REGIMED
REGIMED qo'llanmasi
Umumiy ma'lumot
QO‘LLASH BO‘YICHA YO‘RIQNOMA
REGIMED
REGIMED
Preparatning savdo nomi: Regimed
Ta‘sir etuvchi moddalar (XPN): piridoksin + tiamin + sianokobalamin
Dori shakli: in‘eksiya uchun eritma.
Tarkibi:
5 ml eritma quyidagilarni saqlaydi:
faol moddalar:
Tiamin gidroxloridi (V1) – 250 mg,
Piridoksin gidroxloridi (V6) – 250 mg;
Sianokobalamin (V12) – 2 mg;
yordamchi moddalar: benzil spirti, dinatriy edetati, in‘eksiya uchun suv.
Ta‘rifi: rangsiz, tiniq eritma.
Farmakoterapevtik guruhi: V1 vitamini va uning V6 va V12 vitaminlari bilan majmuasi.
ATX kodi: A11DB.
Farmakologik ta‘siri
Farmakodinamikasi
Regimed V1, V6 va V12 vitaminlarining muvozanatlashtirilgan va barqaror birikmasi bo‘lib hisoblanadi. regimed vitamin tanqisligini davolash uchun ishlatiladi, qon aylanishini yaxshilanishiga yordam beradi va qon yaratish jarayoni va nerv tizimi faoliyatini yaxshilaydi. Neyrotrop xususiyatlarga ega, nerv to‘qimalari, shuningdek mushaklarda kuzatiladigan turli degenerativ va yallig‘lanish jarayonlariga ta‘sir ko‘rsatadi. Tiamin (V1 vitamini) odam organizmida fosforlanish jarayonlari oqibatida ko‘pgina ferment reaksiyalarning kofermenti hisoblangan kokarboksilazaga aylanadi. Tiamin uglevod, oqsil va yog‘ almashinuvida muhim rol o‘ynaydi. Sinapslarda nerv qo‘zg‘alishini o‘tkazish jarayonida faol ishtirok etadi. Bu vitamin yetishmovchiligida to‘qimalarda metabolizm mahsulotlarini – birinchi navbatda piruvat va sut kislotalarini ortiqcha to‘planishi kuzatiladi. Bu nerv tizimining markaziy ham, periferik ham qismlari faoliyatini buzilishiga olib keladi.
Piridoksin (V6 vitamini) moddalar almashinuvida ishtirok etadi; markaziy va periferik nerv tizimini normal faoliyat ko‘rsatishi uchun zarur. Organizmga tushib u fosforlanadi, piridoksal-5-fosfatga aylanadi va aminokislotalarning dekarboksilizasiya va peraaminizasiyasini amalga oshiruvchi fermentlar tarkibiga kiradi. Triptofan, metionin, sistein, glutamin va boshqa aminokislotalar almashinuvida ishtirok etadi. Gistamin almashinuvida muhim rol o‘ynaydi. Lipid almashinuvini normallashishiga yordam beradi.
Sianokobalamin (V12 vitamini) normal qon yaratilishi va eritrositlarni yetilishi uchun zarur, shuningdek organizmning hayot faoliyatini ta‘minlovchi bir qator biokimyoviy reaksiyalarda – metil guruhni o‘tkazilishi, nuklein kislotalari, oqsil sintezi, aminokislotalar, uglevodlar, lipidlar almashinuvida ishtirok etadi. Nerv tizimidagi jarayonlarga (RNK, DNK, mielin va serebrozidlarning lipid tarkibi va fosfolipidlar sintezi) ta‘sir ko‘rsatadi. Sianokobalaminning koferment shakllari – metilkobalamin va adenozilkobalamin – xujayra replikasiyasi va o‘sishi uchun zarur.
Farmakokinetikasi
Tiamin mushak ichiga yuborilgandan keyin tez so‘riladi va qonga tushadi. 50 mg dozada preparat yuborilgandan keyin (yuborishning 1 kuni) 15 minut o‘tgach tiaminning konsentrasiyasi 484 ng/ml ni tashkil qiladi.
