riqli shishlar, ko'krak soxasida bexos og'riq paydo bo'lishi, nafas chiqilishi/xarsillash) paydo bo'lganda pasient darxol shifokorga murojaat etishi lozim.. 

Yurak ishemik kasalligi (YUIK)

O'GT (majmuada eki estrogenlar bilan) yurak ishemik kasalligi bor va bo'lmagan ayollarda miokard infarktini oldini olishi to'g'risida dalillar olinmagan.

Majmuaviy O'GT terapiyasi

YUIK nisbiy xavfi majmuaviy estrogen-progestagen preparatlar bilan davolash davrida O'GT uchun birmuncha ortadi. Modomiki YUIK rivojlanish dastlabki mutloq xavfi sezilarli darajada yoshga bog'liq ekan, majmuaviy preparatlar bilan O'GT qabul qilayotgan ayollarda, menopauza boshlanishiga yaqish yoshdagi sog'lom ayollar guruhida juda past, lekin yosh o'tgan sayin ortib boradi.

Estrogenlar monoterapiyasi

Estrogenlar bilan O'GT qabul qiladigan ayollarda gisterektomiyadan so'ng YUIK rivojlanish xavfini ortishi aniqlanmagan.

Ishemik insult

Majmuaviy preparatlar va faqat estrogenlar bilan terapiyada ishemik insultning nisbiy xavfi 1,5 barobar ortadi. Nisbiy xavf pasient yoshiga yoki terapiyaning davomiyligiga bog'liq emas, ammo dastlabki xavf aynan yoshga bog'liq bo'lganligi sababli, O'GT qabul qiladigan ayollarda umumiy insult xavfi, yoshiga ko'ra ortib boradi.

Ko'rish qobiliyatini buzilishi

Estrogenlar bilan davolanayotgan ayollarda, ko'zning to'r pardasini tromboz xolatlari qayd etilgan.Umumiy tibbiy ko'rik natijalariga ko'ra, ya'ni bexos to'liq yoki qisman ko'rish qobiliyatini yo'qolishi yoki proptoz, diplopiyayoki migrenni bexos rivojlanib ketishida preparat qabul qilinishi darxol to'xtatilishi zarur. Ko'rish nervi diskini shishi yoki ko'z to'r pardasi tomirlarini zararlanishida estrogenlar bilan davolashni to'liq bekor qilish lozim. 

Boshqa holatlar

Estrogenlar suyuqlikni ushlanib qolishiga sabab bo'ladi, shuning uchun yurak va buyrak etishmovchiligi bor pasient ayollarni puxta kuzatish lozim.  Gipertrigliseridemiyali ayollarga estrogenli O'GT yoki majmuaviy O'GT paytida puxta kuzatuv talab etiladi, chunki estrogenlarni qabul qilishda qon plazmasida trigliseridlarni kontsentrasiyasi keyinchalik pakreatitni rivojlanishi bilan sezilarli oshganligining ko'p bo'lmagan hollari kuzatilgan.

Estrogenlar tiroksin-bog'lovchi globulin (TBG) darajasini oshiradilar, bu qonda tireoid gormonlarini, yod oqsillari bilan bog'langan darajalari (PBI), T4 (kolonnali xromatografiya yoki radioimmunoanaliz usuli bilan), T3 (radioimmunoanaliz usuli bilan) bo'yicha o'lchanadigan umumiy darajasini oshishiga olib keladi.T3ni elim bilan qoplab olish intensivligini pasayishi TBG darajasini oshishini aks ettiradi. Erkin T4 vaerkin T3 kontsentrasiyasio'zgarmaydi. Plazmada boshqa bog'lovchi proteinlar tarkibini oshishi mumkin, masalan, kortikosteroid-bog'lovchi globulin (KBG), jinsiy gormonlarni bog'lovchi globulin (JGBG), bu tabiyki tsirkulyasiyalashadigan kortikosteroid jinsiy gormonlarni oshishiga olib keladi. Erkin va biologik faol gormonlarni kontsentrasiyasi o'zgarmaydi. Plazmaning boshqa oqsillari kontsentrasiyasi oshishi mumkin (substrata angiotenzin/renin, alfa-1-antitripsin, tseruloplazmin).


