Ташкент
logo
SavatKirish

Optifutsin

Optifutsin chiqarish shakllari

OPTIFUSIN ko'z tomchilari 5g 1% N1
Retseptli
OPTIFUSIN ko'z tomchilari 5g 1% N1
Iordaniya
Ishlab chiqaruvchi:
Amman Pharmaceutical Industries Co. Ltd
- Optifutsin qabul qilish bo'yicha ma'lumot
- Optifutsinning tarkibi
- Optifutsin ko'rsatmalar va qarshi ko'rsatmalar
- Optifutsin narxi Toshkent dorixonalarida

Optifutsin qo'llanmasi

Ishlab chiqarilish joyi
Iordaniya
Saytda e'lon qilingan ma'lumotlar mutaxassislar uchun mo'ljallangan. O'zingizni-o'zingiz davolash bilan shug'ullanmang. Sog'lig'ingizga zarar bermaslik uchun mutaxassis bilan maslahatlashishga ishonch hosil qiling!
Umumiy ma'lumot

QO‘LLASH BO‘YICHA YO‘RIQNOMA

OPTIFUSIN

OPTIFUCIN

 

Preparatning savdo nomi: Optifusin

Ta‘sir etuvchi modda (XPN): fuzidin kislotasi

Dori shakli: 1% li ko‘z tomchilari

Tarkibi:

1 ml eritma quyidagilarni saqlaydi:

faol modda: fuzidin kislotasi – 10,0 mg;

yordamchi moddalar: karbomer 980, mannitol, benzalkoniy xloridi, dinatriy edetati, natriy gidroksidi, tozalangan suv.

Ta‘rifi: oq rangli qovushqoq suspenziya.

Farmakoterapevtik guruhi: Oftalmologiyada qo‘llanadigan vositalar. Mikroblarga qarshi vositalar.

ATX kodi: S01AA13

Farmakologik hususiyatlari

Farmakodinamikasi

Fuzidin kislotasi – polisiklik strukturali antibiotik bo‘lib, ta‘sir mexanizmi elongasiya G faktori bilan o‘zaro ta‘sir qilishi orqali bakteriyalardagi oqsillar sintezini ingibisiya qilishga asoslangan. Bunda guanozintrifosfatlarning gidrolizi izdan chiqadi, bu peptid zanjirini uzayishini to‘xtashiga olib keladi. Fuzidin kislotasi bakteriostatik, va juda yuqori dozalarda esa bakterisid faollikka ega.

Fuzidin kislotasi grammusbat mikroorganizmlarning keng doirasiga, xususan Staphylococcus aureus ga nisbatan faoldir. In vitro sharoitlarida fuzidin kislotasining ko‘z tomchilari faollik namoyon qilgan boshqa mikroorganizmlarning turlariga Streptococcus, Neisseria, Haemophilus, Moraxella va Corynebacteria lar kiradi.

Farmakokinetikasi

Preparatning dori shakli qovushqoq ko‘z tomchilari bo‘lib, kon‘yunktiva bilan uzoq vaqt davomida kontaktda bo‘lishni ta‘minlaydi. Preparatni sutkada 2 marta qo‘llash ko‘zning barcha to‘qimalarida fuzidin kislotasining konsentrasiyasini yetarli darajada bo‘lishini ta‘minlaydi. Fuzidin kislotasi ko‘z suyuqligiga yaxshi o‘tadi.

Qo‘llanilishi

Preparatga sezgir mikroorganizmlar chaqirgan bakterial kon‘yunktivitni davolash uchun qo‘llanadi.

Qo‘llash usuli va dozalari

Mahalliy qo‘llash uchun mo‘ljallangan.

Qo‘llashdan oldin ko‘z tomchilarini chayqatish kerak.

Optifusin shikastlangan ko‘zning kon‘yunktivasiga 1 tomchidan sutkada 2 marta tomiziladi. Davolashni shikastlangan ko‘zning holati normallashganidan so‘ng kamida 48 soat davomida davom ettirish kerak.

Nojo‘ya ta‘sirlari

Nojo‘ya samaralarning uchrash tezligi quyidagi tarzda aniqlangan: tez-tez (≥1/100, ammo <1/10), tez-tez emas (≥1/1000, ammo <1/100), kam hollarda (≥1/10000, ammo <1/1000), uchrash tezligi noma‘lum (mavjud bo‘lgan ma‘lumotlar asosida rivojlanish tezligini aniqlash imkoni yo‘q).

Immun tizimi tomonidan: kam hollarda – o‘ta yuqori sezuvchanlik.

Ko‘rish a‘zolari tomonidan: tez-tez – ko‘zlarni achishishi, sanchishi, diskomfort, ta‘sirlanishi, qichishishi, og‘riq, qurishi, ko‘rishni o‘tkinchi xiralashishi; tez-tez emas – ko‘z yoshini oqishi; uchrash tezligi noma‘lum – kon‘yunktivitni zo‘rayishi.

