Ташкент
logo
SavatKirish

MAXAVAR

MAXAVAR chiqarish shakllari

MAXAVAR kapsulalar  N12
MAXAVAR kapsulalar N12
Hindiston
Ishlab chiqaruvchi:
Laborate Pharmaceuticals India Ltd
MAXAVAR kapsulalar  N100
MAXAVAR kapsulalar N100
Hindiston
Ishlab chiqaruvchi:
Laborate Pharmaceuticals India Ltd
- MAXAVAR qabul qilish bo'yicha ma'lumot
- MAXAVARning tarkibi
- MAXAVAR ko'rsatmalar va qarshi ko'rsatmalar
- MAXAVAR narxi Toshkent dorixonalarida

MAXAVAR qo'llanmasi

Saytda e'lon qilingan ma'lumotlar mutaxassislar uchun mo'ljallangan. O'zingizni-o'zingiz davolash bilan shug'ullanmang. Sog'lig'ingizga zarar bermaslik uchun mutaxassis bilan maslahatlashishga ishonch hosil qiling!
Umumiy ma'lumot

QO‘LLASH BO‘YICHA YO‘RIQNOMA

MAXAVAR®

MAHAVAR®

 

Preparatning savdo nomi: Maxavar®

Dori shakli: kapsulalar

Tarkibi:

Har bir kapsula quyidagilarni saqlaydi:

Faol moddalar: mg
Dabdabali Glorioza ekstrakti (Gloriosa superba) 100
Urug‘qanotli Moringa ekstrakti (Moringa pterygosperma) 75
Oddiy sabzi ekstrakti (Daucus carota) 50
To‘q qizil Qorakuya ekstrakti (Claviceps purpurae) 50
O‘tli paxta ekstrakti (Gossypium herbaccum) 50
Seylon qo‘rg‘oshini ekstrakti (Plumbago zeylanica) 50
Nordon Embeliya ekstrakti (Embelia ribes) 25
Xitoy Gibiskusi ekstrakti (Hibiscus rosa-sinensis) 25
Tozalangan Bura (dinatriya tetraborat) 75

yordamchi moddalar: natriya metilgidroksibenzoati, natriya propil gidroksibenzoati, natriya benzoati, kalsiy karbonat, qattiq jelatin kapsulalar qobig‘i.

Ta‘rifi: juda kam jigarrang rangli granulalari bo‘lgan, oq kukun saqlovchi, ko‘k rangli qattiq jelatin kapsulalar.

Farmakoterapevtik guruhi: hayz ko‘rishni funksional buzilishlarida qo‘llanadigan ayuverdik vosita.

ATX kodi: G02CX

 

Farmakologik xususiyatlari

Farmakodinamikasi

Preparatning ta‘siri uning alohida komponentlariga bog‘liq, ushbu kombinasiyani o‘simlik komponentlari sinergik farmakologik ta‘sir ko‘rsatadi, hayz ko‘rish siklini boshqarishiga yordam beradi.

Preparat bachadonni rag‘batlantirish yo‘li bilan bevosita ta‘sir qiluvchi o‘tlar saqlaydi, endometriyni tiklanishini oshiradi.

Hayz ko‘rish siklini normallashishiga yordam beradi, hayz qonining miqdorini nazorat qiladi, dismenoreyani namoyon bo‘lishini kamaytiradi.

Farmakokinetikasi

Xalqaro konvensiyaga muvofiq (EMEAHMPWG11/99) o‘simliklardan olingan preparatlarda klinik tadqiqotlar o‘tkazishda farmakokinetik parametrlarni izolyasiya qilingan tadqiqotlar talab qilinmaydi.

Qo‘llanilishi

  • algodismenoreya;
  • menorragiya;
  • metroragiya;
  • xayz ko‘rishni kechikishi;
  • nomuntazam hayz ko‘rish;
  • birlamchi va ikkilamchi amenoreyada qo‘llanadi.

Qo‘llash usuli va dozalari

Ichga katta ayollarga 1 kapsuladan kuniga 2 marta. Og‘ir holatlarda 1 kapsuladan kuniga 3 marta. Yaxshiroq natijaga preparat qabul qilingandan keyin 3-5 kun o‘tgach erishiladi.

 

Nojo‘ya ta‘sirlari

Preparatni qo‘llanilishiga ko‘rsatilishi bo‘yicha qo‘llash va ko‘rsatilgan dozada nojo‘ya ta‘sirlar aniqlanmagan.

Preparatning komponentlariga individual yuqori sezuvchanlik reaksiyalari kutilishi mumkin.

Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar

Preparatning komponentlariga yuqori sezuvchanlik. Homiladorlik va emizish davrida qo‘llash mumkin emas.

Dorilarning o‘zaro ta‘siri

Noma‘lum.

Maxsus ko‘rsatmalar

Preparat bolalarga va erkaklarga buyurilmaydi.

Homiladorlik va emizishda qo‘llanilishi: qo‘llash mumkin emas.

Avtotransportni haydash va mexanizmlarni boshqarish qobiliyatiga ta‘siri: Preparat avtotransportni haydash va mexanizmlarni boshqarish qobiliyatiga ta‘sir qilmaydi.

Preparat bolalar ololmaydigan jayda saqlansin va yaroqlilik muddati o‘tgach qo‘llanilmasin.

 

Dozani oshirib yuborilishi

Xabarlar bo‘lmagan.

 

Chiqarilish shakli

Blisterda 6 kapsula, 2 blisterdan № 12 qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnomasi bilan karton o‘ramda.

Blisterda 10 kapsula, 10 blisterdan № 100 qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnomasi bilan karton o‘ramda.

 

Saqlash sharoiti

Quruq, yorug‘likdan himoyalangan joyda, 25°S dan yuqori bo‘lmagan haroratda saqlansin.

 

Yaroqlilik muddati

3 yil.

 

Dorixonalardan berish tartibi

Reseptsiz.

Ulashish:

MAXAVAR barcha rasmlari

Barcha rasmlar
Barcha rasmlar

MAXAVAR savollari

MAXAVAR fikr-mulohazalari

Reyting 0, 0 ta sharh asosida

Alifbo bo'yicha dori vositalar ro'yxati

scroll-top

Biz portalimiz ishini takomillashtirish maqsadida cookie-fayllardan foydalanamiz. Ishni davom ettirar ekansiz, ulardan foydalanishga rozilik bildirgan bo‘lasiz. Batafsil