Piridoksin mushak ichiga yuborilgandan keyin tizimli qon oqimiga tez so‘riladi va 5-holatda SN2ON guruhini fosforlanishidan keyin koenzim vazifasini bajarib organizmda taqsimlanadi. Tiamin organizmda bir tekis taqsimlanmaydi. Tiaminning miqdori leykositlarda 15%, eritrositlarda – 75% va plazmada – 10% ni tashkil qiladi. Organizmda tiaminning ahamiyatli zahiralarini yo‘qligi tufayli, u organizmga har kuni tushishi kerak. Tiamin gematoensefalik to‘siq va yo‘ldosh to‘sig‘i orqali o‘tadi va ko‘krak sutida aniqlanadi.
Piridoksin butun organizm bo‘yicha taqsimlanadi, yo‘ldosh to‘sig‘i orqali o‘tadi va ko‘krak sutida aniqlanadi. Organizmda 40-150 mg V6 vitamini mavjud, uning har kunlik chiqarilishi 2,2-2,4% to‘ldirilish tezligida taxminan 1,7-3,6 mg ni tashkil qiladi. Piridoksinning taxminan 80% qon plazma oqsillari bilan bog‘lanadi. Tiaminning asosiy metabolitlari bo‘lib tiamin karbon kislotasi, piramin va ayrim noma‘lum metabolitlari hisoblanadi. Barcha vitaminlar orasida tiamin organizmda kam miqdorda saqlanadi. Katta odam organizmi 80% tiamin pirofosfati, 10% tiamin trifosfati va qolgan miqdori tiamin monofosfati ko‘rinishida taxminan 30 mg tiamin saqlaydi. Tiamin siydik bilan chiqariladi, T1/2 α-fazada– 0,15 soat, β-fazada – 1 soat va terminal fazada – 2 kunni tashkil qiladi.
Piridoksin jigarda to‘planadi va 4-piridoksin kislotasiga oksidlanadi, u so‘rilgandan keyin maksimum 2-5 soatdan keyin siydik bilan chiqariladi.
Sianokobalamin asosan safro bilan chiqariladi, buyrak orqali chiqarilishi o‘zgaruvchan – 6% dan 30% gacha. V12 vitamini ko‘krak sutiga o‘tadi.
Qo‘llanilishi
- V1, V6 va V12 vitaminlarining isbotlangan tanqisligi bilan bog‘liq nevrologik kasalliklar;
- turli etiologiyali nerv tizimi kasalliklarini: nevritlar va polinevritlar (shu jumladan og‘riq sindromi bilan kechuvchi), retrobulbar nevrit, periferik falajlar (shu jumladan yuz nervi), nevralgiya, polineyropatiyalar (diabetik, alkogolli va boshqalar) ni simptomatik davolash uchun qo‘shimcha vosita sifatida;
- antibiotiklar yoki izoniazidlar bilan davolash chaqirgan vitaminlarni yetishmovchiligida;
- alkogolizmning barcha shakllarini (ayniqsa alkogolli ensefalopatiya) davolashda qo‘llanadi.
Qo‘llash usuli va dozalari
Faqat mushak ichiga qo‘llash uchun buyuriladi. Dozalash har bir pasient uchun individual bo‘lishi kerak. Kasallikning og‘ir holatlarida: 1 ampula har kuni sekin mushak ichiga (dumba mushagiga chuqur) yuboriladi. Kasallikning ingilroq shakllarida: xaftada 2 dan 3 ampulagacha yoki shifokor ko‘rsatmalari bo‘yicha.
Nojo‘ya ta‘sirlari
Immun tizimi tomonidan: kam hollarda – allergik reaksiyalar (teri toshmasi, nafas olishni qiyinlashishi, anafilaktik shok, Kvinke shishi).
Nerv tizimi tomonidan: ayrim hollarda – bosh aylanishi, ongni chalkashishi.
Yurak-qon tomir tizimi tomonidan: juda kam hollarda – taxikardiya; ayrim hollarda – bradikardiya, aritmiya.
Me‘da-ichak yo‘llari tomonidan: ayrim hollarda – qusish.
Teri va teri osti to‘qimalari tomonidan: juda kam hollarda – ko‘p terlash, akne, qichishish, eshakemi.
Suyak-mushak va biriktiruvchi to‘qima tomonidan: ayrim hollarda – tirishishlar.
