Apteka.uz
SavatKirish

ESKAPEL

ESKAPEL chiqarilish shakllari

ESKAPEL tabletkalari 1,5mg N1
Retseptsiz
ESKAPEL tabletkalari 1,5mg N1
Vengriya
Ishlab chiqaruvchi:
Gedeon Rixter OAO
•10 ta dorixonada bor
Narxi
110 000 so'm dan
- ESKAPEL qabul qilish bo'yicha ma'lumot
- ESKAPELning tarkibi
- ESKAPEL ko'rsatmalar va qarshi ko'rsatmalar
- ESKAPEL narxi Toshkent dorixonalarida

ESKAPEL qo'llanmasi

Ishlab chiqarilish joyi
Vengriya,
Turkiya
Faol modda

Qo‘llash ko‘rsatmalari

  • — shoshilinch (postkoital) kontratseptsiya (himoyalanmagan jinsiy aloqadan keyin yoki qo'llanilgan kontratseptsiya usuli ishonchsiz bo'lganda).

Qo'llanilishi mumkin bo'lmagan holatlar

  • — og‘ir jigar yetishmovchiligi; — 16 yoshgacha bo‘lgan o‘smirlarda qo‘llash; — homiladorlik; — laktozani o‘zlashtira olmaslik, laktaza tanqisligi yoki glyukoza/galaktoza malabsorbtsiyasi; — preparat komponentlariga yuqori sezuvchanlik. Jigar yoki o‘t yo‘llari kasalliklari bo‘lgan bemorlarda, sariqlikda (shu jumladan anamnezda), Kron kasalligida, laktatsiya davrida preparatni ehtiyotkorlik bilan qo‘llash kerak.

Tarkibi

  • levonorgestrel 1.5 mg Yordamchi moddalar: kartoshka kraxmali, suvsiz kolloid kremniy dioksidi, magniy stearati, talk, makkajo‘xori kraxmali, laktoza monogidrati.

Farmakokinetikasi

So‘rilishi: Ichga qabul qilingandan so‘ng levonorgestrel MIYdan tez va to‘liq absorbtsiya qilinadi. Plazmada faol moddaning Cmax 2 soatdan keyin erishiladi va 18,5 ng/ml ni tashkil qiladi. Mutlaq biokiraolishligi 100% ni tashkil qiladi. Taqsimlanishi: Levonorgestrel albumin va jinsiy gormonlarni bog‘lovchi globulin (JGBG) bilan bog‘lanadi. Plazmadagi umumiy miqdorning 1,5% erkin steroid shaklida bo‘ladi, 65% JGBG bilan o‘ziga xos bog‘langan. Metabolizmi: Levonorgestrel biotransformatsiyasi steroidlar metabolizmiga mos keladi. Levonorgestrel jigarda gidroksillanadi va metabolitlar kon'yugatsiyalangan glyukuronidlar shaklida chiqariladi. Levonorgestrelning farmakologik faol metabolitlari noma'lum. Chiqarilishi: Plazmada Cmax ga erishilgandan so‘ng levonorgestrel konsentratsiyasi kamayadi. T1/2 26 soatni tashkil qiladi. Levonorgestrel taxminan teng darajada buyraklar va ichak orqali faqat metabolitlar shaklida chiqariladi. Maxsus klinik holatlarda farmakokinetikasi: So‘rilish buzilishi bilan kechadigan MIY kasalliklari preparat absorbtsiyasini pasaytiradi, bu uning samaradorligiga ta'sir qilishi mumkin.

Farmakologik ta'siri

Yaqqol gestagen va antiestrogen ta'sirga ega postkoital kontraseptiv. Tavsiya etilgan dozalash tartibida ovulyatsiyani va agar jinsiy aloqa hayz tsiklining ovulyatsiyadan oldingi fazasida, ya'ni urug'lanish ehtimoli eng yuqori bo'lgan davrda sodir bo'lgan bo'lsa, urug'lanishni bostiradi. Bundan tashqari, preparat keltirib chiqaradigan endometriy proliferatsiyasi regressiyasi urug'langan tuxum hujayraning implantatsiyasiga to'sqinlik qiladi. Implantatsiya sodir bo'lganda preparat samarasiz. Tavsiya etilgan dozalash tartibiga rioya qilinganda levonorgestrel qon ivish omillariga, yog' va uglevod almashinuviga sezilarli ta'sir ko'rsatmaydi. Eskapel® preparatini qabul qilishni jinsiy aloqadan keyin imkon qadar tezroq (lekin 72 soatdan kechiktirmasdan) boshlash tavsiya etiladi, agar hech qanday himoya choralari qo'llanilmagan bo'lsa. Jinsiy aloqa va preparatni qabul qilish o'rtasida qancha ko'p vaqt o'tgan bo'lsa, uning samaradorligi shunchalik past bo'ladi (dastlabki 24 soat ichida 95%, 24 soatdan 48 soatgacha - 85% va 48 soatdan 72 soatgacha - 58%).

