Apteka.uz
SavatKirish

ESKAPEL tabletkalari 1,5mg N1

Retseptsiz
Mahsulot haqida tafsilotlar
Ishlab chiqarilgan joyi:Vengriya
Kategoriya:Tanosil tizimi
Faol modda:Levonorgestrel
Ishlab chiqaruvchi:Gedeon Rixter OAO
Teglar:Kontrasepsia uchun
ATX kodi:G03AC03
Barcha ESKAPEL dorilari
11 ta dorixonada bor
Narxi 110 000 so'm dan
Dorixonadan topish
To‘lov va yetkazib berish usullari Toshkentda
Olib ketish
Ertaga yoki keyinroq 11 ta dorixonadan
Dorixonada karta yoki naqd to‘lov
Yetkazib berish
2 soat ichida yoki ertaga, yetkazib berish narxi onlayn dorixonada ko‘rsatilgan tarif bo‘yicha. Onlayn yoki kuryerga to‘lov

ESKAPEL tabletkalari 1,5mg N1 qo'llanmasi

Farmakokinetikasi

So'rilishi

Ichga qabul qilingandan so'ng levonorgestrel MITYdan tez va to'liq so'riladi. Plazmada faol moddaning Cmax siga 2 soatdan keyin erishiladi va 18,5 ng/ml ni tashkil qiladi. Mutlaq biokiraolishligi 100% ni tashkil qiladi.

Taqsimlanishi

Levonorgestrel albumin va jinsiy gormonlarni bog'lovchi globulin (JGBG) bilan bog'lanadi. Plazmadagi umumiy miqdorning 1,5% i erkin steroid shaklida bo'ladi, 65% i JGBG bilan o'ziga xos bog'langan.

Metabolizmi

Levonorgestrelning biotransformatsiyasi steroidlar metabolizmiga mos keladi. Levonorgestrel jigarda gidroksillanadi va metabolitlar kon'yugatsiyalangan glyukuronidlar shaklida chiqariladi. Levonorgestrelning farmakologik faol metabolitlari noma'lum.

Chiqarilishi

Cmax ga erishilgandan so'ng plazmadagi levonorgestrel kontsentratsiyasi kamayadi. T1/2 26 soatni tashkil qiladi. Levonorgestrel taxminan teng darajada buyraklar va ichak orqali faqat metabolitlar shaklida chiqariladi.

Maxsus klinik holatlarda farmakokinetikasi

So'rilish buzilishi bilan kechadigan MITY kasalliklari preparatning absorbtsiyasini pasaytiradi, bu uning samaradorligiga ta'sir qilishi mumkin.

Nojo'ya samaralari

Allergik reaksiyalar: bo'lishi mumkin - eshakemi, toshma, qichishish, yuz shishi.

Quyida turli chastotada yuzaga keladigan va medikamentoz terapiyani talab qilmaydigan o'tkinchi nojo'ya reaksiyalar keltirilgan: juda tez-tez (≥1/10), tez-tez (≥1/100, 1/10).

Ovqat hazm qilish tizimi tomonidan: juda tez-tez - ko'ngil aynishi; tez-tez - qusish, diareya.

MNT tomonidan: juda tez-tez - charchoq; tez-tez - bosh og'rig'i, bosh aylanishi.

Jinsiy tizim tomonidan: juda tez-tez - qorinning pastki qismida og'riqlar, atsiklik qonli ajralmalar (qon ketishlar); tez-tez - sut bezlarining og'rishi, hayz ko'rishning kechikishi (5-7 kundan ko'p bo'lmagan). Agar hayz ko'rish uzoqroq muddatga kechiksa, homiladorlikni istisno qilish kerak.

Maxsus saqlash sharoitlari

Ushbu preparat faqat shoshilinch kontrasepsiya uchun mo‘ljallangan va muntazam kontrasepsiya o‘rnini bosmaydi. Eskapel® preparatini bitta hayz sikli davomida takroran qo‘llash tavsiya etilmaydi.

Eskapel® ni imkon qadar tezroq, lekin himoyalanmagan jinsiy aloqadan keyin 72 soatdan kechiktirmasdan qabul qilish kerak. Preparat kechiktirib qo‘llanilganda shoshilinch kontrasepsiya samaradorligi sezilarli darajada pasayadi.

