Ташкент
logo
SavatKirish

TOEDIN GIN

TOEDIN GIN chiqarish shakllari

TOEDIN GINO shamlari 200mg N14
Retseptsiz
TOEDIN GINO shamlari 200mg N14
Hindiston
Ishlab chiqaruvchi:
Bliss GVS Pharma Limited, Indiya
- TOEDIN GIN qabul qilish bo'yicha ma'lumot
- TOEDIN GINning tarkibi
- TOEDIN GIN ko'rsatmalar va qarshi ko'rsatmalar
- TOEDIN GIN narxi Toshkent dorixonalarida

TOEDIN GIN qo'llanmasi

Ishlab chiqarilish joyi
Hindiston
Faol modda
Saytda e'lon qilingan ma'lumotlar mutaxassislar uchun mo'ljallangan. O'zingizni-o'zingiz davolash bilan shug'ullanmang. Sog'lig'ingizga zarar bermaslik uchun mutaxassis bilan maslahatlashishga ishonch hosil qiling!
Qo'llanilishi mumkin bo'lmagan holatlar

- yodga yoki preparatning boshqa komponentiga yuqori sezuvchanlik;

- gipertireoz, tugunli kolloid yoki endemik bo'qoq, Xoshimoto tireoiditi;

- Dyuring gerpetiform dermatiti;

- gipertireozni davolaganda radiofaol yodni qo'llashdan oldingi va keyingi holat (to'liq sog'ayguncha);

- bolalar va 18 yoshgacha bo'lgan o'smirlar;

- homiladorlik va laktasiya davrida qo'llash mumkin emas.

Tarkibi

Har bir vaginal suppozitoriy quyidagilarni saqlaydi:
faol modda: povidon-yod USP 200 mg (mavjud yod 20 mg);
yordamchi moddalar: polietilenglikol 1500, polietilenglikol 6000, metilparaben, propilparaben, butilizasiyalangan gidroksitoluol.

Farmakodinamikasi

Toedin Gino vaginal suppozitoriysining ta'sir etuvchi moddasi – povidon-yoddan qo'llanilgandan keyin bir qancha vaqt davomida faol erkin yod ajraladi va qo'llash sohasida uning doimiy kontsentrasiyasini ta'minlanadi. Erkin yod (I2) kuchli bakterisid samaraga ega. In vitro sharoitdagi tadqiqotlarda u bakriyalar, viruslar, zamburug'lar va ayrim sodda mikroorganizmlarni tez bartaraf etadi.  

Farmakokinetikasi

Povidonning so'rilish darajasi va uni buyraklar orqali chiqarilishi aralashmaning o'rtacha molekulyar massasiga bog'liq. Molekulyar massasi 35000-50000 dan yuqori bo'lgan moddalar organizmda tutilishi mumkin. Sog'lom shaxslarda mahalliy qo'llanilganda yodni tizimli so'rilishi minimal. Vaginal qo'llanilganda yod tez so'riladi va plazmada umumiy va erkin yodning miqdori ahamiyatli ravishda oshadi. U asosan buyraklar orqali chiqariladi. Vaginal qo'llanilgandan keyin yarim chiqarilish davri taxminan 2 kunni tashkil qiladi.

Dozirovkasi

Toedin Gino preparati faqat vaginal yuborish uchun qo'llanadi.

Suppozitoriylarni ertalab va kechqurun qo'llash tavsiya etiladi, buning uchun suppozitoriylarni qobig'idan chiqarib olish va qinga chuqur yuborish kerak.

Suppozitoriylarni qo'llash vaqtida gigienik tagliklarni qo'llash tavsiya etiladi. Preparatni 7-14 kun davomida har kuni qo'llash kerak. O'tkir vaginitda 7 kun davomida sutkada 1-2 marta qo'llanadi, nimo'tkir va surunkali vaginitda sutkada 1 marta, uyqudan oldin 14 kun davomida qo'llanadi. Hayz davrida davolashni vaqtincha to'xtatish zarurati yo'q.

Dozani oshirib yuborilishi

Simptomlari: yod dozasini o'tkir oshirib yuborilishi uchun og'izda metall ta'mi, so'lak oqishini kuchayishi, og'izda yoki tomoqla achishish yoki og'riq, ko'zlarni ta'sirlanishi va shishi, teri reaktsiyalari, me'da-ichak yo'llari tomonidan buzilishlar va diareya, buyrak etishmovchiligi va anuriya, qon aylanishini etishmovchiligi, ikkilamchi asfiksiya bilan kechuvchi hiqildoqni shishi, o'pka shishi, metabolik asidoz, gepernatriemiya xarakterli.

Davolash: simptomatik va elektrolit muvozanatini alohida nazorati, buyrak va qalqonsimon bezi funktsiyasini nazorati bilan tutib turuvchi davolash.

Maxsus saqlash sharoitlari

Suppozitoriylar faqatgina vaginal qo'llash uchun mo'ljallangan.

Toedin Gino preparatini qo'llash vaqtida qalqonsimon bezi tomonida yodni so'rilishi pasayishi mumkin, bu ayrim diagnostik tekshiruvlar (masalan qalqonsimon bezi stsintigrafiyasi, oqsil bilan bog'langan yodni aniqlash, radiofaol yodni qo'llash bilan tekshiruvlar) natidariga ta'sir ko'rsatishi, shuningdek qalqonsimon bezi kasalliklarini davolash uchun qo'llanayotgan yod preparatlari bilan o'zaro ta'sirlashishi mumkin. Povidon-yod bilan uzoq vaqt davolagandan keyin tekshiruvlarning ishonchli natijalarini olish uchun Toedin Gino preparatini qo'llash yakunlangandan keyin 1-2 xafta kutish tavsiya etiladi.

