MAGNIKOR ko'rsatmalar
QO‘LLASH BO‘YICHA YO‘RIQNOMA
MAGNIKOR
MAGNICOR
Preparatning savdo nomi: Magnikor
Ta‘sir etuvchi moddalar (XPN): asetilsalisil kislotasi, magniy gidroksidi
Dori shakli: plyonka qobiq bilan qoplangan tabletkalar
Tarkibi:
1 tabletka quyidagilarni saqlaydi:
faol moddalar: 75 mg asetilsalisil kislotasi, 15,2 mg magniy gidroksidi;
yordamchi moddalar: makkajo‘xori kraxmali, mikrokristall sellyuloza, kartoshka kraxmali, magniy stearati;
qobig‘i: plyonka qobig‘i uchun Opadry II White aralashmasi (gipromelloza (gidroksipropilmetilsellyuloza); laktoza monogidrati; polietilenglikol (makrogol); titan dioksidi (Ye 171); triasetin).
Ta‘rifi: oq yoki deyarli oq rangli, dumaloq shaklli, ikki yoqlama qavariq yuzali plyonka qobiq bilan qoplangan tabletkalar.
Farmakoterapevtik guruhi: Antitrombotik vositalar. Trombositlar agregasiyasi ingibitorlari, geparindan tashqari.
ATX kodi: V01AS06.
Farmakologik xususiyatlari
Farmakodinamikasi
Asetilsalisil kislotasi analgetik, yallig‘lanishga qarshi, isitmani tushiruvchi va antiagregant vositadir. Antiagregant xususiyatlari qon ketish vaqtini oshiradi.
Asosiy farmakologik samarasi – prostaglandinlar va tromboksanlarni hosil bo‘lishini ingibisiya qilinishidir. Og‘riq qoldiruvchi samarasi siklooksigenaza fermentini ingibisiya qilinishi oqibatidagi qo‘shimcha samarasi hisoblanadi. Yallig‘lanishga qarshi samarasi PGE2 (prostaglandinlar) sintezini ingibisiya qilinishi oqibatida chaqirilgan qon oqimini kamayishi bilan bog‘liq.
Asetilsalisil kislotasi G/H prostaglandinlari sintezini qaytmas ingibisiya qiladi, uning trombositlarga ta‘siri, asetilsalisil kislotasi organizmda bo‘lganiga qaraganda uzoqroq davom etadi. Asetilsalisil kislotasining trombositlarda tromboksan biosinteziga va qon ketish vaqtiga ta‘siri, davolash tugaganidan keyin uzoq vaqt davomida davom etadi. Prepapatning ta‘siri faqat qon plazmasida yangi trombositlar paydo bo‘lganidan keyingina to‘xtaydi.
Salisil kislotasi (asetilsalisil kislotasining faol metaboliti) yallig‘lanishga qarshi ta‘sirga ega, shuningdek nafas olish jarayoniga, kislota-ishqor muvozanatiga va me‘daning shilliq qavatiga ta‘sir ko‘rsatadi. Salisilatlar nafasni, asosan suyak ko‘migiga bevosita ta‘sir ko‘rsatib rag‘batlantiradi. Salisilatlar me‘daning vazodilatator va sitoprotektor prostaglandinlarini ingibisiya qilish yo‘li bilan uning shilliq qavatiga bilvosita ta‘sir ko‘rsatadi va yaralarni hosil bo‘lish xavfini oshiradi.
Magniy gidroksidi antasid samaraga ega va ovqat hazm qilish yo‘llarining shilliq qavatini asetilsalisil kislotasining ta‘sirlovchi ta‘siridan himoya qiladi.
Farmakokinetikasi
So‘rilishi. Ichga qabul qilinganidan so‘ng asetilsalisil kislotasi ovqat hazm qilish yo‘llaridan tez so‘riladi. Peroral qo‘llangandan keyin asetilsalisil kislotasining ionlashmagan shaklini so‘rilishi me‘dada va ichakda kechadi. So‘rilish tezligi ovqat qabul qilish oqibatida va migren xurujlari bo‘lgan pasientlarda susayadi, axlorgidriyasi bo‘lgan pasientlarda yoki polisorbatlar yoki antasidlarni qabul qilayotgan pasientlarda esa – oshadi. Qon zardobidagi maksimal konsentrasiyasiga 1-2 soatdan keyin erishiladi.
Peroral qabul qilinganda magniy oz miqdorlarda ingichka ichakdan asta-sekin so‘riladi.
