Apteka.uz
SavatKirish

Mebendazol

Mebendazol chiqarilish shakllari

MEBENDAZOL tabletkalari 100 mg/500 mg N10
Retseptli
MEBENDAZOL tabletkalari 100 mg/500 mg N10
Armaniston
Ishlab chiqaruvchi:
Arpimed, OOO
MEBENDAZOL S tabletkalari
Retseptli
MEBENDAZOL S tabletkalari
O'zbekiston
Ishlab chiqaruvchi:
SAMO, OOO
- Mebendazol qabul qilish bo'yicha ma'lumot
- Mebendazolning tarkibi
- Mebendazol ko'rsatmalar va qarshi ko'rsatmalar
- Mebendazol narxi Toshkent dorixonalarida

Mebendazol haqida qo'llanma

Umumiy ma'lumot

QO‘LLASH BO‘YICHA YO‘RIQNOMA

MEBENDAZOL

MEBENDAZOLE

 

Preparatning savdo nomi: Mebendazol

Ta‘sir etuvchi modda (XPN): mebendazol (mebendazole)

Dori shakli: tabletkalar

Tarkibi:

1 tabletka quyidagilarni saqlaydi:

faol modda: mebendazol – 100 mg;

yordamchi moddalar: mikrokristall sellyuloza, natriy kraxmal glikolyati, makkajo‘xori kraxmali, natriy lauril sulfati, talk, magniy stearati.

Ta‘rifi: dumaloq shaklli, ikki tomoni qavariq, oq rangli yoki deyarli oq rangli, bir tomonida riskali tabletkalar.

Farmakoterapevtik guruhi: antigelmint vosita.

ATX kodi: R02SA01

Farmakologik xususiyatlari

Yuqori samarali keng ta‘sir doirasiga ega bo‘lgan gelmintlarga qarshi vosita; enterobioz va trixosefalezda eng yuqori samarali. Gelmintlarda xujayra tubulinining hosil bo‘lishiga to‘sqinlik qiladi, shunday qilib glyukozaning utilizasiyasini buzadi va ularning organizmida ATF ni hosil bo‘lishini susaytiradi.

Farmakokinetikasi

Ichga qabul qilinganidan keyin mebendazol kam so‘riladi. Yuqori birlamchi metabolizmi tufayli past biokiraolishlikka va juda past eruvchanlikka ega. Uning ko‘p bo‘lmagan qismi qonga tushib, 90% ga plazma oqsillari bilan bog‘lanadi va jigarda metabolizmga uchraydi. Deyarli to‘liq ahlat bilan chiqariladi.

Qo‘llanilishi

Enterobioz, askaridoz, trixostrongilidoz, trixuriaz, trixinellez, tenioz, aralash gelmintozlarda qo‘llanadi.

Qo‘llash usuli va dozalari

Kattalar va 2 yoshdan oshgan bolalarga enterobiozda – 100 mg dozada bir marta. Takroriy invaziyaning yuqori ehtimoli holida, qabul qilish shu dozada 2-3 hafta o‘tgach takrorlanadi. Oilaning barcha a‘zolarini bir vaqtda davolash tavsiya qilinadi.

Kattalar va 2 yoshdan oshgan bolalarga askaridozda, ankilostomidozda, trixuriazda, aralash gelmintlarda – 100 mg dan ertalab va kechqurun 3 kun davomida yoki 500 mg bir marta.

Nojo‘ya ta‘sirlari

Kam hollarda – ko‘ngil aynishi, qorin og‘rig‘i.

Yuqori dozalarda uzoq vaqt davomida qo‘llanganida qusish, diareya, bosh og‘rig‘i, allergik reaksiyalar, xolsizlik, qon zardobida jigar transaminazalarining konsentrasiyasini tranzitor oshishi, leykopeniya, neytropeniya, anemiya, eozinofiliya, sochlarni to‘kilishi, gematuriya, silindruriya.

 

Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar

  • Jigar faoliyatining yaqqol buzilishlari.
  • Mebendazolga yuqori sezuvchanlik.
  • Homiladorlik, emizish davrida.
  • 2 yoshgacha bo‘lgan bolalarda qo‘llash mumkin emas.

Dorilarning o‘zaro ta‘siri

Simetidin bilan bir vaqtda buyurish mebendazolning samarasini kuchayishiga, karbamazepin va fenitoin bilan esa – pasayishiga olib kelishi mumkin.

 

Maxsus ko‘rsatmalar

Takroriy infeksiyalanish yoki kasallikni yuqtirishdan saqlanish uchun davolanish vaqtida shaxsiy gigienaga rioya qilish, shuningdek oilaning barcha a‘zolarini bir vaqtda davolashni o‘tkazish kerak. Uzoq muddatli qo‘llashda periferik qon manzarasini, jigar va buyraklarning faoliyatini nazorat qilish kerak.

Mebendazol qandli diabeti bo‘lgan pasientlarda insulinga talabni pasaytiradi.

Mebendazolni lipofil moddalar bilan bir vaqtda qo‘llashdan saqlanish kerak.

Mebendazol qo‘llanganida parhezga rioya qilish talab qilinmaydi.

Mebendazol qabul qilinganidan keyin bir sutka davomida alkogol iste‘mol qilishga yo‘l qo‘yilmasin.

Mebendazol qabul qilinganidan keyin surgi qabul qilinmasin.

Preparatni bolalar ololmaydigan joyda saqlansin va yaroqlilik muddati o‘tgach qo‘llanilmasin.

