- Tuxumdon raki
Paklitaksel Naprod ko'rsatilgan:
Tarqalgan yoki laporatomiyadan keyin rezidual (≥1 sm) tuxumdon rakini sisplatin bilan majmuada birinchi yo'nalish ximioterapiyasi sifatida.
Platina preparati asosidagi standart davolashda muvaffaqiyat bo'lmagandan keyin tuxumdonning metastatik rakini ikkinchi yo'nalish ximioterapiyasi sifatida.
- Sut bezining raki
Paklitaksel Naprod antratsiklin va siklofosfamid majmuasi bilan davolashdan keyin regionar limfa tugunlarida metastazlari bo'lgan sut bezining rakini ad'yuvant davolash sifatida (AS). Paklitaksel Naprod preparati bilan ad'yuvant davolash, AS ximioterapiyaning uzaytirilgan kursiga alьternativa sifatida qaralishi kerak.
Paklitaksel Naprod trastuzumab bilan majmuada sut bezining tarqalgan yoki HER-2 giperekspressiyasi bo'lgan (+++ immunogistoximik tekshirishlarning ma'lumotlari bo'yicha), shuningdek antratsiklinlarni ishlatishni iloji bo'lmaganda, birinchi yo'nalish davolash sifatida ko'rsatilgan.
Paklitaksel Naprod monoterapiyada samara yo'qligiga iqror bo'lgandan keyin yoki antratsiklin asosidagi davolashni ishlatish mumkin bo'lmaganda sut bezining metastatik rakini davolash uchun ko'rsatilgan.
- O'pkaning tarqalgan maydaxujayrali raki
Paklitaksel Naprod sisplatin bilan majmuada, potentsial radikal jarroxlik aralashuvi va/yoki nur bilan davolash rejalashtirilmagan, o'pkaning maydaxujayrali raki bo'lgan patsiyentlarga ko'rsatilgan.
- Orttirilgan immun tanqisligi sindromi (OITS) bilan assotsiatsiyalangan Kaposhi sarkomasi
Paklitaksel Naprod lizosomal antratsiklinlar bilan ilgari o'tkazilgan davolashdan muvaffaqiyat bo'lmaganda, OITS bilan assotsiatsiyalangan tarqalgan Kaposhi sarkomasida (KS) ko'rsatilgan.
Batafsil
|
Ma'lumot topilmadi
Batafsil
|
Ma'lumot topilmadi
Batafsil
|
|
Noxush samaralarning uchrash tez-tezligini quyidagi mezonlari ishlatilgan: juda tez-tez (≥1/10); tez-tez (≥1/100, ≤1/10); tez-tez emas (≥1/1000, ≤1/100); kam hollarda (≥1/10000, ≤1/1000); juda kam hollarda (≤1/10000); noma'lum (bor bo'lgan ma'lumotlar asosida baxolash mumkin emas).
Infektsiyalar va invaziyalar
Juda tez-tez: infektsiyalar (asosan siydik chiqarish tizimining va yuqori nafas yo'llarining), shu jumladan o'lim bilan yakunlanuvchi.
Tez-tez emas: septik shok.
Kam: peritonit, pnevmoniya.
Qon yaratish va limfatik tizimi tomonidan
Juda tez-tez: suyak ko'migi faoliyatini yetishmovchiligi, neytropeniya, anemiya, trombotsitopeniya, leykopeniya, qon ketishi.
Kam hollarda: febril neytropeniya.
Juda kam hollarda: o'tkir miyeloleykoz, miyelodisplastik sindrom.
Noma'lum: qon ivishini disseminirlangan tomirichki sindromi (DVS).
Immun tizimi tomonidan buzilishlar
Juda tez-tez: o'ta yuqori sezuvchanlikning og'ir bo'lmagan reaktsiyalari (asosan giperemiya va teri toshmalari).
Tez-tez emas: o'ta yuqori sezuvchanlikning davolash o'tkazishni talab qiluvchi og'ir reaktsiyalari (masalan, arterial gipotenziya, angionevrotik shishi, respirator distress-sindrom, yoyilgan eshakemi, qaltirash, orqada og'riqlar, ko'krak qafasida og'riqlar, taxikardiya, qorin og'riqlari, oyoq-qo'llarda og'riqlar, ko'p terlash va arterial gipertenziya).
Kam hollarda: anafilaktik reaktsiyalar.
Juda kam hollarda: anafilaktik shok.
Ovqatlanish va moddalar almashinuvining buzilishlari
Juda kam hollarda: anoreksiya.
Noma'lum: o'sma lizisi sindromi.
Ruxiy buzilishlar
Juda kam hollarda: ongni chalkashishi.
