Apteka.uz
SavatKirish

Oktolipen

Oktolipen chiqarilish shakllari

OKTOLIPEN kapsulalar  300mg N30
Retseptli
OKTOLIPEN kapsulalar 300mg N30
Rossiya Federatsiyasi
Ishlab chiqaruvchi:
OAO "Farmstandart-Leksredstva"
- Oktolipen qabul qilish bo'yicha ma'lumot
- Oktolipenning tarkibi
- Oktolipen ko'rsatmalar va qarshi ko'rsatmalar
- Oktolipen narxi Toshkent dorixonalarida

Oktolipen qo'llanmasi

Ishlab chiqarilish joyi
Rossiya Federatsiyasi

Umumiy ma'lumot

QO‘LLASH BO‘YICHA YO‘RIQNOMA

OKTOLIPENâ

OCTOLIPEN®

 

Preparatning savdo nomi: Oktolipen®

Ta‘sir etuvchi modda (XPN): tioktat kislotasi

Dori shakli: kapsulalar

Tarkibi:

Bir kapsula quyidagilarni saqlaydi:

faol modda: tioktat kislotasi (α-lipoy kislotasi) 100% moddaga qayta hisoblanganda – 300 mg

yordamchi moddalar: kalsiy gidrofosfati – 23,7 mg, qayta jelatinlangan kraxmal –     21,0 mg, kolloid kremniy dioksidi (aerosil) – 1,8 mg, magniy stearati – 3,5 mg, qattiq jelatin kapsulalar – 97,0 mg [titan dioksidi (Ye 171) – 2,667%, xinolin sarig‘i (Ye 104) – 1,839%, quyosh shafag‘i sariq bo‘yovchisi (Ye 110) – 0,0088%, tibbiy jelatin – 100% gacha].

Ta‘rifi: Qattiq, sariq rangli tiniq bo‘lmagan jelatin kapsulalar №0.

Kapsulaning ichidagisi – och-sariq yoki sariq rangli kukun. Oq rangli dog‘lar bo‘lishiga yo‘l qo‘yiladi.

Farmakoterapevtik guruhi: metabolik vosita.

ATX kodi: A16AX01

 

Farmakologik xususiyatlari

Tioktat kislotasi (alfa-lipoy kislotasi) – endogen antioksidant bo‘lib (erkin radikallarni bog‘laydi), organizmda alfa-ketokislotalarni oksidlanishli dekarboksilizasiyasida hosil bo‘ladi. Mitoxondrial multiferment komplekslarning koenzimi sifatida piruvat kislotasi va alfa-ketokislotalarning oksidlanishli dekarboksilizasiyasida ishtirok etadi. Qonda glyukozaning konsentrasiyasini pasayishiga va jigarda glikogenning miqdorini oshishiga, shuningdek insulinga rezistentlikni yengishga yordam beradi. Biokimyoviy ta‘sir xarakteri bo‘yicha V guruhi vitaminlariga yaqin. Lipid va uglevodlarni almashinuvini boshqarishda ishtirok etadi, xolesterin almashinuvini rag‘batlantiradi, jigar faoliyatini yaxshilaydi. Gepatoprotektor, gipolipidemik, gipoxolesterinemik, gipoglikemik ta‘sir ko‘rsatadi. Neyronlarning trofikasini va aksonlarni o‘tkazuvchanligini yaxshilaydi, diabetik va alkogolli polineyropatiyalarning ko‘rinishlarini kamaytiradi.

 

Farmakokinetikasi

Ichga qabul qilinganida tez va to‘liq so‘riladi, ovqat bilan bir vaqtda qabul qilish so‘rilishini pasaytiradi. Biokiraolishligi – jigar orqali “birinchi o‘tishi” samarasi oqibatida 30-60%. Plazmada maksimal konsentrasiyaga erishish vaqti (TCmax) –                 25-60 minut. Jigarda yon zanjirlarining oksidlanishi va kon‘yugasiyalanishi yo‘li bilan metabolizmga uchraydi. Tioktat kislotasi va uning metabolitlari buyraklar orqali chiqariladi (80-90%). Yarim chiqarilish davri – 20-50 minut. Umumiy plazma klirensi – minutiga 10-15 ml ni tashkil etadi.

 

Qo‘llanilishi

– diabetik polineyropatiya;

– alkogolli polineyropatiyada qo‘llanadi.

Qo‘llash usuli va dozalari

Ichga, 600 mg (2 kapsula) dan kuniga 1 marta buyuriladi. Ovqat qabul qilishdan 30 minut oldin chaynamasdan va yetarli miqdordagi suv bilan, och qoringa qabul qilinadi. Davolash kursining davomiyligini shifokor belgilaydi.

 

Nojo‘ya ta‘sirlari

Allergik reaksiyalar: eshakemi, tizimli allergik reaksiyalar (hatto anafilaktik shok rivojlanishigacha) bo‘lishi mumkin.

