Tonoprostning aptekalardagi narxlari
TONOPROST tabletkalari 0,4mg N30
|
|
4 ta dorixonada bor
|
83 000 so'mdan
Dorixonadan topish
|
TONOPROST kapsulalar 400mkg N30
|
|
215 ta dorixonada bor
|
63 000 so'mdan
Dorixonadan topish
|
69 900 so'mdan
Bron qilish
|
Yetkazib berish xizmati haqida ma'lumot:
Yetkazib berish xizmatlarini taklif qiluvchi dorixonalar katalogda "yetkazib berish" belgisi bilan ajratilgan.
Shu tarzda belgilangan dorixona bilan telefon orqali aloqaga chiqing va buyurtmaning narxi va yetkazib berish muddatini aniqlashtirib oling.
Odatda, dorixona buyurtmani 1 soat ichida yuboradi.
Tonoprost ko'rsatmalar
- tamsulozin yoki preparatning boshqa har qanday komponentiga o'ta yuqori sezuvchanlik;
- ortostatik gipotenziya (shu jumladan anamnezida);
- yaqqol ifodalangan jigar etishmovchiligida qo'llash mumkin emas.
Ehtiyotkorlik bilan: og'ir buyrak etishmovchiligi (kreatinin klirensi 10 ml/min dan kam).
- Dori shakli
- Farmakokinetikasi
- Maxsus shartlar
- Homiladorlik va laktatsiya davrida qullanishi
- Buyrak faoliyati buzilganida
- Umumiy ma'lumot
- Tarkibi
- Dozirovkasi
- Nojo'ya samaralari
- Dori vositalarining o'zaro ta'siri
- Tarkibi va ishlab chiqarilish shakli
- Farmakologik ta'sir
- Farmakodinamikasi
- Maxsus saqlash sharoitlari
- Ta'rifi
- Dozani oshirib yuborilishi
Dori shakli
таъсири узайтирилган капсулалар
Farmakokinetikasi
So'rilishi
Tamsulozin ichakda yaxshi so'riladi va deyarli 100 foizlik biokiraolishiga ega. Tamsulozinning so'rilishi ovqat qabul qilingandan keyin biroz sekinlashadi. Pasient preparatni har doim odatiy nonushtadan keyin qabul qilgandagina tamsulozinning so'rilishi bir xil darajada bo'lishi mumkin. Tamsulozin bir tekisli kinetika bilan tavsiflanadi. Preparatni 0,4 mg dan bir marta ichga qabul qilingandan keyin plazmada uning maksimal kontsentrasiyasiga 6 soatdan keyin erishiladi. Preparatni ichga kuniga 0,4 mg dan ko'p marotaba qabul qilingandan keyin muvozanatli kontsentrasiyaga 5-kuni erishiladi, bunda uning qiymati bir martalik dozani qabul qilgandan keyingi bu ko'rsatkichining qiymatidan taxminan 2/3 ga yuqori.
Taqsimlanishi
Plazma oqsillari bilan bog'lanishi - 99% ni tashkil etadi, taqsimlanish hajmi unchalik katta emas (taxminan 0,2 l/kg).
Metabolizmi
Tamsulozin jigarda sekin metabolizmga uchraydi va kam faollikka ega metabolitlarni hosil qiladi. Tamsulozinning katta qismi qon plazmasida o'zgarmagan shaklda bo'ladi.
Tajribada tamsulozinning jigar mikrosomal fermentlari faolligini biroz qo'zg'ata olishlik xususiyati aniqlangan.
Engil va o'rtacha darajadagi jigar etishmovchiligida dozalash tartibiga tuzatish kiritish talab qilinmaydi.
Chiqarilishi
Tamsulozin va uning metabolitlari asosan siydik bilan chiqariladi. Bunda preparatning taxminan 9 foizi o'zgarmagan holda chiqariladi.
Ovqatdan keyin tamsulozinni 0,4 milligrammini bir marta qabul qilingandan so'ng, uning yarim chiqarilish davri 10 soatni, ko'p marta qabul qilinganda - 13 soatni tashkil qiladi.
Buyrak etishmovchiligida dozani kamaytirish talab qilinmaydi. Pasientda og'ir buyrak etishmovchiligi bo'lganida (kreatinin klirensi 10 ml/min dan past) tamsulozinni ehtiyotkorlik bilan buyurish zarur.
