Apteka.uz
SavatKirish

POSTINOR 0,00075 tabletkalari N2

Mahsulot haqida tafsilotlar
Ishlab chiqarilgan joyi:Vengriya
Kategoriya:Tanosil tizimi
Faol modda:Levonorgestrel
Ishlab chiqaruvchi:Gedeon Rixter OAO
Teglar:Kontrasepsia uchun
ATX kodi:G03AC03 Левоноргестрел
Barcha Postinor dorilari
Mavjud emas
Dorixonadan topish
To‘lov va yetkazib berish usullari Toshkentda
Olib ketish
Ertaga yoki keyinroq 0 ta dorixonadan
Dorixonada karta yoki naqd to‘lov
Yetkazib berish
2 soat ichida yoki ertaga, yetkazib berish narxi onlayn dorixonada ko‘rsatilgan tarif bo‘yicha. Onlayn yoki kuryerga to‘lov

POSTINOR 0,00075 tabletkalari N2 haqida qo'llanma

Farmakokinetikasi

Postinor peroral qabul qilinganda preparat tez va deyarli to'liq so'riladi. Mutlaq biokiraolishligi qabul qilingan dozaning deyarli 100% ini tashkil qiladi. 0,75 mg levonorgestrel qabul qilingandan so'ng zardobda 14,1 ng/ml ga teng Cmax 1,6 soatdan keyin erishiladi. Cmax ga erishilgandan so'ng levonorgestrel miqdori kamayadi. T1/2 taxminan 26 soatni tashkil qiladi.

Levonorgestrel taxminan teng darajada buyraklar va ichak orqali faqat metabolitlar shaklida chiqariladi. Levonorgestrelning biotransformatsiyasi steroidlar metabolizmiga mos keladi. Levonorgestrel jigarda gidroksillanadi, metabolitlar kon'yugatsiyalangan glyukuronidlar shaklida chiqariladi. Levonorgestrelning farmakologik faol metabolitlari noma'lum. Levonorgestrel qon zardobi albumini va jinsiy gormonlarni bog'lovchi globulin (JGBG) bilan bog'lanadi. Butun dozaning atigi 1,5% i erkin shaklda bo'ladi, 65% i esa JGBG bilan bog'langan.

Nojo'ya samaralari

Allergik reaksiyalar: bo‘lishi mumkin - eshakemi, toshma, qichishish, yuz shishi.

O‘tkinchi nojo‘ya effektlar, turli tezlikda paydo bo‘ladi va medikamentoz davolashni talab etmaydi: ba’zan (1-10%) - qusish, diareya, bosh aylanishi, bosh og‘rig‘i, sut bezlarining og‘riqliligi, hayz ko‘rishning kechikishi (5-7 kundan ortiq emas; agar hayz ko‘rish uzoqroq muddatga kechiksa, homiladorlikni istisno qilish kerak); tez-tez (10% dan ortiq) - ko‘ngil aynishi, charchoq, qorinning pastki qismida og‘riqlar, atsiklik qonli ajralmalar (qon ketishlar).

Maxsus saqlash sharoitlari

Postinor faqat shoshilinch kontrasepsiya uchun qo‘llanilishi kerak. Postinor preparatini bir hayz sikli davomida takroriy qo‘llash tavsiya etilmaydi.

Preparat doimiy kontrasepsiya usullarini qo‘llashni almashtirmaydi. Ko‘pchilik hollarda Postinor hayz sikli xarakteriga ta'sir qilmaydi. Biroq atsiklik qonli ajralmalar paydo bo‘lishi va hayz ko‘rishning bir necha kunga kechikishi mumkin. Hayz ko‘rish 5-7 kundan ortiq kechikkanda va uning xarakteri o‘zgarganda (kam yoki ko‘p ajralmalar) homiladorlikni istisno qilish kerak. Qorinning pastki qismida og‘riqlar paydo bo‘lishi, hushdan ketish holatlari bachadondan tashqari (ektopik) homiladorlikdan dalolat berishi mumkin.

16 yoshgacha bo‘lgan o‘smirlarga alohida hollarda (sh.j. zo‘rlashda) homiladorlikni tasdiqlash uchun ginekolog maslahati zarur.

Shoshilinch kontrasepsiya o‘tkazilgandan so‘ng eng maqbul doimiy kontrasepsiya usulini tanlash uchun ginekolog maslahati tavsiya etiladi.

Shoshilinch kontrasepsiya jinsiy yo‘l bilan yuqadigan kasalliklardan himoya qilmaydi.

OIT funksiyasi buzilishlarida (masalan, Kron kasalligida) preparat samaradorligi pasayishi mumkin.

Avtotransportni haydash va mexanizmlarni boshqarish qobiliyatiga ta'siri

Postinorning avtotransport va mexanizmlarni boshqarish qobiliyatiga ta'siri o‘rganilmagan.

Qo'llanilishi mumkin bo'lmagan holatlar

— 16 yoshgacha bo‘lgan o‘smirlar;

— og‘ir jigar yetishmovchiligi;

— homiladorlik;

— laktoza o‘zlashtira olmaslik, laktaza yetishmovchiligi yoki glyukoza-galaktoza malabsorbsiyasi kabi kam uchraydigan irsiy kasalliklar;

— preparat komponentlariga yuqori sezuvchanlik.

Ehtiyotkorlik bilan: jigar va o‘t chiqarish yo‘llari kasalliklari, sariqlik (shu jumladan anamnezda), Kron kasalligi, laktatsiya.

