Apteka.uz
SavatKirish

SMEKTA poroshok 3g N30

Retseptsiz
Mahsulot haqida tafsilotlar
Ishlab chiqarilgan joyi:Frantsiya
Faol modda:diosmektit
Ishlab chiqaruvchi:Ipsen Pharma, Fransiya proizvedeno: Beaufour Ipsen Industrie
ATX kodi:A07ВC05
Barcha Smekta dorilari
83 ta dorixonada bor
Narxi 98 200 so'm dan
Dorixonadan topish
To‘lov va yetkazib berish usullari Toshkentda
Olib ketish
Ertaga yoki keyinroq 83 ta dorixonadan
Dorixonada karta yoki naqd to‘lov
Yetkazib berish
2 soat ichida yoki ertaga, yetkazib berish narxi onlayn dorixonada ko‘rsatilgan tarif bo‘yicha. Onlayn yoki kuryerga to‘lov

SMEKTA poroshok 3g N30 haqida qo'llanma

Farmakokinetikasi

Smekta® so'rilmaydi. Organizmdan o'zgarmagan holda chiqariladi.

Farmakologik ta'siri

Diareya (ich ketishi)ga qarshi preparat, tabiiy kelib chiqishga ega bo‘lgan alyumosilikatni namoyon qiladi. Adsorbsiyalovchi ta’sir ko‘rsatadi.

MITYu shilliq to‘sig‘ini barqarorlashtiradi, shilliq glikoproteidlari bilan polivalent bog‘lanishlar hosil qiladi, shilliq miqdorini oshiradi va uning sitoprotektor xususiyatlarini (xlorid kislota vodorod ionlari, o‘t tuzlari, mikroorganizmlar va ularning toksinlari salbiy ta’siriga nisbatan) yaxshilaydi.

Uning diskoid-kristall tuzilishi bilan izohlanadigan selektiv sorbsion xususiyatlarga ega; MITYu bo‘shlig‘ida joylashgan bakteriyalar, viruslarni adsorbsiyalaydi.

Smekta® terapevtik dozalarda ichak motorikasiga ta’sir qilmaydi.

Diosmektit rentgen shaffof hisoblanadi va axlatni bo‘yamaydi.

Diosmektit tarkibidagi alyuminiy MITYu dan so‘rilmaydi, shu jumladan kolit va kolonopatiya simptomatikasi bilan kechuvchi MITYu kasalliklarida.

Nojo'ya samaralari

Ovqat hazm qilish tizimi tomonidan: klinik tadqiqotlarda kamdan-kam hollarda - qabziyat (kuchsiz ifodalangan, preparat dozasi to'g'rilangandan keyin o'tib ketgan).

Allergik reaksiyalar: muntazam amaliyotda juda kam hollarda - eshakemi, toshma, qichishish, Kvinke shishi.

Maxsus ko‘rsatmalari

Anamnezida og'ir surunkali qabziyatlari bo'lgan bemorlarda ehtiyotkorlik bilan qo'llaniladi.

Kattalarga Smekta® preparati bilan terapiya regidratatsiya choralari bilan kompleksda zarurat tug'ilganda tayinlanadi.

Regidratatsiya choralari kompleksi kasallik kechishi, bemorning yoshi va xususiyatlariga qarab tayinlanadi.

Smekta va boshqa dori vositalarini qabul qilish orasidagi interval 1-2 soatni tashkil qilishi kerak.

Pediatriyada qo'llanilishi

O'tkir diareyasi bo'lgan bolalarda preparatni regidratatsiya choralari bilan kompleksda qo'llash kerak.

Avtotransportni haydash va mexanizmlarni boshqarish qobiliyatiga ta'siri

Ma'lumotlar yo'q.

Qo'llanilishi mumkin bo'lmagan holatlar

  • ichak tutilishi;
  • fruktoza o'zlashtira olmaslik, glyukoza-galaktoza so'rilishining buzilishi sindromi;
  • saxaraza-izomaltaza yetishmovchiligi;
  • preparat tarkibiy qismlariga yuqori sezuvchanlik.

Dori vositalarining o'zaro ta'siri

Smecta® bir vaqtda qo‘llanilganda boshqa dori vositalarining so‘rilish tezligi va darajasini kamaytirishi mumkin. Preparatni boshqa dori vositalari bilan bir vaqtda qabul qilish tavsiya etilmaydi.

Dozirovkasi

O'tkir diareya

Kattalarga sutkasiga 6 paketcha qo'llash tavsiya etiladi.

1 yoshgacha bo'lgan bolalarga - 3 kun davomida sutkasiga 2 paketchadan, keyin sutkasiga 1 paketcha; 1 yoshdan oshgan bolalarga - 3 kun davomida sutkasiga 4 paketchadan, keyin - sutkasiga 2 paketcha.

Boshqa ko'rsatmalar

Kattalarga sutkasiga 3 paketchadan buyuriladi.