Maxsus shartlar
Boshqa α1-adrenoblokatorlarni qo'llagandagi kabi, tamsulozin bilan davolanganda ayrim hollarda arterial qon bosimning pasayishi kuzatilishi mumkin bo'lib, u ba'zida hushdan ketishga olib kelishi mumkin. Ortostatik gipotenziyaning birinchi belgilarida (bosh aylanishi, holsizlik) pasient o'tirishi yoki yotishi kerak, hamda bu belgilar yo'qolmaguncha shu holatda qolishi kerak.
Preparatni qabul qilish fonida katarakta yoki glaukoma sababli o'tkazilayotgan jarrohliq amaliyotlarida rangdor pardaning intraoperasion noturg'unligi sindromi (toraygan qorachiq sindromi) rivojlanish ehtimoli bo'ladi, buni pasientni jarrohlik amaliyotiga tayyorlayotganda va jarrohlik amaliyoti o'tkazilayotganda jarroh e'tiborga olishi kerak.
Tamsulozin bilan davolashni boshlashdan avval pasient prostata bezi giperplaziyasining belgilari kabi belgilarni chaqirishi mumkin bo'lgan boshqa kasalliklarni istisno qilish uchun tekshirilishi kerak. Davolashni boshlashdan oldin va davolash vaqtida muntazam barmoq yordamida rektal tekshirishlar bajarilishi va zarurat bo'lganida prostata spesifik antigeni (PSA) aniqlanishi kerak. Og'ir buyrak etishmovchiligi (kreatinin klirensi 10 ml/min dan kam) bo'lgan pasientlarda tamsulozin bilan davolash ehtiyotkorlikni talab qiladi, chunki bu toifadagi pasientlarda bunday tekshirishlar o'tkazilmagan. Tamsulozin gidroxloridini qabul qilayotgan yoki ilgari qabul qilgan ayrim pasientlarda katarakta bo'yicha jarrohlik aralashuvlarda ko'z rangdor pardasining intraoperasion noturg'unligi sindromi (toraygan qorachiq sindromi) rivojlanishi aniqlangan bo'lib, u jarrohlik amaliyoti vaqtida yoki amaliyotdan keyingi davrda asoratlarga olib kelishi mumkin. Tamsulozin gidroxloridi bilan davolanishni katarakta yuzasidan bo'ladigan jarrohlik amaliyotidan 1-2 hafta oldin bekor qilishni maqsadga muvofiqligi hanuzgacha isbotlanmagan. Ko'z rangdor pardasining intraoperasion noturg'unligi hollari preparat bekor qilingan va jarrohlik amaliyotidan oldingi erta muddatlarda to'xtatilgan pasientlarda uchragan. Katarakta yuzasidan jarrohlik amaliyoti rejalashtirilgan pasientlarda tamsulozin gidroxloridi bilan davolashni boshlash tavsiya qilinmaydi. Pasientlarni jarrohlik amaliyotidan oldingi tekshirish vaqtida jarroh va shifokor-oftalmolog ushbu pasient tamsulozinni qabul qilayotganligini yoki qabul qilganligini hisobga olishi kerak. Bu jarrohlik amaliyoti vaqtida ko'z rangdor pardasining intraoperasion noturg'unligi sindromi rivojlanish ehtimoliga tayyorgarlik uchun zarur.
Homiladorlik va laktasiya davrida qo'llanilishi
Ma'lumotlar yo'q. Tonoprost ® faqat erkaklarda qo'llash uchun mo'ljallangan.
Avtomobilni va murakkab mexanizmlarni boshqarish qobiliyatiga ta'siri
Preparatning avtomobil va mexanizmlarni boshqarish qobiliyatiga ta'siri bo'yicha tadqiqotlar o'tkazilmagan. Pasientlar preparat qabul qilinganda bosh aylanishi paydo bo'lishi mumkinligi haqida bilishi kerak.
Homiladorlik va laktatsiya davrida qullanishi
Ma'lumotlar yo'q. Tonoprost ® faqat erkaklarda qo'llash uchun mo'ljallangan.
Buyrak faoliyati buzilganida
Og'ir buyrak etishmovchiligi (kreatinin klirensi 10 ml/min dan kam) bo'lgan pasientlarda tamsulozin bilan davolash ehtiyotkorlikni talab qiladi, chunki bu toifadagi pasientlarda bunday tekshirishlar o'tkazilmagan.
Umumiy ma'lumot
QO‘LLASH BO‘YICHA YO‘RIQNOMA
TONOPROST
TONOPROST
Preparatning savdo nomi: Tonoprost
Ta‘sir etuvchi modda (XPN): tamsulozin
Dori shakli: ta‘siri uzaytirilgan kapsulalar.
