Apteka.uz
SavatKirish

Retinol

- Retinol qabul qilish bo'yicha ma'lumot
- Retinolning tarkibi
- Retinol ko'rsatmalar va qarshi ko'rsatmalar
- Retinol narxi Toshkent dorixonalarida

Retinol qo'llanmasi

Ishlab chiqarilish joyi
Rossiya Federatsiyasi,
Ukraina
Kategoriya

Qo‘llash ko‘rsatmalari

  • Gipovitaminoz, A avitaminozi. A vitaminiga ehtiyoj oshishi bilan kechuvchi holatlarni kompleks davolashda: - infektsion-yallig'lanish (shu jumladan surunkali) va «shamollash» kasalliklari; - teri shikastlanishlari va kasalliklari (I darajali muzlashlar, 1 darajali kuyishlar,ixtioz, giperkeratoz, seboreyali dermatit, psoriaz, neyrodermit, ekzemaning ba'zi shakllari). - ko'z kasalliklari (pigmentli retinit, gemeralopiya, kseroftalmiya, keratomalyatsiya, qovoqlar ekzematoz shikastlanishlari). - retinol so'rilishi buzilishi bilan bog'liq oshqozon-ichak kasalliklari (gastroektomiya, diareya, steatoreya, tseliakiya, Kron kasalligi, malabsorbtsiya sindromi).

Qo'llanilishi mumkin bo'lmagan holatlar

  • Preparat komponentlariga yuqori sezuvchanlik, A gipervitaminozi, homiladorlik, o‘t tosh kasalligi, surunkali pankreatit, terining o‘tkir yallig‘lanish kasalliklari, yetti yoshgacha bo‘lgan bolalar. Ehtiyotkorlik bilan: nefrit, II-III d. yurak yetishmovchiligi, alkogolizm, jigar sirrozi, virusli gepatit, buyrak yetishmovchiligi, keksa yosh. Qo‘llash usuli va dozalari. Preparatni qo‘llash shifokor nazorati ostida o‘tkazilishi kerak. Preparat ichishga (ovqatdan 10-15 daqiqa o‘tgach) erta tongda yoki kechqurun qabul qilinadi. Kattalar uchun eng yuqori bir martalik davolash dozasi – 50000 ME, sutkalik – 100000 ME; bolalar uchun mos ravishda – 5000 ME va 20000 ME. Yengil va o‘rta darajadagi avitaminozlarda davolash maqsadi bilan kattalarga sutkasiga 33000 ME gacha (retinol atsetatning moyli eritmasi 3,44 % - 6 tomchi), 7 yoshdan katta bolalarga – sutkasiga 5000 ME (1 tomchi).

Tarkibi

  • Retinol atsetati - 34,4 g Yordamchi moddalar: butilgidroksianizol - 0,5 g, kungaboqar moyi (tozalangan hidsizlantirilgan kungaboqar moyi) 1 l gacha. Retinol atsetati substantsiyasi tarkibida butilgidroksitoluo va yer yong‘oq moyi mavjud. Preparatda butilgidroksitoluo mos ravishda 3,44 % va 8,6 % kontsentratsiyali eritmalarda 1,0 g va 2,5 g miqdorda mavjud. 1 ml 3,44 % preparatdagi C22H32O2 (retinol atsetati) miqdori 100000 XB bo‘lishi kerak, mos ravishda ichish va sirtga qo‘llash uchun moyli retinol atsetat eritmasi 8,60 % - 0,132 ml (33000 ME) yordamchi moddalar: tozalangan hidsizlantirilgan kungaboqar moyi qobiq tarkibi: jelatin, glitserol (glitserin), metilparagidroksibenzoat (nipagin), bo‘yoqchi xinolin sariq (bo‘yoqchi xinolin sariq E-104). Retinol atsetati - 34,4 g yoki Import qilingan moyli kontsentrat - 66,67 g 1500000 XB/g yoki Import qilingan moyli kontsentrat - 35,72 g 2800000 XB/g butiloksitoluo - 1,5 g Tozalangan hidsizlantirilgan kungaboqar moyi 1 l gacha. 1 ml moyli eritmadagi retinol atsetati miqdori 3,44% - 100000 ME, 1 tomchida -5000 ME. retinol palmitati (vitamin A) (100 % ga qayta hisoblanganda) – 55,1 g. Yordamchi moddalar: butilgidroksitoluo, butilgidroksianizol, raps moyi 1 l gacha. 1 ml eritma 100000 XB saqlaydi (tomizgichdan yoki ko‘z pipetkasidan 1 tomchi eritma 3300 XB saqlaydi). 1 mg retinol palmitati 1817 XB ga mos keladi. retinol palmitati (vitamin A) 100000 XB.