Taqsimlanishi. Asetilsalisil kislotasining qon plazmasi oqsillari bilan bog‘lanishi 80-90% ni tashkil etadi. Kattalar uchun taqsimlanish hajmi tana vazniga 170 ml/kg ni tashkil etadi. Qon plazzmasida konsentrasiyasi oshganida oqsillarning faol morkazlarini to‘yinishi yuz beradi, bu taqsimlanish hajmini oshishiga olib keladi. Salisilatlar qon plazmasi oqsillari bilan ekstensiv bog‘lanadi va organіzm bo‘ylab tez tarqaladi. Salisilatlar ko‘krak sutiga o‘tadi va yo‘ldosh to‘sig‘i orqali o‘tishi mumkin.
Magniy oqsillar bilan (taxminan 25-30 %) bog‘langan holda tarqaladi. Ozgina miqdori ko‘krak sutiga o‘tadi. Magniy yo‘ldosh to‘sig‘i orqali o‘tishi mumkin.
Metabolizmi. Asetilsalisil kislotasi me‘da devorida gidrolizga uchraydi va faol metaboliti – salisil kislotasi hosil bo‘ladi. So‘rilganidan keyin asetilsalisil kislotasi tezda salisil kislotasiga aylanadi, lekin peroral qo‘llangandan keyin birinchi 20 minut davomida qon plazmasida dominantlik qiladi.
Chiqarilishi. Salisil kislotasi asosan jigarda metabolizmga uchraydi. Shunday qilib, salisil kislotasining qon plazmasidagi muvozanatli konsentrasiyasi ichga qabul qilingan dozaga noproporsional ravishda oshadi. Asetilsalisil kislotasining 325 mg dozasida chiqarilishi birinchi navbat reaksiyasining kinetikasi ishtirokida yuz beradi. Yarim chiqarilish davri 2-3 soatni tashkil etadi. Asetilsalisil kislotasining yuqori dozasida yarim chiqarilish davri 15-30 soatgacha oshadi. Salisil kislotasi xam siydik bilan o‘zgarmagan holda chiqariladi. Salisil kislotasining chiqarilish hajmi dozaning darajasiga va siydik rN ga bog‘liq. Agar siydikning reaksiyasi ishqoriy bo‘lsa, salisil kislotasining dozasini taxminan 30% siydik bilan chiqariladi, agar kislotali bo‘lsa, – faqat 2% gina chiqariladi. Buyrak orqali chiqarilishi buyrak kalavalari filtrasiyasi, buyrak naychalarining faol sekresiyasi va buyrak naychasining passiv reabsorbsiyasi jarayonlari tufayli ro‘y beradi.
Magniyning ozgina miqdori siydik bilan chiqariladi, ammo katta qismi qayta so‘riladi va axlat bilan chiqariladi.
Qo‘llanilishi
- O‘tkir va surunkali yurak ishemik kasalligi.
- Takroriy tromb hosil bo‘lishini profilaktikasi.
- Yurak-qon tomir kasalliklarini rivojlanish xavf omillari: arterial gipertenziya, giperxolesterinemiya, qandli diabet, semizlik (tana vazni indeksi > 30), nasliy anamnez (pasientlarda 55 yoshgacha ota-onasining kamida bittasida, akasida yoki opasida miokard infarkti) bo‘lgan 50 yoshdan oshgan pasientlarda o‘tkir koronar sindrom kabi yurak-qon tomir kasalliklari va trombozlarni birlamchi profilaktikasi.
Qo‘llash usuli va dozalari
O‘tkir va surunkali yurak ishemik kasalligi.
Tavsiya etilgan boshlang‘ich doza – sutkada 2 tabletka (150 mg/30,4 mg) ni tashkil etadi. Samarani bir maromda tutib turuvchi doza sutkada 1 tabletka (75 mg/15,2 mg) ni tashkil etadi.
O‘tkir miokard infarkti. Nostabil stenokardiya.
Tavsiya etilgan doza 2-6 tabletka (150 mg/30,4 mg – 450 mg/91,2 mg) ni tashkil etadi, simptomlar paydo bo‘lganidan keyin iloji boricha tezroq qo‘llash kerak.
Takroriy tromb hosil bo‘lishini profilaktikasi.
Tavsiya etilgan boshlang‘ich doza – sutkada 2 tabletka (150 mg/30,4 mg) ni tashkil etadi. Samarani bir maromda tutib turuvchi doza sutkada 1 tabletka (75 mg/15,2 mg) ni tashkil etadi.
Yurak-qon tomir kasalliklarini rivojlanish xavf omillari bo‘lgan pasientlarda o‘tkir kokronar sindrom kabi yurak-qon tomir kasalliklari va trombozlarni birlamchi profilaktikasi.
Tavsiya etilgan profilaktik – sutkada 1 tabletka (75 mg/15,2 mg) ni tashkil etadi.