Tarkibi:
bir kapsula quyidagilarni saqlaydi:
Tamsulozin gidroxloridi – 0,4 mg.
Ta‘rifi: oq jelatinli kapsulalar №3. Kapsula ichidagi tarkib – oq yoki deyarli oq rangli, qobiq bilan qoplangan, sharsimon shaklli mikrogranulalar.
Farmakoterapevtik guruhi: Alfa1-adrenoblokatorlar.
Kod ATX: G04CA02
Farmakologik xususiyatlari
Farmakodinamikasi
Tamsulozin prostata bezi, qovuq bo‘yni va uretraning prostatik qismini silliq mushagida joylashgan postsinaptik α1–adrenoreseptorlarning spesifik blokatori hisoblanadi. Tamsulozin tomonidan α1-adrenoreseptorlarni blokada qilinishi prostata bezi, qovuq bo‘yni va uretra prostatik qismi silliq mushaklari tonusining pasayishiga, hamda siydik chiqarilishi yaxshilanishiga olib keladi. Bir vaqtning o‘zida ham bo‘shalish belgilari, ham prostata bezining xavfsiz giperplaziyasida kuzatiladigan silliq mushaklar tonusini oshishi va detruzorning giperfaolligi bilan bog‘liq to‘lish belgilari kamayadi.
Tamsulozinni adrenoreseptorlarning α1A turiga ta‘sir qilish xususiyati qon tomirlarining silliq mushaklarida joylashgan adrenoreseptorlarning α1V turiga o‘zaro ta‘sir qilish xususiyatidan 20 marta ustundir. O‘zining yuqori selektivligi tufayli, tamsulozin arterial gipertenziyali bemorlarda ham, dastlabki arterial bosimi (AB) me‘yoriy bo‘lgan bemorlarda ham, tizimli AB ning klinik ahamiyatli pasayishini chaqirmaydi.
Farmakokinetikasi
So‘rilishi:
Tamsulozin ichakda yaxshi so‘riladi va deyarli 100 foizlik biokiraolishlikka ega. Tamsulozinning so‘rilishi ovqat qabul qilingandan keyin biroz sekinlashadi. Bemor preparatni har doim odatiy nonushtadan keyin qabul qilgandagina tamsulozinning so‘rilishi bir xil darajada bo‘lishi mumkin. Tamsulozin bir tekisli kinetika bilan tavsiflanadi. Preparatni ichga 0,4 mg dan bir marta qabul qilingandan keyin plazmada uning maksimal konsentrasiyasiga 6 soatdan keyin erishiladi. Preparatni ichga kuniga 0,4 mg dan ko‘p marotaba qabul qilingandan keyin muvozanatli konsentrasiyaga 5-kuni erishiladi, bunda uning qiymati bir martalik dozani qabul qilgandan keyingi bu ko‘rsatkichining qiymatidan taxminan 2/3 ga yuqori.
Taqsimlanishi:
Plazma oqsillari bilan bog‘lanishi – 99% ni tashkil etadi, taqsimlanish hajmi unchalik katta emas (taxminan 0,2 l/kg).
Metabolizmi:
Tamsulozin jigarda sekin metabolizmga uchraydi va kam faollikka ega metabolitlarni hosil qiladi. Tamsulozinning katta qismi qon plazmasida o‘zgarmagan shaklda bo‘ladi.
Tajribada tamsulozinning jigar mikrosomal fermentlari faolligini biroz qo‘zg‘ata olishlik xususiyati aniqlangan.
Yengil va o‘rtacha darajadagi jigar yetishmovchiligida dozalash tartibiga tuzatish kiritish talab qilinmaydi.
Chiqarilishi:
Tamsulozin va uning metabolitlari asosan siydik bilan chiqariladi. Bunda preparatning taxminan 9 foizi o‘zgarmagan holda chiqariladi.
Ovqatdan keyin tamsulozinni 0,4 milligrammini bir marta qabul qilingandan so‘ng, uning yarim chiqarilish davri 10 soatni, ko‘p marta qabul qilinganda – 13 soatni tashkil qiladi.
Buyrak yetishmovchiligida dozani kamaytirish talab qilinmaydi. Bemorda og‘ir buyrak yetishmovchiligi bo‘lganida (kreatinin klirensi 10 ml/daq dan past) tamsulozinni ehtiyotkorlik bilan buyurish zarur.
Qo‘llanilishi
Prostata bezining xavfsiz giperplaziyasida siydik chiqarilishi buzilishlarini davolashda qo‘llanadi.
