Apteka.uz
SavatKirish

Mirena

Mirena chiqarilish shakllari

MIRENA 20mkg N1
MIRENA 20mkg N1
Finlyandiya
Ishlab chiqaruvchi:
Bayer Oy
•4 ta dorixonada bor
Narxi
450 000 so'm dan
- Mirena qabul qilish bo'yicha ma'lumot
- Mirenaning tarkibi
- Mirena ko'rsatmalar va qarshi ko'rsatmalar
- Mirena narxi Toshkent dorixonalarida

Mirena haqida qo'llanma

Umumiy ma'lumot

QO‘LLASH BO‘YICHA YO‘RIQNOMA

MIRENA®

MIRENA®

Preparatning savdo nomi: MIRENA®

Dori shakli: bachadon ichki terapevtik tizimi

Tarkibi:

Bir bachadon ichi terapevtik tizimi uchun keltirilgan.

Faol modda: 52 mg levonorgestrel.

Yordamchi modda: 52 mg polidimetilsiloksanli elastomer.

Ta‘rifi:

Bachadon ichki tizimi (BIT) o‘tkazgichning nayiga joylashtirilgan. Tizim T-simon korpusga joylangan va tiniq bo‘lmagan membrana bilan qoplangan, levonorgestrelning ajralib chiqishini boshqaruvchi oq yoki deyarli oq gormonal-elastomerli o‘zakdan iborat. T-simon korpus bir tomonidan xalqa, boshqa tomonidan yelkalar bilan jihozlangan. Xalqaga tizimni olib tashlash uchun iplar biriktirilgan. Tizim va o‘tkazgich ko‘rinarli qo‘shimchalardan holi.

Farmakoterapevtik guruhi: progestagen saqlovchi bachadon ichki plastik terapevtik tizimi.

ATX kodi: G02BA03

 

Farmakologik xususiyatlari

Mirena® – bu T-simon bachadon ichki terapevtik tizimi (BIT) bo‘lib, bachadon ichiga kiritilganidan keyin u levonorgestrel gormonini bevosita bachadon bo‘shlig‘iga ajratib chiqaradi. Tizim, bachadon shakliga iloji boricha yaxshiroq mos kelishi uchun T-simon shaklda tayyorlangan.

Gormon saqlovchi T-simon korpusning vertikal qismi silindr shaklida. Vertikal qismining pastki tomonida xalqa bo‘lib, unga tizimni olib tashlash uchun ikki ip tizimchasi bog‘langan.

T-simon korpusning vertikal qismi, ayol organizmi tomonidan ishlab chiqariladigan gormonlardan biriga o‘xshash levonorgestrel gormonini saqlaydi. Tizim ayol organizmiga levonorgestrelni doimiy tezlikda, lekin juda kam miqdorda (20 mikrogramm, ya‘ni sutkada grammning 20 millionlik ulushi) ajratib chiqaradi. Mirena® bachadonning ichki qavatini har oy rivojlanishini nazorat qilib, homiladorlikni oldini shunday oladiki, bunda bu qavat homiladorlikni yuz berishi uchun yetarli qalinlikka erishmaydi; bir vaqtning o‘zida bachadon bo‘yni kanalining (bachadonga kirish qismi) normal shilliq qavati qalinlashadi, natijada sperma bachadonga kira olmaydi va tuxum xujayrasini urug‘lantira olmaydi. Mirena® spermani bachadon ichiga harakat qilishiga to‘sqinlik qilib, urug‘lanishni oldini oladi.

Mirena®ning samaradorligi

Mirena® homilaga qarshi vosita sifatida ayolni sterilizasiyasi bilan bir xil samaraga ega. U bugungi kunda eng samarali bo‘lgan mis saqlovchi bachadon ichki spirallari va peroral kontraseptivlar (kontraseptiv tabletkalar) kabi samaralidir. Tadqiqotlar (klinik sinovlar), bir yil davomida Mirena® ishlatuvchi har 1000 ayolga faqat ikkita homiladorlik holati to‘g‘ri kelishini aniqladi.

Haddan tashqari ko‘p menstrual qon ketishlari bo‘lgan ayollarda Mirena® bachadonga kiritilganidan keyin uch oydan keyinoq ularning jadalligini ahamiyatli kamayishini chaqirgan. Ayrim ayollarda menstrual qon ketishlari umuman to‘xtagan.

Qo‘llanilishi

Mirena® kontrasepsiya (homiladorlikni oldini olish), idiopatik menorragiyani (haddan tashqari menstrual qon ketishini) davolash uchun va estrogenlar bilan o‘rinbosar davolashni o‘tkazishda endometriyning giperplaziyasini (bachadonning ichki qavatini ortiqcha o‘sib ketishini) oldini olish uchun qo‘llanadi.

Qo‘llash usuli va dozalari

  • Mirenani kiritishdan oldin

Mirenani kiritishdan oldin, qindan mazok olinishi, sut bezlarini ko‘ruvini o‘tkazilishi, zarurat tug‘ilganda boshqa tekshirishlar ham o‘tkazilishi, masalan infeksiyalarni, shu jumladan jinsiy yo‘l bilan yuqadigan infeksiyalarni aniqlashga qaratilgan tekshirishlar o‘tkazilishi kerak.

Bachadonning holati va o‘lchamlarini aniqlash uchun ginekologik tekshirish o‘tkazish kerak.

  • Mirenani qachon o‘rnatish kerak.

Mirenani, ushbu BIT bilan ishlash tajribasiga ega yoki bu muolajani bajarishga yaxshi o‘rgatilgan shifokor o‘rnatishi tavsiya qilinadi.

Mirena® bachadonga menstrual qon ketishi boshlanganidan keyin kechi bilan yetti kun o‘tgach kiritilishi mumkin. U, shuningdek tibbiy abortdan keyinoq o‘rnatilishi mumkin; bunda shifokor genital infeksiyaning yo‘qligiga ishonch hosil qilishi kerak. Mirenani tug‘ruqdan keyin olti hafta o‘tmasdan o‘rnatish mumkin emas. Mirena® hayz ko‘rish siklining istalgan davrida yangi tizim bilan almashtirilishi mumkin. Mirena jinsiy aloqadan keyin ishlatiladigan homilaga qarshi vosita sifatida qo‘llanmaydi. Estrogenlar bilan o‘rinbosar davolash vaqtida bachadonning ichki qavatini himoya qilish uchun Mirenani amenoreyasi bo‘lgan (hayz ko‘rishi kuzatilmagan) ayollarda istalgan vaqtda o‘rnatish mumkin; hayz ko‘rishi saqlangan ayollarda Mirenani o‘rnatish menstrual qon ketishi yoki “bekor qilish” qon ketishining oxirgi kuni o‘tkaziladi.

  • Mirena qanday o‘rnatiladi

Ginekologik tekshirishdan keyin qin oynasi deb ataladigan maxsus asbob qinga kiritiladi va bachadon bo‘yniga antiseptik eritma bilan ishlov beriladi. So‘ngra yupqa egiluvchan plastik naycha orqali bachadonga Mirena kiritiladi. Siz tizimni kiritilishini sezishingiz mumkin, lekin u Sizda kuchli og‘riqni chaqirmasligi kerak. yuborishdan oldin, agarda talab qilinsa, bachadon bo‘ynining mahalliy anesteziyasini qo‘llash mumkin. Ba‘zi ayollar tizim yuborilganidan keyin og‘riq va bosh aylanishini his qiladilar. Agar tinch holatda yarim soatdan keyin bu holatlar o‘tib ketmasa, ehtimol bachadon ichki tizimi notug‘ri joylashgan. Ginekologik tekshirish o‘tkazilishi kerak; zarurati bo‘lganida tizim olib tashlanadi. Ayrim ayollarda Mirenani ishlatilishi terida allergik reaksiyalar chaqiradi.

Mirena ishlatish bo‘yicha yo‘riqnomaga muvofiq, to‘g‘ri o‘rnatilganida Perl indeksi (bir yil davomida kontraseptiv qo‘llayotgan 100 ayolda homiladorlar sonini aks ettiruvchi ko‘rsatkich) yiliga taxminan 0,2% ni tashkil qiladi. Ekspulsiya yoki perforasiyada Perl indeksi o‘sishi mumkin. Kontraseptivni 5 yil davomida qo‘llayotgan 100 nafar ayolda homiladorliklar sonini aks ettiruvchi kumulyativ ko‘rsatkich 0,7% ni tashkil qiladi. Mirena olib tashlanganidan keyin tizimni butligi yuzasidan tekshirish kerak. BITni olib tashlanishi yuzasidan qiyinchiliklarda T-simon korpusning gorizontal yelkasida gormon-elastomer markaz qismini bir-bir sirg‘anib ketish holatlari aniqlangan. BITning butligi tasdiqlanishi bilanoq, ushbu vaziyat qo‘shimcha aralashuvni talab etmaydi. BIT gorizontal yelkalardagi cheklovchi moslamalar markazini T-simon korpusdan odatda to‘liq ajralishini oldini oladi.

