Apteka.uz
SavatKirish

Terjinan

Terjinan chiqarilish shakllari

TERJINAN tabletkalari N6
TERJINAN tabletkalari N6
Frantsiya
Ishlab chiqaruvchi:
Sofarteks
•1 ta dorixonada bor
Narxi
112 200 so'm dan
TERJINAN tabletkalari N10
TERJINAN tabletkalari N10
Frantsiya
Ishlab chiqaruvchi:
Sofarteks
•39 ta dorixonada bor
Narxi
111 700 so'm dan
- Terjinan qabul qilish bo'yicha ma'lumot
- Terjinanning tarkibi
- Terjinan ko'rsatmalar va qarshi ko'rsatmalar
- Terjinan narxi Toshkent dorixonalarida

Terjinan haqida qo'llanma

Qo‘llash ko‘rsatmalari

  • Preparatga sezgir mikroorganizmlar chaqirgan vaginitlarni davolash: — bakterial vaginoz; — oddiy piogen yoki shartli patogen tayoqchali mikroflora chaqirgan bakterial vaginitlar; — qin trixomonozi — Candida turkumidagi zamburug'lar chaqirgan vaginitlar; — aralash vaginitlar. Vaginitlar profilaktikasi: — ginekologik operatsiyalardan oldin; — tug'ruq yoki abortdan oldin; — Bachadon ichi spirali o'rnatishdan oldin va keyin; — bachadon bo'yni diatermokoagulyatsiyasidan oldin va keyin; — gisterografiyadan oldin.

Qo'llanilishi mumkin bo'lmagan holatlar

  • — preparat komponentlariga yuqori sezuvchanlik.

Tarkibi

  • Ternidazol…………………………………………..0,2 g Neomitsin sulfati ………………………………...0,1 g yoki 65000 XB Nistatin ……………………………………………100 000 XB Prednizolon natriy metasulfobenzoati……….. 0,0047 g, prednizolonga ekvivalent ……………………....0,003 g Yordamchi moddalar: Bug‘doy kraxmali……………………………...0,264 g Laktoza monogidrati………………………………q.s. 1,2 g gacha Kolloid kremniy dioksidi…………………..0,006 g Magniy stearati……………………………………0,01 g Karboksimetilkraxmal natriy………………….0,048 g

Farmakodinamikasi

Гинекологияда маҳаллий қўллаш учун мажмуавий препарат. Микробларга қарши, яллиғланишга қарши, протозойларга қарши, замбуруғларга қарши таъсир кўрсатади; қиннинг шиллиқ қаватини бутунлигини ва рН мухити турғунлигини таъминлайди.

Тернидазол - имидазол ҳосиласи гуруҳи замбуруғларга қарши восита, эргостерол синтезини камайтиради (хужайра мембранасининг таркибий қисми), хужайра мембранасининг структураси ва хусусиятларини ўзгартиради. Трихомонацид таъсир кўрсатади, шунингдек анаэроб бактерияларга, хусусан гарднерелларга нисбатан фаол.

Неомицин - аминогликозидлар гуруҳи кенг таъсир доирасига эга антибиотик. Граммусбат (Staphylococcus, Streptococcus pneumoniae) ва грамманфий (Escherichia coli, Shigella dysenteriaе, Shigella flexneri, Shigella boydii, Shigella sonnei, Proteus spp.) микроорганизмларга бактерицид таъсир кўрсатади; Streptococcus spp. га нисбатан кам самарали. Микроорганизмларнинг чидамлилиги аста-секин ва кам даражада ривожланади.

Нистатин - полиенлар гуруҳи замбуруғларга қарши антибиотик, Candida авлоди ачитқисимон замбуруғларига нисбатан юқори самарали, хужайра мембраналарининг ўтказувчанлигини ўзгартиради ва уларнинг ўсишини секинлаштиради.

Преднизолон - гидрокортизоннинг дегидрирланган аналоги, яққол яллиғланишга қарши, аллергияга қарши, экссудацияга қарши таъсир кўрсатади.

Farmakokinetikasi

Tizimli absorbtsiya pastligi sababli Terjinan preparatining farmakokinetikasi bo‘yicha tadqiqotlar o‘tkazilmagan.