Dozani oshirib yuborilishi

Simptomlari: qorin bo‘shlig‘ida spazmlar, ko‘ngil aynishi, qusish, diareya.

Davolash: permanganat kaliy (20 mg/100ml) bilan me‘dani yuvishni o‘tkazish. Faollantirilgan ko‘mir qabul qilish mumkin. Spesifik antidoti mavjud emas.

Chiqarilish shakli

10 tabletkadan kontur uyali o‘ramda

1 kontur uyali o‘ram qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnomasi bilan karton qutida.

 

Saqlash sharoiti

Original o‘ramda, 250S dan yuqori bo‘lmagan haroratda saqlash kerak.

 

Yaroqlilik muddati

3 yil.

 

Dorixonalardan berish tartibi

Resept bo‘yicha.

Ulashish:

Qo'llanilishi mumkin bo'lmagan holatlar

- Jigar funksiyasining yaqqol buzilishlari,
- homiladorlik,
- laktatsiya (emizish),
- 2 yoshgacha bo'lgan bolalar,
- mebendazolga yuqori sezuvchanlik.

Farmakokinetikasi

OSHQdan deyarli so'rilmaydi. Plazma oqsillari bilan bog'lanishi 90% ni tashkil qiladi.
Organlarda notekis taqsimlanadi, yog' to'qimasida, jigarda, gelmintlarning lichinkalarida to'planadi.
Jigarda 2-amino hosilasigacha metabollanadi. T1/2 – 2,5-5,5 soat. Dozaning 90% dan ortig'i axlat bilan o'zgarmagan holda chiqariladi.
So'rilgan qismi (5-10%) buyraklar orqali chiqariladi.

Farmakologik ta'siri

Keng ta'sir doirasiga ega antigelmint vosita; enterobiozda eng samarali.
Gelmint organizmida glyukoza utilizatsiyasining qaytmas buzilishini chaqiradi va ATF sintezini tormozlaydi. Toksikologiya Toksikologik tadqiqotlar Mebendazol yuqori xavfsizlik darajasiga egaligini va odatda yaxshi o'zlashtirilishini ko'rsatadi. Terapevtik dozalar qabul qilinganda toksik samaralar rivojlanishi ehtimoli kam.

Maxsus ko‘rsatmalari

Uzoq muddat qabul qilinganda periferik qon manzarasini, jigar va buyrak funksiyasini nazorat qilish zarur.
Qabul qilgandan keyin bir sutka davomida etanol, yog'li ovqat iste'mol qilish taqiqlanadi; surgi preparatlarini qabul qilish tavsiya etilmaydi.
Davolash tugagandan keyin anal sohasi surtmalari va axlatni davriy tekshirish majburiydir: terapiya keyingi 7 kun davomida gelmintlar yoki ularning tuxumlari bo'lmaganda samarali hisoblanadi.
Preparat bolalar ololmaydigan joyda saqlansin va yaroqlilik muddati o'tgandan keyin ishlatilmasin.

Dori vositalarining o'zaro ta'siri

Mebendazol qandli diabeti bo'lgan bemorlarda insulinga bo'lgan ehtiyojni kamaytiradi.
Mebendazolni lipofil moddalar bilan birga tayinlashdan qochish kerak.
Bir vaqtda qo'llanilganda simetidin qonda mebendazol kontsentratsiyasini oshirishi, karbamazepin va boshqa metabolizm induktorlari esa - pasaytirishi mumkin.

Qo‘llash usuli va dozirovkasi

Kattalar va 10 yoshdan oshgan bolalarga enterobiozda - 100 mg dozada bir marta. 2 dan 10 yoshgacha bo'lgan bolalarga - 25-50 mg dozada bir marta. Qayta invaziya ehtimoli yuqori bo'lgan hollarda qabul qilishni 2-4 haftadan so'ng o'sha dozada takrorlashadi. Oilaning barcha a'zolarini bir vaqtda davolash tavsiya etiladi.

Askaridoz, trixosefalyoz, ankilostomidoz, tenioz, strongiloidoz va aralash gelmintozlarda - 3 kun davomida ertalab va kechqurun 100 mg dan.
Trixinellezda - 3 kun davomida kuniga 3 marta 200-400 mg dan, 4-kundan 10-kungacha esa - kuniga 3 marta 400-500 mg dan.
Echinokokkozda - dastlabki 3 kunda kuniga 2 marta 500 mg dan, keyingi 3 kunda o'sha dozada kuniga 3 marta. Keyinchalik 25-30 mg/kg/sut dozada 3-4 qabulga bo'lib qo'llaniladi.

Diqqat: ushbu sahifadagi preparat tavsifi rasmiy yo‘riqnomaning soddalashtirilgan va to‘ldirilgan versiyasidir. Ma’lumot faqat tanishish maqsadida taqdim etilgan va o‘z-o‘zini davolash uchun qo‘llanma sifatida foydalanilmasligi kerak. Mebendazol preparatini qabul qilishdan oldin albatta shifokor bilan maslahatlashing
Manbalar ro‘yxati:

Mebendazol haqida savollar

Mebendazol haqida fikr-mulohazalar

Reyting 0, 0 ta sharh asosida

Alifbo bo'yicha dori vositalar ro'yxati

scroll-top

Biz portalimiz ishini takomillashtirish maqsadida cookie-fayllardan foydalanamiz. Ishni davom ettirar ekansiz, ulardan foydalanishga rozilik bildirgan bo‘lasiz. Batafsil