Pasienlarning alohida guruhlari

Bolalar va o‘smirlar

Reproduktiv yoshdagi ayollarda Mirenani xavfsizligi va samarodorligi aniqlangan.

Birinchi xayz belgilari paydo bo‘lguncha  Mirenani  qo‘llash uchun muvofiq ko‘rsatma yo‘q.

Keksa yoshdagi pasientlar

65 yoshdan oshgan ayollarda Mirenani qo‘llanilishi o‘rganilmagan.

Jigar faoliyati buzilgan pasientlar

Jigarning o‘tkir kasalliklari yoki jigar o‘smalari bo‘lgan ayollarda Mirenani qo‘llash  mumkin emas.

Buyrak faoliyati buzilgan pasientlar

Buyrak faoliyati buzilgan ayollarda Mirenani qo‘llanilishi o‘rganilmagan.

 

Nojo‘ya ta‘sirlari

Mirena o‘rnatilgan ko‘pchilik ayollarda siklik qon ketishlarni xarakteri o‘zgaradi. Mirena birinchi 90 kun davomida qo‘llanganida 22% ayollarda qon ketishni davomiyligini oshishi, 67% ayollarda nomuntazam qon ketishi aniqlanadi, uni qo‘llashda birinchi yilning oxirida bu holatlarning tez-tezligi muvofiq ravishda 3% va 19% gacha pasayadi.

Birinchi 90 kun davomida qo‘llanganida bir vaqtda 0% amenoreya, kam qon ketishlar 11% pasientlarda rivojlanadi. Uni qo‘llashning birinchi yilning oxirida bu holatlarning tez-tezligi muvofiq ravishda 16% va 57% gacha oshadi.

Ko‘pchilik ayollarda Mirenani qo‘llashda estrogenlar bilan davomli o‘rinbosar davolashda majmuaviy qo‘llanganida birinchi yil davomida siklik qon ketish asta-sekin to‘xtaydi.

Jadvalda Mirena qo‘llanganida xabar qilingan noxush dorilar reaksiyalarini paydo bo‘lish tez-tezligi bo‘yicha ma‘lumotlar keltirilgan. Noxush reaksiyalar (NR) paydo bo‘lish tez-tezligi bo‘yicha: juda tez-tez (≥1/10), tez-tez (≥1/100 dan <1/10 gacha), tez-tez emas (≥1/1000 dan <1/100), kam (>1/10000 dan <1/1000 gacha) va noma‘lum tez-tezligi bo‘yicha bo‘linada. Jadvalda MedDRA ga muvofiq a‘zolar tizimi sinfi bo‘yicha NR berilgan. Tez-tezligi bo‘yicha mavjud ma‘lumotlar NR taxminiy paydo bo‘lish tez-tezligini aks ettiradi, Mirenani 5091 ayollar va 12101 ayollar-yil ishtirokidagi, kontraseptiv va “idiopatik menorragiya” ko‘rsatmasi bo‘yicha o‘tqazilgan klini tadqiqotlarda ro‘yxatga olingan. Mirenani “estrogenlar bilan o‘rinbosar davolashni o‘tkazishda endometriyning giperplaziyasini profilaktikasi” ko‘rsatmasi bo‘yicha o‘tkazilgan klinik tadqiqotlarda (514 ayollar va 12189 ayollar-yosh ishtirokida) NR ni yulduzchalar (*,**) belgilangandan tashqari holatlarda xuddi shunday tez-tezlikda kuzatilganligi to‘g‘risida xabar qilingan.

Tizim-a‘zoli sinf Tez-tez

(≥1/10)

Tez

(≥1/10 – ≤1/10)

Tez-tez emas

(≥1/1000 – ≤1/100)

Kam

(≥1/10000 – ≤1/1000)

Ruhiy buzilishlar   Ruhiy tushkun-lik/depressiya, asabiylashish, libidoni pasayishi    
Oshqozon-ichak tomonidan buzilishlar   Qorindagi og‘riqlar/tos sohadagi og‘riqlar, ko‘ngil aynashi Qorin dam bo‘lishi  
Teri va teriosti to‘qimalar tomonidan buzilishlar   Akne

 

Alopesiya, girsutizm, qichishish, ekzema, xloazma/ giperpigmentasiya Toshma, eshak yemi
Skelet-mushak tizimi va biriktiruvchi to‘qimalar tomonidan buzilishlar   Orqada og‘riq**    
Reproduktiv tizimi va sut bezlari tomonidan buzilishlar Xavfsiz tuxumdon kistalari. Qon ketishlarni xarakterini o‘zgarishi, oligomenoreya va amenoreya

 

Tos og‘rigi, dismenoreya,

qindan ajramalar, vulvovaginit,* sut bezlarida og‘riq sezishi**

BIT ekspulsiyasi (to‘liq va qisman)

Kichik tos a‘zolarni yallig‘lanish lasalliklari. Endometrit,

servisit/ Papanikolau usuli bo‘yicha surtma II sinf

Bachadon perforasiyasi***
Umumiy xarakterga ega va yuborilgan joyi tomonidan asoratlar     Shish  
Laborator va instrumental tekshirish ma‘lumotlari   Vazni oshishi    

* “Tez” ko‘rsatma bo‘yicha “estrogenlar bilan o‘rinbosar davolashni o‘tkazishda endometriyning giperplaziyasini profilaktikasi”.

** “tez-tez” ko‘rsatma bo‘yicha “estrogenlar bilan o‘rinbosar davolashni o‘tkazishda endometriyning giperplaziyasini profilaktikasi”.

*** Bu tez-tezlik emizikli ayollar ishtiroq etmagan klinik tadqiqotlarga asoslangan. BIT ni qo‘llovchi shaxslarni katta prospektiv qiyosiy nointervension kogort tadqiqotlarda emizikli ayollarda yoki tug‘ruqdan keyin 36 xaftagacha bo‘lgan muddatda tizim kiritilgan ayollarda perforasiya soni kam bo‘lgan (“Qo‘llashda maxsus ogohlantirilish va ehtiyotkorlik choralari” bo‘limiga qarang).

Ayrim reaksiyalarni, ularni sinonimini va ular bilan bog‘lik bo‘lgan vaziyatlarni ta‘riflash uchun  MedDRA ga muvofiq terminlar ko‘plab xolatlarda ishlatilgan.

 

Qo‘shimcha ma‘lumot

Jinsiy sherik jinsiy aloqa vaqtida iplarni his etishi mumkin.

Agar Mirena o‘rnatilgan ayollarda homiladorlik yuz bersa, ektopik homiladorlikning nisbiy xavfi oshadi.

Emizikli ayollarda perforasiya xavfi oshadi.

BIT o‘rnatilgan vaqtda sepsisni (o‘lim bilan yakunlanishi mumkin bo‘lgan nihoyatda og‘ir tizimli infeksiyalar) paydo bo‘lish hollari qayd etilgan.

Mirenani “estrogenlar bilan o‘rinbosar davolashni o‘tkazishda endometriy giperplaziyasini (bachadonning ichki qavatini xaddan ziyod o‘sib ketishini) oldini olish” ko‘rsatmasi bo‘yicha qo‘llanganda sut bezi rakini yuz berish xavfi noma‘lum. Sut bezi raki hollari haqida xabar berilgan (tez-tezligi noma‘lum).

Mirenani o‘rnatish yoki olib tashlash muolajasi bilan bog‘liq quyidagi NR to‘g‘risida xabar berilgan:

muolaja vaqtida og‘riq, muolaja vaqtida qon ketishi, BIT ni o‘rnatish bilan bog‘liq bo‘lgan bosh aylanishi yoki hushdan ketish bilan kechuvchi vazovagal reaksiya. Muolaja tutqanog‘i bo‘lgan pasientkalarda tutqanoq xurujini qo‘zg‘atishi mumkin. Sanab o‘tilgan har qanday yoki boshqa nojo‘ya samaralar rivojlanganda shifokorga xabar berish kerak.

Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar

Mirena®ni quyida sanab o‘tilgan har qanday holatlarda ishlatish mumkin emas:

  • Homiladorlik yoki unga gumon qilish.
  • Chanoq a‘zolarining mavjud bo‘lgan yoki qaytalanuvchi yallig‘lanish kasalliklari.
  • Siydik-jinsiy yo‘llarining quyi bo‘limlarining infeksiyalari.
  • Tug‘ruqdan keyingi endometrit.
  • Oxirgi uch oy ichidagi septik abort.
  • Servisit.
  • Infeksiyalarga yuqori moyillik bilan kechuvchi kasalliklar.
  • Bachadon bo‘ynining displaziyasi.
  • Bachadon yoki bachadon bo‘ynining xavfli o‘smalari.
  • Progestagenga bog‘liq o‘smalar, shu jumladan sut bezining raki.
  • Noaniq etiologiyali bachadondan patologik qon ketishi.
  • Bachadonning tug‘ma yoki orttirilgan anomaliyalari, shu jumladan bachadon bo‘shlig‘ini deformasiyasiga olib boruvchi fibromiomalar.
  • Jigarning o‘tkir kasalliklari yoki o‘smalari.
  • Preparatning komponentlariga yuqori sezuvchanlik.

