Apteka.uz
SavatKirish

MEBENDAZOL tabletkalari 100 mg/500 mg N10

Retseptli
Mahsulot haqida tafsilotlar
Ishlab chiqarilgan joyi:Armaniston
Faol modda:Mebendazol
Ishlab chiqaruvchi:Arpimed, OOO
ATX kodi:P02CA01
Barcha Mebendazol dorilari
Mavjud emas
Dorixonadan topish
To‘lov va yetkazib berish usullari Toshkentda
Olib ketish
Ertaga yoki keyinroq 0 ta dorixonadan
Dorixonada karta yoki naqd to‘lov
Yetkazib berish
2 soat ichida yoki ertaga, yetkazib berish narxi onlayn dorixonada ko‘rsatilgan tarif bo‘yicha. Onlayn yoki kuryerga to‘lov

MEBENDAZOL tabletkalari 100 mg/500 mg N10 qo'llanmasi

Nojo'ya samaralari

Kuzatilgan noxush reaksiyalar uchrash tezligi bo‘yicha quyidagicha tasniflangan: juda tez-tez (>1/10), tez-tez (>1/100 dan <1/10 gacha), tez-tez emas (>1/1000 dan <1/100 gacha), kam hollarda (>1/10 000 dan <1/1000 gacha), juda kam hollarda (<1/10 000, shu jumladan alohida xabarlar).

Qon va limfa tizimi tomonidan:
- juda kam hollarda - neytropeniya.

Immun tizimi tomonidan:
- juda kam hollarda - o‘ta yuqori sezuvchanlik, shu jumladan anafilaktik va anafilaktoid reaksiyalar.

Markaziy asab tizimi tomonidan:
- juda kam hollarda - tirishishlar, bosh aylanishi.

Me’da-ichak yo‘llari tomonidan:
- tez-tez emas - qorinda og‘riq, diareya, meteorizm.

Gepatobiliar tizim tomonidan:
- juda kam hollarda - gepatit, jigar funksiyasining buzilishi.

Buyrak va siydik chiqarish yo‘llari tomonidan:
- juda kam hollarda - glomerulonefrit (tavsiya etilgan dozalardan yuqori dozalarda uzoq muddat qabul qilinganda).

Teri qoplamalari tomonidan:
- tez-tez emas - toshma,
- juda kam hollarda - toksik epidermal nekroliz, Stivens-Djonson sindromi, ekzantema, angionevrotik shish, eshakemi, alopesiya, qichishish.

Sanab o‘tilgan nojo‘ya reaksiyalar, shuningdek ilova-varaqada qayd etilmagan reaksiyalar paydo bo‘lganda shifokorga murojaat qilish zarur.

Maxsus saqlash sharoitlari

Dori vositasi qo'llanilganda dieta tayinlash yoki surgi vositalarini qo'llashga zarurat yo'q.
Davolash tugagandan so'ng anal soha surtmalari va axlatni davriy tekshirish majburiydir: terapiya keyingi 7 kun davomida gelmintlar yoki ularning tuxumlari bo'lmaganda samarali hisoblanadi.
Uzoq muddat qo'llanilganda periferik qon manzarasi, jigar va buyrak funktsiyalarini nazorat qilish zarur.

Qo'llanilishi mumkin bo'lmagan holatlar

• mebendazolga yoki biron-bir yordamchi moddaga yuqori sezuvchanlik;
• homiladorlik;
• laktatsiya davri;
• jigar funksiyasining yaqqol buzilishlari, jigar yetishmovchiligi;
• nospesifik yarali kolit, Kron kasalligi;
• 2 yoshgacha bo'lgan bolalar.

Dori vositalarining o'zaro ta'siri

Simetidin bilan birga tayinlash mebendazolning jigarda metabolizmi ingibirlanishi va qon plazmasida kontsentratsiyasi oshishi hisobiga mebendazol samarasining kuchayishiga olib kelishi mumkin. Bunday holda mebendazol dozasini to'g'irlash uchun uning qon plazmasidagi kontsentratsiyasini aniqlash talab etiladi.

Mebendazol va metronidazolni bir vaqtda qo'llashdan saqlanish kerak. Klinik tadqiqotlar natijalari ularni birga qabul qilish va Stivens-Djonson sindromi/ toksik epidermal nekroliz paydo bo'lishi o'rtasida bo'lishi mumkin bo'lgan bog'liqlikni ko'rsatadi.

Dozirovkasi

Ichga, oz miqdordagi suv bilan.

- enterobiozda: kattalar va 2 yoshdan oshgan bolalarga 100 mg (1 tabletka) Mebendazol bir marta tayinlanadi. Qayta invaziyaning oldini olish uchun dori vositasining 1 tabletkasini qabul qilishni 2 yoki 4 haftadan keyin takrorlash kerak.
- askaridoz, trixotsefalyoz, ankilostomoz yoki ularning kombinatsiyalarida: kattalar va 2 yoshdan oshgan bolalarga 100 mg (1 tabletka) dan kuniga ikki marta (ertalab va kechqurun) 3 kun davomida tayinlanadi.
- tenioz, strongiloidozda: kattalarga 200 mg (2 tabletka) dan kuniga ikki marta (ertalab va kechqurun) 3 kun davomida qabul qilish tavsiya etiladi; 2 yoshdan oshgan bolalarga 100 mg (1 tabletka) dan kuniga ikki marta (ertalab va kechqurun) 3 kun davomida tayinlanadi.