Ko‘pchilik hollarda Eskapel® hayz sikli xarakteriga ta'sir qilmaydi. Biroq atsiklik qonli ajralmalar paydo bo‘lishi va hayz ko‘rishning bir necha kunga kechikishi mumkin. Hayz ko‘rish 5-7 kundan ortiq kechikganda va uning xarakteri o‘zgarganda (oz yoki ko‘p ajralmalar) homiladorlikni istisno qilish kerak. Qorin pastida og‘riqlar paydo bo‘lishi, hushdan ketish holatlari bachadondan tashqari (ektopik) homiladorlikdan dalolat berishi mumkin.

16 yoshgacha bo‘lgan o‘smirlarga alohida hollarda (shu jumladan zo‘rlashda) homiladorlikni tasdiqlash uchun ginekolog maslahati zarur. Shoshilinch kontrasepsiya o‘tkazilgandan so‘ng doimiy kontrasepsiya uchun eng maqbul usulni tanlash uchun ginekolog maslahati tavsiya etiladi.

Shoshilinch kontrasepsiya jinsiy yo‘l bilan yuqadigan kasalliklardan himoya qilmaydi.

Oshqozon-ichak trakti funksiyasi buzilishlarida (masalan, Kron kasalligida) preparat samaradorligi pasayishi mumkin.

Avtotransportni haydash va mexanizmlarni boshqarish qobiliyatiga ta'siri

Preparatning avtotransportni va boshqa mexanizmlarni boshqarish qobiliyatiga ta'siri o‘rganilmagan.

Qo'llanilishi mumkin bo'lmagan holatlar

- og‘ir jigar yetishmovchiligi;

- 16 yoshgacha bo‘lgan o‘smirlarda qo‘llash;

- homiladorlik; - laktozani ko‘tara olmaslik, laktaza yetishmovchiligi yoki glyukoza/galaktoza malabsorbsiyasi;

- preparat tarkibiy qismlariga yuqori sezuvchanlik.

Preparatni jigar yoki o‘t yo‘llari kasalliklari, sariqlik (jumladan, anamnezda), Kron kasalligi bo‘lgan bemorlarda, laktatsiya davrida ehtiyotkorlik bilan qo‘llash lozim.

Dori vositalarining o'zaro ta'siri

EskapelВ® preparati jigar fermentlari induktorlari bilan bir vaqtda qo'llanilganda levonogestrel metabolizmi tezlashadi.

EskapelВ® preparatining kontratseptiv samarasi quyidagi dori vositalari bilan bir vaqtda qo'llanilganda kamayadi: amprenavir, lanzoprazol, nevirapin, oksikarbazepin, takrolimus, topiramat, tretinoin, barbituratlar, shu jumladan primidon, fenitoin va karbamazepin, dalachoy saqlovchi preparatlar, shuningdek rifampitsin, ritonavir, ampitsillin, tetratsiklin, rifabutin, grizeofulvin.

EskapelВ® gipoglikemik va antikoagulyant (kumarin hosilalari, fenindion) preparatlar samaradorligini pasaytiradi.

Levonorgestrel GKS ning plazma kontsentratsiyasini oshiradi.

Levonorgestrel saqlovchi preparatlar uning metabolizmini bostirish oqibatida siklosporin toksikligi xavfini oshirishi mumkin.

Dozirovkasi

DozalashPreparat ichga 1,5 mg (1 tabletka) dan himoyalanmagan jinsiy aloqadan keyin imkon qadar tezroq, lekin 72 soatdan kechiktirmasdan qabul qilinadi (kechiktirilgan holda preparatni qo‘llashda shoshilinch kontrasepsiya samaradorligi sezilarli darajada pasayadi). Agar qabul qilingandan keyin 3 soat ichida qusish sodir bo‘lsa, unda Eskapel®ni 1,5 mg (1 tabletka) dozada takroran qabul qilish kerak.

Preparatni hayz siklining istalgan vaqtida qo‘llash mumkin. Hayz sikli nomuntazam bo‘lgan taqdirda homiladorlikni istisno qilish kerak.

Eskapel® preparatini qabul qilgandan keyin keyingi hayz kelguniga qadar kontrasepsiyaning mahalliy to‘siq usullarini (masalan, prezervativ) qo‘llash kerak. Bir hayz sikli davomida takroriy himoyalanmagan jinsiy aloqada preparatni qo‘llash atsiklik qonli ajralmalar/qon ketishlar tez-tezligi oshishi sababli tavsiya etilmaydi.Dozani oshirib yuborishSimptomlari: nojo‘ya ta’sirlar yaqqolligining kuchayishi.