Ehtiyotkorlik bilan qo‘llanishi

Mirena® mutaxassis bilan maslahatlashgandan keyin ehtiyotkorlik bilan ishlatilishi mumkin yoki tizim bachadonga kiritilganidan keyin tez orada Sizda quyidagi patologik holatlardan biri birinchi marta paydo bo‘lsa yoki agarda Sizning shifokoringiz uni olib tashlash kerakligi to‘g‘risidagi masalani muhokama qilishi mumkin:

  • migren, bosh miyaning o‘tkinchi ishemiyasini ko‘rsatuvchi ko‘rishni asimmetrik yo‘qotilishi bilan yoki boshqa simptomlar bilan kechuvchi o‘choqli migren;
  • odatdagi bo‘lmagan kuchli bosh og‘rig‘i;
  • sariqlik;
  • yaqqol arterial gipertenziya;
  • qon aylanishini og‘ir buzilishlari, shu jumladan insult va miokard infarkti.

Dorilarning o‘zaro ta‘siri

Agar Siz uzoq vaqt qandaydir preparatlarni (masalan, tutqanoqqa qarshi vositalarni) qo‘llayotgan bo‘lsangiz, bu haqida siz shifokorga xabar berishingiz kerak. Gestagenlarning metabolizmi, fermentlarning induktorlari, ayniqsa tirishishga qarshi vositalar (masalan, fenobarbital, fenitoin, karbamazepin) va infeksiyalarni davolash uchun vositalar (masalan, rifampisin, rifabutin, nevirapin, efavirenz) kabi dori preparatlarining metabolizmida qatnashuvchi sitoxrom R450 izofermentlarining induktorlari hisoblangan vositalar bir vaqtda qo‘llanganida kuchayishi mumkin. Bu preparatlarning Mirenaning samaradorligiga ta‘siri noma‘lum, lekin ular jiddiy emas deb taxmin qilinadi, chunki Mirena asosan mahalliy ta‘sirga ega.

Maxsus ko‘rsatmalar

So‘nggi vaqtlardagi ayrim tekshirishlarning natijalari, faqat gestagen saqlovchi kontraseptivlarni qabul qilayotgan ayollarda, venoz trombozning xavfi biroz oshishi mumkinligini ko‘rsatadi; biroq bu natijalar yetarli darajada aniq emas. Shunday bo‘lsada, venalar va arteriyalar trombozining belgilari paydo bo‘lganida, Siz darhol shifokorga murojaat qilishingiz kerak. Venoz yoki arterial trombozning simptomlariga: oyoqlarda bir tomonlama og‘riq va/yoki shish; ko‘krak qafasida, u chap qo‘lga berish-bermasligidan qat‘iy nazar kuchli og‘riq; nafasni to‘satdan paydo bo‘ladigan yaqqol buzilishlari; to‘satdan paydo bo‘lgan yo‘tal; g‘ayrioddiy og‘ir uzoq muddatli bosh og‘rig‘i; ko‘rishni to‘satdan qisman yoki to‘liq yo‘qotish; ikkita ko‘rish; cho‘zilgan yoki qiyinlashgan nutq; bosh aylanishi; kollaps (ba‘zida tirishish xuruji bilan); holsizlik yoki tananing bir tomonida yoki bir qismida to‘satdan paydo bo‘lgan sezuvchanlikni juda ahamiyatli yo‘qolishi; harakat buzilishlari, qorinda keskin og‘riq kiradi. Ko‘z qon tomirlarida trombni hosil bo‘lishi belgilariga ko‘rishni tushuntirib bo‘lmaydigan qisman yoki to‘liq yo‘qolishi va har qanday boshqa tushuntirib bo‘lmaydigan uning buzilishlari kiradi.

Hozirgi vaqtgacha venalarning varikoz kengayishi yoki yuza tromboflebitni (venalarni trombni hosil bo‘lishi bilan) venoz tromboemboliya orasida bog‘liqlik bor yoki yo‘qligi aniqlanmagan.

Tug‘magan ayollar

Mirena® hech qachon homilador bo‘lmagan yosh ayollar uchun va yosh o‘tgan sari bachadonning o‘lchamlarini kamayishi bilan kechuvchi postmenopauzal davrdagi ayollar uchun birinchi tanlov usuli hisoblanmaydi.

Infeksiyalar

O‘tkazgich naychasi, bachadonga yuborish vaqtida Mirenani mikroorganizmlar bilan ifloslanishdan himoya qilishga yordam beradi, Mirenaning o‘tkazgichi esa, infeksiyaning xavfini minimumga yetkazish uchun o‘ziga xos tuzilgan. Shunga qaramasdan, tizim bachadonga kiritilganidan keyin o‘sha zahotiyoq va keyingi to‘rt oy davomida chanoq a‘zolarining infeksiyasini xavfi yuqori bo‘ladi. Bachadon ichki tizimlarini ishlatuvchi bemorlarda chanoq a‘zolarining infeksiyalari, ko‘pincha jinsiy yo‘l bilan yuqadigan kasalliklarga kiradi. Infeksiyaning xavfi, agar ayol yoki uning sherigi bir nechta jinsiy sherikka ega bo‘lsa, oshadi. Chanoq a‘zolarining infeksiyalari aniqlanganida ularni darhol davolash kerak. Bu infeksiyalar bola tug‘ish qobiliyatini buzishi va kelajakda bachadondan tashqari homiladorlik xavfini oshirishi mumkin.

Chanoq a‘zolarining bir necha kun davomidagi davolashga chidamli qaytalanuvchi infeksiyalarida Mirena® olib tashlanishi kerak. Agar Sizda qorinning pastki qismida og‘riq, isitma, jinsiy aloqa bilan bog‘liq og‘riq yoki g‘ayrioddiy qon ketishi paydo bo‘lsa, darhol shifokor bilan maslahatlashing.

Agar tashxis qo‘yilgandan so‘ng kuchli og‘riq yoki isitmani ko‘tarilishi davom etsa, Sizda jiddiy infeksiyaning borligini anglatishi mumkin, bunda davolashni zudlik bilan davom ettirish mumkin.

Oligo- va amenoreya

Tug‘ruq yoshidagi ayollarda oligo- va amenoreya asta-sekin, Mirenani qo‘llashni birinchi yilining oxiriga kelib, muvofiq ravishda taxminan 57% va 16% holatlarda rivojlanadi. Agar hayz ko‘rish oxirgi hayz ko‘rish boshlanganidan keyin olti hafta davomida kuzatilmasa, homiladorlikni istisno qilish lozim. Amenoreyada homiladorlikka takroriy testlar, agar faqat homiladorlikning boshqa belgilari bo‘lmasa, shart emas. Mirenani doimiy estrogen bilan o‘rinbosar davolash bilan majmuada qo‘llansa, ko‘pchilik ayollarda Mirenani qo‘llashning birinchi yili davomida asta-sekin amenoreya rivojlanadi.

Ekspulsiya (bachadon ichki tizimini tushishi)

Hayz ko‘rish vaqtida bachadon mushaklarining qisqarishi bachadon ichki tizimini siljishiga yoki xatto uni bachadondan itarilib chiqib ketishiga olib keladi. Bo‘lishi mumkin bo‘lgan simptomlarga og‘riq va Siz uchun g‘ayritabiiy qon ketishi kiradi. Agarda Mirena bachadon bo‘shlig‘ida siljisa, uning samaradorligi pasayadi. Iplarni masalan, Siz dush qabul qilayotganingizda, barmoqlar bilan tekshirish tavsiya qilinadi. Agarda Siz bachadon ichki tizimini siljishi yoki tushishining belgilarini aniqlasangiz yoki iplarni ushlab ko‘rolmasangiz, jinsiy aloqalardan saqlanish yoki boshqa kontrasepsiya usullarini qo‘llash, shuningdek iloji boricha tezroq shifokorga murojaat qilish kerak. Mirena menstrual qon ketishlarining jadalligini kamaytiradi; ularning jadalligini oshishi tizimni tushib ketganini ko‘rsatadi.

Perforasiya va penetrasiya

Bachadon tanasi yoki bachadon bo‘yini perforasiyasi yoki penetrasiyasi bachadon ichki kontraseptivi ta‘sirida, ayniqsa kontraseptivni kiritish vaqtida kuzatiladi va Mirena preparatining samaradorligini pasaytirishi mumkin. Bunday tizim olib tashlanishi kerak. Bachadon ichki tizimidan foydalangan shaxslarda o‘tkazilgan yirik, prospektiv, qiyosiy nointervension kogort tekshiruvlarda (N=61448 ayollar) perforasiyani rivojlanish chastotasi barcha kogort tekshiruvlarida 1000 ta kiritilgandan 1,3 (ishonchli interval (II) 95% bo‘lganida: 1,1-1,6); Mirena preparatini qo‘llagan tekshiruvlardagi 1000 shaxslarga 1.4 (II 95% bo‘lganida: 1,1-1,8) va misli bachadon ichki tizimini qo‘llagan kogort shaxslarda 1000 kiritilgandan 1,1 (II 95% bo‘lganida: 0,7-1,6) tashkil etgan.