Tabletkalarni butunligicha yutish, suv bilan qabul qilish lozim. Tezroq singishini ta‘minlash uchun tabletkani chaynash ili suvda eritish mumkin.
Jigar faoliyatini buzilishi. Jigar faoliyatini og‘ir buzilishlari bo‘lgan pasientlarda dori vositasi qo‘llanmasin. Jigar faoliyatini buzilishi bo‘lgan pasientlarda dozaga tuzatish kiritish zarur bo‘lishi mumkin.
Buyrak faoliyatini buzilishi. Buyrak faoliyatini og‘ir buzilishlari (buyrak kalavasi filtrasiyasi darajasi < 0,2 ml/sek (10 ml/min)) bo‘lgan pasientlarda dori vositasi qo‘llanmasin. Buyrak faoliyatini buzilishi bo‘lgan pasientlarda dozaga tuzatish kiritish zarur bo‘lishi mumkin.
Nojo‘ya ta‘sirlari
Me‘da-ichak tizimi tomonidan: dispepsiyaning ko‘pgina ko‘rinishlari va simptomlari, epigastral sohada og‘riq va abdominal og‘riq; alohida hollarda – me‘da-ichak yo‘llarini yallig‘lanishi, me‘da-ichak yo‘llarini eroziv-yarali shikastlanishlari, ular yakka hollarda tegishli laboratoriya ko‘rsatkichlari va klinik ko‘rinishlar bilan kechuvchi me‘da-ichak yo‘llarini gemorragiyalari va perforasiyalarini (teshilishini) chaqirishi mumkin.
Asetilsalisil kislotasining trombositlarga antiagregant ta‘siri tufayli, qon ketishlarini rivojlanish xavfi, qon ketish vaqtini uzayishi bilan assosiasiyalanishi mumkin. Perioperasion gemorragiyalar, gematomalar, siydik-tanosil tizimi a‘zolaridan qon ketishlari, burundan qon ketishlari, milklardan qon ketishlari kabi qon ketishlari; kam yoki juda kam hollarda – me‘da-ichak yo‘llaridan gemorragiyalar, serebral gemorragiyalar (ayniqsa nazorat qilib bo‘lsaydigan gipertenziyasi bo‘lgan pasientlarda va/yoki antigemostatik vositalar bir vaqtda qo‘llanganda) kabi yakka hollarda hayotga potensial xavf tug‘diruvchi jiddiy qon ketishlari kuzatilgan.
Gemorragiyalar tegishli laborator ko‘rinishlar va asteniya, teri qoplamalarini ocharishi, gipoperfuziya kabi klinik simptomlar bilan kechuvchi o‘tkir va surunkali postgemorragik anemiyaga/temir tanqisligi anemiyasiga (yashirish deb nomlangan mikro qon ketishi tufayli) olib kelishi mumkin.
Glyukozo-6-fosfat-degidrogenazani yetishmovchiligining og‘ir ko‘rinishlari bo‘lgan pasientlarda gemoliz va gemolitik anemiya kuzatilgan.
Buyrak faoliyatini buzilishi va o‘tkir buyrak yetishmovchiligini rivojlanishi to‘g‘risida xabar berilgan.
Tegishli laboratoriya va klinik ko‘rinishlar, shu jumladan astmatik holat, yengil yoki o‘rtacha darajadagi teri reaksiyalari, shuningdek respirator yo‘llar, me‘da-ichak yo‘llari va yurak-qon tomir tizimi tomonidan reaksiyalar, shu jumladan toshma, eshakemi, shish, qichishish, rinit, burun bitishi, yurak-nafas yetishmovchiligi hamda juda kam hollarda – og‘ir reaksiyalar, shu jumladan anafilaktik shok bilan kechuvchi yuqori sezuvchanlik reaksiyalari kuzatilgan.
Juda kam hollarda qon zardobida transaminazalar va ishqoriy fosfataza darajasini oshishi bilan kechuvchi tranzitor buyrak buyrak yetishmovchiligi to‘g‘risida xabar berilgan.
Bosh aylanishi va quloqlarni jaranglashi kuzatilgan, bu dozani oshirib yuborilishidan dalolat berishi mumkin.
Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar
- Asetilsalisil kislotasiga, boshqa salisilatlarga yoki dori vositasining har qanday komponentiga o‘ta yuqori sezuvchanlik.
- Salisilatlarni yoki o‘xshash ta‘sirga ega moddalarni, ayniqsa anamnezda NYAQV ni qo‘llash oqibatida chaqirilgan astma.
- O‘tkir peptik yaralar.
- Gemorragik diatez.
- Og‘ir darajadagi buyrak yetishmovchiligi.