Farmakokinetikasi

MIYdan (asosan 12 barmoqli va och ichakdan) tez absorbtsiya qilinadi, o‘t kislotalari, pankreatik lipaza, oqsillar va yog‘lar mavjudligi talab etiladi. Plazma oqsillari (lipoproteinlar) bilan bog‘lanishi normada - 5% dan kam; ovqat bilan retinol (A vitamini) dozasi oshirib yuborilganda va jigar deposi u bilan to‘lib-toshganda uning plazma lipoproteinlari bilan bog‘lanishi 65% gacha yetishi mumkin. Giperlipoproteinemiyada lipoproteinlar bilan bog‘langan retinol (A vitamini) miqdori oshishi mumkin. Jigar deposidan ajralib chiqishda retinol (A vitamini) retinol bog‘lovchi oqsil bilan kompleks hosil qiladi va shu ko‘rinishda qonda aylanib yuradi. Oz miqdorda ko‘krak sutiga va yo‘ldosh orqali o‘tadi. Jigarda (kattalar organizmining taxminan ikki yillik ehtiyoji hajmida), oz miqdorda - buyraklar, o‘pkada to‘planadi. Retinolni (A vitaminini) depodan safarbar qilish uchun rux saqlovchi moddalar talab etiladi. Jigarda metabolizmga uchraydi. Axlat bilan (so‘rilmagan qismi) va buyraklar orqali chiqariladi.

Farmakologik ta'siri

Vitamin A, yog'da eruvchan vitaminlarga kiradi. Organizm hayot faoliyatiga xilma-xil ta'sir ko'rsatadi. Oksidlanish-qaytarilish jarayonlarida muhim rol o'ynaydi (ko'p miqdordagi to'yinmagan bog'lanishlar tufayli), mukopolisaxaridlar, oqsillar, lipidlar sintezida ishtirok etadi. Retinol terining va shilliq qavatlar epiteliysining normal holatini saqlashda, epitelial to'qimaning normal differentsiatsiyasini ta'minlashda, fotoretseptsiya jarayonlarida (insonning qorong'ilikka moslashishiga yordam beradi) muhim rol o'ynaydi. Retinol mineral almashinuvda, xolesterin hosil bo'lish jarayonlarida ishtirok etadi, lipaza va tripsin ishlab chiqarilishini kuchaytiradi, mielopoezni, hujayra bo'linishi jarayonlarini kuchaytiradi. Mahalliy ta'sir epiteliy hujayralari yuzasida o'ziga xos retinol bog'lovchi retseptorlar mavjudligi orqali vositalanadi. Keratinizatsiya jarayonlarini tormozlaydi, epiteliotsitlar proliferatsiyasini kuchaytiradi, hujayra populyatsiyalarini yoshartiradi va terminal differentsiatsiya yo'lidan boradigan hujayralar sonini kamaytiradi. Retinol o'smaga qarshi ta'sirga ega deb hisoblanadi, ammo bu epitelial bo'lmagan o'smalarga taalluqli emas.