Nojo'ya ta'sirlar

  • Allergik reaktsiyalar: bo'lishi mumkin - eshakemi, toshma, qichishish, yuz shishi. Quyida turli tez-tezlikda yuzaga keladigan va dori terapiyasini talab qilmaydigan o'tkinchi nojo'ya reaktsiyalar keltirilgan: juda tez-tez (≥1/10), tez-tez (≥1/100, 1/10). Ovqat hazm qilish tizimi tomonidan: juda tez-tez - ko'ngil aynishi; tez-tez - qusish, diareya. MNT tomonidan: juda tez-tez - charchoq; tez-tez - bosh og'rig'i, bosh aylanishi. Jinsiy tizim tomonidan: juda tez-tez - qorin pastida og'riqlar, atsiklik qonli ajralmalar (qon ketishlar); tez-tez - sut bezlarining og'riqliligi, hayz ko'rishning kechikishi (5-7 kundan ko'p bo'lmagan). Agar hayz ko'rish uzoqroq muddatga kechiksa, homiladorlikni istisno qilish kerak.

Dozani oshirib yuborilishi

Belgilari: nojo‘ya ta’sirlarning kuchayishi. Davolash: simptomatik terapiya o‘tkazish, maxsus antidoti yo‘q.

Dori vositalarining o'zaro ta'siri

Eskapel® preparati jigar fermentlari induktorlari bilan bir vaqtda qo‘llanilganda levonogestrel metabolizmi tezlashadi. Eskapel® preparatining kontraseptiv samarasi quyidagi dori vositalari bilan bir vaqtda qo‘llanilganda kamayadi: amprenavir, lansoprazol, nevirapin, okskarbazepin, takrolimus, topiramat, tretinoin, barbituratlar, shu jumladan primidon, fenitoin va karbamazepin, teshik dalachoy saqlovchi preparatlar, shuningdek rifampitsin, ritonavir, ampitsillin, tetrasiklin, rifabutin, grizeofulvin. Eskapel® gipoglikemik va antikoagulyant (kumarin hosilalari, fenindion) preparatlar samaradorligini pasaytiradi. Levonorgestrel GKS plazma konsentratsiyalarini oshiradi. Levonorgestrel saqlovchi preparatlar metabolizmni bostirishi oqibatida siklosporin toksikligi xavfini oshirishi mumkin.

Umumiy ma'lumot

MUTAXASSISLAR UCHUN

DORI PREPARATINI QO‘LLASH BO‘YICHA YO‘RIQNOMA

 

  1. PREPARATNING NOMI

ESKAPEL tabletkalar

ESCAPELLE

 

  1. SIFAT VA MIQDORIY TARKIBI

Levonorgestrel 1,50 mg bir tabletkada.

Yordamchi moddalari 6.1. bandda keltirilgan.

  1. DORI SHAKLI

Tabletkalar. Oq yoki deyarli oq rangli, faskali va bir tomonida «G00» gravirovkali yassi tabletkalar.

  1. KLINIK XUSUSIYATLARI
    • Qo‘llanilishi

Eskapel jinsiy aloqadan keyingi birinchi 72 soatda, hech qanday kontrasepsiya usullari qo‘llanilmaganda yoki qo‘llangan kontrasepsiya usuli yetarli darajada ishonchli bo‘lmasa, tezkor peroral kontrasepsiya uchun mo‘ljallangan.

  • Qo‘llash usuli va dozalari

Jinsiy aloqadan keyingi birinchi 72 soatda peroral qo‘llanadi.

Preparat qabulidan so‘ng uch soat ichida qusish paydo bo‘lsa, qo‘shimcha yana bitta tabletka qabul qilinadi.

Avvalgi hayz ko‘rish me‘yorida o‘tgan bo‘lsa, Eskapel tabletkalarini xayz ko‘rish siklni har qanday kunida ham qo‘llash mumkin.

Homiladorlikning oldini olish uchun shoshilinch vosita qo‘llanganidan so‘ng to keyingi hayz ko‘rguncha homiladorlikka qarshi mahalliy oldini olish vositalarini, masalan prezervativni qo‘llash lozim. Eskapel tabletkalarini qo‘llash peroral gormonal homiladorlikning oldini oluvchi vositalarini uzluksiz qo‘llashni davom ettirishga monelik qilmaydi.