- Og‘ir darajadagi jigar yetishmovchiligi.
- Og‘ir darajadagi yurak yetishmovchiligi.
- Haftada 15 mg yoki undan ortiq dozadagi metotreksat bilan majmua («Dorilarning o‘zaro ta‘siri» bo‘limiga qarang).
Dorilarning o‘zaro ta‘siri
Bir vaqtda qo‘llash uchun qarshi ko‘rsatmalar.
Metotreksat. Asetilsalisil kislotasini va metotreksatni haftada 15 mg va undan ortiq dozalarda qo‘llanilishi metotreksatning (metotreksatning buyrak klirensini yallig‘lanishga qarshi moddalar tomonidan pasaytirilishi va salisilatlar tomonidan metotreksatni qon plazmasi proteinlari bilan bog‘idan siqib chiqarilishi oqibatida) gematologik toksikligini oshiradi.
AAF ingibitorlari. Angiotenzinga aylantiruvchi fermentlarning ingibitorlari asetilsalisil kislotasining yuqori dozalari bilan majmuasi prostaglandinlarning vazodilatator samarasini ingibisiya qilishi oqibatida buyrak kalavalari filtrasiyasini pasayishini va antigipertenziv samarani susayishini chaqiradi.
Asetazolamid. Asetazolamidning konsentrasiyasini oshishi salisilatlarni qon plazmasidan to‘qimalarga o‘tishiga va asetazolamidning toksikligini (charchoq, lohaslik, ongni chalkashishi, giperxloremik metabolik asidoz) chaqirishi mumkin.
Probenesid, sulfinpirazon. Probenesid va salisilatlarning yuqori dozalari (> 500 mg) qo‘llanganda ikkala dori vositasining metabolizmi susayadi va siydik kislotasining ekskresiyasi pasayishi mumkin.
Ehtiyotkorlik bilan qo‘llanishi lozim bo‘lgan majmualar.
Metotreksat. Asetilsalisil kislotasini va metotreksatni haftada 15 mg dan kam dozalarda qo‘llanganda metotreksatning (metotreksatning buyrak klirensini yallig‘lanishga qarshi moddalar tomonidan pasaytirilishi va salisilatlar tomonidan metotreksatni qon plazmasi proteinlari bilan bog‘idan siqib chiqarilishi oqibatida) gematologik toksikligi oshadi.
Klopidogrel, tiklopidin. Klopidogrel va asetilsalisil kislotasini majmuada qo‘llanilishi sinergik samaraga olib keladi. Bunday majmuada qo‘llashni ehtiyotkorlik bilan o‘tkazish kerak, chunki bu qon ketishini yuz berish xavfini oshiradi.
Antikoagulyantlar (varfarin, fenprokumon). Trombinni ishlab chiqarilishi kamayishi mumkin, buning natijasida trombositlar faolligini pasayishiga (K vitamini antagonisti) bilvosita ta‘siri amalga oshadi va qon ketishlarini yuz berishi xavfi oshadi.
Absiksimab, tirofiban, eptifibatid. Trombositlardagi glikoprotein IIb/IIIa-reseptorlari ingibisiya qilinishi mumkin, bu qon ketishlarini yuz berishi xavfini oshishiga olib keladi.
Geparin. Trombinni ishlab chiqarilishi kamayishi mumkin, buning natijasida trombositlar faolligini pasayishiga bilvosita ta‘siri amalga oshadi va qon ketishlarini yuz berishi xavfi oshadi.
Agar yuqorida ko‘rsatilgan moddalardan ikki yoki undan ortig‘i asetilsalisil kislotasi bilan birga qo‘llansa, bu trombositlar faolligini ingibisiya qilinishini kuchayishi yuzasidan sinergik samaraga olib kelishi, va uning natijasi o‘laroq, gemorragik diatezni kuchayishiga olib kelishi mumkin.
NYAQV va SOG-2 ingibitorlari (selekoksib). Birga qo‘llanilishi me‘da-ichak yo‘llarida buzilishlarni yuz berish xavfini oshishiga olib kelishi mumkin, bu me‘da-ichak yo‘llaridan qon ketishlariga olib kelishi mumkin.
Ibuprofen. Ibuprofenni bir vaqtda qo‘llanilishi asetilsalisil kislotasining ta‘siri bilan bog‘liq trombositlarning qaytmas agregasiyasini ingibisiya qiladi. Yurak-qon tomir tizimiga ta‘sir xavfi yuqori bo‘lgan pasientlarni ibuprofen bilan davolash asetilsalisil kislotasining kardioprotektor ta‘sirini cheklashi mumkin.
