Apteka.uz
SavatKirish

Tiamin

Tiamin chiqarilish shakllari

TIAMINA XLORID inyeksiya uchun eritma 1ml 5% N10
Retseptli
TIAMINA XLORID inyeksiya uchun eritma 1ml 5% N10
O'zbekiston
Ishlab chiqaruvchi:
Uzximfarm, AO
•9 ta dorixonada bor
Narxi
6 900 so'm dan
TIAMIN inyeksiya uchun eritma 1ml 50mg/ml N10
Retseptli
TIAMIN inyeksiya uchun eritma 1ml 50mg/ml N10
Rossiya Federatsiyasi
Ishlab chiqaruvchi:
Dalximfarm, OAO
Narxi
10 000 so'm dan
- Tiamin qabul qilish bo'yicha ma'lumot
- Tiaminning tarkibi
- Tiamin ko'rsatmalar va qarshi ko'rsatmalar
- Tiamin narxi Toshkent dorixonalarida

Tiamin qo'llanmasi

Ishlab chiqarilish joyi
O'zbekiston,
Ukraina,
Rossiya Federatsiyasi,
Armaniston
Kategoriya

Umumiy ma'lumot

QO‘LLASH BO‘YICHA YO‘RIQNOMA

TIAMIN

THIAMINUM

Preparatning savdo nomi: Tiamin

Ta‘sir qiluvchi modda (XPN): tiamin

Dori shakli: mushak ichiga yuborish uchun eritma

Tarkibi:

1 ml eritma quyidagilarni saqlaydi:

Faol modda: tiamin gidroxloridi – 25 mg yoki 50 mg

Yordamchi moddalar: dimerkaptopropoansulfonat natriy monogidrati (unitiol), in‘eksiya uchun suv.

Ta‘rifi: tiniq, rangsiz yoki sarg‘ish yoki sarg‘ish-ko‘kimtir tusli, kuchsiz o‘ziga xos hidli suyuqlik.

Farmakoterapevtik guruhi: Vitamin.

ATX kodi: A11DA01.

 

Farmakologik xususiyatlari

V1 vitamini (tiamin) suvda eruvchan vitaminlarga mansub. Odam organizmida fosforlanish jarayonlari natijasida uchta fermentativ reaksiyalarning kofermenti hisoblangan kokarboksilazaga aylanadi. Karbonsuvlar, oqsil va yog‘lar almashinuvi, sinapslarda nerv qo‘zg‘aluvchanligini o‘tkazilish jarayonlarida muhim rol o‘ynaydi.

Farmakokinetikasi

Qondagi konsentrasiyasi nisbatan past, bunda plazmada erkin tiamin aylanib yuradi, eritrositlar va leykositlarda–uning fosforli efirlari mavjud. Fosforlanish jigarda amalga oshadi. Faolroq fosforli efiri koferment faollikka ega tiamindifosfat hisoblanadi. Asosan jigar, yurak, miya, buyrak, taloqda to‘planadi. Umumiy miqdorining ½ qismi ko‘ndalang-targ‘il va miokardda va taxminan 40% – ichki a‘zolarda mavjud bo‘ladi. Ichak va buyrak orqali chiqariladi.

Qo‘llanilishi

V1 gipovitaminozi va avitaminozi.

Majmuaviy davolashda:

-nevritlar, radikulitlar; nevralgiya; periferik parez va falaj;

-me‘da va o‘n ikki barmoq ichak yara kasalligi, me‘daning sekretor va motor faoliyatini pasayishi, anoreksiya, ichak atoniyasi; atonik qabziyatlar;

-miokardiodistrofiya; koronar qon aylanishni buzilishi;

-qandli diabet;

-neyrotrofik o‘zgarishlar va moddalar almashinuvini buzilishlari bilan dermatozlar (ekzema, neyrodermit, psoriaz, qizil yassi temiratki) da qo‘llaniladi.

Qo‘llash usuli va dozalari

5% li tiamin eritmasini mushak ichiga (mushakka chuqur) yuboriladi.

Preparatni yuborishni kichik dozalardan (5% li eritmani 0,5 ml dan ko‘p emas) boshlash va yaxshi o‘zlashtirilganida yuqoriroq dozalarga o‘tish tavsiya qilinadi.

Kattalarga tiaminni har kuni 25-50 mg dan (5% li eritma 0,5 ml yoki 1 ml) kuniga 1 marta buyuriladi. Davolash kursi – 10-30 in‘eksiyadan iborat.

Bolalarga – tiamin 12,5 mg (2,5% li eritma 0,5 ml) dan buyuriladi.

Nojo‘ya ta‘sirlari

Allergik reaksiyalar (teri qichishishi, eshakemi, Kvinke shishi, anafilaktik shok), ko‘p terlash, taxikardiya, ba‘zida yuborish joyida og‘riq (eritmaning rN pastligi sababli) bo‘lishi mumkin.

Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar

Shaxsiy yuqori sezuvchanlik.

Ehtiyotkorlik bilan: Vernike ensefalopatiyasi, ayollarda peri- va postmenopauza davrida qo‘llash mumkin emas.

Dorilarning o‘zaro ta‘siri

Tiamin va piridoksin (V6 vitamini) yoki sianokobalaminni (V12 vitamini) bir vaqtda parenteral yuborish tavsiya etilmaydi. Sianokobalamin tiaminning allergiya chaqiruvchi ta‘sirini kuchaytiradi. Piridoksin tiaminning biologik faol shakliga o‘tishini qiyinlashtiradi. Tiamin va benzilpenisillin yoki streptomisinni (antibotiklarni parchalanishi), tiamin va nikotin kislotasini (tiaminni parchalanishi) bir shprisda aralashtirish mumkin emas.