1 yoshgacha bo'lgan bolalarga - sutkasiga 1 paketcha, 1-2 yoshda - sutkasiga 1-2 paketcha; 2 yoshdan katta - sutkasiga 2-3 paketcha.

3-7 kunlik davolash kursi tavsiya etiladi.

Ezofagitda Smekta® preparatini ovqatdan keyin, boshqa ko'rsatmalarda - ovqatlanishlar oralig'ida qabul qilish kerak.

Preparatni qabul qilish qoidalari

Kattalar uchun paketchalar tarkibi 1/2 stakan suvda, kukunni asta-sekin to'kib va uni bir xil aralashtirib eritiladi. Tayinlangan doza kun davomida 3 qabulga taqsimlanadi.

Bolalar uchun paketchalar tarkibi bolalar shishachasida (50 ml) eritiladi va kun davomida bir necha qabulga taqsimlanadi yoki biron-bir yarim suyuq mahsulot (bo'tqa, pyure, kompot, bolalar ovqati) bilan aralashtiriladi.

Diqqat: ushbu sahifadagi preparat tavsifi rasmiy yo‘riqnomaning soddalashtirilgan va to‘ldirilgan versiyasidir. Ma’lumot faqat tanishish maqsadida taqdim etilgan va o‘z-o‘zini davolash uchun qo‘llanma sifatida foydalanilmasligi kerak. SMEKTA poroshok 3g N30 preparatini qabul qilishdan oldin albatta shifokor bilan maslahatlashing

Smekta boshqa chiqarish shakllari

SMEKTA poroshok 3g N10
Retseptsiz
SMEKTA poroshok 3g N10
Frantsiya
Ishlab chiqaruvchi:
Ipsen Pharma, Fransiya proizvedeno: Beaufour Ipsen Industrie
•31 ta dorixonada bor
Narxi
35 000 so'm dan

SMEKTA poroshok 3g N30 analoglari

SMEKTA poroshok 3g N10
Retseptsiz
SMEKTA poroshok 3g N10
Frantsiya
Ishlab chiqaruvchi:
Ipsen Pharma, Fransiya proizvedeno: Beaufour Ipsen Industrie
•31 ta dorixonada bor
Narxi
35 000 so'm dan

SMEKTA poroshok 3g N30 narxlari va Toshkentdagi dorixonalardagi mavjudligi

D5
Olmazor tumani, Sag'bon ko'ch., 246 uy
Du, Se, Ch, Pa, Ju, Sh, Ya | 09:00-18:00
102 000 so'm
Bron qilish
D5 №4
Shayxontoxur tumani, Samarqand Darvoza ko'ch., 1 uy
Du, Se, Ch, Pa, Ju, Sh, Ya | 09:00-18:00
102 000 so'm
Bron qilish
Vaksina Med №10
Mirzo Ulug'bek tumani, Feruza ko'ch., 15 uy, 12-xonadon
Du, Se, Ch, Pa, Ju, Sh, Ya | 08:00-23:30
105 000 so'm
Bron qilish
Vaksina Med №29
Yashnobod tumani, Birlashgan ko'ch., 6 kirish, 9 uy
Du, Se, Ch, Pa, Ju, Sh, Ya | 08:30-23:30
105 000 so'm
Bron qilish
Vaksina Med №8
Chilonzor tumani, Cho'ponota ko'ch., 1A uy
Du, Se, Ch, Pa, Ju, Sh, Ya | 09:00-18:00
105 000 so'm
Bron qilish
Vaksina Med №25
Chilonzor tumani, Qizil Sharq ko'ch., 24 uy
Du, Se, Ch, Pa, Ju, Sh, Ya | 08:30-23:30
105 000 so'm
Bron qilish
Vaksina Med №24
Yakkasaroy tumani, Qushbegi massiv, 3 uy, 72 xonadon
Du, Se, Ch, Pa, Ju, Sh, Ya | 08:30-23:30
105 000 so'm
Bron qilish
Vaksina Med №31
Shayxontoxur tumani, Ko'kcha Darboza ko'ch., 7 uy
Du, Se, Ch, Pa, Ju, Sh, Ya | 08:30-23:30
105 000 so'm
Bron qilish
Vaksina Med №5
Yashnobod tumani, Birlashgan ko'ch., 53 uy
Du, Se, Ch, Pa, Ju, Sh, Ya | 08:00-00:00
105 000 so'm
Bron qilish
Vaksina Med №26
Chilonzor tumani, Muqumiy ko'ch., 4 uy
Du, Se, Ch, Pa, Ju, Sh, Ya | 08:30-23:30
105 000 so'm
Bron qilish

SMEKTA poroshok 3g N30 haqida savollar

SMEKTA poroshok 3g N30 haqida fikr-mulohazalar

Reyting 0, 0 ta sharh asosida

Alifbo bo'yicha dori vositalar ro'yxati

scroll-top

Biz portalimiz ishini takomillashtirish maqsadida cookie-fayllardan foydalanamiz. Ishni davom ettirar ekansiz, ulardan foydalanishga rozilik bildirgan bo‘lasiz. Batafsil