Tadqiqotlar emizikli ayollarga, shuningdek tug‘ruqdan so‘ng 36 haftagacha bo‘lgan muddatda kiritish perforasiyani rivojlanish xavfi yuqori bo‘lishini ko‘rsatadi (1-jadvalga qarang). Bu xavf omillari kiritilayotgan bachadon ichki tizimi turiga bog‘liq bo‘lmagan.

1-jadval. Emizish fakti va tug‘ilgandan boshlab tizim kiritilguncha (tuqqan ayollar) vaqt bo‘yicha strafikasiyalangan barcha tekshirilayotgan kogortlar uchun 1000 ta kiritilgan ayolda perforasiyani rivojlanish chastotasi

  Kiritish vaqtida  emizish Kiritish vaqtida emizmaslik
Kiritish < 36 hafta tuqqandan keyin 5,6 (II 95% bo‘lganida 3,9–7,9; n=6047 kiritish) 1,7 (II 95% bo‘lganida 0,8–3,1; n = 5927 kiritish)
Kiritish > 36 hafta tuqqandan keyin 1,6 (II 95% bo‘lganida 0,0-9,1; n=608 kiritish) 0,7 (II 95% bo‘lganida 0,5–1,1; n = 41910 kiritish)

Bachadoni orqaga mustahkam egilgan ayollarda perforasiya xavfi yuqori bo‘lishi mumkin.

Perforasiya va penetrasiya

Kamdan-kam hollarda, odatda bachadonga yuborish vaqtida, Mirena bachadon devoriga kirib ketishi (penetrasiya) yoki to‘liq teshishi (perforasiya, yoki teshilish) mumkin, bu Mirenaning samaradorligini pasaytirishi mumkin.

Bachadon bo‘shlig‘i chegarasidan tashqariga chiqqan bachadon ichki tizimi samarasizdir va u iloji boricha tezroq olib tashlanishi kerak.

Tug‘ruqdan keyin qisqa vaqt o‘tgach BIT ni o‘rnatish vaqtida bachadonning perforasiyasini xavfi yuqori bo‘lishi mumkin.

Bachadondan tashqari homiladorlik

Mirena ishlatilganida homiladorlik juda ham kam hollarda yuz beradi. Agarda Siz Mirenani qo‘llash davrida homilador bo‘lib qolsangiz, ehtimol homila bachadondan tashqarida (bachadondan tashqari homiladorlik) bo‘lishi mumkin. Bachadondan tashqari homiladorlik – darhol shifokor aralashuvini talab qiluvchi og‘ir patologik holatdir.

Bachadondan tashqari homiladorlikni paydo bo‘lish xavfi, ilgari bachadondan tashqari homiladorlik kuzatilgan ayollarda, shuningdek bachadon naychalarida jarrohlik aralashuvi yoki chanoq a‘zolarining infeksiyasi bo‘lgan ayollarda yuqori bo‘ladi.

Sizda bachadondan tashqari homiladorlik bo‘lgani va Siz zudlik bilan shifokorga murojaat qilishingiz lozimligi to‘g‘risida quyidagi simptomlar dalolat berishi mumkin:

  • Hayz ko‘rish sikllarini yo‘qolishi, shundan so‘ng doimiy qon ketishi yoki og‘riq paydo bo‘ladi.
  • Qorinning pastki qismida adashgan yoki juda kuchli og‘riq.
  • Qon ketishi va bosh aylanishini his qilish bilan kechuvchi normal homiladorlik belgilari.

Holsizlik

Ayrim ayollar Mirena kiritilganidan keyin bosh aylanishini his etadilar. Bu – normal fiziologik reaksiyadir. Shifokorlar Mirena kiritilganidan keyin biroz vaqt davomida ayollarga dam olishni taklif qiladilar.

 

Tuxumdonlar kistasi

Mirenaning homilaga qarshi ta‘sir samarasi asosan uning mahalliy ta‘siri bilan bog‘liq bo‘lganligi tufayli, tug‘ruq yoshidagi ayollarda follikulani yorilishi bilan kechuvchi ovulyator sikl saqlanib qoladi. Ba‘zida follikulaning degenerasiyasi kechikadi va uning rivojlanishi davom etishi mumkin. Ko‘pchilik hollarda bu holat simptomsiz kechadi, ammo ba‘zida u chanoq sohasida og‘riq yoki jinsiy aloqa vaqtida og‘riq bilan namoyon bo‘ladi. Follikulani kattalashishi, garchi ular odatda mustaqil yo‘qolsada, ba‘zida shifokor aralashuvini talab qiladi.

Yurak nuqsonlari

Mirenani yurakning tug‘ma yoki orttirilgan nuqsonlari bo‘lgan ayollarda, yurak mushagining infeksion yallig‘lanish xavfi tufayli ehtiyotkorlik bilan ishlatish kerak. Bunday bemorlarga, Mirenani o‘rnatish yoki olib tashlashda antibiotiklar bilan profilaktik davolash kursini o‘tkazish kerak.

Diabet

Qandli diabeti bo‘lgan va Mirenani ishlatayotgan ayollarda qonda glyukoza miqdorini muntazam aniqlash lozim. Biroq, Mirenani qo‘llayotgan qandli diabeti bo‘lgan ayollarda terapevtik ko‘rsatmalarni o‘zgartirishning zarurati yo‘q.

Mirena postkoital kontrasepsiya uchun qo‘llanmaydi.

Mavjud ma‘lumotlar, Mirenani qo‘llanishi postmenopauza davridagi 50 yoshgacha bo‘lgan ayollarda sut bezi rakini rivojlanish xavfini oshirmasligidan dalolat beradi. «Estrogenlar bilan o‘rinbosar davolashni o‘tkazishda endometriy giperplaziyasini oldini olish» ko‘rsatmasi yuzasidan Mirenani o‘rganish bo‘yicha tadqiqotlar vaqtida olingan ma‘lumotlar cheklanganganligi tufayli, Mirenani ushbu ko‘rsatma bo‘yicha ishlatilganda sut bezi rakini yuz berish xavfi tasdiqlanishi xam yoki rad etilishi mumkin emas.

Mirenada saqlanadigan yordamchi moddalar

Mirenaning T-simon asosi bariy sulfati saqlaydi, u rentgenologik tekshirishda ko‘rinarli bo‘lib qoladi.

Shifokor bilan qachon maslahatlashish lozim.

Muntazam ko‘riklar

Bachadon ichki tizimi o‘rnatilganidan keyin 4-12 haftadan so‘ng shifokor sizni tekshirishi kerak, keyinchalik bir yilda kamida bir marta muntazam shifokor ko‘riklari zarur.

Shifokor bilan iloji boricha tezroq maslahatlashing, agar:

  • Siz qinda iplarni sezmay qolgan bo‘lsangiz.
  • Siz tizimning pastki qismini paypaslay olsangiz.
  • Siz homiladorman deb taxmin qilsangiz.
  • Siz qorinda doimiy og‘riqni, isitmani sezsangiz yoki qindan ajralmalarning g‘ayritabiiy xarakterini aniqlasangiz.
  • Siz yoki sizning sherigingiz jinsiy aloqa vaqtida og‘riq sezsangiz.
  • Siz hayz ko‘rish siklining behosdan o‘zgarishlarini (masalan, agarda sizda hayz ko‘rish oz yoki umuman bo‘lmagan, so‘ngra esa doimiy qon ketishi yoki og‘riq, yoki hayz ko‘rish xaddan tashqari ko‘p bo‘lib qolgan) sezsangiz.
  • Sizda boshqa tibbiy muammolar, masalan migren turidagi bosh og‘rig‘i yoki takroranadigan bosh og‘rig‘i, ko‘rishni behosdan buzilishlari, sariqlik, arterial bosimni oshishi yoki «Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar»va «Ehtiyotkorlik bilan qo‘llash kerak» bo‘limlarida sanab o‘tilgan boshqa kasalliklar va holatlar paydo bo‘lgan bo‘lsa.

Agar Siz homilador bo‘lishni yoki boshqa sabablarga ko‘ra Mirenani olib tashlashni istasangiz nima qilish kerak

Sizning shifokoringiz bachadon ichki tizimini istalgan vaqtda osongina olib tashlashi mumkin, shundan so‘ng homilador bo‘lishingiz mumkin. Odatda olib tashlash og‘riqsiz kechadi. Mirena olib tashlanganidan keyin tug‘ish faoliyati

Qo‘llash ko‘rsatmalari

  • — kontratseptsiya; — idiopatik menorragiya; — estrogenlar bilan o'rinbosar terapiya o'tkazishda endometriy giperplaziyasi profilaktikasi.

Qo'llanilishi mumkin bo'lmagan holatlar

  • Homiladorlik, jinsiy a’zolar va sut bezining aniqlangan yoki shubha qilingan xavfli o‘smalari, noaniq etiologiyali bachadondan qon ketishlar, o‘tkir jigar kasalliklari, jigar o‘smalari, tromboembolik buzilishlar, tromboflebit, serebrovaskulyar kasalliklar, koronar arteriyalar kasalliklari, levonorgestrelga yuqori sezuvchanlik.