Nojo'ya ta'sirlar

  • Preparat qabul qilinganda bosh og'rig'i, lanjlik, ko'ngil aynishi, qusish, isitma, uyquchanlik, teri po'st tashlashi, yurishning buzilishi, pastki oyoq suyaklarida og'riq, A gipervitaminozi bo'lishi mumkin. Bolalarda harorat ko'tarilishi, uyquchanlik, terlash, qusish, teri toshmalari, orqa miya suyuqligi bosimining oshishi (ko'krak yoshidagi bolalarda gidrotsefaliya va liqildoqning bo'rtib chiqishi rivojlanishi mumkin) bo'lishi mumkin. Alohida hollarda qo'llashning birinchi kunida qichishadigan dog'-papulyoz toshmalar yuzaga kelishi mumkin, bu preparatni bekor qilishni talab qiladi. Doza kamaytirilganda yoki preparat vaqtincha bekor qilinganda nojo'ya hodisalar mustaqil ravishda o'tib ketadi. Teri kasalliklarida yuqori dozalar tayinlanganda, davolashning 7—10-kunlarida mahalliy yallig'lanish reaktsiyasining kuchayishi kuzatiladi, bu qo'shimcha davolashni talab qilmaydi va keyinchalik kamayadi. Bu ta'sir preparatning myelo- va immunostimulyatsiya qiluvchi ta'siri bilan bog'liq.

Dozirovkasi

  • 100 ming XB 10000 XB/ml 3,44 % 33 ming XB 33000 XB 8,6 %

Dozani oshirib yuborilishi

O‘tkir doza oshib ketish belgilari (yuborilgandan 6 soat o‘tgach rivojlanadi): A gipervitaminozi: kattalarda - uyquchanlik, lanjlik, ko‘zda ikkilanish, bosh aylanishi, kuchli bosh og‘rig‘i, ko‘ngil aynishi, kuchli qusish, diareya, ta’sirchanlik, osteoporoz, milklarning qonashi, og‘iz bo‘shlig‘i shilliq qavatining qurishi va yaralanishi, lablarning, terining (ayniqsa, kaftlarning) po‘st tashlashi, ongning chalkashishi, kalla ichi bosimining oshishi (emizikli bolalarda - gidrosefaliya, liqildoqning bo‘rtib chiqishi). Surunkali intoksikatsiya belgilari: intoksikatsiya, A gipervitaminozi, ishtahaning yo‘qolishi, suyaklarda og‘riq, teri va lablarning yorilishi va qurishi, og‘iz bo‘shlig‘i shilliq qavatining qurishi, gastralgiya, qusish, gipertermiya, asteniya, haddan tashqari charchash, noqulaylik, bosh og‘rig‘i, fotosensibilizatsiya, pollakiuriya, nikturiya, poliuriya, ta’sirchanlik, soch to‘kilishi, tovon yuzalarida, kaftlarda, burun-lab uchburchagi sohasida sariq-to‘q sariq dog‘lar, gepatotoksik holatlar, ko‘z ichi gipertenziyasi, oligomenoreya, portal gipertenziya.

Dori shaklining ta'rifi

  • kapsulalar Achimsiq hidsiz och-sariqdan to'q-sariq ranggacha bo'lgan tiniq moyli suyuqlik Achimsiq hidsiz och-sariqdan to'q-sariq ranggacha bo'lgan tiniq moyli suyuqlik. Ichish uchun eritma [moyli] ichish va sirtga qo'llash uchun eritma

Dori vositalarining o'zaro ta'siri

Tetrasiklinlar bilan uzoq muddatli terapiya vaqtida A vitaminini tayinlash tavsiya etilmaydi (kalla ichki gipertenziyasi rivojlanish xavfi ortadi). Salitsilatlar va glukokortikosteroidlar nojo‘ya samaralar rivojlanish xavfini kamaytiradi. Kolestiramin, kolestipol, mineral moylar, neomitsin A vitamini so‘rilishini kamaytiradi (dozani oshirish talab qilinishi mumkin). Peroral kontraseptivlar plazmada A vitamini konsentratsiyasini oshiradi. Izotretinoin toksik samara yuzaga kelish xavfini oshiradi. E vitamini A vitaminining toksikligini, so‘rilishini, jigarda to‘planishini va ishlatilishini kamaytiradi; E vitaminining yuqori dozalari organizmda A vitamini zaxiralarini kamaytirishi mumkin. Kalsiy preparatlari samarasini susaytiradi, giperkalsemiya rivojlanish xavfini oshiradi.