Dori vositalarining o'zaro ta'siri

Эстрогенлар ва прогестогенларнинг метоболизми Р450 цитохром индукторларини, масалан, тутқаноққақарши воситалар (фенобарбитал, карбамазепин) антибиотиклар (рифампицин, рифабутин, неверапин, эфавиренз) бир вақтда қўлланганда ошиши мумкин.Ритонавир ва нелфинавир Р450 цитохромнинг кучли ингибиторлари бўлишига қарамай, стероид гормонлар билан бир вақтда қўлланганда улар ўзини индукторлар каби тутадилар. Таркибида тешик Далачой (Hypericumperforatum) сақлаган препаратлар, эстрогенлар ва прогестагенларнинг метаболизмини тезлаштириши мумкин.

Трансдермал қўлланганда «биринчи ўтиш» самараси мавжуд эмас, шунинг учун ичга қабул қилинганига нисбатан, ЎГТ доирасида эстрогенлар ва прогестогенлар Р450 цитохром индукторлари таъсирига камроқ учрайдилар.

Эстрогенлар ва прогестагенларнинг тезкор метаболизми Лензетто препарати самарадорлигини пасайишига ва бачадон қон кетиши характериниўзгаришига олиб келиши мумкин.

Лензетто препарати билан дориларнинг ўзаро таъсирини ганиш юзасидан тадқиқотлар ўтказилмаган.

 

