Omevit
Omevit chiqarilish shakllari
Omevit haqida qo'llanma
Qo'llanilishi mumkin bo'lmagan holatlar
BFQ komponentlariga individual ta’sirchanlikda qo’llash mumkin emas.
Farmakodinamikasi
Lyutein bu ko’plab o’simliklar, ayrim suv o’tlari tarkibida bo’ladigan sariq pigment. Antioksidantlarga tegishli va modda almashinuvidagi zararli mahsulotlar bilan kurashishda yordam beradi. Shuningdek u ko’z pardasida joylashgan bo’lib, ko’rish qobiliyatining normal fiziologik jarayonlari uchun juda muhim.
Zeaksantin – bu kelib chiqishi o’simlik mahsulotlarida uchraydigan karotinoidlar guruhidagi tabiiy o’simlik pigmentidir. Odam organizmida zeaksantin qon zardobida va sariq dog’ deb ataluvchi ko’z pardasida yig’iladi hamda ko’rish organlarining to’g’ri faoliyat yuritishiga katta ta’sir ko’rsatadi.
Omega – 3 kattalar va bolalar uchun sog’lom ovqatlanish komponentlaridan biri hisoblanadi, modda almashinuvining shakllanishi va normal xarakatini hamda aksariyat organlar va tizimlar (markaziy asab tizimi, yurak, tomirlar, ko’rish) faoliyatini ta’minlash uchun qo’llaniladi. Omega-3 xujayralar membranasi tuzulmasini va ularning funksional tarkibini yaxshilaydi, lipoproteidlarni fermentlar bilan o’zaro ta’siri va umuman olganda lipoproteidlar metabolizmini yaxshilaydi.
Farmakologik ta'siri
Omega – 3 kattalar va bolalar uchun sog’lom ovqatlanish komponentlaridan biri hisoblanadi, modda almashinuvining shakllanishi va normal xarakatini hamda aksariyat organlar va tizimlar (markaziy asab tizimi, yurak, tomirlar, ko’rish) faoliyatini ta’minlash uchun qo’llaniladi. Omega -3 xujayralar membranasi tuzulmasini va ularning funksional tarkibini yaxshilaydi, lipoproteidlarni fermentlar bilan o’zaro ta’siri va umuman olganda lipoproteidlar metabolizmini yaxshilaydi.
Chernika – tabiiy karotinoid, tarkibida pirokatexinlar, shakar, organik kislotalar, ( limonli, olmali, qahraboli), mineral moddalar: kaliy, natriy, magniy, kalsiy, temir, oltin gugurt, fosfor preparatlari mavjud. Kompleks holatda ular bioximik jarayonlarda va ko’rish tizimidagi xujayralarning funksional faolligi bilan bog’liq metabolizmda ishtirok etadilar.
Uzum danagi ekstrakti o’z tarkibida tabiiy antioksidantlar, kversetin, katexinlar, resveratrol, piknogenol, lyutein, zeaksantin, bioflavonoidlar, vitaminlar va mikroelementlar jamlagan – yurak qon tomirlari tizimida, ovqat xazm qilish organlari, lipidlar almashinuvida fiziologik jarayonlarni tezlashtirish bilan katalizator sifatida xujayraviy nafasda ishtirok etadi.
Lyutein – bu tuxum sarig’ida, shuningdek ko’plab o’simliklarning ayrim suv o’tlarida uchrab turuvchi sariq pigment hisoblanadi. Lyutein ko’zimizning pardasida ham mavjud, u yerda u ko’rish organlaridagi normal fiziologik jarayonlar uchun muhim.
Zeaksantin – bu kelib chiqishi o’simlik mahsulotlarida uchraydigan karotinoidlar guruhidagi tabiiy o’simlik pigmentidir. Odam organizmida zeaksantin qon zardobida va sariq dog’ deb ataluvchi ko’z pardasida yig’iladi hamda ko’rish organlarining to’g’ri faoliyat yuritishiga katta ta’sir ko’rsatadi.
Vitamin A, Vitamin D, Vitamin Ye yoki retinol – inson uchun hayotiy muhim va zarur vitaminlardan biri hisoblanadi, u yog’erituvchi sinfiga mansub, shuning uchun organizmda yog’lar bo’lsa ham hammadn yaxshi singib ketadi. Organlar va tizimlarning fiziologik regulyatsiyasi bilan bog’liq bosh biokimyoviy jarayonlarda ishtirok etadi.
Beta-karotin «A» vitaminining yengil xazm bo’luvchi shakli hisoblanadi. Turli metabolik jarayonlar aktivatsiyasi omili hisoblanadi. Antigipoksik ta’sir ko’rsatadi va xujayralarni energetik substratlar bilan ta’minlashning biokimyolashda ishtirok etadi.
Rux xujayralarga membranalarni kirishining barqarorlashuviga yordam beradi, ularni erkin radikallarning shikastlovchi ta’siridan himoyalaydi. Shuningdek u immun xujayralarning kuchaytirish shakillantirish va differensiyasi hisobiga umumiy immunitetni mustahkamlaydi. Betakarotin va ruxni iste’mol qilish normal ko’rish qobiliyatini tutib turishga yordam berishi ilmiy isbotlangan.
Maxsus ko‘rsatmalari
Dori vositasi hisoblanmaydi
Qo‘llash usuli va dozirovkasi
3 yoshdan 6 yoshgacha bo’lgan bolalarga 1 marmeladdan ozuqoviy qo’shimcha sifatida kuniga 1 marta.
12 yoshdan katta bolalarga va kattalar uchun 1-2 marmeladdan ozuqoviy qo’shimcha sifatida kuniga 1 marta.
- 1. Dori vositalari va tibbiy buyumlar Davlat reestri (O‘zbekiston Respublikasi)
- 2. Ishlab chiqaruvchining rasmiy yo‘riqnomasi
- 3. Anatomik-terapevtik-kimyoviy tasnif (ATX)