Tarkibi

  • 1 BIV levonorgestrel 52 mg Yordamchi moddalar: polidimetilsiloksan elastomeri - 52 mg.

Farmakokinetikasi

So‘rilishi: Mirena® preparati yuborilgandan so‘ng levonorgestrel darhol bachadon bo‘shlig‘iga ajralib chiqishni boshlaydi, bu haqda uning qon plazmasidagi konsentratsiyasi o‘lchovlari ma'lumotlari guvohlik beradi. Mirena® preparatining endometriyga mahalliy ta'siri uchun zarur bo‘lgan bachadon bo‘shlig‘idagi preparatning yuqori mahalliy ekspozitsiyasi endometriydan miometriyga yo‘nalishda yuqori konsentratsiya gradientini (endometriydagi levonorgestrel konsentratsiyasi uning miometriydagi konsentratsiyasidan 100 baravardan ko‘proqqa oshadi) va qon plazmasida levonorgestrelning past konsentratsiyalarini (endometriydagi levonorgestrel konsentratsiyasi uning qon plazmasidagi konsentratsiyasidan 1000 baravardan ko‘proqqa oshadi) ta'minlaydi. In vivo bachadon bo‘shlig‘iga levonorgestrelning ajralib chiqish tezligi dastlab taxminan 20 mkg/sut ni tashkil qiladi, 5 yildan keyin esa 10 mkg/sut gacha pasayadi. Mirena® preparati yuborilgandan so‘ng levonorgestrel qon plazmasida 1 soatdan keyin aniqlanadi. Cmax Mirena® preparati yuborilgandan so‘ng 2 hafta o‘tgach erishiladi. Pasayib borayotgan ajralib chiqish tezligiga muvofiq, tana vazni 55 kg dan yuqori bo‘lgan reproduktiv yoshdagi ayollarda qon plazmasidagi levonorgestrelning median konsentratsiyasi 6 oydan keyin aniqlanadigan 206 pg/ml dan (25-75-pertsentillar: 151 pg/ml-264 pg/ml), 12 oydan keyin 194 pg/ml gacha (146 pg/ml-266 pg/ml) va 60 oydan keyin 131 pg/ml gacha (113 pg/ml-161 pg/ml) kamayadi. Taqsimlanishi: Levonorgestrel zardob albumini bilan nospetsifik va jinsiy gormonlarni bog‘lovchi globulin (JGBG) bilan - spetsifik bog‘lanadi. Aylanib yuruvchi levonorgestrelning taxminan 1-2% erkin steroid ko‘rinishida mavjud bo‘ladi, 42-62% esa JGBG bilan spetsifik bog‘langan. Mirena® preparati qo‘llanilishi vaqtida JGBG konsentratsiyasi pasayadi. Shunga mos ravishda, Mirena® preparati qo‘llanilishi davrida JGBG bilan bog‘langan fraktsiya kamayadi, erkin fraktsiya esa ortadi. Levonorgestrelning o‘rtacha ko‘rinadigan Vd taxminan 106 l ni tashkil qiladi. Levonorgestrel farmakokinetikasi JGBG konsentratsiyasiga bog‘liq bo‘lib, unga o‘z navbatida estrogenlar va androgenlar ta'sir qiladi. Mirena® preparati qo‘llanilganda JGBG o‘rtacha konsentratsiyasining taxminan 30% ga pasayishi kuzatilgan, bu qon plazmasida levonorgestrel konsentratsiyasining pasayishi bilan kechgan. Bu vaqt davomida levonorgestrel farmakokinetikasining nochiqziqliligini ko‘rsatadi. Mirena® preparatining asosan mahalliy ta'sirini hisobga olgan holda, levonorgestrel tizimli konsentratsiyalari o‘zgarishlarining Mirena® preparati samaradorligiga ta'siri ehtimoldan yiroq. Tana vazni va qon plazmasidagi JGBG konsentratsiyasi levonorgestrelning tizimli konsentratsiyasiga ta'sir qilishi ko‘rsatilgan, ya'ni tana vazni past bo‘lganda va/yoki JGBG konsentratsiyasi yuqori bo‘lganda levonorgestrel konsentratsiyasi yuqoriroq bo‘ladi. Tana vazni past (37-55 kg) bo‘lgan reproduktiv yoshdagi ayollarda qon plazmasida levonorgestrelning median konsentratsiyasi taxminan 1,5 baravar yuqori. Mirena® preparatini estrogenlarni intravaginal yoki transdermal qo‘llash bilan bir vaqtda qo‘llayotgan postmenopauzadagi ayollarda qon plazmasida levonorgestrelning median konsentratsiyasi 12 oydan keyin aniqlanadigan 257 pg/ml dan (25-75-pertsentillar: 186 pg/ml-326 pg/ml), 60 oydan keyin 149 pg/ml gacha (122 pg/ml-180 pg/ml) kamayadi. Mirena® preparati peroral estrogenoterapiya bilan bir vaqtda qo‘llanilganda 12 oydan keyin aniqlanadigan levonorgestrelning qon plazmasidagi konsentratsiyasi taxminan 478 pg/ml gacha (25-75-protsentillar: 341 pg/ml-655 pg/ml) ortadi, bu JGBG sintezi induktsiyasi bilan bog‘liq. Metabolizmi: Levonorgestrel sezilarli darajada metabolizmga uchraydi. Qon plazmasidagi asosiy metabolitlar 3?, 5?-tetragidrolevonorgestrelning kon'yugatsiyalanmagan va kon'yugatsiyalangan shakllari hisoblanadi. In vitro va in vivo tadqiqotlar natijalariga ko‘ra, levonorgestrel metabolizmida ishtirok etadigan asosiy izoferment CYP3A4 hisoblanadi. Levonorgestrel metabolizmida CYP2E1, CYP2C19 va CYP2C9 izofermentlari ham ishtirok etishi mumkin, ammo kamroq darajada. Chiqarilishi: Levonorgestrelning qon plazmasidan umumiy klirensi taxminan 1 ml/daq/kg ni tashkil qiladi. O‘zgarmagan holda levonorgestrel faqat iz miqdorlarda chiqariladi. Metabolitlar ichak va buyraklar orqali taxminan 1,77 ga teng ekskretsiya koeffitsienti bilan chiqariladi. Asosan metabolitlar bilan ifodalangan terminal fazadagi T1/2 taxminan bir sutkani tashkil qiladi.

Farmakologik ta'siri

Mirena® preparati - bachadon ichi terapevtik tizimi (BTT), levonorgestrel ajratib chiqaradi, asosan mahalliy gestagen ta'sir ko'rsatadi. Gestagen (levonorgestrel) bevosita bachadon bo'shlig'iga ajralib chiqadi, bu uni o'ta past sutkalik dozada qo'llash imkonini beradi. Endometriyda levonorgestrelning yuqori kontsentratsiyasi uning estrogen va progesteron retseptorlari sezgirligining pasayishiga yordam beradi, endometriyni estradiolga sezgir bo'lmagan qiladi va kuchli antiproliferativ ta'sir ko'rsatadi. Mirena® preparati qo'llanilganda endometriyning morfologik o'zgarishlari va bachadonda yot jism mavjudligiga kuchsiz mahalliy reaktsiya kuzatiladi. Bachadon bo'yni sekreti qovushqoqligining oshishi spermaning bachadonga kirishini oldini oladi. Mirena® preparati bachadon va bachadon naychalarida spermatozoidlar harakatchanligi va funktsiyasi bostirilishi oqibatida urug'lanishning oldini oladi. Ba'zi ayollarda ovulyatsiyaning bostirilishi ham sodir bo'ladi. Mirena® preparatining oldingi qo'llanilishi tug'ish qobiliyatiga ta'sir qilmaydi. Bola ko'rishni istagan ayollarning taxminan 80% ida BTT olib tashlangandan keyin 12 oy ichida homiladorlik yuzaga keladi. Mirena® preparati qo'llanilishining birinchi oylarida endometriy proliferatsiyasi bostirilishi jarayoni oqibatida qindan surkaluvchi qonli ajralmalarning dastlabki kuchayishi kuzatilishi mumkin. Keyinchalik endometriy proliferatsiyasining yaqqol bostirilishi Mirena® preparatini qo'llaydigan ayollarda hayz ko'rish davomiyligi va hajmining kamayishiga olib keladi. Oz miqdordagi qon ketishlar ko'pincha oligo- yoki amenoreyaga aylanadi. Bunda tuxumdonlar funktsiyasi va qon plazmasidagi estradiol kontsentratsiyasi normal bo'lib qoladi. Mirena® preparati idiopatik menorragiyani, ya'ni endometriyda giperplastik jarayonlar (endometriy saratoni, bachadonning metastatik shikastlanishlari, bachadon bo'shlig'i deformatsiyasiga olib keluvchi submukoz yoki yirik interstitsial bachadon miomasi tuguni, adenomioz), endometrit, yaqqol gipokoagulyatsiya bilan kechuvchi ekstragenital kasalliklar va holatlar (masalan, Villebrand kasalligi, og'ir trombotsitopeniya) bo'lmaganda menorragiyani davolash uchun qo'llanilishi mumkin, ularning simptomlari menorragiya hisoblanadi. Mirena® preparati qo'llanilgandan 3 oy o'tgach menorragiyasi bo'lgan ayollarda hayz qoni yo'qotilishi 62-94% ga va 6 oy qo'llanilgandan keyin 71-95% ga kamayadi. Mirena® preparati 2 yil davomida qo'llanilganda preparatni qo'llash samaradorligi (hayz qoni yo'qotilishining kamayishi) jarrohlik davolash usullari (endometriy ablyatsiyasi yoki rezektsiyasi) bilan taqqoslanarli. Bachadonning submukoz miomasi sababli yuzaga kelgan menorragiyalarda davolashga kamroq ijobiy javob bo'lishi mumkin. Hayz qoni yo'qotilishining kamayishi temir tanqisligi anemiyasi xavfini pasaytiradi. Mirena® preparati dismenoreya simptomlari ifodalanishini kamaytiradi. Estrogenlar bilan doimiy terapiya vaqtida endometriy giperplaziyasini oldini olishda Mirena® preparatining samaradorligi estrogen peroral va teri orqali qo'llanilganda bir xil darajada yuqori bo'lgan.