Nerv tizimi tomonidan buzilishlar
Juda tez-tez: neyrotoksiklik (asosan periferik neyropatiya).
Kam hollarda: motor neyropatiya (oyoq-qo'llarning distal bo'limlarida mushaklarning biroz kuchsizligiga olib keluvchi).
Juda kam hollarda: avtonom neyropatiya (ichakni o'tkazmasligiga va ortostatik gipotenziyaga olib keluvchi), katta tirishish xurujlari, tirishishlar, entsefalopatiya, bosh aylanishi, bosh og'rig'i, ataksiya.
Ko'rish a'zosi tomonidan buzilishlar
Juda kam hollarda: ko'ruv nervi va/yoki ko'rish tomonidan buzilishlar (jimillovchi skotoma), ayniqsa preparatni tavsiya etilgandan yuqori dozalarda olgan patsiyentlarda.
Noma'lum: sariq dog'ni shishi, fotopsiya, shishasimon tananing suzib yuruvchi xiralashishi.
Eshitish va muvozanat a'zolari tomonidan buzilishlar
Juda kam hollarda: eshitishni yo'qolishi, ototoksiklik, quloqlarda jaranglash, bosh aylanishi.
Yurak tomonidan buzilishlar
Tez-tez: bradikardiya.
Tez-tez emas: kardiomiopatiya, simptomsiz qorincha taxikardiyasi, bigeminiyali taxikardiya, atrioventrikulyar blokada va xushdan ketish, miokard infarkti.
Kam hollarda: yurak yetishmovchiligi.
Juda kam hollarda: bo'lmachalar fibrillyatsiyasi, supraventrikulyar taxikardiya.
Tomirlar tizimi tomonidan buzilishlar
Juda tez-tez: arterial gipotenziya.
Tez-tez emas: arterial gipertenziya, tromboz, tromboflebit.
Juda kam hollarda: shok.
Noma'lum: flebit.
Nafas tizimi, ko'krak qafasi va ko'ks oralig'i tomonidan buzilishlar
Kam hollarda: dispnoe, plevral suyuqlik, interstitsial pnevmoniya, o'pka fibrozi, o'pka arteriyasini tromboemboliyasi, nafas yetishmovchiligi.
Juda kam hollarda: yo'tal.
Ovqat xazm qilish tizimi tomonidan buzilishlar
Juda tez-tez: ko'ngil aynishi, qusish, diareya, mukozit.
Kam hollarda: ichakni o'tkazmasligi, ichakni teshilishi, ishekmik kolit, pankreatit.
Juda kam hollarda: qatqorin trombozi, soxtamembranoz kolit, ezofagit, qabziyat, astsit, neytropenik kolit.
Gepatobiliar tizimi tomonidan buzilishlar
Juda kam hollarda: jigar nekrozi, jigar entsefaolpatiyasi (ikala xolda xam o'lim xollari aniqlangan).
Ter iva teri osti kletchatkasi tomonidan buzilishlar
Juda tez-tez: alopetsiya.
Tez-tez: tirnoqlar va terining o'tkinchi yaqqol bo'lmagan o'zgarishlari.
Kam hollarda: terini qichishishi, teri toshmalari, eritema.
Juda kam hollarda: Stivens-Djonson sindromi, epidermal nekroliz, ko'p shaklli eritema, eksfoliativ dermatit, eshakemi, onixoliz (davolanish davrida patsiyentlar qo'l va oyoq kaftlarini quyosh yorug'idan ximoya qilishlari kerak).
Noma'lum: sklerodermiya.
Suyak-mushak tizimi va biriktiruvchi to'qima tomonidan buzilishlar
Juda tez-tez: artralgiya, mialgiya.
Noma'lum: tizimli qizil yugirik.
Tizimli buzilishlar va yuborish joyidagi asoratlar
Tez-tez: yuborish joyidagi reaktsiyalar (shu jumladan lokal shish, og'riq, eritema, induratsiya, ekstravazatsiya, u gipodermitga, fibrozga va terining nekroziga olib kelishi mumkin).
Kam hollarda: asteniya, pireksiya, degidratatsiya, shishlar, darmonsizlik.
Laborator va instrumental tekshirishlardagi o'zgarishlar
Tez-tez: aspartataminotransferaza, ishqoriy fosfataza faolligini axamiyatli oshishi.
Tez-tez emas: bilirubinning kontsentratsiyasini axamiyatli oshishi.
Kam hollarda: qonda kreatinin kontsentratsiyasini oshishi.
Batafsil
|
Ma'lumot topilmadi
Batafsil
|
Ma'lumot topilmadi
Batafsil
|