logo
SavatKirish

Smekta

Smekta chiqarilish shakllari

SMEKTA poroshok 3g N30
Retseptsiz
SMEKTA poroshok 3g N30
Frantsiya
Ishlab chiqaruvchi:
Ipsen Pharma, Fransiya proizvedeno: Beaufour Ipsen Industrie
•94 ta dorixonada bor
Narxi
96 000 so'm dan
SMEKTA poroshok 3g N10
Retseptsiz
SMEKTA poroshok 3g N10
Frantsiya
Ishlab chiqaruvchi:
Ipsen Pharma, Fransiya proizvedeno: Beaufour Ipsen Industrie
•36 ta dorixonada bor
Narxi
20 800 so'm dan
- Smekta qabul qilish bo'yicha ma'lumot
- Smektaning tarkibi
- Smekta ko'rsatmalar va qarshi ko'rsatmalar
- Smekta narxi Toshkent dorixonalarida

Smekta qo'llanmasi

Saytda e'lon qilingan ma'lumotlar mutaxassislar uchun mo'ljallangan. O'zingizni-o'zingiz davolash bilan shug'ullanmang. Sog'lig'ingizga zarar bermaslik uchun mutaxassis bilan maslahatlashishga ishonch hosil qiling!
Qo‘llash ko‘rsatmalari
  • — o'tkir va surunkali diareya (allergik, dorili genezli; ovqatlanish rejimi va ovqat sifati tarkibi o'zgarganda); — infektsion genezli diareya (majmuaviy terapiya tarkibida); — gastrit, oshqozon va o'n ikki barmoqli ichak yarasi kasalligi, kolitda zarda, qorin dam bo'lishi va noqulaylikni simptomatik davolash.
Qo'llanilishi mumkin bo'lmagan holatlar
  • — ichak tutilishi; — fruktozani o‘zlashtira olmaslik, glyukoza-galaktoza so‘rilishining buzilishi sindromi; — saxaraza-izomaltaza yetishmovchiligi; — preparat komponentlariga yuqori sezuvchanlik.
Tarkibi
  • 1 pak. Dioktaedrik smektit 3 g Yordamchi moddalar: dekstroza monogidrati, natriy saxarinat, apelsin aromatizatori, vanil aromatizatori. 1 pak. Dioktaedrik smektit 3 g Yordamchi moddalar: dekstroza monogidrati, natriy saxarinat, apelsin aromatizatori, vanil aromatizatori.
Farmakokinetikasi
Smekta® absorbtsiya qilinmaydi. Organizmdan o‘zgarmagan holda chiqariladi.
Farmakologik ta'siri
Tabiiy kelib chiqishga ega diareyaga qarshi preparat. Adsorbsiyalovchi ta'sir ko'rsatadi. Shilliq to'siqni barqarorlashtiradi, shilliq glikoproteinlari bilan polivalent bog'lanishlar hosil qiladi, shilliq miqdorini oshiradi va uning gastroprotektor xususiyatlarini (xlorid kislota vodorod ionlari, o't tuzlari, mikroorganizmlar va ularning toksinlarining salbiy ta'siriga nisbatan) yaxshilaydi. Smekta® selektiv sorbsion xususiyatlarga ega, bu uning diskoid-kristall tuzilishi bilan izohlanadi; OIT bo'shlig'ida joylashgan bakteriyalar, viruslarni adsorbsiya qiladi. Smekta® terapevtik dozalarda ichak motorikasiga ta'sir qilmaydi.
Nojo'ya ta'sirlar
  • Ovqat hazm qilish tizimi tomonidan: kamdan-kam hollarda - qabziyat (bunday holda dozani kamaytirib preparat qabul qilishni davom ettirish mumkin). Boshqalar: allergik reaktsiyalar.
Dozani oshirib yuborilishi
Qabziyat bo‘lishi mumkin.
Dori shaklining ta'rifi
  • Ichish uchun suspenziya tayyorlash uchun kukun (apelsinli) kulrang-oqdan kulrang-sariq ranggacha, kuchsiz nospetsifik hiddan kuchsiz vanil hidigacha. Ichish uchun suspenziya tayyorlash uchun kukun (vanilli) kulrang-oqdan kulrang-sariq ranggacha, vanil hidli. Ichish uchun suspenziya deyarli oqdan och-sariq ranggacha, bir xil, o'ziga xos karamel hidli.
Dori vositalarining o'zaro ta'siri
Bir vaqtda qo‘llanilganda Smekta® boshqa dori vositalarining absorbsiya tezligi va darajasini kamaytirishi mumkin.
Umumiy ma'lumot

