Sanamin
Sanamin chiqarilish shakllari
Sanamin haqida qo'llanma
Qo'llanilishi mumkin bo'lmagan holatlar
Preparatning bir yoki bir nechta komponentlariga yuqori sezuvchanlik.
Farmakologik ta'siri
Sanamin siropi mukolitik, balg'am ko'chiruvchi va yallig'lanishga qarshi ta'sirga ega, balg'am qovushqoqligini pasayishiga yordam beradi, nafas olishni yengillashtirishga yordam beradi, yo'tal chastotasini kamaytiradi, xirillashlar va ovoz bo'g'ilishi yaqqolligini kamayishiga yordam beradi.
Dori vositalarining o'zaro ta'siri
Boshqa dori vositalari bilan tayinlanganda salbiy samaralar qayd etilmagan.
Qo‘llash usuli va dozirovkasi
Dozalash va davolash kursini individual belgilash kerak.
Ishlatishdan oldin chayqatilsin.
3-16 yoshdagi bolalarga ichga 2,5-5 ml dan kuniga 3 marta ovqatdan 5-10 daqiqa oldin.
Kattalarga 5-10 ml dan kuniga 3 marta ovqatdan 5-10 daqiqa oldin.
Qabul qilish kursi 14 kunni tashkil qiladi.
Zarurat bo‘lganda takroriy kurs mumkin (tanaffus 7 kun).
Nojo'ya samaralari
Bo'lishi mumkin: Kamdan-kam hollarda allergik reaksiyalar (preparatning ayrim komponentlariga yuqori sezuvchanlikda).
- 1. Dori vositalari va tibbiy buyumlar Davlat reestri (O‘zbekiston Respublikasi)
- 2. Ishlab chiqaruvchining rasmiy yo‘riqnomasi
- 3. Anatomik-terapevtik-kimyoviy tasnif (ATX)