Nojo'ya ta'sirlar

  • Ko'pchilik ayollarda Mirena® preparati o'rnatilgandan so'ng tsiklik qon ketishlar xarakterining o'zgarishi sodir bo'ladi. Mirena® preparatini qo'llashning dastlabki 90 kuni davomida qon ketish davomiyligining oshishini 22% ayollar qayd etadi, tartibsiz qon ketishlar esa 67% ayollarda qayd etiladi, ushbu hodisalar tez-tezligi qo'llashning birinchi yili oxiriga kelib mos ravishda 3% va 19% gacha kamayadi. Shu bilan birga amenoreya 0% da, kamdan-kam qon ketishlar esa - 11% bemorlarda qo'llashning dastlabki 90 kuni davomida rivojlanadi. Qo'llashning birinchi yili oxiriga kelib ushbu hodisalar tez-tezligi mos ravishda 16% va 57% gacha oshadi. Mirena® preparati estrogenlar bilan uzoq muddatli o'rin bosuvchi terapiya bilan kombinatsiyada qo'llanilganda ko'pchilik ayollarda qo'llashning birinchi yili davomida tsiklik qon ketishlar asta-sekin to'xtaydi. Quyida Mirena® preparatini qo'llashda xabar qilingan noxush dori reaktsiyalarining yuzaga kelish tez-tezligi bo'yicha ma'lumotlar keltirilgan. Noxush reaktsiyalar tez-tezligini aniqlash: juda tez-tez (≥1/10), tez-tez (≥1/100 dan

Dozirovkasi

  • 20 mkg/24 soat

Dori shaklining ta'rifi

  • Faol moddaning ajralib chiqish tezligi 20 mkg/24 soat bo'lgan bachadon ichi terapevtik tizimi (BTT) T-simon korpusga joylashtirilgan va levonorgestrelning ajralib chiqishini boshqaruvchi shaffof emas membrana bilan qoplangan oq yoki deyarli oq gormonal-elastomer o'zakdan iborat. T-simon korpus bir uchida ilmoq va ikkinchi uchida ikki yelka bilan jihozlangan; ilmoqqa tizimni olib tashlash uchun iplar biriktirilgan. BTT o'tkazgich naychasiga joylashtirilgan. Tizim va o'tkazgich ko'rinadigan aralashmalardan xoli.

Maxsus ko‘rsatmalari

Mirena® preparatini o'rnatishdan oldin endometriyadagi patologik jarayonlarni istisno qilish kerak, chunki uni qo'llashning birinchi oylarida ko'pincha nomuntazam qon ketishlar/surtiluvchan qonli ajralmalar qayd etiladi. Shuningdek kontratseptsiya uchun oldin o'rnatilgan Mirena® preparatini qo'llashni davom ettirayotgan ayolda estrogenlar bilan o'rinbosar terapiya boshlangandan keyin qon ketishlar yuzaga kelganda endometriyadagi patologik jarayonlarni istisno qilish kerak. Uzoq muddatli davolash vaqtida nomuntazam qon ketishlar rivojlanganda ham tegishli diagnostik choralarni ko'rish zarur.

Mirena® preparati postkoital kontratseptsiya uchun qo'llanilmaydi.

Mirena® preparatini tug'ma yoki orttirilgan yurak klapan nuqsonlari bo'lgan ayollarda septik endokardit xavfini nazarda tutib, ehtiyotkorlik bilan qo'llash kerak. BIV o'rnatish yoki olib tashlashda ushbu bemorlarga profilaktika maqsadida antibiotiklar tayinlash kerak.

Levonorgestrel past dozalarda glyukozaga tolerantlikka ta'sir qilishi mumkin, shu munosabat bilan qandli diabeti bo'lgan, Mirena® preparatini qo'llayotgan ayollarda uning qon plazmasidagi kontsentratsiyasini muntazam nazorat qilish kerak. Odatda, gipoglikemik preparatlar dozasini to'g'irlash talab etilmaydi.

Polipoz yoki endometriy saratonining ba'zi ko'rinishlari nomuntazam qon ketishlar bilan niqoblanishi mumkin. Bunday hollarda tashxisni aniqlashtirish uchun qo'shimcha tekshiruv zarur.

Mirena® preparati na yosh, hech qachon homilador bo'lmagan ayollar uchun, na bachadonning yaqqol atrofiyasi bo'lgan postmenopauzal davrdagi ayollar uchun birinchi tanlov preparati hisoblanmaydi.

Mavjud ma'lumotlar shuni ko'rsatadiki, Mirena® preparatini qo'llash 50 yoshgacha bo'lgan postmenopauzal davrdagi ayollarda sut bezi saratoni rivojlanish xavfini oshirmaydi. Mirena® preparatini "Estrogenlar bilan o'rinbosar terapiya o'tkazishda endometriy giperplaziyasi profilaktikasi" ko'rsatmasi bo'yicha tadqiq qilish davomida olingan cheklangan ma'lumotlar tufayli, Mirena® preparati ushbu ko'rsatma bo'yicha qo'llanilganda sut bezi saratoni yuzaga kelishi xavfi tasdiqlanishi yoki inkor etilishi mumkin emas.

Oligo- va amenoreya

Fertil yoshdagi ayollarda oligo- va amenoreya asta-sekin rivojlanadi, Mirena® preparatini qo'llashning birinchi yili oxiriga kelib mos ravishda taxminan 57% va 16% hollarda. Agar oxirgi hayz ko'rish boshlangandan keyin 6 hafta davomida hayz ko'rish bo'lmasa, homiladorlikni istisno qilish kerak. Amenoreyada homiladorlikka takroriy testlar majburiy emas, agar homiladorlikning boshqa belgilari bo'lmasa.

Mirena® preparati doimiy o'rinbosar estrogen terapiyasi bilan kombinatsiyada qo'llanilganda, ko'pchilik ayollarda birinchi yil davomida asta-sekin amenoreya rivojlanadi.

Kichik chanoq a'zolarining yallig'lanish kasalliklari

O'tkazgich trubkasi o'rnatish vaqtida Mirena® preparatini infektsiyalanishdan himoya qilishga yordam beradi, Mirena® preparatini kiritish uchun moslama esa infektsiya xavfini minimal darajaga tushirish uchun maxsus konstruksiya qilingan. BIV dan foydalanuvchi bemorlarda kichik chanoq a'zolarining yallig'lanish kasalliklari ko'pincha jinsiy yo'l bilan yuqadigan kasalliklarga taalluqli bo'ladi. Ko'plab jinsiy sheriklar mavjudligi kichik chanoq a'zolari infektsiyalari xavf omili ekanligi aniqlangan. Kichik chanoq a'zolarining yallig'lanish kasalliklari jiddiy oqibatlarga ega bo'lishi mumkin: ular tug'ish qobiliyatini buzishi va ektopik homiladorlik xavfini oshirishi mumkin.

Boshqa ginekologik yoki jarrohlik protseduralarida bo'lgani kabi, BIV o'rnatilgandan so'ng og'ir infektsiya yoki sepsis (shu jumladan A guruhi streptokokkli sepsisi) rivojlanishi mumkin, garchi bu juda kamdan-kam yuz bersa-da.