Asetilsalisil kislotasini yurak-qon tomir kasalliklarini oldini olish uchun sutkada 1 marta qabul qilayotgan va vaqti-vaqti bilan ibuprofen qo‘llayotgan pasientlar asetilsalisil kislotasini, ibuprofenni qo‘llashdan kamida 2 soat oldin qabul qilishlari kerak.
Furosemid. Furosemidni buyrak periferik naychalari eliminasiyasi ingibisiya qilinishi mumkin, bu furosemidning siydik haydovchi samarasini pasayishiga olib kelishi mumkin.
Xinidin. Trombositlarga additiv ta‘siri kuzatilishi mumkin, bu qon ketish vaqtini uzayishiga olib keladi.
Spironolakton. Spironolaktonning samaradorligini pasayishiga olib keluvchi reninning modifikasiyalangan samarasi yuz berishi mumkin.
Serotoninni qayta qamrab olinishining selektiv ingibitorlari. Birga qo‘llanilishi me‘da-ichak yo‘llarida buzilishlarni yuz berish xavfini oshishiga olib kelishi mumkin, bu me‘da-ichak yo‘llaridan qon ketishlariga olib kelishi mumkin.
Valproat. Valproat bilan bir vaqtda qo‘llanganda asetilsalisil kislotasi uni qon plazmasi proteinlari bilan bog‘idan siqib chiqarib, valproatning toksikligini oshiradi (markaziy nerv tizimini susayishi, me‘da-ichak yo‘llarida buzilishlar kuzatiladi).
Tizimli glyukokortikosteroidlar (Addison kasalligida o‘rinbosar davolash uchun qo‘llaniladigan gidrokortizondan tashqari) qonda salisilatlar darajasini pasaytiradi va davolash tugaganidan keyin dozani oshirib yuborilish xavfini oshiradi.
Diabetga qarshi dori vositalar. Asetilsalisil kislotasi va diabetga qarshi dori vositalarni bir vaqtda qo‘llanilishi gipoglikemiyani yuz berish xavfini oshiradi.
Antasidlar. Buyrak klirensi oshishi va buyrak absorbsiyasi (siydikning rN ko‘rsatkichini oshishi tufayli) pasayishi mumkin, bu setilsalisil kislotasining samarasini pasayishiga olib keladi. Asetilsalisil kislotasi va magniyning o‘zaro ta‘sirining klinik ahamiyati, dori vositasining tarkibiga kiruvchi magniyning oz miqdori hisobiga minimaldir.
Suvchechakka qarshi vaksina. Birga qo‘llanilishi Rey sindromini rivojlanish xavfini oshiradi.
Ginkgo biloba. Gingko biloba bilan birga qo‘llanilishi trombositlar agregasiyasiga to‘sqinlik qiladi, bu qon ketishlari xavfini oshishiga olib keladi.
Digoksin. Digoksin bilan bir vaqtda qo‘llanganda, buyrak ekskresiyasini pasayishi tufayli qon plazmasida digoksinning konsentrasiyasi oshadi.
Alkogol me‘da-ichak yo‘llari shilliq qavatini shikastlanishiga zamin yaratadi va asetilsalisil kislotasi va alkogolning sinergizmi tufayli qon ketish vaqtini uzaytiradi.
Qo‘llashdagi tegishli xavfsizlik choralari
Quyidagi vaziyatlarda Magnikor dori vositasini ehtiyotkorlik bilan qo‘llash kerak:
- analgetiklarga, yallig‘lanishaga qarshi, revmatizmga qarshi vositalarga o‘ta yuqori sezuvchanlik, shuningdek boshqa moddalarga allergiya bo‘lganida;
- me‘da-ichak yo‘llarining yaralari, shu jumladan surunkali va rekurent yara kasalliklari yoki anamnezda me‘da-ichak yo‘llaridan qon ketishlari;
- antikoagulyantlarni bir vaqtda qo‘llanishi;
- buyrak faoliyatini buzilishi bo‘lgan pasientlarda yoki yurak-qon aylanishini buzilishlari bo‘lgan pasientlarda (masalan, buyrak qon tomirlari patologiyasi, dimlangan yurak yetishmovchiligi, gipovolemiya, katta operasiyalar, sepsis yoki kuchli qon ketishlari), chunki asetilsalisil kislotasi shuningdek buyrak faoliyatini buzilishi va o‘tkir buyrak yetishmovchiligi xavfini xam oshirishi mumkin;
- glyukozo-6-fosfatdegidrogenazaning og‘ir yetishmovchiligi bo‘lgan pasientlarda asetilsalisil kislotasi gemoliz yoki gemolitik anemiyani chaqirishi mumkin. Ayniqsa gemoliz xavfini oshirishi mumkin bo‘lgan omillar, masalan, dori vositasining yuqori dozalari, isitma yoki o‘tkir infeksion jarayon bo‘lganida chaqirishi mumkin.;
- buyrak faoliyatini buzilishi.