Tiamin suksametoniy yodidi, fentolamin, propranolol, simpatolitiklar (rezerpin), uyqu vositalarning (uxlatuvchi samarasi kamayadi) farmakologik faolligini kamaytiradi.

Tiamin eritmasini sulfitlar saqlovchi eritmalar bilan aralashtirish mumkin emas, chunki ularda u to‘liq parchalanadi.

Tiamin ishqoriy va neytral muhitda noturg‘un; karbonatlar, sitratlar, barbituratlar, mis preparatlari bilan buyurish tavsiya qilinmaydi.

 

Maxsus ko‘rsatmalar

Spektrofotometriya usuli bilan qon zardobida teofillinni, Erlix reagenti yordamida urobilinogenni aniqlash vaqtida natijasini o‘zgartirishi mumkin (yuqori dozalarni qabul qilishda). Anafilaktik reaksiya ko‘pincha yuqori dozalarni vena ichiga yuborilganida rivojlanadi.

Parenteral yuborish faqat ichga qabul qilish imkoniyati bo‘lmaganida (ko‘ngil aynishi, qusish, malabsorbsiya sindromi, operasiyadan oldingi va/yoki operasiyadan keyingi holat) tavsiya etiladi.

Vernike ensefalopatiyasida dekstrozani tiaminni qabul qilishdan oldin buyurish kerak.

Avtomobilni va murakkab mexanizmlarni boshqarish qobiliyatiga ta‘siri

Avtomobilni boshqarish va diqqatni jamlash va psixomotor reaksiyalarning tezligini talab qiluvchi boshqa faoliyat turlari bilan shug‘ullanish qobiliyatiga preparatning salbiy ta‘siri haqida xabar berilmagan.

Preparat bolalar olaolmaydigan joyda saqlansin va yaroqlilik muddati o‘tgach qo‘llanilmasin.

Dozani oshirib yuborilishi

Simtomlari: nojo‘ya samaralarining kuchayishi.

Davolash: simptomatik davolash.

Chiqarilish shakli

Mushak ichiga yuborish uchun eritma 25 mg/ml va 50 mg/ml.

1 ml yoki 2 ml dan neytral shisha ampulada.

Ampulaga o‘zi yopishadigan etiketka yopishtiriladi yoki etiketka matni bevosita ampulaga chiqur bosma usuli bilan yoziladi.

10 ampuladan qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnomasi va ampulani ochish uchun pichoq yoki ampula skarifikatori bilan karton qutiga joylanadi.

Qutiga etiketka-banderol yopishtiriladi.

5 ampuladan polivinilxlorid plyonka va laklangan bosma alyumin folgali yoki folgasiz kontur uyali o‘ramda.

2 kontur uyali o‘ram qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnomasi va ampulani ochish uchun pichoq yoki ampula skarifikatori bilan karton qutiga joylanadi.

Sindirish nuqtasi bo‘lgan ampulalarni ishlatishda ampulani ochish uchun pichoq yoki ampula skarifikatorini joylashtirilmaslikka yo‘l qo‘yiladi.

 

Saqlash sharoiti

15 dan 25oS gacha haroratda, yorug‘likdan himoyalangan joyda saqlansin.

Yaroqlilik muddati

3 yil.

Dorixonalardan berish tartibi

Resept bo‘yicha.

Ulashish:
Diqqat: ushbu sahifadagi preparat tavsifi rasmiy yo‘riqnomaning soddalashtirilgan va to‘ldirilgan versiyasidir. Ma’lumot faqat tanishish maqsadida taqdim etilgan va o‘z-o‘zini davolash uchun qo‘llanma sifatida foydalanilmasligi kerak. Tiamin preparatini qabul qilishdan oldin albatta shifokor bilan maslahatlashing

Tiamin narxlari

Dorixonalar
Manzil
Ish vaqti
Sotib olish
Eco Pharm №2
Shayxontoxur tumani, Gulobod dahasi, 54 uy, 47-xonadon
Du, Se, Ch, Pa, Ju, Sh, Ya | 08:00-00:00
8 000 so'm
Bron qilish
Eco Pharm №11
Yashnobod tumani, Parkent ko'chasi, 30B-uy
Du, Se, Ch, Pa, Ju, Sh, Ya | 08:00-00:00
8 000 so'm
Bron qilish
Eco Pharm №7
Bektemir tumani, Suvsoz 2 mavzesi, 77 uy
Du, Se, Ch, Pa, Ju, Sh, Ya | 08:00-00:00
8 000 so'm
Bron qilish
Eco Pharm №9
Mirobod tumani, Oybek koʻchasi 44-uy
Du, Se, Ch, Pa, Ju, Sh, Ya | 08:00-00:00
8 000 so'm
Bron qilish

Tiamin barcha rasmlari

Barcha rasmlar
Barcha rasmlar

Tiamin haqida savollar

Tiamin haqida fikr-mulohazalar

Reyting 0, 0 ta sharh asosida

Alifbo bo'yicha dori vositalar ro'yxati

scroll-top

Biz portalimiz ishini takomillashtirish maqsadida cookie-fayllardan foydalanamiz. Ishni davom ettirar ekansiz, ulardan foydalanishga rozilik bildirgan bo‘lasiz. Batafsil