Qaytalovchi endometrit yoki kichik chanoq a'zolarining yallig'lanish kasalliklarida, shuningdek bir necha kun davomida davolashga rezistent bo'lgan og'ir yoki o'tkir infektsiyalarda Mirena® preparati olib tashlanishi kerak. Agar ayolda qorinning pastki qismida doimiy og'riq, qaltirash, isitma, jinsiy aloqa bilan bog'liq og'riq (dispareuniya), qindan uzoq muddatli yoki ko'p qonli ajralmalar/qon ketish, qindan ajralmalar xarakterining o'zgarishi paydo bo'lsa, darhol shifokor bilan maslahatlashish kerak. BIV o'rnatilgandan so'ng tez orada paydo bo'ladigan kuchli og'riq yoki harorat ko'tarilishi zudlik bilan davolash zarur bo'lgan og'ir infektsiya mavjudligidan dalolat berishi mumkin. Hatto faqat ayrim simptomlar infektsiya ehtimolini ko'rsatadigan hollarda ham, bakteriologik tekshiruv va monitoring ko'rsatilgan.

Ekspulsiya

Har qanday BIV qisman yoki to'liq ekspulsiyasining mumkin bo'lgan belgilari — qon ketish va og'riq. Hayz ko'rish vaqtida bachadon mushaklarining qisqarishi ba'zan BIV siljishiga yoki hatto uni bachadondan itarib chiqarilishiga olib keladi, bu kontratseptiv ta'sir to'xtashiga olib keladi. Qisman ekspulsiya Mirena® preparati samaradorligini kamaytirishi mumkin. Mirena® preparati hayz ko'rishdagi qon yo'qotishni kamaytirishi sababli, uning ko'payishi BIV ekspulsiyasini ko'rsatishi mumkin. Ayolga iplarni barmoqlar bilan, masalan dush qabul qilish vaqtida tekshirish tavsiya etiladi. Agar ayol BIV siljishi yoki tushib qolishi belgilarini aniqlasa yoki iplarni paypaslay olmasa, jinsiy aloqalardan saqlanishi yoki boshqa kontratseptsiya usullarini qo'llashi, shuningdek imkon qadar tezroq shifokorga murojaat qilishi kerak.

Bachadon bo'shlig'ida noto'g'ri joylashganda BIV olib tashlanishi kerak. Shu vaqtning o'zida yangi tizim o'rnatilishi mumkin.

Ayolga Mirena® preparati iplarini qanday tekshirishni tushuntirish zarur.

Perforatsiya va penetratsiya

BIV bilan bachadon tanasi yoki bo'yni perforatsiyasi yoki penetratsiyasi kamdan-kam hollarda, asosan o'rnatish vaqtida yuz beradi va Mirena® preparati samaradorligini pasaytirishi mumkin. Bunday hollarda tizimni olib tashlash kerak. Perforatsiya va BIV migratsiyasi tashxisi kechiktirilganda bitishmalar, peritonit, ichak tutilishi, ichak perforatsiyasi, yondosh ichki a'zolar abstsesslari yoki eroziyalari kabi asoratlar kuzatilishi mumkin. Bachadon perforatsiyasi xavfi emizish vaqtida ayollarda yuqori. BIV tug'ruqdan keyin o'rnatilganda va bachadoni fiksatsiyalangan bukilgan ayollarda perforatsiya xavfi oshishi mumkin.

Ektopik homiladorlik

Anamnezida ektopik homiladorligi bo'lgan, bachadon naylarida operatsiyalar o'tkazgan yoki kichik chanoq a'zolari infektsiyasini boshdan kechirgan ayollar ektopik homiladorlik yuqori xavfiga moyil bo'ladilar. Ektopik homiladorlik ehtimolini qorin pastida og'riq bo'lganda, ayniqsa agar u hayz ko'rish to'xtashi bilan birga kelsa yoki amenoreyasi bo'lgan ayolda qon ketish boshlanganda hisobga olish kerak. Mirena® preparati qo'llanilganda ektopik homiladorlik chastotasi yiliga taxminan 0,1% ni tashkil qiladi. Mirena® preparatini qo'llayotgan ayollarda ektopik homiladorlik mutlaq xavfi past hisoblanadi. Biroq agar Mirena® preparati o'rnatilgan ayolda homiladorlik yuzaga kelsa, ektopik homiladorlikning nisbiy ehtimoli yuqori bo'ladi.

Iplarning yo'qolishi

Agar ginekologik tekshiruvda BIV ni olib tashlash uchun iplarni bachadon bo'yni sohasida aniqlash imkoni bo'lmasa, homiladorlikni istisno qilish kerak. Iplar bachadon bo'shlig'iga yoki bachadon bo'yni kanaliga tortib ketilishi va navbatdagi hayz ko'rishdan keyin yana ko'rinadigan bo'lishi mumkin. Agar homiladorlik istisno qilingan bo'lsa, iplar joylashuvini odatda tegishli asbob bilan ehtiyotkorlik bilan zondlash yordamida aniqlash mumkin. Agar iplarni aniqlash imkoni bo'lmasa, BIV bachadon bo'shlig'idan ekspulsiya qilingan bo'lishi mumkin. Tizimning to'g'ri joylashganligini aniqlash uchun UTT o'tkazish mumkin. U mavjud bo'lmaganda yoki muvaffaqiyatsiz bo'lganda Mirena® preparati lokalizatsiyasini aniqlash uchun rentgenologik tekshiruv o'tkaziladi.

Tuxumdon kistalari

Mirena® preparatining kontratseptiv samarasi, asosan, uning mahalliy ta'siri bilan bog'liqligi sababli, fertil yoshdagi ayollarda odatda follikulalar yorilishi bilan ovulyator tsikllar kuzatiladi. Ba'zan follikulalar atreziyasi kechikadi va ularning rivojlanishi davom etishi mumkin. Bunday kattalashgan follikulalarni klinik jihatdan tuxumdon kistalaridan farqlash imkonsiz. Tuxumdon kistalari haqida nojo'ya reaktsiya sifatida Mirena® preparatini qo'llagan ayollarning taxminan 7% da xabar berilgan. Ko'pchilik hollarda ushbu follikulalar hech qanday simptomlarni chaqirmaydi, garchi ba'zan ular qorin pastida og'riq yoki jinsiy aloqada og'riq bilan kechsa ham. Qoida tariqasida, tuxumdon kistalari ikki-uch oy kuzatuv davomida mustaqil ravishda yo'qoladi. Agar bu yuz bermasa, UTT yordamida kuzatuvni davom ettirish, shuningdek davolash va diagnostika tadbirlarini o'tkazish tavsiya etiladi. Kamdan-kam hollarda jarrohlik aralashuviga murojaat qilishga to'g'ri keladi.

Mirena® preparatida saqlanadigan yordamchi moddalar

Mirena® preparatining T-shaklidagi asosi bariy sulfatini saqlaydi, u rentgenologik tekshiruvda ko'rinadigan bo'ladi.

Mirena® preparati OIV-infektsiyasi va jinsiy yo'l bilan yuqadigan boshqa kasalliklardan himoya qilmasligini yodda tutish kerak.

Avtotransportni boshqarish va mexanizmlarni boshqarish qobiliyatiga ta'siri

Kuzatilmagan.

Dozani oshirib yuborilishi

Qo'llashning ushbu usulida dozani oshirib yuborish imkonsiz.

Dori vositalarining o'zaro ta'siri

Fermentlar induktorlari hisoblangan moddalar, ayniqsa dori preparatlari metabolizmida ishtirok etuvchi sitoxrom R450 tizimi izofermentlari induktorlari, masalan tutqanoqqa qarshi vositalar (masalan, fenobarbital, fenitoin, karbamazepin) va infeksiyalarni davolash uchun vositalar (masalan, rifampitsin, rifabutin, nevirapin, efavirenz) bilan bir vaqtda qo‘llanilganda gestagenlar metabolizmi kuchayishi mumkin. Ushbu preparatlarning Mirena® preparati samaradorligiga ta’siri noma’lum, ammo bu ahamiyatsiz deb taxmin qilinadi, chunki Mirena® asosan mahalliy ta’sir ko‘rsatadi. Mirena® preparati estrogenlar bilan kombinatsiyada qo‘llanilganda tegishli estrogenni qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnomada ko‘rsatilgan ma’lumotlarni qo‘shimcha ravishda hisobga olish kerak.

Qo‘llash usuli va dozirovkasi

DozalashMirena® preparati bachadon bo'shlig'iga kiritiladi. Samaradorlik 5 yil davomida saqlanadi.

Levonorgestrelning in vivo ajralib chiqish tezligi qo'llash boshida taxminan 20 mkg/sut ni tashkil qiladi va 5 yildan so'ng taxminan 10 mkg/sut gacha pasayadi. Levonorgestrelning o'rtacha ajralib chiqish tezligi - 5 yil davomida taxminan 14 mkg/sut.

Mirena® preparatini gestagenlarni saqlamaydigan peroral yoki transdermal estrogen preparatlari bilan birgalikda o'rin bosuvchi gormonal terapiya olayotgan ayollarda qo'llash mumkin.

Mirena® preparatini tibbiy qo'llash bo'yicha yo'riqnomaga muvofiq to'g'ri o'rnatilganda, Perl indeksi (yil davomida kontratseptivni qo'llagan 100 ayolda homiladorlik sonini aks ettiruvchi ko'rsatkich) 1 yil davomida taxminan 0,2% ni tashkil qiladi. 5 yil davomida kontratseptivni qo'llagan 100 ayolda homiladorlik sonini aks ettiruvchi kumulyativ ko'rsatkich 0,7% ni tashkil qiladi.