Ibuprofen asetilsalisil kislotasining trombositlar agregasiyasiga nisbatan ingibitorlik samarasini kamaytirishi mumkin. Magnikor dori vositasini ibuprofenni og‘riqni qoldiruvchi dori vositasi sifatida qo‘llashni boshlashdan oldin qo‘llangan hollarda pasient shifokor bilan maslahatlashishi lozim.
Asetilsalisil kislotasi bronxospazm yoki bronxial astma xurujini rivojlanishiga yoki yuqori sezuvchanlikning boshqa reaksiyalariga olib kelishi mumkin. Xavf omillari anamnezda astmani, pichan isitmasi, burun polipozi yoki surunkali respirator kasallikni va anamnezda boshqa moddalarga allergik reaksiyalarni (masalan, teri reaksiyalari, eshakemini) o‘z ichiga olishi mumkin.
Asetilsalisil kislotasining trombositlar agregasiyasiga nisbatan, qabul qilingandan keyin bir necha kun saqlanib turuvchi ingibitorlik samarasi tufayli, asetilsalisil kislotasini saqlovchi dori vositalarni qo‘llanishi jarrohlik operasiyalarida (shu jumladan uncha ahamiyatli bo‘lmagan jarrohlik aralashuvlari, masalan, tish olish) qon ketishini ehtimolini/kuchayishini chaqirishi mumkin.
Asetilsalisil kislotasining uncha katta bo‘lmagan dozalari qo‘llanganda siydik kislotasini chiqarilishi susayishi mumkin. Bu podagraga moyil pasientlarda podagra xurujiga olib kelishi mumkin.
Asetilsalisil kislotasini saqlovchi dori vositalarini shifokor bilan maslahatlashmasdan, tana haroratini oshishi bilan kechadigan yoki kechmaydigan o‘tkir respirator virusli infeksiyasi (O‘RVI) bo‘lgan bolalar va o‘smirlarda qo‘llash mumkin emas. Ayrim virusli kasalliklarda, ayniqsa A grippida, V grippida va suvchechakda juda kam uchraydigan, lekin hayot uchun xavfli bo‘lgan kasallik – Rey sindromini rivojlanish xavfi mavjud bo‘ladi, bu shoshilinch tibbiy aralashuvni talab etadi. Agar asetilsalisil kislotasi yondosh dori vositasi qo‘llanayotgan bo‘lsa, xavf oshishi mumkin, biroq bu holatlarda sabab-oqibat bog‘liqligi isbotlanmagan. Agar ko‘rsatilgan holatlar doimiy qusish bilan kechsa, bu Rey sindromining ko‘rinishi bo‘lishi mumkin.
Maxsus ko‘rsatmalar
Homiladorlik yoki emizish davrida qo‘llanilishi.
Prostaglandinlar sintezini susayishi homiladorlikka va/yoki embrional/ona qornidagi rivojlanishga salbiy ta‘sir qilishi mumkin. Epidemiologik tadqiqotlarning mavjud ma‘lumotlari, homiladorlikning boshida prostaglandinlar sintezi ingibitorlari qo‘llangandan keyin homila tashlash va homilani rivojlanish nuqsonlari xavfini oshishini ko‘rsatadi. Xavf dozani oshishi va davolash davomiyligini oshishiga qarab oshadi. Mavjud ma‘lumotlarga muvofiq, asetilsalisil kislotasin qo‘llanishi va homila tashlashning yuqori xavfi o‘rtasida bog‘liqlik isbotlanmagan.
Rivojlanish nuqsonlarini yuz berishi yuzasidan mavjud epidemiologik ma‘lumotlar bosqichli hisoblanmaydi, biroq gastroshizisning yuqori xavfi asetilsalisil kislotasi qo‘llanganda gastroshizisning yuqori xavfini istisno etib bo‘lmaydi. Homiladorlikning ilk davrida (1-4-chi oy) uning ta‘siri yuzasidan mavjud ma‘lumotlar, malformasiyalarni rivojlanish xavfini oshishi bilan qandaydir bog‘liqlik borligini ko‘rsatmadi.
Hayvonlarda o‘tkazilgan tadqiqotlar reproduktiv toksiklik borligini ko‘rsatadi.
Homiladorlikning І va ІІ uch oyligi davrida asetilsalisil kislotasini saqlovchi dori vositalarni aniq klinik zaruratsiz buyurish mumkin emas. Ehtimol homilador bo‘lgan ayollar uchun yoki homiladorlikning І va ІІ uch oyligi davrida, asetilsalisil kislotasini saqlovchi dori vositalarning dozasi iloji boricha past bo‘lishi, davolash davomiyligi esa – iloji boricha qisqaroq bo‘lishi lozim.
