Ташкент
logo
SavatKirish

MuvKvik

MuvKvik chiqarish shakllari

MUVKVIK krem 30g
MUVKVIK krem 30g
Hindiston
Ishlab chiqaruvchi:
Oxford Laboratories Pvt. Ltd
•7 ta dorixonada bor
Narxi
38 000 so'm dan
- MuvKvik qabul qilish bo'yicha ma'lumot
- MuvKvikning tarkibi
- MuvKvik ko'rsatmalar va qarshi ko'rsatmalar
- MuvKvik narxi Toshkent dorixonalarida

MuvKvik qo'llanmasi

Ishlab chiqarilish joyi
Hindiston
Kategoriya
Saytda e'lon qilingan ma'lumotlar mutaxassislar uchun mo'ljallangan. O'zingizni-o'zingiz davolash bilan shug'ullanmang. Sog'lig'ingizga zarar bermaslik uchun mutaxassis bilan maslahatlashishga ishonch hosil qiling!
Umumiy ma'lumot

QO‘LLASH BO‘YICHA YO‘RIQNOMA

MUVKVIK

MUVKVIK

Preparatning savdo nomi: MuvKvik

Dori shakli: krem

Tarkibi:

100 g krem quyidagilarni saqlaydi:

faol moddalar: 15,0% vintergrin moyi, 5,0% mentol, 3,0% terpentin moyi, 2,0% evkalipt moyi;

yordamchi moddalar: etoksilizasiya qilingan lanolin, emulgasiya qilingan mum, oq yumshoq parafin.

Ta‘rifi: oq rangli, metilsalisilatga xos hidli bir xil krem.

Farmakoterapevtik guruhi: mahalliy ta‘sirlovchi vosita.

Farmakologik xususiyatlari

Og‘riqsizlantiruvchi samaraga ega MuvKvik kremi – o‘simliklardan olingan moylardan tayyorlangan, bunday tarkibni qo‘llanishi qadimiy Ayuverdada ta‘riflangan. Skelet-mushak og‘riqlarida qo‘llanadi. MuvKvik quyidagi antibakterial, zamburug‘larga qarshi va viruslarga qarshi xususiyatlarga ega ekologik toza tabiiy xomashyodan tayyorlangan:

Vintergrin moyi (Gaultheria promcumbens). O‘simliklar yordamida davolovchilar vintergrin moyini mushak og‘riqlarini yengillashtirish uchun, ayniqsa oyoq uchun balzamlar va revmatizmni davolash uchun sirtga qo‘llanadi.

Mentol. Tananing turli qismlariga surtilgan moy organizmga hushbo‘yni nafas orqali, shuningdek teri teshiklari orqali kirib, shamollash, burun bitishi, bosh og‘rig‘i va mushak og‘rig‘i kabi holatlarni vaqtincha yengillashtirib ta‘sir ko‘rsatadi.

Terpentin moyi. Kuchli antiseptik xususiyatlarga ega, parazitar va kasallik qo‘zg‘atuvchi mikroblarni nobud qiladi va chirish va fermentasiyani sekinlashtiradi.

Evkalipt moyi. Liniment sifatida qo‘llanadi, shuningdek lubrikant sifatida ta‘sir ko‘rsatadi.

Qo‘llanilishi

Bo‘g‘imlarda og‘riq va yallig‘lanish, belda og‘riq, paylarni cho‘zilishi, cho‘zilish, miozit, fibroz, ishialgiyada qo‘llanadi.

Qo‘llash usuli va dozalari

MuvKvik kremi shikastlangan sohaga barmoqlarni uchi bilan surtiladi va yupqa qavat qilib ishqalanadi. Yaxshi so‘rilishi uchun ehtiyotkorlik bilan ishqalanadi. Kremni surtishdan oldin yoki keyin quruq qizdirish mumkin. Agar yengillashish yuz bermasa, shifokor bilan maslahatlashish kerak.

Nojo‘ya ta‘sirlari

Mahalliy qo‘llanilganda hech qanday nojo‘ya samaralar haqida xabar berilmagan. Shunga qaramasdan, qichishish yoki allergik reaksiyalar kuzatilishi mumkin.

Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar

Har qanday komponentlariga ma‘lum o‘ta yuqori sezuvchanlikda qo‘llash mumkin emas.

 

Dorilarning o‘zaro ta‘siri

Dorilarning o‘zaro ta‘siri ta‘riflanmagan.

Maxsus ko‘rsatmalar

Ko‘zlarga tushishidan saqlanish kerak.

Preparat bolalar ololmaydigan joyda saqlansin va yaroqlilik muddati o‘tgach ishlatilmasin.

Chiqarilish shakli

30,0 g krem saqlovchi plastik tuba qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnomasi bilan karton qutida.

Saqlash sharoiti

5°S dan 25°S gacha haroratda, quruq, quyosh nurlaridan himoyalangan joyda, yoqilgan isitish moslamalaridan 0,5 metr masofada saqlansin.

Yaroqlilik muddati

3 yil.

Dorixonalardan berish tartibi

Shifokor reseptisiz.

Ulashish:

MuvKvik narxlari

MuvKvik krem
MUVKVIK krem 30g
7 ta dorixonada bor

MuvKvik savollari

MuvKvik fikr-mulohazalari

Reyting 0, 0 ta sharh asosida

Alifbo bo'yicha dori vositalar ro'yxati

scroll-top

Biz portalimiz ishini takomillashtirish maqsadida cookie-fayllardan foydalanamiz. Ishni davom ettirar ekansiz, ulardan foydalanishga rozilik bildirgan bo‘lasiz. Batafsil