Teri va teri osti to‘qimalari tomonidan: uchrash tezligi noma‘lum – qichishish, periorbital shish, toshma, eshakemi, angionevrotik shish bo‘lishi mumkin.

Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar

Fuzidin kislotasiga/natriy fuzidatiga yoki preparatning biror-bir komponentiga o‘ta yuqori sezuvchanlikda qo‘llash mumkin emas.

Dorilarning o‘zaro ta‘siri

Preparatni dorilar bilan o‘zaro ta‘siri bo‘yicha ma‘lumotlar yo‘q.

Maxsus ko‘rsatmalar

Optifusin preparatini qo‘llash vaqtida kontakt linzalarni taqish tavsiya etilmaydi, chunki fuzidin kislotasining mikrokristallari linzalarda yoki shox pardada tirnalishini chaqirishi mumkin.

Optifusin ko‘z tomchilari tarkibida benzalkoniy xloridini saqlaydi, u ko‘zni ta‘sirlanishini chaqirishi va yumshoq kontakt linzalarni rangsizlantirishi mumkin.

Fuzidin kislotasi qo‘llanganida bakterial rezistentlik rivojlanganligi xaqida xabar berilgan. Barcha antibiotiklar qo‘llanganida bo‘lgani kabi, Optifusinni ham uzoq muddat yoki takroran qo‘llanishi bakterial rezistentlikni rivojlanish havfini oshirishi mumkin. Har safar ishlatilganidan so‘ng flakonni yaxshilab yopish kerak. Pipetkaning uchini ko‘zlarga yoki biror-bir boshqa yuzalarga tekkazish mumkin emas.

Homiladorlikda va laktasiya davrida qo‘llanishi

Homiladorlik

Fuzidin kislotasini homiladorlikka ta‘sir qilishi yuzasidan klinik ma‘lumotlar cheklangan. Hayvonlarda o‘tkazilgan tadqiqotlar va fuzidin kislotasini tizimli hamda mahalliy qo‘llashning ko‘p yillik tajribasi, fuzidin kislotasi teratogen samaraga ega emasligini ko‘rsatdi. Demak, homila uchun havfni rivojlanish ehtimoli kam, chunki fuzidin kislotasi ko‘z tomchilari mahalliy qo‘llanganida moddaning juda kichik dozalari ishlatiladi. Zarurat bo‘lganida preparat homiladorlik vaqtida qo‘llanishi mumkin.

Laktasiya davri

Go‘daklarga ta‘siri kutilmaydi, chunki emizadigan onaga fuzidin kislotasining tizimli ta‘siri ahamiyatsiz hisoblanadi. Fuzidin kislotasi ko‘z tomchilari laktasiya davrida qo‘llanishi mumkin.

Pediatriyada qo‘llanishi

Optifusin ko‘z tomchilari pediatriya amaliyotida qo‘llanishi mumkin.

Avtotransportni haydash va mexanizmlarni boshqarish qobiliyatiga ta‘siri

Preparat qo‘llanganidan so‘ng ko‘z o‘tkirligi vaqtinchalik yo‘qotadigan pasientlar diqqatni jamlash va psixomotor reaksiyalar tezligini talab etuvchi potensial havfli faoliyat turlarini bajarishdan saqlanishlari kerak.

Preparat bolalar ololmaydigan joyda saqlansin va yaroqlilik muddati tugaganidan so‘ng ishlatilmasin.

Dozani oshirib yuborilishi

Dozani oshirib yuborilish ehtimoli kam.

Fuzidin kislotasiga yoki yordamchi moddalaridan birortasiga o‘ta yuqori sezuvchanlik reaksiyasi bo‘lmasa, ko‘z tomchilari bexosdan yutib yuborilganida uni ziyon yetkazish ehtimoli kam. Bir flakonda fuzidin kislotasining umumiy miqdori (50 mg) fuzidin kislotasining tasdiqlangan umumiy sutkalik peroral dozasidan oshmaydi. Yordamchi moddalarining konsentrasiyasi havfli ta‘sir qilishi uchun juda past hisoblanadi.

Chiqarilish shakli

5 g dan ko‘z tomchisi uchun plastik burunchasi va oq rangli qalpoqchasi bo‘lgan alyumin tubada. Har bir tuba qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnomasi bilan birga karton qutiga joylangan.

Saqlash sharoiti

25°S dan yuqori bo‘lmagan haroratda saqlansin.

Yaroqlilik muddati

2 yil.

Dorixonalardan berish taribi

Resept bo‘yicha beriladi.

Ulashish:

Optifutsin barcha rasmlari

Barcha rasmlar

Optifutsin savollari

Optifutsin fikr-mulohazalari

Reyting 0, 0 ta sharh asosida

Alifbo bo'yicha dori vositalar ro'yxati

scroll-top

Biz portalimiz ishini takomillashtirish maqsadida cookie-fayllardan foydalanamiz. Ishni davom ettirar ekansiz, ulardan foydalanishga rozilik bildirgan bo‘lasiz. Batafsil