Qo‘llash usuli va dozalari
O‘n sakkiz yoshdan kattalar, hamda keksa yoshli bemorlar
Ichga, nonushtadan keyin, 1 ta kapsuladan (0,4 mg) sutkada 1 marta, suv bilan qabul qilinadi. Kapsulani chaynash tavsiya qilinmaydi, chunki bu preparatning ajralib chiqish tezligiga ta‘sir qilishi mumkin.
Jigar va buyrak funksiyasi buzilishlari mavjud bemorlar
Buyrak yetishmovchiligida, shuningdek yengil va o‘rtacha ifodalangan jigar yetishmovchiligida dozalash tartibiga tuzatish kiritish talab qilinmaydi.
Nojo‘ya ta‘sirlari
Nojo‘ya ta‘sirlarni ta‘riflash uchun quyidagi toifalar qo‘llanilgan: juda ko‘p (≥10%), ko‘p (≥1% – <10%), ko‘p emas (≥0,1% – <1%), kam (≥0,01% – <0,1%), juda kam (<0,01 %), uchrash soni noma‘lum.
Yurak-qon tomir tizimi tomonidan: ko‘p emas – yurak urib ketishini his qilish, ortostatik gipotenziya.
Nerv tizimi tomonidan: ko‘p – bosh aylanishi (1,3%); kam – bosh og‘rig‘i; kam – hushdan ketish.
Nafas a‘zolari tomonidan: ko‘p emas – rinit.
Me‘da-ichak yo‘llari tomonidan: kam – qabziyat, diareya, ko‘ngil aynishi, qusish. Reproduktiv tizim tomonidan: ko‘p emas – retrograd eyakulyasiya; juda kam – priapizm. Allergik reaksiyalar: ko‘p emas – toshma, qichishish, eshakemi; kam – angionevrotik shish; juda kam – Stivens-Djonson sindromi.
Umumiy holatning buzilishi: ko‘p emas – asteniya.
Tamsulozinni qabul qilgan bemorlarda katarakta yuzasidan jarrohlik amaliyotida ko‘z rangdor pardasining intraoperasion noturg‘unlik holatlari (toraygan qorachiq sindromi) ta‘riflangan.
Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar
Tamsulozin yoki preparatning boshqa har qanday tarkibiy qismiga o‘ta yuqori sezuvchanlik.
Ortostatik gipotenziya (shu jumladan anamnezida).
Yaqqol ifodalangan jigar yetishmovchiligida qo‘llash mumkin emas.
Ehtiyotkorlik bilan: og‘ir buyrak yetishmovchiligi (kreatinin klirensi 10 ml/daq dan kam).
Dorilarning o‘zaro ta‘siri
Tonoprost atenolol, enalapril yoki teofillin bilan birga buyurilganda o‘zaro ta‘sirlar aniqlanmagan. Tonoprost simetidin bilan bir vaqtda qo‘llanilganda tamsulozinning qon plazmasidagi konsentrasiyasini biroz oshishi, furosemid bilan esa – konsentrasiyasini pasayishi aniqlangan bo‘lib, bu tonoprost dozasining o‘zgartirilishini talab qilmaydi, chunki preparatning konsentrasiyasi me‘yoriy diapazonda qoladi. Diazepam, propranolol, trixlormetiazid, xlormadinon, amitriptilin, diklofenak, glibenklamid, simvastatin va varfarin in vitro sharoitda odam plazmasidagi tamsulozinning erkin fraksiyasini o‘zgartirmaydi. Tamsulozin, o‘z navbatida, diazepam, propranolol, trixlormetiazid va xlormadinonning erkin fraksiyasini ham o‘zgartirmaydi.
Diklofenak va varfarin tamsulozinning chiqarilish tezligini oshirishi mumkin.
Tamsulozinni CYP3A4 izofermentining kuchli ingibitorlari bilan bir vaqtda buyurilishi tamsulozinning konsentrasiyasini oshishiga olib kelishi mumkin. Ketokonazol (CYP3A4 ning kuchli ingibitori) bilan bir vaqtda buyurish tamsulozinning AUC va Cmax ko‘rsatkichlarini muvofiq 2,8 va 2,2 martaga oshishishga olib kelgan.
Tamsulozin gidroxloridini CYP2D6 izofermenti metabolizmining buzilishi mavjud bemorlarda CYP3A4 ning kuchli ingibitorlari bilan majmuada qo‘llash mumkin emas. Preparatni CYP3A4 kuchli va o‘rtacha ingibitorlari bilan majmuada ehtiyotkorlik bilan qo‘llash lozim.