Homiladorlikning ІІІ uch oyligi davrida prostaglandinlar sintezining barcha ingibitorlari homilaga quyigicha ta‘sir qilishi mumkin:
- yurak-o‘pka toksikligi (arterial yo‘lni barvaqt berkilishi va o‘pka gipertenziyasi bilan bog‘liq);
- keyinchalik oligogidroamnioz bilan bog‘liq buyrak yetishmovchiligini rivojlanishi bilan kechuvchi buyrak faolityaini buzilishi;
- ayolga va bolaga homiladorlikning oxirida prostaglandinlar sintezining ingibitorlari quyigicha ta‘sir qilishi mumkin:
- xatto juda past dozalar qabul qilingandan keyin yuz berishi mumkin bo‘lgan qon ketish vaqtiniuzayishi va antiagregant samara;
- bachadonni qisqarishlarini tormozlanishi, bu tug‘ruq davomiyligini kechikishiga yoki uzayishiga olib kelishi mumkin.
Bularni hisobga olib, asetilsalisil kislotasini homiladorlikning ІІІ uch oyligida qo‘llash mumkin emas.
Salisilatlar va ularning metabolitlari ko‘krak sutiga ozgina miqdorlarda o‘tadi.
Ayollarga laktasiya davrida qo‘llangandan so‘ng dori vositasining zarali ta‘siri aniqlanmaganligi tufayli, emizishni to‘xtatish, odatda kerak emas. Biroq muntazam qo‘llangan hollarda yoki yuqori dozalar qo‘llanganda emizishni ilk bosqichlarda to‘xtatish lozim.
Bolalar.
Ko‘rsatmalarga muvofiq («Qo‘llash usuli va dozalari» bo‘limiga qarang) Magnikor dori vositasi bolalarda qo‘llash mumkin emas.
Asetilsalisil kislotasini 15 yoshgacha bo‘lgan bolalarda qo‘llash og‘ir nojo‘ya samaralarni (shu jumladan belgilaridan biri doimiy qusish bo‘lgan Rey sindromi) chaqirishi mumkin.
Avtotransportni boshqarishda yoki boshqa mexanizmlar bilan ishlashda reaksiya tezligiga ta‘sir etish xususiyati.
Ta‘sir etmaydi.
Preparatni yaroqlilik muddati o‘tgach ishlatmaslik va bolalar ololmaydigan joyda saqlash lozim.
Preparat bolalar ololmaydigan joyda saqlansin va yaroqlilik muddati o‘tgach qo‘llanilmasin.
Dozani oshirib yuborilishi
Toksiklik.
Xavfli doza. Kattalar: tana vazniga 300 mg/kg.
Salisilatlar bilan surunkali zaharlanish yashirin xarakterga ega bo‘lishi mumkin, chunki uning belgilari va simptomlari spesifik emas. Salisilatlar tomonidan chaqirilgan o‘rtacha surunkali ntoksikasiya ili salisilizm, odatda faqat katta dozalar takroran qo‘llangandan keyingina kuzatiladi.
Simptomlari
O‘rtacha darajadagi surunkali zaharlanish simptomlari (dori aositasining yuqoi dozalarini uzoq muddat davomida qo‘llash natijasi): bosh aylanishi, vertigo, karlik, kuchli terlash, isitma, nafasni kuchayishi, quloqlarni shang‘illashi, respіrator alkaloz, metabolik asidoz, lohaslik, mo‘‘tadil suvsizlanish, bosh og‘rig‘i, ongni chalkashishi, ko‘ngil aynishi va qusish.
O‘tkir intoksikasiya kislota-ishqor muvozanatining yaqqol o‘zgarishidan dalolat beradi, u yoshga va intoksikasiya og‘irligiga qarab farq qilishi mumkin. Bolalarda eng ko‘p uchraydigan ko‘rinishi metabolik asidozdir. Holatning og‘irligi qon plazmasidagi salisilatlarning konsentrasiyasi yuzasidan olingan ma‘lumotlar asosidagina baholash mumkin emas. Asetilsalisil kislotasini so‘rilishi me‘dani bo‘shashini kechikishi, me‘dada konkrementlarni shakllanishi yoki uni ichakda eruvchan qobiq bilan qoplangan tabletkalar shaklida qo‘llangan hollarda sekinlashishi mumkin.
Og‘ir va o‘tkir zaharlanish simptomlari (dozani oshirib yuborilishi oqibatida): gipoglikemiya (asosan bolalarda), ensefalopatiya, koma, gipotenziya, o‘pka shishi, tirishishlar, koagulopatiya, bosh miya shishi, yurak ritmini buzilishi.
