Retinol analoglari
Guruh analoglari
Analoglarni taqqoslash
Taqqoslashga dori qo'shish
Retinol
Qo‘llash ko‘rsatmalari
- Gipovitaminoz, A avitaminozi. A vitaminiga ehtiyoj oshishi bilan kechuvchi holatlarni kompleks davolashda: - infektsion-yallig'lanish (shu jumladan surunkali) va «shamollash» kasalliklari; - teri shikastlanishlari va kasalliklari (I darajali muzlashlar, 1 darajali kuyishlar,ixtioz, giperkeratoz, seboreyali dermatit, psoriaz, neyrodermit, ekzemaning ba'zi shakllari). - ko'z kasalliklari (pigmentli retinit, gemeralopiya, kseroftalmiya, keratomalyatsiya, qovoqlar ekzematoz shikastlanishlari). - retinol so'rilishi buzilishi bilan bog'liq oshqozon-ichak kasalliklari (gastroektomiya, diareya, steatoreya, tseliakiya, Kron kasalligi, malabsorbtsiya sindromi).
Nojo'ya ta'sirlar
- Preparat qabul qilinganda bosh og'rig'i, lanjlik, ko'ngil aynishi, qusish, isitma, uyquchanlik, teri po'st tashlashi, yurishning buzilishi, pastki oyoq suyaklarida og'riq, A gipervitaminozi bo'lishi mumkin. Bolalarda harorat ko'tarilishi, uyquchanlik, terlash, qusish, teri toshmalari, orqa miya suyuqligi bosimining oshishi (ko'krak yoshidagi bolalarda gidrotsefaliya va liqildoqning bo'rtib chiqishi rivojlanishi mumkin) bo'lishi mumkin. Alohida hollarda qo'llashning birinchi kunida qichishadigan dog'-papulyoz toshmalar yuzaga kelishi mumkin, bu preparatni bekor qilishni talab qiladi. Doza kamaytirilganda yoki preparat vaqtincha bekor qilinganda nojo'ya hodisalar mustaqil ravishda o'tib ketadi. Teri kasalliklarida yuqori dozalar tayinlanganda, davolashning 7—10-kunlarida mahalliy yallig'lanish reaktsiyasining kuchayishi kuzatiladi, bu qo'shimcha davolashni talab qilmaydi va keyinchalik kamayadi. Bu ta'sir preparatning myelo- va immunostimulyatsiya qiluvchi ta'siri bilan bog'liq.
Retseptli
Kategoriya
VitaminlarMavjud chiqarilish shakllari
- Eritma
- Kapsulalar