Bolalarni Eskapel tabletkalarini qo‘llashlari tavsiya etilmaydi, chunki 16 yoshdan kichik bo‘lgan bolalarda preparatni qo‘llash bo‘yicha klinik tajriba yetarli emas.

  • Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar

Preparatning biron bir komponentiga bo‘lgan yuqori sezuvchanlik; og‘ir darajadagi jigar yetishmovchiligi; homiladorlik (4.6. bandga qarang).

  • Maxsus ko‘rsatmalar va preparat qo‘llashdagi ehtiyotkorlik choralari.

«Shoshilinch» deb nomlanuvchi kontrasepsiya favqulotdagi holatlar uchun mo‘ljallangan. Bu usul doimiy qo‘llanadigan kontrasepsiya o‘rnini mutlaqo bosmaydi.

Shoshilinch kontrasepsiya preparatlari hamma vaqt ham homiladorlikning oldini olavermaydi. Jinsiy aloqa vaqti aniq ma‘lum bo‘lmasa va bir hayz ko‘rish sikl davrida kontrasepsiya yordamida himoyalanmagan jinsiy aloqadan so‘ng 72 soatdan ko‘p vaqt o‘tgan bo‘lsa, homilador bo‘lib qolish ehtimoli yuqori bo‘ladi. Bunday hollarda ikkinchi jinsiy aloqadan so‘ng Eskapel tabletkalarini qabul qilinishi kutilgan natijalarga olib kelmaydi. Hayz ko‘rish 5 kundan ortiqroqqa kechikib qolsa yoki o‘z vaqtida boshlangan hayz ko‘rish odatdagiday kechmasa, yoki boshqa bir sabablarga ko‘ra homiladorlik bo‘lganligiga shubha tug‘ilsa, homladorlikni istisno qilish uchun ginekologik tekshiruv o‘tkazish lozim.

Eskapel tabletkalarini qabul qilish davrida bo‘lgan homiladorlik bachadondan tashqarigi bo‘lishi mumkin, ayniqsa qorinning pastki qismida og‘riqlar bo‘lgan, xushdan ketish bo‘lgan, anamnezida ektopik homiladorlik bo‘lgan kichik chanoq a‘zolaridagi operasiyalar yoki ularni yallig‘lanishi bo‘lgan ayollarda.

Jigar faoliyatini og‘ir buzilishlarida Eskapel tabletkalarini qo‘llash tavsiya etilmaydi.

Me‘da-ichak yo‘llarida so‘rilishni og‘ir buzilishlari (masalan, Kron kasalligi) homiladorlikka qarshi preparat samarasini pasaytiradi.

Preparatni qo‘llash, odatda hayz ko‘rishlar muntazamligini va me‘yorida bo‘lishini buzmaydi. Ammo ba‘zida hayz ko‘rishlarni vaqtidan ilgari paydo bo‘lishi yoki uning kechikishi (taxminan ±2 kunga) kuzatilishi mumkin. Eskapel tabletkalari qo‘llanganidan so‘ng keyinchalik muntazam kontrasepsiya tavsiya qilinadi. Agarda muntazam gormonal kontrasepsiya o‘tkazilishida xatolikka yo‘l qo‘yish oqibatida Eskapel tabletkalari qabul qilinayotgan bo‘lsa va bunda to‘g‘ri keluvchi yetti kunlik tanaffusda hayz ko‘rish kuzatilmasa, homiladorlikni istesno qilish lozim.

Hayz ko‘rish siklini buzilishidan saqlanish uchun bir hayz ko‘rish davrini o‘zida Eskapel tabletkasini takroriy qabul qilishdan voz kechish kerak.

Odatdagi muntazam homiladorlikka qarshi vositalar bilan solishtirganda Eskapel tabletkalari kamroq samaralidir. Shoshilinch kontrasepsiyani tez-tez qo‘llaydigan ayollarga, muntazam kontrasepsiyani biron-bir usulini taklif qilish lozim.

Shoshilinch kontrasepsiya tanosil kasalliklardan himoya qilish zarurligi o‘rnini bosaolmaydi.

  • Dorilarning o‘zaro ta‘siri va o‘zaro ta‘sirning boshqa shakllari

Jigar metabolizmini induktor preparatlari bilan bir vaqtda qo‘llanganida levonorgestrelning metabolizmi kuchayadi.