Kontratseptsiya maqsadida tug'ish yoshidagi ayollarga Mirena® preparatini hayz ko'rish boshlanganidan boshlab 7 kun ichida bachadon bo'shlig'iga o'rnatish kerak. Mirena® hayz siklining istalgan kuni yangi BIV ga almashtirilishi mumkin. BIV shuningdek homiladorlikning I trimestridagi abortdan so'ng darhol o'rnatilishi mumkin, agar jinsiy a'zolarning yallig'lanish kasalliklari bo'lmasa.

Tug'ruqdan keyin BIV ni o'rnatishni bachadon involyutsiyasi sodir bo'lganda, lekin tug'ruqdan keyin kamida 6 haftadan keyin o'tkazish kerak. Uzoq muddatli subinvolyutsiyada tug'ruqdan keyingi endometritni istisno qilish va Mirena® BIV ni kiritish qarorini involyutsiya tugaguncha kechiktirish kerak. BIV ni o'rnatishda qiyinchiliklar va/yoki muolaja davomida yoki undan keyin juda kuchli og'riq yoki qon ketish bo'lganda, perforatsiyani istisno qilish uchun darhol fizikal va UTT o'tkazish kerak.

O'rin bosuvchi estrogen terapiyasi vaqtida endometriyani himoya qilish uchun amenoreyasi bo'lgan ayollarda Mirena® istalgan vaqtda o'rnatilishi mumkin; hayz ko'rishi saqlanib qolgan ayollarda o'rnatish hayz qon ketishi yoki bekor qilish qon ketishining oxirgi kunlarida amalga oshiriladi.

BIV dan foydalanish qoidalari

Mirena® preparati steril o'ramda yetkazib beriladi, u faqat BIV ni o'rnatishdan oldin ochiladi. Ochilgan tizim bilan ishlashda aseptika qoidalariga rioya qilish kerak. Agar o'ramning sterilligi buzilgan deb hisoblansa, BIV ni tibbiy chiqindilar sifatida yo'q qilish kerak. Shuningdek bachadondan olib tashlangan BIV bilan ham shunday qilish kerak, chunki u gormon qoldiqlarini saqlaydi.

BIV ni o'rnatish, olib tashlash va almashtirish

Mirena® preparatini faqat ushbu BIV bilan ishlash tajribasiga ega bo'lgan yoki ushbu muolajani bajarishga yaxshi o'rgatilgan shifokor o'rnatishi tavsiya etiladi.

Mirena® preparatini o'rnatishdan oldin ayolga ushbu BIV ning samaradorligi, xavflari va nojo'ya ta'sirlari haqida ma'lumot berish kerak. Kichik tos a'zolari va sut bezlarini tekshirishni, shuningdek bachadon bo'ynidan surtmani tekshirishni o'z ichiga olgan umumiy va ginekologik tekshiruvni o'tkazish zarur. Homiladorlik va jinsiy yo'l bilan yuqadigan kasalliklarni istisno qilish kerak, jinsiy a'zolarning yallig'lanish kasalliklari esa to'liq davolanishi kerak. Bachadonning joylashuvi va uning bo'shlig'i o'lchamlari aniqlanadi. Mirena® BIV ni kiritishdan oldin bachadonni vizualizatsiya qilish zarurati bo'lganda kichik tos a'zolarining UTT si o'tkazilishi kerak. Ginekologik tekshiruvdan so'ng qinga maxsus asbob, ya'ni qin ko'zgusi kiritiladi va bachadon bo'yniga antiseptik eritma bilan ishlov beriladi. So'ngra ingichka egiluvchan plastik naycha orqali bachadonga Mirena® preparati kiritiladi. Mirena® preparatining bachadon tubida to'g'ri joylashishi ayniqsa muhimdir, bu gestagenning endometriyaga bir xil ta'sirini ta'minlaydi, BIV ning ekspulsiyasini oldini oladi va uning maksimal samaradorligi uchun sharoit yaratadi. Shuning uchun, Mirena® preparatini o'rnatish bo'yicha yo'riqnoma talablarini diqqat bilan bajarish kerak. Turli BIV larni bachadonga o'rnatish texnikasi turlicha bo'lganligi sababli, aniq tizimni o'rnatishning to'g'ri texnikasini o'zlashtirishga alohida e'tibor berish kerak. Ayol tizim kiritilishini his qilishi mumkin, lekin bu unda kuchli og'riq keltirib chiqarmasligi kerak. Kiritishdan oldin, agar kerak bo'lsa, bachadon bo'ynining mahalliy anesteziyasini qo'llash mumkin.

Ba'zi hollarda bemorlarda servikal kanal stenozi bo'lishi mumkin. Bunday bemorlarga Mirena® preparatini kiritishda ortiqcha kuch ishlatmaslik kerak.

Ba'zan BIV kiritilgandan so'ng og'riq, bosh aylanishi, terlash va teri qoplamalarining oqarishi qayd etiladi. Ayollarga Mirena® preparati kiritilgandan so'ng biroz vaqt dam olish tavsiya etiladi. Agar tinch holatda yarim soat bo'lgandan keyin bu holatlar o'tib ketmasa, ehtimol BIV noto'g'ri joylashgan bo'lishi mumkin. Ginekologik tekshiruv o'tkazilishi kerak; zarurat bo'lganda tizim olib tashlanadi. Ba'zi ayollarda Mirena® preparatini qo'llash terida allergik reaksiyalarni keltirib chiqaradi.

Ayolni o'rnatishdan 4-12 hafta o'tgach, keyin esa yiliga 1 marta yoki klinik ko'rsatmalar mavjud bo'lganda tez-tez qayta tekshirish kerak.

Mirena® preparati qisqichlar bilan ushlangan iplardan ehtiyotkorlik bilan tortib chiqariladi. Agar iplar ko'rinmasa va tizim bachadon bo'shlig'ida bo'lsa, uni BIV ni chiqarish uchun traktsion ilmoq yordamida olib tashlash mumkin. Bunda bachadon bo'yni kanalini kengaytirish talab qilinishi mumkin.

Tizimni o'rnatishdan 5 yil o'tgach olib tashlash kerak. Agar ayol xuddi shu usulni qo'llashni davom ettirishni istasa, yangi tizim oldingisi olib tashlangandan so'ng darhol o'rnatilishi mumkin.

Keyingi kontratseptsiya zarurati bo'lganda, tug'ish yoshidagi ayollarda BIV ni olib tashlash hayz ko'rish vaqtida, agar hayz sikli saqlanib qolgan bo'lsa, amalga oshirilishi kerak. Agar tizim sikl o'rtasida olib tashlansa va ayolda oldingi hafta davomida jinsiy aloqa bo'lgan bo'lsa, u homilador bo'lib qolish xavfi ostida bo'ladi, yangi tizim eskisi olib tashlangandan so'ng darhol o'rnatilgan hollar bundan mustasno.

BIV ni o'rnatish va olib tashlash ma'lum og'riq hislari va qon ketish bilan birga kelishi mumkin. Muolaja vazovagal reaksiya oqibatida hushdan ketishni, epilepsiya bilan og'rigan bemorlarda, ayniqsa ko'rsatilgan holatlarga moyilligi bo'lgan bemorlarda yoki servikal stenozli bemorlarda bradikardiya yoki tirishish xurujini chaqirishi mumkin.

Mirena® preparati olib tashlangandan so'ng tizimning butunligini tekshirish kerak. BIV ni olib tashlashda qiyinchiliklar bo'lganda gormonal-elastomer o'zagining T-shaklidagi korpusning gorizontal elkalariga sirpanib ketishi, natijada ular o'zak ichiga yashirinib qolishi kabi yagona holatlar qayd etilgan. BIV ning butunligi tasdiqlangandan so'ng, ushbu vaziyat qo'shimcha aralashuvni talab qilmaydi. Gorizontal elkalardagi cheklovchilar odatda o'zakning T-shaklidagi korpusdan to'liq ajralib ketishini oldini oladi.
Diqqat: ushbu sahifadagi preparat tavsifi rasmiy yo‘riqnomaning soddalashtirilgan va to‘ldirilgan versiyasidir. Ma’lumot faqat tanishish maqsadida taqdim etilgan va o‘z-o‘zini davolash uchun qo‘llanma sifatida foydalanilmasligi kerak. Mirena preparatini qabul qilishdan oldin albatta shifokor bilan maslahatlashing
Manbalar ro‘yxati:

Mirena haqida savollar

Mirena haqida fikr-mulohazalar

Reyting 4.3, 7 ta sharh asosida

Alifbo bo'yicha dori vositalar ro'yxati

scroll-top

Biz portalimiz ishini takomillashtirish maqsadida cookie-fayllardan foydalanamiz. Ishni davom ettirar ekansiz, ulardan foydalanishga rozilik bildirgan bo‘lasiz. Batafsil