Farmakologik ta'siri

Ginekologiyada mahalliy qo'llash uchun majmuaviy preparat. Mikroblarga qarshi, yallig'lanishga qarshi, protozoyaga qarshi, zamburug'ga qarshi ta'sir ko'rsatadi; qin shilliq qavatining butunligini va pH barqarorligini ta'minlaydi. Ternidazol – imidazol hosilalari guruhiga kiruvchi zamburug'ga qarshi vosita, ergosterol (hujayra membranasining tarkibiy qismi) sintezini kamaytiradi, hujayra membranasining tuzilishi va xususiyatlarini o'zgartiradi. Trixomonatsid ta'sir ko'rsatadi, shuningdek anaerob bakteriyalarga, xususan gardnerellalarga nisbatan faol. Neomitsin – aminoglikozidlar guruhiga kiruvchi keng ta'sir doirasiga ega antibiotik. Grammusbat (Staphylococcus, Streptococcus pneumoniae) va grammanfiy (Escherichia coli, Shigella dysenteriae, Shigella flexneri, Shigella boydii, Shigella sonnei, Proteus spp.) mikroorganizmlarga nisbatan bakteritsid ta'sir ko'rsatadi; Streptococcus spp. ga nisbatan kam faol. Mikroorganizmlarning chidamliligi sekin va kichik darajada rivojlanadi. Nistatin – polienlar guruhiga kiruvchi zamburug'ga qarshi antibiotik, Candida urug'iga mansub achitqisimon zamburug'larga nisbatan yuqori samarali, hujayra membranalarining o'tkazuvchanligini o'zgartiradi va ularning o'sishini sekinlashtiradi. Prednizolon – gidrokortizonning degidrlangan analogi, yaqqol yallig'lanishga qarshi, allergiyaga qarshi, ekssudatsiyaga qarshi ta'sir ko'rsatadi

Nojo'ya ta'sirlar

  • Achishish hissi, qinda qichishish va ta'sirlanish (ayniqsa davolash boshida). Ayrim hollarda allergik reaktsiyalar bo'lishi mumkin.

Homiladorlik va laktatsiya davrida qo'llanishi

Препаратни ҳомиладорликнинг иккинчи уч ойлигида қўллаш мумкин.

Она учун кутилаётган потенциал фойда ҳомила ва бола учун бўлиши мумкин бўлган хавфдан ошса препаратни ҳомиладорликнинг биринчи уч ойлиги ва лактация даврида қўллаш мумкин.

Dozani oshirib yuborilishi

Tizimli qon aylanishiga so‘rilish darajasi pastligi sababli dozani oshirib yuborish ehtimoli kam.

Dori shaklining ta'rifi

  • Vaginal tabletkalar

Maxsus ko‘rsatmalari

Вагинитлар, трихомониазни даволаш ҳолларида жинсий шерикни ҳам бир вақтда даволаш тавсия қилинади.

Хайз кўриш вақтида даволашни тўхтатиш мумкин эмас.

Dori vositalarining o'zaro ta'siri

Terjinan preparatining boshqa dori vositalari bilan klinik ahamiyatli dorilar bilan o‘zaro ta’siri aniqlanmagan.

Qo‘llash usuli va dozirovkasi

Вагинал қўллаш учун буюрилади.

Бир таблеткани уйқу олдидан “ётган” ҳолатда қинга чуқур қилиб киритилади. Қинга киритишдан олдин таблеткани 20-30 секунд давомида сувда тутиб туриш лозим. Юборилганидан кейин 10-15 минут ётиш керак. Даволашнинг ўртача давомийлиги - 10 кун; тасдиқланган микоз ҳолларида 20 кунгача узайтириш мумкин; профилактик курснинг ўртача давомийлиги – 6 кунни ташкил қилади.


Diqqat: ushbu sahifadagi preparat tavsifi rasmiy yo‘riqnomaning soddalashtirilgan va to‘ldirilgan versiyasidir. Ma’lumot faqat tanishish maqsadida taqdim etilgan va o‘z-o‘zini davolash uchun qo‘llanma sifatida foydalanilmasligi kerak. Terjinan preparatini qabul qilishdan oldin albatta shifokor bilan maslahatlashing
Manbalar ro‘yxati:

Terjinan narxlari

Dorixonalar
Manzil
Ish vaqti
Sotib olish
Eco Pharm №7
Bektemir tumani, Suvsoz 2 mavzesi, 77 uy
Du, Se, Ch, Pa, Ju, Sh, Ya | 08:00-00:00
115 000 so'm
Bron qilish
Eco Pharm №8
Shayxontoxur tumani, Beruniy ko'ch., 3 uy
Du, Se, Ch, Pa, Ju, Sh, Ya | 08:00-00:00
115 000 so'm
Bron qilish
Eco Pharm №3
Olmazor tumani, Qoraqamish 2/4 massivi, 20 uy, 37-xonadon
Du, Se, Ch, Pa, Ju, Sh, Ya | 08:00-00:00
115 000 so'm
Bron qilish
Eco Pharm №1
Shayxontoxur tumani, Uyg'ur ko'ch., 7 uy
Du, Se, Ch, Pa, Ju, Sh, Ya | 08:00-00:00
115 000 so'm
Bron qilish

Terjinan haqida savollar

Terjinan haqida fikr-mulohazalar

Reyting 4.8, 10 ta sharh asosida

Alifbo bo'yicha dori vositalar ro'yxati

scroll-top

Biz portalimiz ishini takomillashtirish maqsadida cookie-fayllardan foydalanamiz. Ishni davom ettirar ekansiz, ulardan foydalanishga rozilik bildirgan bo‘lasiz. Batafsil