Davolash: simptomatik terapiya o‘tkazish, o‘ziga xos antidoti yo‘q.
Diqqat: ushbu sahifadagi preparat tavsifi rasmiy yo‘riqnomaning soddalashtirilgan va to‘ldirilgan versiyasidir. Ma’lumot faqat tanishish maqsadida taqdim etilgan va o‘z-o‘zini davolash uchun qo‘llanma sifatida foydalanilmasligi kerak. ESKAPEL tabletkalari 1,5mg N1 preparatini qabul qilishdan oldin albatta shifokor bilan maslahatlashing

ESKAPEL tabletkalari 1,5mg N1 o'xshash dorilari

LYUTEINA tabletkalari 50mg N30
Retseptli
LYUTEINA tabletkalari 50mg N30
Polsha
Ishlab chiqaruvchi:
Adamed Limited Liability Company, Polsha proizvedeno: Pharmaceutical Works Adamed Pharma Joint Stock Company
•3 ta dorixonada bor
Narxi
53 600 so'm dan
LYUTEINA tabletkalari 200mg N30
Retseptli
LYUTEINA tabletkalari 200mg N30
Polsha
Ishlab chiqaruvchi:
Adamed Limited Liability Company, Polsha proizvedeno: Pharmaceutical Works Adamed Pharma Joint Stock Company
•1 ta dorixonada bor
Narxi
200 000 so'm dan
LYUTEINA tabletkalari 100mg N30
Retseptli
LYUTEINA tabletkalari 100mg N30
Polsha
Ishlab chiqaruvchi:
Adamed Limited Liability Company, Polsha proizvedeno: Pharmaceutical Works Adamed Pharma Joint Stock Company
•2 ta dorixonada bor
Narxi
144 000 so'm dan

ESKAPEL tabletkalari 1,5mg N1 xususiyatlari

ESKAPEL tabletkalari 1,5mg N1 analoglari

MIRENA 20mkg N1
MIRENA 20mkg N1
Finlyandiya
Ishlab chiqaruvchi:
Bayer Oy
•5 ta dorixonada bor
Narxi
450 000 so'm dan

ESKAPEL tabletkalari 1,5mg N1 narxlari va Toshkentdagi dorixonalardagi mavjudligi

CITY PHARM Sergeli 41
Sergeli tumani, 8A mavze, 12 uy
24/7
113 500 so'm
Bron qilish
Europharm
Mirzo Ulug'bek tumani, Buyuk Ipak Yoʻli dahasi, 26 uy, 13 xonadon
Du, Se, Ch, Pa, Ju, Sh, Ya | 08:00-23:00
120 000 so'm
Buyurtma berish
Arzon Dorixona
Shayxontoxur tumani, Ibn Sino mavze, 2 uy
Du, Se, Ch, Pa, Ju, Sh, Ya | 08:00-00:00
110 000 so'm
А5 Filial Markaz 1
Mirzo Ulug'bek tumani, 1 mavze, 6/1 uy
Du, Se, Ch, Pa, Ju, Sh, Ya | 09:00-18:00
120 000 so'm
А5
Mirobod tumani,
Du, Se, Ch, Pa, Ju, Sh, Ya | 08:00-02:00
120 000 so'm
+03 №13
Yunusobod tumani, M5, Sharof Rashidov ko'ch. 67-uy
24/7
123 100 so'm
Doktor Med Cardio Farm
Yakkasaroy tumani, O'rikzor ko'ch., 140 uy, 27 xonadon
Du, Se, Ch, Pa, Ju, Sh, Ya | 08:00-01:00
170 000 so'm
Bilol Farm Plus
Chilonzor tumani, 9 daha, Cho'pon ota ko'ch., 12 uy, 37 xonadon
Du, Se, Ch, Pa, Ju, Sh, Ya | 09:00-09:00
175 000 so'm
Sa'diyaxon Med Farm
Uchtepa tumani, 12 daha, 37 uy
Du, Se, Ch, Pa, Ju, Sh, Ya | 09:00-00:00
190 000 so'm
Jamshid Imperium
Shayxontoxur tumani, Zafarobod ko'ch., 106 uy
Du, Se, Ch, Pa, Ju, Sh, Ya | 09:00-09:00
194 900 so'm

ESKAPEL tabletkalari 1,5mg N1 haqida savollar

ESKAPEL tabletkalari 1,5mg N1 haqida fikr-mulohazalar

Reyting 0, 0 ta sharh asosida

Ko‘rilgan mahsulotlar

Alifbo bo'yicha dori vositalar ro'yxati

scroll-top

Biz portalimiz ishini takomillashtirish maqsadida cookie-fayllardan foydalanamiz. Ishni davom ettirar ekansiz, ulardan foydalanishga rozilik bildirgan bo‘lasiz. Batafsil