Qo‘llash usuli va dozirovkasi

Dozalar  Lenzetto monoterapiya tartibida bir kunda bir marta qo'llaniladi, yoki uzluksiz davomli rejimda (progestagen bilan birga). 
Bitta fiksasiyalangan dozani bilakning quruq va shikastlanmagan terisiga kuniga (boshlang'ich doza) bir marta sepiladi. Doza klinik javobning yaqqolligiga qarab, bilak terisiga kuniga ikki marta sepishgacha oshirilishi mumkin. Dozani oshirilishi postmenopauza simptomlarining namoyon bo'lish darajasiga asoslangan bo'lib, bunda dozani, Lenzetto preparati bilan uzluksiz davolashning kamida 4 xaftasi o'tgach oshirish mumkin. Maksimal sutkalik doza bilak terisiga 3 marta sepishni (sutkada 4,59 mg ni) tashkil etadi. Dozani oshirish shifokor bilan kelishilgan bo'lishi lozim. Bilakning alohida, yopilmaydigan sohalariga preparatni buyurilgan dozada sepish qiyinchilik tug'dirayotgan pasientlarga, Lenzetto preparati boshqa bilakning teri sohalariga sepilishi yoki son qismining ichki yuzasining terisiga sepilishi mumkin. 
Postmenopauza simptomlarini davolashni boshlash va davom ettirish uchun, eng past samarali dozani eng qisqa vaqt davomida buyurish lozim. Agar dozani oshirgandan so'ng postmenopauza simptomlarini yaqqolligi kamaymasa, pasient avvalgi dozaga qaytishi lozim.
Davolashni davom ettirishni maqsadga muvofiqligi har 3-6 oyda baholanishi lozim.
Bachadoni saqlanib qolingan ayollarga postmenopauza davrida tarkibida estrogen saqlagan preparat buyurilganda, endometriy rakini rivojlanish xavfini kamaytirish uchun majmuaviy estrogen-progestagen terapiyasi uchun mo'ljallangan progestagen bilan davolashni boshlash lozim. Faqat majmuaviy estrogen-progestagen terapiyasi uchun mo'ljallangan ro'yxatga kiritilgan progestagen bilan davolash kerak.
Bachadoni saqlab kolingan ayollar
Bachadoni saqlab qolingan ayollarga Lenzetto preparatini, estrogen-progestagen terapiyasini o'tkazish uchun mo'ljallangan progestagen bilan birga buyurish lozim.
Progestagen har 28 kunlik tsikl davomida kamida 12-14 kun davomida uzluksiz-ketma ket qabul qilish tartibida, estrogen - uzluksiz qabul qilinadi.
Avval o'rinbosar gormonal terapiya qabul qilmagan pasientlarga, shuningdek O'GT ning boshqa (tsiklli, uzluksiz yoki doimiy) turlaridan o'tayotgan pasientlarga davolashni qanday boshlash to'g'risida tavsiyalar berish lozim.
Estrogenni progestagen bilan majmuada qabul qilish davrida qindan shiddatli qon ketishlari yuz berishi mumkin. Yangi 28 kunlik davolash tsikli preparatlarni qo'llashda tanaffussiz boshlanadi.
Bachadoni olib tashlangan ayollarda
Agar ayolda ilgari endometrioz diagnostika qilinmagan bo'lsa, unda progestagenni qo'shimcha tarzda qo'llash tavsiya etilmaydi.
Dozani o'tkazib yuborish
Doza o'tkazib yuborilgan hollarda, pasient eslashi bilan o'tkazib yuborilgan dozani surtishi va preparatni ertasi kuni odatdagi vaqtda qo'llashi lozim. Agar keyingi dozani vaqti yaqinlashib qolgan bo'lsa, o'tkazib yuborilgan dozani surtmasdan keyingi dozani odatdagi vaqtda qo'llashi lozim. Agar bir eki bir necha dozani o'tkazib yuborilganda, teriga surtishdan oldin applikatorni qopqog'ini ochmasdan sepish kerak. Bachadon saqlanib qolingan ayollarda doza o'tkazib yuborilganda shiddatli qon ketishlari va surkaluvchi qonli ajralmalarni paydo bo'lish xavfi oshadi.
Qo'llash usuli 
Spreyni surtishda flakonni qat'iy vertikal holatda ushlab turish lozim. Yangi applikatorni birinchi marta qo'llaganda uning to'ldirish, spreyni birinchi uchta dozasini qopqocha ichiga chiqarish lozim.
Sutkalik doza – spreyning fiksasiyalangan dozasini bilakning ichki yuzasiga surtiladi. Agar buyurilgan sutkalik doza ikkita eki uchta fiksasiyalangan dozani tashki qilsa unda bilakning ichki terisining qo'shni yopilmaydigan sohalari (20 sm2ga yaqin maydon) ga surtish lozim. Suyuqlikni to'liq qurishi uchun taxminan 2 minut kutish lozim. Kamida 
60 minut davomida ishlov berilgan teri sohalarini suv bilan kontaktda bo'lishiga yo'l qo'ymaslik lozim. Preparat sepilgan joyga boshqa shaxslar tegishini oldini olish maqsadida qurigandan so'ng kiyim bilan yopish lozim. Preparat sepilganidan so'ng boshqa shaxslar tomonidan 60 minut mobaynida ishlov berilgan sohalarga tegish mumkin emas. 
Lenzetto preparati sepilgan teri sohalariga bolalarni tegishiga yo'l qo'ymaslik lozim. Agar bola bunday sohaga tegib ketsa, bolaning terisini shu sohasini sovun bilan iloji boricha tezroq yuvish lozim.
Lenzetto preparati bilan ishlov berilgan teri sohalarini uy xayvonlari tomonidan yalashi yoki tegishiga yo'l qo'ymaslik lozim. Katta bo'lmagan uy xayvonlari estrogenlar ta'siriga ta'sirchan bo'lishlari mumkin. Uy xayvonida sut bezlari/so'rgichni kattalashishi va/yoki vulvani shishganlik yoki boshqa buzilishlar aniqlangan hollarda veterinarga murojaat qilish lozim.
Lenzetto preparatini son terisiga sepilganda estradiolni so'rilishi bilak terisining yuzasidan so'rilish darajasi bilan teng, lekin preparatni qorinning old devori terisiga sepilganidan keyingi so'rilishiga nisbatan pastroq.Bilakning alohida, yopilmaydigan sohalariga belgilangan dozadagi preparatni sepish qiyinchilik tug'dirayotgan pasientlar, Lenzetto preparatini boshqa bilak terisining sohalariga sepishlari yoki son qismining ichki yuzasining teri sohalariga sepishlari mumkin.