Gipoglikemiya simptomlari (glyukozani o‘zlashtirilishini yaxshilanishi tufayli) rivojlanishi mumkin.

Ichga qabul qilinganida dispeptik ko‘rinishlar, shu jumladan qusish, ko‘ngil aynishi, jig‘ildon qaynashi bo‘lishi mumkin.

 

Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar

O‘ta yuqori sezuvchanlik (tioktat kislotasi va preparatning komponentlariga), homiladorlik va emizish davri (preparatni qo‘llashning yetarli tajribasi yo‘qligi tufayli), 18 yoshgacha bo‘lgan bolalarda (qo‘llash samaradorligi va havfsizligi aniqlanmagan) qo‘llash mumkin emas.

Dorilarning o‘zaro ta‘siri

Insulin va boshqa peroral gipoglikemik vositalar bilan bir vaqtda qabul qilinganida, gipoglikemik samarasini kuchayishi kuzatiladi.

Tioktat kislotasi ertalab qabul qilinganidan so‘ng temir, magniy preparatlarini shuningdek sut mahsulotlarini (ularda kalsiy borligi sababli) peshindan so‘ng yoki kechqurun iste‘mol qilish tavsiya etiladi.

Etanol tioktat kislotasining terapevtik samaradorligini pasaytiradi.

 

Maxsus ko‘rsatmalar

Qandli diabeti bo‘lgan bemorlarda, ayniqsa davolashning boshida, qonda glyukozaning konsentrasiyasini tez-tez nazorat qilish kerak. Ayrim hollarda gipoglikemik vositalarning dozalarini pasaytirish talab qilinadi.

Davolash vaqtida alkogol iste‘mol qilishdan qat‘iy saqlanish kerak, chunki alkogolning ta‘sirida tioktat kislotasining terapevtik samarasi susayadi.

Homiladorlik va laktasiya davrida qo‘llanishi

Homiladorlikda tioktat kislotasini qo‘llashning klinik tajribasi yetarli emasligi tufayli, preparatni homiladorlik vaqtida qo‘llash mumkin emas. Reproduktiv toksiklikning tekshirishlari fertillikka, homilani rivojlanishiga nisbatan xavflar va preparatning biron-bir embriotoksik xususiyatlarini aniqlamagan. Tioktat kislotasini ko‘krak sutiga o‘tishi haqida ma‘lumotlar yo‘qligi tufayli Oktolipen® preparatini laktasiya davrida qo‘llash mumkin emas.

Transport vositalari, mexanizmlarni boshqarish qobiliyatiga ta‘siri

Transport vositalarini haydash va mexanizmlarni boshqarish qobiliyatiga ta‘siri maxsus o‘rganilmagan. Transport vositalarini haydaganda va diqqatni yuqori jamlash va psixomotor reaksiyalarning tezligini talab etuvchi potensial xavfli faoliyat turlari bilan shug‘ullanganda ehtiyotkorlikka rioya qilish kerak.

Preparat bolalar ololmaydigan joyda saqlansin va yaroqlilik muddati o‘tgach ishlatilmasin.

Dozani oshirib yuborilishi

Simptomlari: bosh og‘rig‘i, ko‘ngil aynishi, qusish.

Davolash: simptomatik. Maxsus antidoti yo‘q.

 

Chiqarilish shakli

Kapsulalar 300 mg dan.

10 kapsuladan kontur uyali o‘ramda.

3 yoki 6 kontur uyali o‘ram davlat va rus tillaridagi tibbiyotda qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnomasi bilan birga karton qutida.

 

Saqlash sharoiti

25oS dan yuqori bo‘lmagan haroratda saqlansin.

 

Yaroqlilik muddati

2 yil.

Dorixonalardan berish tartibi

Resept bo‘yicha.

Ulashish:
Diqqat: ushbu sahifadagi preparat tavsifi rasmiy yo‘riqnomaning soddalashtirilgan va to‘ldirilgan versiyasidir. Ma’lumot faqat tanishish maqsadida taqdim etilgan va o‘z-o‘zini davolash uchun qo‘llanma sifatida foydalanilmasligi kerak. Oktolipen preparatini qabul qilishdan oldin albatta shifokor bilan maslahatlashing

Oktolipen barcha rasmlari

Barcha rasmlar

Oktolipen haqida savollar

Oktolipen haqida fikr-mulohazalar

Reyting 3.0, 3 ta sharh asosida

Alifbo bo'yicha dori vositalar ro'yxati

scroll-top

Biz portalimiz ishini takomillashtirish maqsadida cookie-fayllardan foydalanamiz. Ishni davom ettirar ekansiz, ulardan foydalanishga rozilik bildirgan bo‘lasiz. Batafsil