Tamsulozinni va CYP2D6 ning kuchli ingibitori paroksetin bilan bir vaqtda buyurish tamsulozinning Cmax va AUC ko‘rsatkichlarini muvofiq 1,3 va 1,6 martaga oshishiga olib kelgan, ammo ushbu oshish klinik ahamiyatsiz deb tan olingan.
Alfa1-adrenoreseptorlarning boshqa antagonistlarini bir vaqtda buyurilishi arterial bosimning pasayishiga olib kelishi mumkin.
Maxsus ko‘rsatmalar
Boshqa α1-adrenoblokatorlarni qo‘llagandagi kabi, tonoprost bilan davolanganda ayrim hollarda arterial bosimning pasayishi kuzatilishi mumkin bo‘lib, u ba‘zida hushdan ketishga olib kelishi mumkin. Ortostatik gipotenziyaning birinchi belgilarida (bosh aylanishi, holsizlik) bemor o‘tirishi yoki yotishi kerak, hamda bu belgilar yo‘qolmaguncha shu holatda qolishi kerak.
Preparatni qabul qilish fonida katarakta yoki glaukoma sababli o‘tkazilayotgan jarrohliq amaliyotlarida rangdor pardaning intraoperasion noturg‘unlik sindromi (toraygan qorachiq sindromi) rivojlanish ehtimoli bo‘ladi, buni bemorni jarrohlik amaliyotiga tayyorlayotganda va jarrohlik amaliyoti o‘tkazilayotganda jarroh e‘tiborga olishi kerak.
Tonoprost bilan davolashni boshlashdan avval bemor prostata bezi giperplaziyasining belgilari kabi belgilarni chaqirishi mumkin bo‘lgan boshqa kasalliklarni istisno qilish uchun tekshirilishi kerak. Davolashni boshlashdan oldin va davolash vaqtida muntazam barmoq yordamida rektal tekshirishlar bajarilishi va zarurat bo‘lganida prostata spesifik antigeni (PSA) aniqlanishi kerak. Og‘ir buyrak yetishmovchiligi (kreatinin klirensi 10 ml/daq dan kam) bo‘lgan bemorlarda tonoprost bilan davolash ehtiyotkorlikni talab qiladi, chunki bu toifadagi bemorlarda bunday tekshirishlar o‘tkazilmagan. Tamsulozin gidroxloridini qabul qilayotgan yoki ilgari qabul qilgan ayrim bemorlarda katarakta bo‘yicha jarrohlik aralashuvlarda ko‘z rangdor pardasining intraoperasion noturg‘unlik sindromi (toraygan qorachiq sindromi) rivojlanishi aniqlangan bo‘lib, u jarrohlik amaliyoti vaqtida yoki amaliyotdan keyingi davrda asoratlarga olib kelishi mumkin. Tamsulozin gidroxloridi bilan davolanishni katarakta yuzasidan bo‘ladigan jarrohlik amaliyotidan 1-2 hafta oldin bekor qilishni maqsadga muvofiqligi hanuzgacha isbotlanmagan. Ko‘z rangdor pardasining intraoperasion noturg‘unligi hollari preparat bekor qilingan va jarrohlik amaliyotidan oldingi erta muddatlarda to‘xtatilgan bemorlarda uchragan. Katarakta yuzasidan jarrohlik amaliyoti rejalashtirilgan bemorlarda tamsulozin gidroxloridi bilan davolashni boshlash tavsiya qilinmaydi. Bemorlarni jarrohlik amaliyotidan oldingi tekshirish vaqtida jarroh va shifokor-oftalmolog ushbu bemor tamsulozinni qabul qilayotganligini yoki qabul qilganligini hisobga olishi kerak. Bu jarrohlik amaliyoti vaqtida ko‘z rangdor pardasining intraoperasion noturg‘unlik sindromi rivojlanish ehtimoliga tayyorgarlik uchun zarur.
Homiladorlik va laktasiya
Tonoprost 0,4 mg kapsulalardagi preparati faqat erkaklarda qo‘llash uchun mo‘ljallangan.
Transport vositalarini va mexanizmlarni boshqarish qobiliyatiga ta‘siri
Preparatning avtomobil va mexanizmlarni boshqarish qobiliyatiga ta‘siri bo‘yicha tadqiqotlar o‘tkazilmagan. Bemorlar preparat qabul qilinganda bosh aylanishi paydo bo‘lishi mumkinligini haqida bilishi kerak.