Quyida sanab o‘tilgan ta‘sir etuvchi modalarni saqlovchi dori preparatlari levonorgestrel saqlovchi preparatlarning samaradorligini pasaytirishi mumkin: barbituratlar (shu jumladan primidon), fenitoin, karbamazepin, dalachoy preparatlari (Hypericum perforatum), rifampisin, ritonavir, rifambutin, grizeofulvin.

Levonorgestrel preparatlari siklosporin metabolizmini bosilishi hisobiga uni zaharliligini kuchaytirishi mumkin.

  • Preparatni homiladorlik va emizish vaqtida qo‘llanishi

Homiladorlik: Homiladorlik vaqtida Eskapel tabletkalarini qabul qilish mumkin emas. Preparat homiladorlikni to‘xtatmaydi. Epidemiologik tekshirishlarning natijalariga ko‘ra shoshilinch kontraseptivni qo‘llash fonidagi homiladorlik holida progesteron fetotoksik ta‘sir ko‘rsatmaydi.

Emizish: Levonorgesterol ko‘krak sutiga o‘tadi. Bola organizmiga levonorgestrel tushishini preparatni emizish to‘xtatilishi bilan qabul qilib yoki preparat qabul qilingandan keyin emizishdan saqlanib kamaytirish mumkin.

  • Preparatni avtomobil va ishchi mexanizmlarni boshqarish qobiliyatiga ta‘siri

Preparatni avtomobilni va ishchi mexanizmlarni boshqarish qobiliyatiga mumkin bo‘lgan ta‘sirini aniqlash bo‘yicha tekshirishlar o‘tkazilmagan.

  • Nojo‘ya samaralari

Mumkin bo‘lgan nojo‘ya ta‘sirlari va ularni tez-tezligi quyidagi jadvalda keltirilgan:

Nojo‘ya ko‘rinishlar Tez-tezligi % da

(n=1,379)*

ko‘ngil aynishi 13,7
Charchoqlik 13,3
qorinning pastki qismini og‘rig‘i 13,3
bosh og‘rig‘i 10,3
bosh aylanishi 9,6
sut bezlarini taranglashishi 8,2
ich ketishi 3,8
qusish 1,4
hayz ko‘rishni buzilishi 31
hayz ko‘rishni 7 kundan ortiqroqqa kechikishi 4,5

            * WHO/HRP Project 97902

Hayz ko‘rish xarakterini vaqtinchalik o‘zgarishi mumkin. 78% ayollarda hayz ko‘rish muddatlarini surilishi 5 kun chegarasida bo‘ladi. Hayz ko‘rish 5 kundan ko‘proq muddatga kechikib qolsa, homiladorlikni istisno qilish lozim.

4.9. Dozani oshirib yuborilishi

Preparatni katta dozalari qabul qilinganidan keyingi og‘ir nojo‘ya ta‘sirlari haqida ma‘lumotlar yo‘q. Dozani oshirib yuborish ko‘ngil aynishi, hayz ko‘rishni buzilishini chaqirishi mumkin. Spesifik antidoti yo‘q, davolash simptomatik.

  1. FARMAKOLOGIK XUSUSIYATLARI
    • Farmakodinamikasi

Farmakologik guruhi: kontraseptiv vosita

ATX kodi: G03AS03.

Eskapel preparatini aniq ta‘sir mexanizmi ma‘lum emas. Tavsiya etilgan dozalarda levonorgestrel ovulyasiyaga va urug‘lanishga ta‘sir qiladi, agarda jinsiy aloqa, ya‘ni  urug‘lanish ehtimoli eng yuqori bo‘lgan hayz ko‘rish siklini ovulyasiya oldi fazasida sodir bo‘lgan bo‘lsa. Bundan tashqari, preparat chaqirgan endometriydagi o‘zgarishlar, urug‘langan tuxum xujayrasini (pushtni) implantasiyasiga to‘sqinlik qiladi. Boshlangan implantasiyada preparat samarasiz.

Samaradorligi: 84% hollarda homiladorlikni oldini oladi. Levonorgestrelni tavsiya etilgan dozalari qon ivishi omillariga, yog‘lar va karbonsuvlar almashinuviga ahamiyatli ta‘sir ko‘rsatmaydi.

  • Farmakokinetikasi

Peroral qabul qilinganida levonorgestrel tez va deyarli to‘liq so‘riladi. 16 ta ayollarda o‘tkazilgan tekshirishlarning ma‘lumotlariga ko‘ra Eskapel tabletkalari qabul qilinganidan so‘ng 2 soat o‘tgach Smax=18,5 ng/mg. AUC (0-µ) ni o‘rtacha kattaligi = 310182,56 pg.ch/ml. Maksimal konsentrasiyaga erishilganidan keyin levonorgestrelning qondagi miqdori pasayadi, o‘rtacha yarimchiqish vaqti » 26 soat.