QO‘LLASH BO‘YICHA YO‘RIQNOMA

SMEKTA®

SMECTA®

 

Preparatning savdo nomi: Smekta®

Ta‘sir etuvchi modda (XPN): diosmektit

Dori shakli: ichga qabul qilish uchun suspenziya tayyorlash uchun kukun.

Tarkibi:

Bir paketcha (3 g) quyidagilarni saqlaydi:

faol modda: dioktaedrik smektit (diosmektit) – 3 g;

yordamchi moddalar: glyukoza monogidrati, natriy saxarini, apelsin aromatizatori, vanilin aromatizatori.

Ta‘rifi: suspenziyani tayyorlaganda biroz apelsin hidli, oqdan biroz och-sariq rangligacha bo‘lgan kukun.

Farmakoterapevtik guruhi: diareyaga qarshi vosita.

ATX kodi: A07VS05

Farmakologik xususiyatlari

Farmakodinamikasi

Smekta® tabiiy yo‘l bilan olingan preparat bo‘lib, adsorbsiya qiluvchi ta‘sir ko‘rsatadi. Shilliq to‘siqni barqarorlashtiradi, shilliqning glikoproteidlari bilan polivalent bog‘lar hosil qiladi, shilliqning miqdorini oshiradi, uning gastroprotektor xususiyatlarini (xlorid kislotaning vodorod ionlariga, safrodagi tuzlar, mikroorganizmlar va ularning toksinlariga salbiy ta‘siriga nisbatan) yaxshilaydi.

Selektiv sorbsion xususiyatlarga ega, bu uning diskoid-kristall tuzilishi bilan tushuntiriladi; me‘da-ichak yo‘llarining bo‘shliqlaridagi bakteriyalar va viruslarni adsorbsiya qiladi. Smekta®  radioshaffof preparat bo‘lib, ahlat rangini o‘zgartirmaydi, terapevtik dozalarda fiziologik ichak tranziti vaqtiga ta‘sir qilmaydi.

Farmakokinetikasi

Dioktaedrik smektit me‘da-ichak yo‘llaridan so‘rilmaydi, o‘zgarmagan ko‘rinishda chiqariladi.

Qo‘llanilishi

  • bolalar va chaqaloqlarda oral regidratasiya bilan kompleksda va kattalarda o‘tkir diareya
  • surunkali diareya
  • gastritda, me‘da va o‘n ikki barmoq ichakning yara kasalligida, kolitda jig‘ildon qaynashi, qorin dam bo‘lishi va qorinda diskomfort hissini simptomatik davolashda qo‘llanadi.

Qo‘llash usuli va dozalari

O‘tkir diareyani davolash

Bolalar

1 yoshgacha: kuniga 2 paketchadan 3 kun davomida, so‘ngra kuniga 1 paketchadan buyuriladi.

1 yoshdan katta: kuniga 4 paketchadan 3 kun davomida, so‘ngra kuniga 2 paketchadan buyuriladi.

Kattalar

O‘rtacha kuniga 3 paketcha.

Amaliyotda davolash kursining boshida (birinchi 3 kun davomida) sutkalik doza ikki marta oshirilishi mumkin.

Boshqa ko‘rsatmalar

Bolalar:

1 yoshgacha: kuniga 1 paketcha buyuriladi.

1 yoshdan 2 yoshgacha: kuniga 1-2 paketcha buyuriladi.

2 yoshdan katta: kuniga 2-3 paketcha buyuriladi.

Kattalar:

O‘rtacha kuniga 3 paketcha.

Qo‘llash usuli

Ichga buyuriladi. Paketchaning ichidagisi bevosita iste‘mol qilinishidan oldin eritilishi kerak.