Preparat bolalar ololmaydigan joyda saqlansin va uni yaroqlilik muddati o‘tganidan so‘ng qo‘llanmasin.
Dozaning oshirib yuborilishi
Tamsulozin dozasining o‘tkir oshirib yuborilishi to‘g‘risida xabarlar yo‘q. Ammo nazariy jihatdan, doza oshirib yuborilganida AB ning o‘tkir pasayishi va kompensator taxikardiya rivojlanishi mumkin bo‘lib, bunday holatlarda simptomatik davolashni o‘tkazish kerak. Arterial bosim va yurak qisqarishlari soni odam gorizontal holatni qabul qilgandan keyin tiklanishi mumkin. Samara bo‘lmaganida aylanib yuruvchi qon hajmini oshiruvchi vositalarni va agar zarurati bo‘lsa, qon tomirlarni toraytiruvchi vositalarni qo‘llash mumkin. Buyrak funksiyasini nazorat qilish zarur. Dializ samara berishi ehtimoli kam, chunki tamsulozin plazma oqsillari bilan kuchli bog‘langan.
Preparatning keyingi so‘rilishini bartaraf qilish uchun me‘dani yuvish, faollashtirilgan ko‘mirni yoki osmotik surgi vositalarini, masalan natriy sulfatini, qabul qilish maqsadga muvofiqdir.
Chiqarilish shakli
Ta‘siri uzaytirilgan kapsulalar 0,4 mg.
O‘nta kapsuladan kontur-uyali o‘ramlarda. 1,2 yoki 3 kontur-uyali o‘ramlar qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnomasi bilan birga karton qutida.
Saqlash sharoiti
Quruq, yorug‘likdan himoyalangan joyda, 15ºS dan 25ºS gacha bo‘lgan haroratda saqlansin.
Yaroqlilik muddati
3 yil.
Dorixonadan berilishi shartlari
Resepti bo‘yicha.
Tarkibi
Har bir kapsula kuyidagilarni sushlidi:
faol moddasi: 0,4 mg tamsulosin gidroxloridi Yasemin, tamsulosin gidroxloridi mikrogranulari.
Dozirovkasi
Har doim Tonoprost®ni Sizning davolovchi shifokoringiz tavsiyalariga aniq qat'iy amal qilgan holda qo'llang. Agar siz nimadadir ikkilansangiz, o'zingizning shifokoringiz yoki farmasevtingizdan so'rang.
18 yoshdan kattalar, hamda keksa pasientlar
Ichga qabul qilish uchun, nonushtadan keyin, 1 ta kapsuladan (0,4 mg) sutkada 1 marta, suv bilan qabul qilinadi. Kapsulani chaynash tavsiya qilinmaydi, chunki bu preparatning ajralib chiqish tezligiga ta'sir qilishi mumkin.
Jigar va buyrak funktsiyasi buzilishlari bo'lgan pasientlar
Buyrak etishmovchiligida, shuningdek, engil va o'rtacha ifodalangan jigar etishmovchiligida dozalash tartibiga tuzatish kiritish talab qilinmaydi.
Nojo'ya samaralari
Har qanday dori vositasi kabi, Tonoprost® ham, har bir iste'molchida kuzatilmasada, nojo'ya reaktsiyalar chaqirishi mumkin.
Nojo'ya reaktsiyalarni ta'riflash uchun quyidagi toifalar qo'llanilgan: juda tez-tez (≥10%), tez-tez (≥1% - <10%), tez-tez emas (≥0,1% - <1%), kam hollarda (≥0,01% - <0,1%), juda kam hollarda (<0,01 %), uchrash soni noma'lum.
Yurak qon-tomir tizimi tomonidan: tez-tez emas - yurak urib ketishini his qilish, ortostatik gipotenziya.
Nerv tizimi tomonidan: tez-tez – bosh aylanishi (1,3%); tez-tez emas– bosh og'rig'i; kam hollarda - hushdan ketish.
Nafas a'zolari tomonidan: tez-tez emas – rinit.
Me'da-ichak yo'llari tomonidan: tez-tez emas - qabziyat, diareya, ko'ngil aynishi, qusish. Reproduktiv tizim tomonidan: tez-tez emas – retrograd eyakulyasiya; juda kam hollarda – priapizm.
Allergik reaktsiyalar: tez-tez emas - toshma, qichishish, eshakemi; kam hollarda– angionevrotik shish; juda kam hollarda – Stivens-Djonson sindromi.