Organizmdan metabolitlari shaklida siydik va ahlat bilan teng nisbatda chiqariladi. Levonorgestrelning biotransformasiyasi steroidlarga xos bo‘lgan metabolik yo‘li bilan amalga oshadi. Jigarda levonorgestrel gidroksillanadi va glyukuronid kon‘yugatlar ko‘rinishida organizmdan chiqariladi. Levonorgestrelni farmakologik faol metabolitlari ma‘lum emas. Levonorgestrel jinsiy gormonlarni (GPSG) bog‘lovchi albuminlar va globulinlar bilan bog‘lanadi. Plazmada umumiy miqdorining 1,5% erkin steroid shaklida bo‘ladi, 65% GPSG bilan spesifik bog‘langan.

Eskapelni bir tabletkasi qabul qilinganidan so‘ng GSPG ni qondagi o‘rtacha konsentrasiyasi » 40 nmol/l. 24 soat davomida GPSG ni qondagi konsentrasiyasi o‘zgarmaydi yoki biroz oshadi, keyinchalik esa pasaya boshlaydi va 192 soatdan so‘ng
» 30 nmol/l ni tashkil qiladi.

Mutloq biokiraolishligi qabul qilingan dozaning 100% tashkil qiladi.

Qabul qilingan dozani 0,1% emizikli chaqaloq organizmga ko‘krak suti bilan tushadi.

5.3. Xavfsizligi bo‘yicha klinikagacha bo‘lgan tadqiqotlarning natijalari.

Ma‘lumotlar mavjud emas.

  1. FARMASEVTIK MA‘LUMOTLAR.
    • Yordamchi moddalar ro‘yxati

Kartoshka kraxmali; makkajo‘xori kraxmali; kolloid kremneziy dioksidi, magniy stearati; talk; laktoza monogidrati (142,5 mg).

  • Nomutanosiblik.

Ma‘lumotlar mavjud emas.

  • Yaroqlilik muddati

5 yil.

  • Saqlash sharoiti

+15oS dan +25oS gacha haroratda saqlansin.

  • Chiqarilish shakli

1 tabletka blisterda. Bir blister qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnomasi bilan birga karton qutida.

  • Preparatni qo‘llash bo‘yicha maxsus ko‘rsatma

Shifokor reseptisiz beriladi.

Ulashish:
Diqqat: ushbu sahifadagi preparat tavsifi rasmiy yo‘riqnomaning soddalashtirilgan va to‘ldirilgan versiyasidir. Ma’lumot faqat tanishish maqsadida taqdim etilgan va o‘z-o‘zini davolash uchun qo‘llanma sifatida foydalanilmasligi kerak. ESKAPEL preparatini qabul qilishdan oldin albatta shifokor bilan maslahatlashing

ESKAPEL narxlari

Dorixonalar
Manzil
Ish vaqti
Sotib olish
CITY PHARM Sergeli 41
Sergeli tumani, 8A mavze, 12 uy
24/7
113 500 so'm
Bron qilish
Europharm
Mirzo Ulug'bek tumani, Buyuk Ipak Yoʻli dahasi, 26 uy, 13 xonadon
Du, Se, Ch, Pa, Ju, Sh, Ya | 08:00-23:00
120 000 so'm
Buyurtma berish
Arzon Dorixona
Shayxontoxur tumani, Ibn Sino mavze, 2 uy
Du, Se, Ch, Pa, Ju, Sh, Ya | 08:00-00:00
110 000 so'm
А5 Filial Markaz 1
Mirzo Ulug'bek tumani, 1 mavze, 6/1 uy
Du, Se, Ch, Pa, Ju, Sh, Ya | 09:00-18:00
120 000 so'm

ESKAPEL barcha rasmlari

Barcha rasmlar
Barcha rasmlar
Barcha rasmlar

ESKAPEL haqida savollar

ESKAPEL haqida fikr-mulohazalar

Reyting 5.0, 7 ta sharh asosida

Alifbo bo'yicha dori vositalar ro'yxati

scroll-top

Biz portalimiz ishini takomillashtirish maqsadida cookie-fayllardan foydalanamiz. Ishni davom ettirar ekansiz, ulardan foydalanishga rozilik bildirgan bo‘lasiz. Batafsil