Bolalar:

Paketchaning ichidagisi bolalar butilkasida (50 ml) eritiladi va kun davomida bir necha qabul qilishga taqsimlanadi yoki biron bir yarim suyuq mahsulot (bo‘tqa, pyure, kompot, bolalar ozuqasi) bilan aralashtiriladi.

Kattalar:

Paketchaning ichidagisi ½  stakan suvda eritiladi.

Qabul qilish uchun eng yaxshi vaqt – ovqat qabul qilishlar orasida, ezofagitda – ovqatdan keyin buyuriladi.

Tavsiya qilingan davolash kursi: 3-7 kun.

Nojo‘ya ta‘sirlari

Tez-tez: qabziyat (bunday hollarda dozani pasaytirib, davolashni davom ettirish mumkin).

Tez-tez emas: ichakni dam bo‘lishi, qusish.

Eshakemi, toshma, qichishish yoki angionevrotik shishni o‘z ichiga oluvchi o‘ta yuqori sezuvchanlik reaksiyalari to‘g‘risida xabarlar bo‘lgan.

Shuningdek qabziyatni og‘irlashishi to‘g‘risida xam xabar berilgan.

Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar

– preparatning komponentlariga o‘ta yuqori sezuvchanlik

– fruktozani o‘zlashtiraolmaslikda qo‘llash mumkin emas.

 

Dorilarning o‘zaro ta‘siri

Preparat bir vaqtda qabul qilinayotgan dori vositalarning so‘rilish tezligi va/yoki darajasini kamaytirishi mumkin.

Maxsus ko‘rsatmalar

Smekta®  va boshqa dori vositalarni qabul qilish orasidagi interval 1-2 soatni tashkil qilishi kerak.

Anamnezida og‘ir surunkali qabziyatlari bo‘lgan pasientlarga ehtiyotkorlik bilan qo‘llash kerak.

O‘tkir diareyasi bo‘lgan bolalarga, suvsizlanishga yo‘l qo‘ymaslik uchun preparat oral regidratasion eritmani oldindan qabul qilish bilan kompleksda qo‘llanishi lozim.

Kattalarda o‘ziga xos xolatlardan tashqari hollarda, regidratasiya zarur hisoblanmaydi.

Oral yoki vena ichiga yuboriladigan regidratasion eritma bilan regidratasiya davomiyligi kasallikning kechishi, pasientning yoshi va o‘ziga xos xususiyatlariga qarab buyuriladi.

Homiladorlik va laktasiya davrida qo‘llanishi

Preparatni homiladorlik va laktasiya davrida qo‘llash mumkin.

Dori vositasini transport vositalarini yoki potensial xavli mexanizmlarni boshqarish qobiliyatiga ta‘sirini o‘ziga xosligi.

Ta‘sir qilmaydi.

Preparat bolalar ololmaydigan joyda saqlansin va yaroqlilik muddati o‘tgach qo‘llanilmasin.

Dozani oshirib yuborilishi

Simptomlari: nojo‘ya ta‘sirlar kuchayishi mumkin.

Davolash: simptomatik davolash.

Chiqarilish shakli

Ichga qabul qilish uchun suspenziya tayyorlash uchun kukun alyumin folga va polietilen bilan laminasiya qilingan qog‘oz paketchalarga joylangan.

10 yoki 30 paketchadan davlat va rus tillaridagi qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnomasi bilan birga karton qutiga joylangan.

 

Saqlash sharoiti

25oS dan yuqori bo‘lmagan haroratda saqlansin.

Yaroqlilik muddati

3 yil.

Dorixonalardan berish tartibi

Reseptsiz.

 

Ulashish:

Smekta narxlari

Dorixonalar
Manzil
Ish vaqti
Sotib olmoq

Smekta barcha rasmlari

Barcha rasmlar
Barcha rasmlar
Barcha rasmlar
Barcha rasmlar
Barcha rasmlar
Barcha rasmlar

Smekta haqida savollar

Smekta haqida fikr-mulohazalar

Reyting 4.3, 6 ta sharh asosida

Alifbo bo'yicha dori vositalar ro'yxati

scroll-top

Biz portalimiz ishini takomillashtirish maqsadida cookie-fayllardan foydalanamiz. Ishni davom ettirar ekansiz, ulardan foydalanishga rozilik bildirgan bo‘lasiz. Batafsil