Umumiy holatning buzilishi: tez-tez emas – asteniya kuzatilishi mumkin.
Tamsulozinni qabul qilgan pasientlarda katarakta yuzasidan jarrohlik amaliyotida ko'z rangdor pardasining intraoperasion noturg'unligi holatlari (toraygan qorachiq sindromi) ta'riflangan.
Agar sizda ushbu yo'riqnomada keltirilmagan boshqa nojo'ya reaktsiyalar aniqlansa, iltimos, shifokoringiz, farmasevt yoki ishlab chiqaruvchiga xabar bering.
Dori vositasini qo'llashda oldin zarur bo'lgan ma'lumot
Qo'llash mumkin bo'lmagan holatlar
Tonoprost® ni quyidagi hollarda:
- tamsulozin yoki preparatning boshqa har qanday komponentiga o'ta yuqori sezuvchanlik;
- ortostatik gipotenziya (shu jumladan anamnezida);
- yaqqol ifodalangan jigar etishmovchiligida qo'llash mumkin emas.
Ehtiyotkorlik bilan: og'ir buyrak etishmovchiligi (kreatinin klirensi 10 ml/min dan kam).
Dori vositalarining o'zaro ta'siri
Agar siz boshqa preparatlarni qabul qilayotgan bo'lsangiz yoki biroz oldin qabul qilgan bo'lsangiz, ular reseptsiz beriladigan bo'lsa ham, iltimos, o'zingizning shifokoringiz yoki farmasevtingizga bu haqida xabar bering.
Tsimetidin
Bir vaqtning o'zida qo'llanilganda qon plazmasida tamsulozin kontsentrasiyasining biroz oshishi qayd etilgan.
Furosemid
Bir vaqtning o'zida qo'llash bilan plazmadagi tamsulozin kontsentrasiyasining pasayishi qayd etilgan, ammo bu Tonoprost® dozasini o'zgartirishni talab qilmaydi, chunki preparatning kontsentrasiyasi normal diapozonida qoladi.
Atenolol, enalapril yoki teofillin
Bir vaqtning o'zida buyurish bilan o'zaro ta'sirlari aniqlanmadi.
Boshqa ɑ1-adrenoblokatorlar, FDE-5 ingibitorlari, atsetilxolinesteraza ingibitorlari, alprostadil, anesteziklar, diuretiklar, levodopa, antidepressantlar, beta-blokatorlar, sekin naychali kanal blokatorlari, miorelaksantlar, nitratlar va etanol.
Bir vaqtning o'zida qo'llanilganda gipotenziv samarasining yaqqol kuchayishi mumkin.
Diazepam, propranolol, trixlormetiazid, xlormadinon, amitriptilin, glibenklamid, simvastatin
Bir vaqtning o'zida qo'llash bilan bilan in vitro sharoitda inson plazmasidagi tamsulozinning erkin fraktsiyasi o'zgarmaydi. O'z navbatida tamsulozin, ham diazepam, propranolol, trixlormetiazida va xlormadinon erkin fraksiyalarini o'zgartirmaydi.
Diklofenak va varfarin va boshqa bilvosita antikoagulyantlar
Bir vaqtning o'zida qo'llanilganda tamsulozinni chiqarilish tezligi biroz ortadi.
CYP3A4 izoenzimining kuchli ingibitorlari
Tamsulozinni bilan bir vaqtda qo'llash plazmadagi kontsentrasiyasini sezilarli darajada oshishiga (ketokonazol AUC va Cmax ko'rsatkichlarini muvofiq ravishda 2,8 va 2,2 martaga oshishishga) olib kelishi mumkin. Tamsulozinni CYP3A4 kuchli va o'rtacha ingibitorlari bilan majmuada ehtiyotkorlik bilan qo'llash lozim.
CYP2D6 izoferment metabolizmini buzilishi bo'lgan pasientlarda CYP3A4 izoferment ingibitorlari
Ushbu kombinasiya tavsiya etilmaydi.
Tarkibi va ishlab chiqarilish shakli
Ta'siri uzaytirilgan 0,4 mg kapsulalar. 10 kapsuladan kontur-uyali o'ramda. 1 yoki 3 ta kontur-uyali o'ramlar tibbiyotda qo'llanilishiga doir yo'riqnomasi bilan birga karton o'ramga joylanadi.