Axlatda yashirin qonni (gemoglobinni), shuningdek siydikda qon yoki glyukozani aniqlash uchun toluidin yoki gvayak qatronini qo'llash bilan tekshiruvlarning ayrim turlarini o'tkazganda, povidon-yodning oksidlovchilik xususiyatlari tufayli, uning izlari soxtammusbat natijalarga olib kelishi mumkin. 

Preparatni qo'llaganda terini ta'sirlanishi, kontakt dermatit va yuqori sezuvchanlikning boshqa ko'rinishlari paydo bo'lishi mumkin. Uning birinchi belgilarida Toedin Gino preparatini qo'llashni darhol to'xtatish va shifokorga murojaat etish kerak. Agar bu holat 72 soat va undan ko'proq vaqt saqlansa, bu jiddiy buzilish belgisi bo'lishi mumkin.

Yod miqdorini oshishi qalqonsimon bezi funktsiyasini buzilishi (masalan tugunli kolloid yoki endemik bo'qoq) bo'lgan pasientlarda gipertireoz chaqirishi mumkin, bunday pasientlarda Toedin Gino vaginal suppozitoriylarni qo'llash mumkin emas yoki qo'llash vaqtini cheklash kerak. Agar davolash davrida gipertireoz simptomlari paydo bo'lsa, qalqonsimon bezi funktsiyasini tekshirish kerak.

Avval surunkali buyrak etishmovchiligi diagnostika qilingan pasientlarda yod saqlovchi preparatlarni muntazam qo'llaganda ehtiyotkorlikka rioya qilish kerak.

Avtomobilni va murakkab mexanizmlarni boshqarish qobiliyatiga ta'siri

Ta'sir ko'rsatmaydi.

Dori vositalarining o'zaro ta'siri

Povidon-yod saqlovchi vaginal Suppozitoriylar boshqa dezinfektsiya qiluvchi va antiseptik vositalar, ayniqsa ishqor, fermentlar, kumush, tauloridin va simob saqlovchi vositalar bilan nomutanosib. Ularni bir vaqtda qo'llash o'zaro samarasizlikka olib kelishi mumkin. Oqsillar va boshqa to'yinmagan organik moddalar bilan o'zaro ta'siri Toedin Gino preparatining samaradorligini pasaytiradi. Qon mavjud bo'lganida preparatning bakterisid samarasi ham pasayadi.

Povidon-yodni oktenidin saqlovchi antiseptik preparatlar bilan bir vaqtda yoki bevosita qo'llagandan keyin bitta yoki terining Yandosh sohalarida qo'llash terining ishlov berilgan sohalarini vaqtincha to'q rangga bo'yalishini chaqirishi mumkin. Litiy preparatlarini qabul qilayotgan pasientlarda Toedin Ginoni muntazam qo'llashdan saqlanish kerak.

Tarkibi va ishlab chiqarilish shakli

7 suppozitoriydan polivinilxlorid/polietilen (PVX/PE) plyonkali kontur uyali o'ramga joylanadi.

2 kontur uyali o'ramdan davlat va rus tillaridagi tibbiyotda qo'llanilishiga doir yo'riqnomasi bilan birga karton qutiga joylanadi.

Nojo'ya samaralari

Kam xollarda (≥ 1/10,000 - <1/1,000):

- o'ta yuqori sezuvchanlik;

- psoriazsimon qizil mayda bullyoz elementlarni hosil bo'lishi bilan kechuvchi kontakt dermatit, eritema, qichishish.

Juda kam xollarda (<1/10,000):

- anafilaktik reaktsiya;

-gipertireoz (ayrim holatlarda taxikardiya yoki bezovtalik bilan kechuvchi) yodni ahamiyatli miqdorda qo'llagandan keyin (masalan yaralar yoki kuyishlarni davolash uchun povidon-yodni uzoq vaqt qo'llaganda) qalqonsimon bezi kasalliklari mavjud bo'lgan pasientlarda kuzatilishi mumkin;

-angionevrotik shish.

Tez-tezligi noma'lum (mavjud ma'lumotlar asosida tez-tezligini aniqlab bo'lmaydi)

- gipotireoz (katta yuzalarda uzoq vaqt qo'llaganda);

- qon zardobida elektrolitlar darajasi va osmolyarlikni** o'zgarishi, metabolik asidoz**

- o'tkir buyrak etishmovchiligi**. 

 ** yodni ahamiyatli miqdorda qo'llagandan keyin kuzatilishi mumkin (masalan kuyishlarni davolaganda).

Qo'llanilishi

Toedin Gino quyidagilar:

- zamburug'li infektsiya (Candida albicans);

 - trixomoniaz qo'zg'atuvchisi (Trichomonas vaginalis);

 - bakterial infektsiya (bakterial vaginoz, Gardenerella vag.);

aralash infektsiyalarda (qo'zg'atuvchilar majmuasi) chaqirgan vaginal infektsiyalar (vaginitlar) ni davolash uchun mo'ljallangan;

qinga, akusherlik va diagnostik muolajalari vaqtida jarroxlik yoki diagnostik aralashuvlaridan oldin profilaktik maqsadda qo'llaniladi.

Ta'rifi

torpedasimon shkali, jigarrang rangoli Suppozitoriylar.

TOEDIN GIN barcha rasmlari

Barcha rasmlar

TOEDIN GIN savollari

TOEDIN GIN fikr-mulohazalari

Reyting 0, 0 ta sharh asosida

Alifbo bo'yicha dori vositalar ro'yxati

scroll-top

Biz portalimiz ishini takomillashtirish maqsadida cookie-fayllardan foydalanamiz. Ishni davom ettirar ekansiz, ulardan foydalanishga rozilik bildirgan bo‘lasiz. Batafsil