Apteka.uz
SavatKirish

OPEFERA

OPEFERA chiqarilish shakllari

OPEFERA kapsulalar  N28
Retseptsiz
OPEFERA kapsulalar N28
Bolgariya
Ishlab chiqaruvchi:
Dr.Sertus Ilac Sanayi ve Ticaret Limited Sirketi, Tursiya proizvedeno: Kendy LTD
- OPEFERA qabul qilish bo'yicha ma'lumot
- OPEFERAning tarkibi
- OPEFERA ko'rsatmalar va qarshi ko'rsatmalar
- OPEFERA narxi Toshkent dorixonalarida

OPEFERA qo'llanmasi

Umumiy ma'lumot

QO‘LLASH BO‘YICHA YO‘RIQNOMA

OPEFERA

OPEFERA

Preparatning savdo nomi: Opefera

Ta‘sir etuvchi moddalar (XPN): liofilizasiya qilingan bakteriyalar, dorivor moychechakning quruq ekstrakti, inulin.

Dori shakli: kapsulalar.

Tarkibi:

Har bir kapsula quyidagilarni saqlaydi:

faol moddalar:

liofilizasiya qilingan bakteriyalar      1,94 × 109 KHB:

Lactobacillus rhamnosus                               0,5×109 KHB;

Lactobacillus plantarum                                0,2×109 KHB;

Streptococcus thermophilus                           0,5×109 KHB;

Lactobacillus acidophilus                              0,5×109 KHB;

Bifidobacterium spp.                                      0,24×109 KHB;

Saccharomyces boulardii                              65 mg;

Dorivor moychechakning quruq ekstrakti             50 mg;

Inulin                                                         200 mg;

yordamchi moddalar: magniy stearati.

kapsula qobig‘ining tarkibi: titan dioksidi, jelatin.

Ta‘rifi: oq rangli, №00 o‘lchamli, tarkibida jigarrang dog‘lari bo‘lgan kulrang-sariq rangli kukun saqlovchi qattiq jelatin kapsulalar.

Farmakoterapevtik guruhi: Ichak mikroflorasidagi muvozanatni boshqaruvchi diareyaga qarshi biologik preparatlar. Sut kislotasini ishlab chiqiruvchi mikroorganizmlarni saqlovchi preparatlar.

ATX kodi: A07FA01.

Farmakologik hususiyatlari

Opefera – organizmning faoliyatini optimallashtiradigan majmuaviy probiotik bo‘lib, ichak mikroflorasidagi muvozanatni boshqaradi va uning tarkibini normallashtiradi.

Opefera preparatining tarkibiga kiruvchi laktobakteriyalar uglevodlarni parchalab, sut kislotasini hosil qiladi. Ular hosil qilgan kislotalik muhit odam organizmidagi ichak mikroflorasini 85-95% tashkil etuvchi bifidobakteriyalarni rivojlanishiga yordam beradi. Lactobacillus plantarum ning kulturasi va bifidobakteriyalar birgalikda ichak epiteliysining himoya faoliyatini kuchaytiradi va uning o‘tkazuvchanligini pasaytiradilar, fermentasiya yo‘li bilan allergenlarni modifikasiya qiladilar, shu bilan mahalliy immun javobni shakllantiradilar va ovqat allergiyasini rivojlanish tez-tezligini pasaytiradilar. Lactobacillus acidophilus, Lactobacillus rhamnosus, Lactobacillus plantarum va Streptococcus thermophilus bevosita kuchli antimikrob va antitoksik tas‘irlarga ega. Streptococcus thermophilus maksimal laktaza faolligiga ega va laktobakteriyalar uchun ozuqa muhiti hisoblangan polisaxaridlarni sintezlaydi, buning oqibatida ushbu bakteriyalarning turlari simbioz namoyon qiladilar, bir-birining metabolizmini kompensasiya qiladi va o‘zaro ko‘payishni rag‘batlantiradi.

Saccharomyces boulardii patogen va shartli patogen mikroorganizmlarning ko‘pchilik turlariga nisbatan bevosita antagonistik ta‘sirga ega, antitoksik ta‘sir ko‘rsatadi (ayniqsa bakterial sito- va enterotoksinlarga nisbatan). Saccharomyces boulardii ichakning fermentativ faoliyatini yaxshilaydi va antibiotiklarga nisbatan tabiiy chidamlilikka ega.

