Terpinkod ko'rsatmalar
QO‘LLASH BO‘YICHA YO‘RIQNOMA
TERPINKOD®
TERPINCOD
Preparatning savdo nomi: Terpinkod®
Ta‘sir qiluvchi moddalar (XPN): kodein+terpingidrat+natriya gidrokarbonat
Dori shakli: tabletkalar
Bir tabletka tarkibi:
Faol moddalar: kodein – 8 mg, terpingidrat – 250 mg, natriy gidrokarbonati – 250 mg.
Yordamchi moddalar: kartoshka kraxmali – 71,1 mg, stearin kislotasi – 5,9 mg, talk –
15 mg.
Ta‘rifi: oq rangli, yassisilindrik, faska va riskali tabletkalar. Biroz marmarlikka yo‘l qo‘yiladi.
Farmakoterapevtik guruhi: yo‘talga qarshi majmuaviy vosita (yo‘talga qarshi opioid vosita+balg‘am ko‘chiruvchi vosita).
ATX kodi: R05FA02
Farmakologik xususiyatlari
Majmuaviy preparat. Kodein – markaziy ta‘sirga ega bo‘lgan yo‘talga qarshi vosita, fenantren qatori alkaloidi. Opioid reseptorlarning agonisti, yo‘tal markazining qo‘zg‘aluvchanligini pasaytiradi. Tavsiya qilingan terapevtik dozalarda yo‘tal markazini susayishini chaqirmaydi, xilpillovchi epiteliyning faoliyatini buzmaydi va bronxial sekresiyani kamaytirmaydi, analgetiklar, uxlatuvchi va sedativ dori vositalarining ta‘sirini kuchaytiradi. Ichakdagi opiat reseptorlarni faollashishi silliq mushaklarni bo‘shashini, peristaltikani pasayishini va barcha sfinkterlarning spazmini chaqiradi.
Terpingidrat bronxial bezlar sekresiyasini kuchaytiradi, balg‘am ko‘chiruvchi ta‘sirga ega. Natriy gidrokarbonati bronxial shilliqning rN ni ishqoriy tomonga siljitadi, balg‘amning qovushqoqligini pasaytiradi, shuningdek ma‘lum darajada xilpillovchi epiteliy va bronxiolalarning motor faoliyatini rag‘batlantiradi.
Terpinkod® yo‘tal refleksini susaytiradi va yo‘talda nafas yo‘llaridan shilliqni chiqarilishiga yordam beradi. Ichga qabul qilinganidan keyin ta‘sirining maksimumi 30-60 minut o‘tgach yuz beradi va 2-6 soat davom etadi.
Qo‘llanilishi
Kattalar va 12 yoshdan oshgan bolalardagi o‘pka va nafas yo‘llarining kasalliklaridagi (shu jumladan bronxopnevmoniya, bronxit, o‘pka emfizemasi) turli etiologiyali «quruq yo‘tal».
Qo‘llash usuli va dozalari
Ichga, 1 tabletkadan kuniga 2-3 marta. Shifokorning maslahatisiz davolashning maksimal davomiyligi – 5 sutka.
Nojo‘ya ta‘sirlari
Allergik reaksiyalar (terini qichishishi, eshakemi). Ko‘ngil aynishi, qusish, qabziyatlar, bosh og‘rig‘i, uyquchanlik. Davomli nazoratsiz qo‘llanganida kodeinga qaramlik rivojlanishi mumkin.
Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar
Preparatning komponentlariga o‘ta yuqori sezuvchanlik, nafas yetishmovchiligi, bronxial astma, etonol yoki narkotik analgetiklarni bir vaqtda qabul qilish, bolalar (12 yoshgacha), homiladorlik va laktasiya davri.
Dorilarning o‘zaro ta‘siri
Xloramfenikol jigarda kodeinning metabolizmini tormozlaydi va shu bilan uning organizmga ta‘sirini kuchaytiradi.
Markaziy nerv tizimining faoliyatini susaytiruvchi dori vositalari bilan bir vaqtda qo‘llanganida, sedativ samarasi va nafas markaziga susaytiruvchi ta‘siri kuchayishi mumkin. Kodein etanolning psixomotor faoliyatga ta‘sirini kuchaytiradi.
Kodein katta dozalarda qo‘llanganida yurak glikozidlarining (digoksin va boshqalar) ta‘siri kuchayishi mumkin, chunki peristaltikani susayishi tufayli, ularni so‘rilishi kuchayadi. Adsorbentlar, burishtiruvchi va o‘rab oluvchi vositalar, kodeinni so‘rilishini kamaytirishi mumkin.
Maxsus ko‘rsatmalar
Buyrak faoliyatini buzilishi bo‘lgan bemorlarda kodeinni chiqarilishi sekinlashgan, shuning uchun preparatni qabul qilishlar orasidagi intervalni uzaytirish tavsiya qilinadi.
Preparatni qabul qilish vaqtida alkogolni iste‘mol qilish mumkin emas.
Sportchilar preparat kodein saqlashini va doping ekanligini yodda tutishlari kerak;
Transport vositalarini va mexanizmlarni boshqarish qobiliyatiga ta‘siri
Sedativ ta‘sirini rivojlanishi mumkinligi tufayli, davolanish vaqtida avtotransportni boshqarish va diqqatni yuqori jamlashni va psixomotor va harakat reaksiyalar tezligini talab qiluvchi boshqa potensial xavfli faoliyat turlari bilan shug‘ullanish tavsiya qilinmaydi.
Preparat bolalar olaolmaydigan joyda saqlansin va yaroqlilik muddati o‘tgach qo‘llanilmasin.
Dozani oshirib yuborilishi
Simptomlari: qusish, uyquchanlik, qovuq atoniyasi, ko‘rishni buzilishi bilan kechuvchi ko‘z soqqalarining xarakat koordinasiyasini buzilishi, bradipnoe, nafas markazini susayishi, aritmiyalar, bradikardiya.
Davolash: faollashtirilgan ko‘mir yoki kaliy permanganati bilan me‘dani yuvish, nafas analeptiklarini, atropinni va kodeinning raqobatli fiziologik antagonisti – naloksonni yuborish.
Chiqarilish shakli
Tabletkalar. 10 tabletkadan kontur uyali o‘ramda. 1 o‘ram tibbiyotda qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnomasi bilan karton qutida.
Saqlash sharoiti
25ºS dan yuqori bo‘lmagan xaroratda saqlansin.
Yaroqlilik muddati
4 yil.
Dorixonalardan berish tartibi
Resept bo‘yicha.
Chiqarish shakllari