Umumiy ma'lumot

QO‘LLASH BO‘YICHA YO‘RIQNOMA

RETINOL

RETINOLUM

Preparatning savdo nomi: Retinol

Ta‘sir etuvchi modda (XPN): retinol

Dori shakli: kapsulalar

Bir kapsulaning tarkibi:

Retinol palmitati (A vitamini) ning yog‘dagi 55% li eritmasi      0,1 ml

Tozalangan makkajo‘xori moyi                                                                 0,2 g gacha

Kapsulaning qobig‘i:

Jelatin                                                                                                      0,02230 g

Gliserin (gliserol)                                                                                 0,00720 g

Nipagin                                                                                                      0,00001 g

Suv                                                                                                               0,00049 g

Ta‘rifi: sferik shaklga ega, och-sariqdan to‘q-sariq rangligacha bo‘lgan jelatin kapsulalar. Kapsulaning ichidagisi-och-sariqdan to‘q-sariq rangligacha bo‘lgan yog‘simon suyuqlik.

Farmakoterapevtik guruhi: vitamin

ATX kodi: A11SA01

Farmakologik xususiyatlari

A vitamini umumiy quvvatlovchi ta‘sir ko‘rsatadi, to‘qimalar almashinuvini normallashtiradi; oksidlanish-qaytarilish jarayonlarida (ko‘p miqdordagi to‘yinmagan bog‘lari tufayli) mukopolisaxaridlar, oqsillar, lipidlar sintezida, minerallar almashinuvida, xolesterinni hosil bo‘lish jarayonlarida qatnashadi. Lipaza va tripsinni ishlab chiqarilishini kuchaytiradi, mielopoezni, hujayralarning bo‘linish jarayonlarini kuchaytiradi. Ko‘z yoshi, yog‘ va ter bezlarining faoliyatiga ijobiy ta‘sir ko‘rsatadi; shilliq qavatlar, nafas yo‘llari va ichakni kasalliklarga bo‘lgan chidamliligini oshiradi; organizmning infeksiyaga chidamliligini oshiradi. Terining epitelial hujayralarining bo‘linishini kuchaytiradi, hujayra populyasiyasini yoshartiradi, keratinizasiya jarayonlarini tormozlaydi, glyukozaminoglikanlarning sintezini kuchaytiradi, immunokompetent hujayralarni o‘zaro va epidermis hujayralari bilan o‘zaro ta‘sirini faollashtiradi. Terining regenerasiyasini rag‘batlantiradi, fotoresepsiya jarayonlarida qatnashadi (odamni qorong‘ulikka moslashishiga yordam beradi). Mahalliy ta‘siri epiteliy hujayralarining yuzasida spesifik retinolni bog‘lovchi reseptorlarning borligi bilan bog‘liq.

 

Qo‘llanilishi

A gipovitaminozi, avitaminozi.

Quyidagilarni majmuaviy davolashda qo‘llanadi:

  • infeksion-yallig‘lanish kasalliklari (qizamiq, dizenteriya, gripp, traxeitlar, bronxitlar va hokazolarni),
  • terini shikastlanishlari va kasalliklari (sovuq urishi, kuyishlar, jarohatlar, eroziyalar, yaralar, yoriqlar, ixtioz, giperkeratoz, seboreyali dermatit, psoriaz, neyrodermatit, ekzemaning ayrim turlari, teri tuberkulyozi),
  • ko‘z kasalliklari (pigmentli retinit, gemeralopiya, kseroftalmiya, keratomalyasiya, qovoqlarni ekzematoz shikastlanishlari),
  • me‘da-ichak kasalliklari (eroziv gastroduodenit, me‘da va o‘n ikki barmoq ichak yara kasalligi),
  • jigar sirrozida.

O‘t va siydik chiqarish yo‘llarida toshlarini hosil bo‘lishini oldini olish uchun ham buyuriladi.