Dorivor moychechak ekstrakti yallig‘lanishga qarshi va gastroprotektor ta‘sir ko‘rsatadi, to‘qimalar regenerasiyasi jarayonlarini yaxshilaydi, meteorizmning simptomlarini bartaraf qiladi.

Inulin – o‘simlik polisaxaridi bo‘lib, D-fruktoza polimeridir, kalsiy va magniyni so‘rilishini kuchaytiradi, lipidlar va uglevodlar almashinuvini normallashishiga yordam beradi, qonda xolesterin va glyukozaning konsentrasiyasini kamaytiradi. Inulin ichak florasiga ijobiy ta‘sir qiladi va bifidobakteriyalarni ko‘payishini rag‘batlantiradi.

Bifidobakteriyalar va laktobakteriyalar patogen va shartli patogen mikroorganizmlarning keng doirasiga qarshi yuqori antagonistik faollikka ega, tillarang stafilokokklar, shigellalar, rotaviruslar, protey, enteropatogen ichak tayoqchalari, ba‘zi achitqisimon zamburug‘larning hayot faoliyatini susaytiradilar, ularni ichak shilliq qavatiga adgeziya bo‘lishiga to‘sqinlik qiladilar. Lakto- va bifidobakteriyalar ichakda foydali mikroflora rivojlanishi uchun qulay sharoit yaratadi, ichak mikroflorasining fiziologik muvozanatini tutib turadi va boshqaradi, me‘da-ichak yo‘llarida (MIY) mikrobiosenozni normallashishiga yordam beradi. Lakto-va bifidobakteriyalar organizmning nospesifik rezistentligini oshiradi, immunomodulyasiya qiluvchi ta‘sirga ega.

Opeferaning tarkibiga kiruvchi normal mikroflora bakteriyalari ovqatni ichak devorida hazm bo‘lishini faollashtiradi, oqsillar, yog‘lar, uglevodlarni fermentativ parchalanishida, o‘t kislotalari va xolesterinni metabolizmi jarayonlarida ishtirok etadi (gipoxolesterinemik ta‘sir ko‘rsatadi). Lakto- va bifidobakteriyalar aminokislotalar, pantotenat kislotasi, K vitamini va V guruhi vitaminlarini sintezlaydi, temir, kalsiy D vitaminini so‘rilishiga yordam beradi.

Qo‘llanilishi

  • ichak mikroflorasini tiklash va normallashtirish, ovqat hazm bo‘lishini yaxshilash;
  • gastroenterit, dispepsiyani davolash;
  • antibiotiklarni qabul qilish bilan bog‘liq bo‘lgan diareya, kasalxona ichidagi diareyani oldini olish va davolash;
  • ichak faoliyatini, ovqat rasionini o‘zgarishi, sayohatlar va boshqa sabablar bilan bog‘liq bo‘lgan tranzitor buzilishi (diareya kabi qabziyat ham) ni davolash;
  • laktaza yetishmovchiligini davolash;
  • atopik kasalliklar (allergik rinit, astma yoki ekzema) ni oldini olish va ularni majmuaviy davolash tarkibida davolash;
  • organizmning immunitetini va turli kasalliklarga nisbatan qarshiligini oshirish uchun qo‘llanadi.

Qo‘llash usuli va dozalari

Opefera ichga ovqatdan so‘ng ko‘p bo‘lmagan miqdordagi suyuqlik bilan qabul qilinadi.

3 yoshgacha bo‘lgan bolalarga va kapsulani butun holda yuta olmaydigan pasientlarga kapsulani ochish, ichidagisini qoshiqqa to‘kish va ko‘p bo‘lmagan suyuqlik bilan aralashtirish kerak.

1 yoshdan 3 yoshgacha bo‘lgan bolalar: 1 kapsuladan kuniga 2 marta qabul qilinadi;

3 yoshdan 12 yoshgacha bo‘lgan bolalar: 1 kapsuladan kuniga 3 marta qabul qilinadi;

Kattalar va 12 yoshdan oshgan o‘smirlar: 1-2 kapsuladan kuniga 3 marta qabul qilinadi.

Davolash davomiyligi disbakteriozni rivojlanish sababi va organizmning individual hususiyatlariga bog‘liq.

Nojo‘ya ta‘sirlari

Komponentlaridan birontasiga nisbatan sezuvchanlikni oshishi oqibatida allergik reaksiyalar (juda kam hollarda) rivojlanishi mumkin.

Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar

Komponentlaridan birortasiga ma‘lum bo‘lgan yuqori sezuvchanlikda qo‘llash mumkin emas.

Dorilarning o‘zaro ta‘siri

Dori vositalari bilan o‘zaro ta‘sir qilganida noxush reaksiyalar yoki nojo‘ya samaralar yuzasidan ma‘lumotlar yo‘q.

Maxsus ko‘rsatmalar

Probiotik davolash quyidagi pasientlar guruhi uchun faqat shifokorning nazorati ostida o‘tkaziladi:

  • immun tizimi buzilgan yoki susaygan pasientlar, ayniqsa OITS ning kechki bosqichlari bo‘lgan pasientlar yoki allotransplantantlari bo‘lgan, shuningdek kimyoterapiya oladigan pasientlar;
  • endo- yoki miokardit bilan xastalangan, yo‘g‘on ichakda yoki og‘iz bo‘shlig‘i va tishlarda operasiya o‘tkazgan pasientlar;
  • me‘da osti bezi faoliyatini o‘tkir buzilishi bo‘lgan pasientlar, shu jumladan insulinga qaram diabetiklar. Probiotiklar qandni o‘zlashtirish jarayonini yaxshilash hususiyatiga ega, shu sababli pasientlarda insulinli shokni chaqiradi. Probiotiklarni qabul qilganda qondagi glyukozaning darajasi doimo o‘lchanishi, va insulinning dozasi muvofiq ravishda kamaytirilishi kerak.
  • qisqa ichak sindromi bo‘lgan, D-laktat asidoz bilan xastalangan bolalar. Bakteriyalarning shtammlari tomonidan D-laktat ishlab chiqarilishini oldini olish uchun choralarni ko‘rish kerak.
  • qonli diareya bilan xastalangan pasientlar.

Quyidagi sanab o‘tilgan barcha holatlarda probiotiklarning ijobiy ta‘siri kuzatilishi mumkin bo‘lgan havfdan ustun turadi.

Homiladorlik va emizish davrida qo‘llanishi

Davolovchi shifokor bilan maslahatlashgandan so‘ng preparatni homilador va emizuvchi ayollarda qo‘llash mumkin.

Pediatriyada qo‘llanishi

1 yoshdan boshlab bolalarda shaxsiy ichak mikroflorasini rivojlantirish maqsadida, probiotik preparatlarni ushbu toifadagi bemorlarda shifokorning qat‘iy ko‘rsatmasi bo‘yicha qo‘llash mumkin.

Avtomobilni va boshqa mexanizmlarni boshqarish qobiliyatiga ta‘siri

Opefera avtomobilni va boshqa mexanizmlarni boshqarish qobiliyatiga ta‘sir qilmaydi.

Preparat bolalar ololmaydigan joyda saqlansin va yaroqlilik muddati tugaganidan so‘ng ishlatilmasin.

Dozani oshirib yuborilishi

Hozirgi vaqtda Opefera preparatining dozasini oshirib yuborilish holatlari yuzasidan xabarlar berilmagan.

Chiqarilish shakli

28 kapsula flakonda. 1 flakon qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnomasi bilan birga karton qutiga joylangan.

Saqlash sharoiti

Namlikdan himoyalangan joyda 18oS dan yuqori bo‘lmagan haroratda saqlansin.

Flakon ochilganidan so‘ng sovutgichda saqlansin va bir oy davomida ishlatilsin.

Yaroqlilik muddati

2 yil.

Dorixonalardan berish tartibi

Reseptsiz.

Ulashish:
Diqqat: ushbu sahifadagi preparat tavsifi rasmiy yo‘riqnomaning soddalashtirilgan va to‘ldirilgan versiyasidir. Ma’lumot faqat tanishish maqsadida taqdim etilgan va o‘z-o‘zini davolash uchun qo‘llanma sifatida foydalanilmasligi kerak. OPEFERA preparatini qabul qilishdan oldin albatta shifokor bilan maslahatlashing

OPEFERA barcha rasmlari

Barcha rasmlar

OPEFERA haqida savollar

OPEFERA haqida fikr-mulohazalar

Reyting 0, 0 ta sharh asosida

Alifbo bo'yicha dori vositalar ro'yxati

scroll-top

Biz portalimiz ishini takomillashtirish maqsadida cookie-fayllardan foydalanamiz. Ishni davom ettirar ekansiz, ulardan foydalanishga rozilik bildirgan bo‘lasiz. Batafsil