Umumiy buzilishlar va yuborish joyidagi buzilishlar: ayrim hollarda – preparatni yuborish joyida ta‘sirlanish yuzaga kelishi mumkin, tizimli reaksiyalar tez yuborganda yoki doza oshirib yuborilganda kuzatilishi mumkin.
Agar ko‘rsatilgan nojo‘ya samaralardan birontasi chuqurlashsa yoki yo‘riqnomada ko‘rsatilgan har qanday boshqa yangi nojo‘ya samaralar paydo bo‘lsa, bu haqida shifokorga xabar berish kerak.
Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar
- dekompensasiya bosqichidagi yurak yetishmovchiligi;
- preparatning komponentlariga yuqori sezuvchanlik;
- 16 yoshgacha bo‘lgan bolalarda qo‘llash mumkin emas.
Ehtiyotkorlik bilan: Vernike ensefalopatiyasi, ayollarda klimaks oldi davri va klimaks davri, og‘ir stenokardiya, megaloblast anemiya va V12 vitamini tanqisligi bilan kechuvchi xavfsiz va xavfli o‘smalar, tromb hosil bo‘lishiga moyillik, keksalarda (65 yoshdan oshgan) ehtiyotkorlik bilan qo‘llanadi.
Dorilarning o‘zaro ta‘siri
Piridoksin terapevtik dozalarda periferik dekaroboksilizasiyani kuchayishi hisobiga levodopaning ta‘sirini (antiparkinsonik samarasi) kamaytirishi mumkin, shuning uchun V6 vitamini levodopa bilan va levodopa saqlovchi preparatlar bilan qo‘llanilmaydi. Sianokobalamin og‘ir metall tuzlari mavjudligida faolsizlanadi. Sulfat eritmalari bilan aralashtirilganda V1 vitamini to‘liq parchalanadi. Tiamin metabolizmi mahsulotlari mavjudligida boshqa vitaminlar faolsizlanadi. Tiamin qo‘rg‘oshin xloridi, asetatlar, karbonatlar, yodidlar, tanin kislotasi, riboflavin, temir ammoniy sitrati, penisillin (benzilpenisillin), metabisulfit va glyukoza mavjudligida faolsizlanadi. Mis mavjudligida (katalizasiyani kuchayishi) va rN ni oshganida tiaminning faolligi kamayadi.
Maxsus ko‘rsatmalar
Preparatni vena ichiga yuborish mumkin emas.
V6 vitaminining sutkalik dozasi 2 g dan oshmasligi kerak.
Preparatning tavsiya etilgan dozasini oshirish mumkin emas.
V12 vitaminini yuborganda funikulyar mieloz yoki pernisioz anemiyada klinik manzara, shuningdek laborator tahlillar o‘zining spesifikligini yo‘qotishi mumkin.
Homiladorlik va laktasiya davri
Homiladorlik va laktasiya davrida faqat shifokor bilan maslahatlashgandan keyingina Regimed preparattini qo‘llash mumkin.
Transport vositalari yoki potensial xavfli mexanizmlarni boshqarish qobiliyatiga ta‘siri
Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar aniqlanmagan.
Preparat bolalar ololmaydigan joyda saqlansin va yaroqlilik muddati o‘tgach qo‘llanilmasin.
Dozani oshirib yuborilishi
Simptomlari: nojo‘ya ta‘sirlar ko‘rinishlarini kuchayishi – yaqqol bosh aylanishi, ko‘ngil aynishi, aritmiya, bradikardiya, ko‘p terlash, tirishishlar.
Davolash: simptomatik davolash.
Chiqarilish shakli
5 ml dan to‘q sariq rangli ampulalarda. 6 ampuladan plastik poddonda tibbiyotda qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnomasi bilan karton qutida.
Saqlash sharoiti
Quruq, yorug‘likdan himoyalangan joyda, 25°S dan yuqori bo‘lmagan haroratda saqlansin.
Yaroqlilik muddati
2 yil.
Dorixonalardan berish tartibi
Shifokor resepti bo‘yicha.
REGIMED o'xshash dorilari
REGIMED barcha rasmlari