Teri xaroratini oshishi
Atrof muhit xaroratini ko'tarilishi (masalan, hammom/saunada yoki oftobda qorayish) Lenzetto preparatining so'rilish darajasiga deyarli ta'sir etmaydi. Biroq Lenzetto preparatini atrof muhit xarorati ko'tarilganda, ya'ni hammom/saunada yoki oftobda qorayishda extiyotkorlik bilan qo'llash lozim.  
Teriga quyosh nuridan himoya qiluvchi vositalarni surtish
Lenzetto preparati sepilgan joyga quyosh nuridan himoya qiluvchi vositalar, u qo'llanganidan keyin kamida 1 soatdan so'ng surtilganda, estradiolning so'rilish darajasi 10% ga pasayishi mumkin. Quyosh nuridan himoya qiluvchi vositalarni preparatni applikasiya sohasiga Lenzetto preparati sepilgandan bir soat oldin qo'llanilishi so'rilish darajasini pasaytirmadi.
Ortiqcha tana vazni va semizlik 
Ortiqcha tanaza vazniga ega bo'lgan yoki semizlik bilan xastalangan ayollarda Lenzetto preparatining so'rilish darajasi pasayishi mumkinligi to'g'risidagi ma'lumotlar cheklangan. Davolanish paytida preparatning dozasiga tuzatish kiritish talab etilishi mumkin. Dozani o'zgartirishni davolovchi shifokor bilan kelishish lozim.
Bollarda qo'llanishi
Lenzetto preparatini bollarda qo'llash mumkin emas.
Keksa yoshdagi (65 yoshdan oshgan)pasientlar
65 yoshdan oshgan ayollarni davolash tajribasi cheklangan.

Diqqat: ushbu sahifadagi preparat tavsifi rasmiy yo‘riqnomaning soddalashtirilgan va to‘ldirilgan versiyasidir. Ma’lumot faqat tanishish maqsadida taqdim etilgan va o‘z-o‘zini davolash uchun qo‘llanma sifatida foydalanilmasligi kerak. LENZETTO preparatini qabul qilishdan oldin albatta shifokor bilan maslahatlashing
Manbalar ro‘yxati:

LENZETTO narxlari

Dorixonalar
Manzil
Ish vaqti
Sotib olish
CITY PHARM Parket bozori 30
Mirzo Ulug'bek tumani, Parket ko'ch., 9 uy, 2 xonadon
24/7
91 500 so'm
Bron qilish
CITY PHARM Axmad Donish 21
Yunusobod tumani, 13 mavze, 3 uy
24/7
91 500 so'm
Bron qilish
CITY PHARM Askiya 1
Yakkasaroy tumani, Shota Rustaveli ko'ch., 53A uy
24/7
91 500 so'm
Bron qilish
CITY PHARM Sergeli 42
Sergeli tumani, 7 mavze, Mirzo Tursunzoda ko'ch., 29 uy
Du, Se, Ch, Pa, Ju, Sh, Ya | 08:00-00:00
93 000 so'm
Bron qilish

LENZETTO haqida savollar

LENZETTO haqida fikr-mulohazalar

Reyting 0, 0 ta sharh asosida

Alifbo bo'yicha dori vositalar ro'yxati

scroll-top

Biz portalimiz ishini takomillashtirish maqsadida cookie-fayllardan foydalanamiz. Ishni davom ettirar ekansiz, ulardan foydalanishga rozilik bildirgan bo‘lasiz. Batafsil