Farmakologik ta'sir
Tamsulozin prostata bezi, qovuq bo'yni va uretraning prostatik qismini silliq mushagida joylashgan postsinaptik α1–adrenoreseptorlarning spesifik blokatori hisoblanadi. Tamsulozin tomonidan α1-adrenoreseptorlarni blokada qilinishi prostata bezi, qovuq bo'yni va uretra prostatik qismi silliq mushaklari tonusining pasayishiga, hamda siydik chiqarilishining yaxshilanishiga olib keladi. Bir vaqtning o'zida ham bo'shalish simptomlari, ham prostata bezining xavfsiz giperplaziyasida kuzatiladigan silliq mushaklar tonusini oshishi va detruzorning giperfaolligi bilan bog'liq to'lish simptomlari kamayadi.
Tamsulozinni adrenoreseptorlarning a1a turiga ta'sir qilish xususiyati qon tomirlarining silliq mushaklarida joylashgan adrenoreseptorlarning A1v turiga o'zaro ta'sir qilish xususiyatidan 20 marta ustundir. O'zining yuqori tanlab ta'sir qilishi tufayli, tamsulozin arterial gipertenziyali pasientlarda ham, dastlabki arterial qon bosimi (AQB) normal bo'lgan pasientlarda ham, tizimli AQB ning klinik ahamiyatli pasayishini chaqirmaydi.
Farmakodinamikasi
Tamsulozin prostata bezi, qovuq bo'yni va uretraning prostatik qismini silliq mushagida joylashgan postsinaptik α1–adrenoreseptorlarning spesifik blokatori hisoblanadi. Tamsulozin tomonidan α1-adrenoreseptorlarni blokada qilinishi prostata bezi, qovuq bo'yni va uretra prostatik qismi silliq mushaklari tonusining pasayishiga, hamda siydik chiqarilishining yaxshilanishiga olib keladi. Bir vaqtning o'zida ham bo'shalish simptomlari, ham prostata bezining xavfsiz giperplaziyasida kuzatiladigan silliq mushaklar tonusini oshishi va detruzorning giperfaolligi bilan bog'liq to'lish simptomlari kamayadi.
Tamsulozinni adrenoreseptorlarning a1a turiga ta'sir qilish xususiyati qon tomirlarining silliq mushaklarida joylashgan adrenoreseptorlarning A1v turiga o'zaro ta'sir qilish xususiyatidan 20 marta ustundir. O'zining yuqori tanlab ta'sir qilishi tufayli, tamsulozin arterial gipertenziyali pasientlarda ham, dastlabki arterial qon bosimi (AQB) normal bo'lgan pasientlarda ham, tizimli AQB ning klinik ahamiyatli pasayishini chaqirmaydi.
Maxsus saqlash sharoitlari
Quruq, yorug'likdan himoyalangan joyda, 15 ºС dan 25ºС gacha bo'lgan haroratda saqlansin.
Bolalar ololmaydigan joyda saqlansin.
Yaroqlilik muddati
3 yil (mikrogranula ishlab chiqarilgan sanadan boshlab).
Yaroqlilik muddati tugagandan so'ng qo'llanilmasin.
Ta'rifi
oq rangli №3 o'lchamli jelatinli kapsulalar. Kapsula tarkibi – oq yoki deyarli oq rangli, qobiq bilan qoplangan, sharsimon shaklli mikrogranulalar
Dozani oshirib yuborilishi
Sizga buyurilgan dozadan yuqoriroq doza qabul qilinganida darhol shifokorga murojaat qiling!
Tamsulozin dozasining o'tkir oshirib yuborilishi to'g'risida xabarlar yo'q. Ammo nazariy jihatdan, doza oshirib yuborilganida AQB ning o'tkir pasayishi va kompensator taxikardiya rivojlanishi mumkin bo'lib, bunday holatlarda simptomatik davolashni o'tkazish kerak. Arterial qon bosim va yurak qisqarishlari soni odam gorizontal holatni qabul qilgandan keyin tiklanishi mumkin. Samara bo'lmaganida aylanib yuruvchi qon hajmini oshiruvchi vositalarni va agar zarurati bo'lsa, qon tomirlarni toraytiruvchi vositalarni qo'llash mumkin. Buyrak funktsiyasini nazorat qilish zarur. Dializni samara berishi ehtimoli kam, chunki tamsulozin plazma oqsillari bilan kuchli bog'langan.
Preparatning keyingi so'rilishini bartaraf qilish uchun me'dani yuvish, faollashtirilgan ko'mirni yoki osmotik surgi vositalarini, masalan natriy sulfatini, qabul qilish maqsadga muvofiqdir.
Chiqarish shakllari