Yanada yaqqol toksik samara dozani surunkali oshirib yuborilishi bo‘lgan yoki dori vositasini xaddan ziyod iste‘mol qilgan pasientlarda, shuningdek keksa yoshdagi pasientlar yoki bolalarda kuzatiladi.
Davolash
Doza o‘tkir oshirib yuborilgan hollarda me‘dani yuvish va faollashtirilgan ko‘mirni qo‘llash kerak. Tana vazniga 120 mg/kg dan ortiq doza qabul qilinganiga shubha tug‘ilganida faollashtirilgan ko‘mirni takroran qo‘llash lozim.
Qon zardobida salisilat darajasini doza qo‘llangandan keyin xech bo‘lmaganda har 2 soatda, salisilat darajasi o‘zgarmay pasaygunicha va kislota-ishqor balansi tiklanmagunicha aniqlash kerak.
Protrombin vaqti va/yoki XNI (xalqaro nomallashtirilgan indeks) tekshirilishi lozim, xususan, agar qon ketishiga shubha bo‘lsa, tekshirilishi lozim.
Suyuqliklar va elektrolitlarning balansini tiklash lozim. Salisilatni qon plazmasidan chiqarib tashlashning eng samarali usullari ishqoriy diurez va gemodializdir. Gemodializ og‘ir intoksikasiya hollarida qo‘llanishi lozim, chunki bu usul salisilatni chiqarilishini ancha sezilarli tezlashtiradi xamda kislota-ishqor va suv-tuz balanslarini tiklaydi.
Salisilatlar bilan zaharlanishning kompleks patofiziologik samaralari tufayli, ko‘rinishlar va simptomlar/taxlil natijalari quyidagilarni o‘z ichiga olishi mumkin:
Ko‘rinishlar va simptomlar | Tahlil natijalari | Terapevtik choralar |
Yengil yoki o‘rtacha darajadagi intoksikasiya | Me‘dani yuvish, faollashtiril-gan ko‘mirni takroran yuborish, jadallashtirilgan ishqoriy diurez | |
Taxipnoe, giperventilyasiya, respirator alkaloz | Alkalemiya, alkaluriya | Elektrolit va kislota-ishqor balansini tiklash |
Diaforez (kuchli terlash) | ||
Ko‘ngil aynishi, qusish | ||
O‘rtacha yoki og‘ir darajadagi intoksikasiya | Me‘dani yuvish, faollashtiril-gan ko‘mirni takroran yuborish, jadallashtirilgan ishqoriy diurez, og‘ir hollarda gemodializ | |
Metabolik asidoz bilan kechuvchi respirator alkaloz | Asidemiya, asiduriya | Elektrolit va kislota-ishqor balansini tiklash |
Giperpireksiya | Elektrolit va kislota-ishqor balansini tiklash | |
Respirator: giperventilyasiya, nokardiogen o‘pka shishi, nafas yetishmovchiligi, asfiksiya
|
||
Yurak-qon tomir patologiyasi: dizaritmiyalar, arterial gipotenziya, yurak-qon tomir yetishmovchiligi |
Arterial bosim, EKG o‘zgarishlari | |
Suyuqlik va elektrolitlarni yo‘qotish: degidratasiya, oliguriya, buyrak yetishmovchiligi | Gipokaliemiya, gipernatriemiya, giponatriemiya, buyrak faolityaini o‘zgarishi | Elektrolit va kislota-ishqor balansini tiklash |
Glyukozani metabolizmini buzilishi, ketoasidoz | Giperglikemiya, gipoglikemiya (ayniqsa bolalarda).
Keton tanalar darajasini oshishi |
|
Quloqlarni jaranglashi, karlik | ||
Me‘da-ichak yo‘llari: MIY dan qon ketishi |
||
Gematologik:
trombositlarni ingibisiya qilishini, koagulopatiya |
PT prolongasiyasi, gipoprotrombinemiya | |
Nevrologik:
toksik ensefalopatiya va letargіya, ongni chalkashishi, koma va tirishishlar kabi ko‘rinishlar bilan kechuvchi MNT ni susayishi |
Chiqarilish shakli
10 tabletkadan blisterda; 3 yoki 10 blisterdan o‘ramda.
Saqlash sharoiti
Original o‘ramida, 25ºS dan yuqori bo‘lmagan haroratda saqlansin.
Yaroqlilik muddati
2 yil.
Dorixonalardan berish tartibi
Reseptsiz – 30 tabletka.
Resept bo‘yicha – 100 tabletka.
Chiqarish shakllari