Buyrak funksiyasi buzilgan bemorlar.
Mebendazol bir marta qo'llanilganda dozani to'g'irlash shart emas.
Buyrak funksiyasi buzilgan bemorlarga (shu jumladan bolalarga) davolashning birinchi kunida preparatni ko'p marta qo'llash zarur bo'lganda ko'rsatmalarga qarab 50-100 mg boshlang'ich dozani qo'llash kerak.

Jigar funksiyasining buzilishi.
Jigarning og'ir parenximatoz kasalliklarida mebendazol juda sekin metabolizmga uchrashini yodda tutish kerak.

Keksa yoshdagi bemorlar.
Keksa bemorlar uchun dozalashni jigar va buyrak funksiyasi holatiga qarab tanlash kerak.

Mebendazolning navbatdagi qabulini o'tkazib yuborgan holda, uni eslashingiz bilanoq qabul qiling. Agar bu keyingi dozangizning vaqti bo'lsa, o'tkazib yuborgan dozani qabul qilmang.
Agar sizda ushbu dori vositasidan foydalanish bo'yicha qo'shimcha savollar tug'ilsa, shifokor yoki farmatsevt bilan maslahatlashing.

Diqqat: ushbu sahifadagi preparat tavsifi rasmiy yo‘riqnomaning soddalashtirilgan va to‘ldirilgan versiyasidir. Ma’lumot faqat tanishish maqsadida taqdim etilgan va o‘z-o‘zini davolash uchun qo‘llanma sifatida foydalanilmasligi kerak. MEBENDAZOL tabletkalari 100 mg/500 mg N10 preparatini qabul qilishdan oldin albatta shifokor bilan maslahatlashing

MEBENDAZOL tabletkalari 100 mg/500 mg N10 o'xshash dorilari

VRAGGLIST PLYUS tabletkalari 400mg N1
Retseptli
VRAGGLIST PLYUS tabletkalari 400mg N1
Hindiston
Ishlab chiqaruvchi:
Isshaan Healthcare Pvt. Ltd, Indiya proizvedeno: Lincoln Pharmaceuticals Ltd.
BENZILBENZOAT maz 25g 20%
BENZILBENZOAT maz 25g 20%
Rossiya Federatsiyasi
Ishlab chiqaruvchi:
Nijfarm-Stada CIS
•111 ta dorixonada bor
Narxi
6 500 so'm dan
VERMOREKS tabletkalari 100mg N18
Retseptli
VERMOREKS tabletkalari 100mg N18
Hindiston
Ishlab chiqaruvchi:
Unique Pharmaceutical Tories (A Div. of J.B. Chemicals & Pharmaseutical Ltd)
VRAGGLIST PLYUS suspenziya 10ml 1,5mg/5ml
Retseptli
VRAGGLIST PLYUS suspenziya 10ml 1,5mg/5ml
Hindiston
Ishlab chiqaruvchi:
Isshaan Healthcare Pvt. Ltd
Narxi
22 000 so'm dan

Mebendazol boshqa chiqarish shakllari

MEBENDAZOL S tabletkalari
Retseptli
MEBENDAZOL S tabletkalari
O'zbekiston
Ishlab chiqaruvchi:
SAMO, OOO

MEBENDAZOL tabletkalari 100 mg/500 mg N10 analoglari

VORMIN 0,1 tabletkalari N24
VORMIN 0,1 tabletkalari N24
Hindiston
Ishlab chiqaruvchi:
«Kadila Farmasyutikalz Limited»
VERMOKS 0,1 tabletkalari N6
VERMOKS 0,1 tabletkalari N6
Ruminiya/Vengriya
Ishlab chiqaruvchi:
Gedeon Rixter Ruminiya A.O./Gedeon Rixter, OAO
VERMOKS tabletkalari 100mg N6
VERMOKS tabletkalari 100mg N6
Vengriya
Ishlab chiqaruvchi:
Gedeon Richter PLC
•124 ta dorixonada bor
Narxi
21 000 so'm dan
MEBENDAZOL S tabletkalari
Retseptli
MEBENDAZOL S tabletkalari
O'zbekiston
Ishlab chiqaruvchi:
SAMO, OOO
VERMOREKS tabletkalari 100mg N18
Retseptli
VERMOREKS tabletkalari 100mg N18
Hindiston
Ishlab chiqaruvchi:
Unique Pharmaceutical Tories (A Div. of J.B. Chemicals & Pharmaseutical Ltd)
VERMOREKS suspenziya 30ml 100mg/5ml
Retseptli
VERMOREKS suspenziya 30ml 100mg/5ml
Hindiston
Ishlab chiqaruvchi:
Unique Pharmaceutical Tories (A Div. of J.B. Chemicals & Pharmaseutical Ltd)

MEBENDAZOL tabletkalari 100 mg/500 mg N10 haqida savollar

MEBENDAZOL tabletkalari 100 mg/500 mg N10 haqida fikr-mulohazalar

Reyting 0, 0 ta sharh asosida

Alifbo bo'yicha dori vositalar ro'yxati

scroll-top

Biz portalimiz ishini takomillashtirish maqsadida cookie-fayllardan foydalanamiz. Ishni davom ettirar ekansiz, ulardan foydalanishga rozilik bildirgan bo‘lasiz. Batafsil