Qo‘llash usuli va dozalari

Preparatni qo‘llash shifokorning kuzatuvi ostida o‘tkazilishi lozim. Preparat ichga, ovqatdan so‘ng ertalab yoki kechqurun qabul qilinadi.

Yengil va o‘rtacha darajadagi avitaminozda kattalar uchun davolovchi dozalari sutkada 33000 XB gachani tashkil etadi.

Ko‘z kasalliklarida kattalarga – sutkada – 50000-100000 XB va 0,02 g riboflavin bir vaqtda buyuriladi.

Teri kasalliklarida kattalarga sutkada 50000-100000 XB retinol palmitati buyuriladi.

Kattalar uchun sutkalik doza 100000 XB dan oshmasligi lozim.

 

Nojo‘ya ta‘sirlari

A vitaminini har kuni uzoq muddat (bolalar tomonidan – 100000 XB, kattalar tomonidan – 200000 XB) qabul qilish intoksikasiyani, A gipervitaminozini chaqirishi mumkin. Kattalarda A gipervitaminozining simptomlari – bosh og‘rig‘i, uyquchanlik, lanjlik. yuzning giperemiyasi, ko‘ngil aynishi, qusish, oyoqlarning suyaklarida og‘riq, yurishni buzilishi.

 

Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar

Preparatning komponentlariga yuqori sezuvchanlik, A gipervitaminozi, homiladorlik, o‘t-tosh kasalligi, surunkali pankreatit, terining o‘tkir yallig‘lanish kasalliklarida qo‘llash mumkin emas.

Nefritda, II va III darajali yurak yetishmovchiligida ehtiyotkorlik bilan qo‘llanadi.

Dorilarning o‘zaro ta‘siri

Tetrasiklinlar bilan uzoq muddat davolash vaqtida A vitaminini buyurish tavsiya etilmaydi (bosh miya ichki gipertenziyasini rivojlanish xavfi oshadi).

Salisilatlar va glyukokortikosteroidlar nojo‘ya ta‘sirlarini rivojlanish xavfini kamaytiradi.

Maxsus ko‘rsatmalar

O‘tkir va surunkali nefritda, yurak faoliyatining dekompensasiyasida ehtiyotkorlik bilan qo‘llanadi.

Dozani oshirib yuborilishiga yo‘l qo‘ymaslik uchun boshqa polivitamin majmualari bir vaqtda qo‘llanmaydi.

Preparat bolalar olaolmaydigan joyda saqlansin va yaroqlilik muddati o‘tgach qo‘llanilmasin.

Chiqarilish shakli

Kapsulalar. 25 kapsuladan to‘q shisha yoki polimer bankalarda. 10 ta kapsuladan kontur uyali o‘ramda. Har bir banka yoki 1, 2, 3, 4, 5 kontur uyali o‘ram qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnomasi bilan birga karton qutiga joylanadi.

 

 

Saqlash sharoiti

Quruq, yorug‘likdan himoyalangan joyda, 18-20°S haroratda.

 

Yaroqlilik muddati

2 yil.

Dorixonalardan berish tartibi

Reseptsiz.

Ulashish:
Diqqat: ushbu sahifadagi preparat tavsifi rasmiy yo‘riqnomaning soddalashtirilgan va to‘ldirilgan versiyasidir. Ma’lumot faqat tanishish maqsadida taqdim etilgan va o‘z-o‘zini davolash uchun qo‘llanma sifatida foydalanilmasligi kerak. Retinol preparatini qabul qilishdan oldin albatta shifokor bilan maslahatlashing

Retinol barcha rasmlari

Barcha rasmlar
Barcha rasmlar

Retinol haqida savollar

Retinol haqida fikr-mulohazalar

Reyting 0, 0 ta sharh asosida

Alifbo bo'yicha dori vositalar ro'yxati

scroll-top

Biz portalimiz ishini takomillashtirish maqsadida cookie-fayllardan foydalanamiz. Ishni davom ettirar ekansiz, ulardan foydalanishga rozilik bildirgan bo‘lasiz. Batafsil