Dori vositalarining o'zaro ta'siri

Jigar fermentlari induktorlari preparatlari bilan bir vaqtda qabul qilinganda levonorgestrel metabolizmi tezlashadi.

Quyidagi preparatlar levonorgestrel samaradorligini pasaytirishi mumkin: amprekavil, lansoprazol, nevirapin, okskarbazepin, takrolimus, topiramat, tretinoin, barbituratlar, shu jumladan primidon, fenitoin va karbamazepin, teshik dalachoy (Hypericum perforatum) saqlovchi preparatlar, shuningdek rifampitsin, ritonavir, ampitsillin, tetratsiklin, rifabutin, grizeofulvin. Levonorgestrel gipoglikemik va antikoagulyant (kumarin, fenindion hosilalari) dori vositalari samaradorligini pasaytiradi. GKSning plazma konsentratsiyasini oshiradi. Ushbu preparatlarni qabul qilayotgan ayollar shifokorga murojaat qilishlari kerak.

Levonorgestrel saqlovchi preparatlar siklosporin metabolizmini bostirish oqibatida uning toksikligi xavfini oshirishi mumkin.

Dozirovkasi

DozalashPreparat ichga qabul qilinadi. Himoyalanmagan jinsiy aloqadan keyin dastlabki 72 soat ichida 2 ta tabletka qabul qilish kerak. Ikkinchi tabletka birinchi tabletka qabul qilingandan keyin 12 soat o'tgach (lekin 16 soatdan kechiktirmay) qabul qilinishi kerak.

Ishonchliroq samaraga erishish uchun ikkala tabletkani ham himoyalanmagan jinsiy aloqadan keyin imkon qadar tezroq (72 soatdan kechiktirmay) qabul qilish kerak.

Agar Postinor tabletkasining 1-chi yoki 2-chi qabulidan keyin 3 soat ichida qusish sodir bo'lsa, yana bitta Postinor tabletkasini qabul qilish kerak.

Postinorni hayz siklining istalgan vaqtida qo'llash mumkin. Hayz sikli nomuntazam bo'lgan taqdirda homiladorlikni oldindan istisno qilish kerak.

Shoshilinch kontratseptsiya vositasi qabul qilingandan keyin keyingi hayz ko'rishgacha mahalliy to'siqli kontratseptsiya usullarini (masalan, prezervativ, servikal qalpoqcha) qo'llash kerak. Bir hayz sikli davomida takroriy himoyalanmagan jinsiy aloqada preparatni qo'llash tavsiya etilmaydi, chunki atsiklik qonli ajralmalar/qon ketishlar chastotasi oshadi.Dozani oshirib yuborishNojo'ya ta'sirlarning kuchayishi. Maxsus antidoti yo'q. Simptomatik terapiya o'tkaziladi.
Diqqat: ushbu sahifadagi preparat tavsifi rasmiy yo‘riqnomaning soddalashtirilgan va to‘ldirilgan versiyasidir. Ma’lumot faqat tanishish maqsadida taqdim etilgan va o‘z-o‘zini davolash uchun qo‘llanma sifatida foydalanilmasligi kerak. POSTINOR 0,00075 tabletkalari N2 preparatini qabul qilishdan oldin albatta shifokor bilan maslahatlashing

POSTINOR 0,00075 tabletkalari N2 o'xshash dorilari

LYUTEINA tabletkalari 200mg N30
Retseptli
LYUTEINA tabletkalari 200mg N30
Polsha
Ishlab chiqaruvchi:
Adamed Limited Liability Company, Polsha proizvedeno: Pharmaceutical Works Adamed Pharma Joint Stock Company
•1 ta dorixonada bor
Narxi
200 000 so'm dan
LYUTEINA tabletkalari 100mg N30
Retseptli
LYUTEINA tabletkalari 100mg N30
Polsha
Ishlab chiqaruvchi:
Adamed Limited Liability Company, Polsha proizvedeno: Pharmaceutical Works Adamed Pharma Joint Stock Company
•2 ta dorixonada bor
Narxi
144 000 so'm dan
LYUTEINA tabletkalari 50mg N30
Retseptli
LYUTEINA tabletkalari 50mg N30
Polsha
Ishlab chiqaruvchi:
Adamed Limited Liability Company, Polsha proizvedeno: Pharmaceutical Works Adamed Pharma Joint Stock Company
•3 ta dorixonada bor
Narxi
53 600 so'm dan

POSTINOR 0,00075 tabletkalari N2 xususiyatlari

POSTINOR 0,00075 tabletkalari N2 analoglari

MIRENA 20mkg N1
MIRENA 20mkg N1
Finlyandiya
Ishlab chiqaruvchi:
Bayer Oy
•5 ta dorixonada bor
Narxi
450 000 so'm dan
ESKAPEL tabletkalari 1,5mg N1
Retseptsiz
ESKAPEL tabletkalari 1,5mg N1
Vengriya
Ishlab chiqaruvchi:
Gedeon Rixter OAO
•12 ta dorixonada bor
Narxi
110 000 so'm dan

POSTINOR 0,00075 tabletkalari N2 haqida savollar

POSTINOR 0,00075 tabletkalari N2 haqida fikr-mulohazalar

Reyting 0, 0 ta sharh asosida

Alifbo bo'yicha dori vositalar ro'yxati

scroll-top

Biz portalimiz ishini takomillashtirish maqsadida cookie-fayllardan foydalanamiz. Ishni davom ettirar ekansiz, ulardan foydalanishga rozilik bildirgan bo‘lasiz. Batafsil