Sipraksol analoglari
To‘g‘ridan-to‘g‘ri analoglar






Guruh analoglari
Sipraksol
- Tsiprofloksatsinga sezgir mikroorganizmlar tomonidan chaqirilgan quyidagi infektsion-yallig'lanish kasalliklari:
- nafas yo'llarining infektsiyalari: pnevmoniya (pnevmokokkli pnevmoniyadan tashqari), o'tkir bronxit va surunkali bronxitni zo'rayishi, bronxoektatik kasalligi, mukovistsidoz (agar qo'zg'atuvchisi grammanfiy bakteriyalar, ayniqsa R.aeruginosa bo'lsa);
- quloq, tomoq va burun infektsiyalari: o'tkir o'rta otit, sinusit, mastoidit;
- buyrak va siydik yo'llarining infektsiyalari: siydik yo'lining yuqori va pastki bo'limlarining asoratlanmagan va asoratlangan infektsiyalari (uretrit, tsistit, pielonefrit);
- kichik chanoq a'zolari va jinsiy a'zolarning infektsiyalari (epididimit, prostatit, sal'pingit, endometrit, ooforit, nay abstsessi va pel'vioperitonit, gonoreya, yumshoq shankr, xlamidioz);
- qorin bo'shlig'i a'zolarining: peritonit, qorin pardasi ichki abstsessi; xoletsistit, xolangit (metronidazol yoki klindamitsin bilan majmuada), infektsion diareya: salmonellyoz, kampilobakterioz, iersinioz, shigellez, vabo, qorin tifi;
- teri va yumshoq to'qimalarning infektsiyalari: infektsiyalangan yaralar, infektsiyalangan jaroxatlar, abstsesslar, flegmona, tashqi eshitish yo'lining infektsiyalari, infektsiyalangan kuyishlar;
- tayanch-harakat apparatining infektsiyalari: osteomielit, septik artrit;
• Sepsis, immuniteti pasaygan bemorlardagi infektsiyalar (immunodepressantlar bilan davolash fonidagi yoki neytropeniyali patsientlarda).
• Jarrohlik aralashuvlardagi (urologik, me'da-ichak yo'llaridagi (metronidazol bilan kombinatsiyada) va ortopedik) infektsiyalarni oldini olish.
• Kuydirgining o'pka shaklini davolash va oldini olishda qo'llaniladi.
Pediatriyada qo'llanishi:
Tsiprofloksatsinni 18 yoshgacha bo'lgan bolalarda quyidagilardan tashqari boshqa infektsion kasalliklarni davolash uchun ishlatish tavsiya qilinmaydi:
- kuydirgini davolash va oldini olish (Bacillus anthracis bilan taxmin qilingan yoki insbotlangan infektsiyalanishdan keyin);
- o'pka mukovistsidozi bo'lgan 5 yoshdan 17 yoshgacha bo'lgan bolalarda Pseudomonas aeruginosa tomonidan chaqirilgan asoratlarni davolashda qo'llaniladi.
Retseptli
- Eritma
- Kosentrat
Ayfloks
Кўз ва қулоқ инфекцияларини чақирадиган ципрофлоксацинга сезувчан бўлган микроорганизмлар:
Офтальмологияда катталар ва бир ёшдан ошган болаларда:
Конъюнктивит: Haemophilus influenzae, Staphylococcus epidermidis, Staphylococcus aureus, Streptococcus pneumoniae.
Конъюнктивит, кератит, эпителиясини кератоконъюнктивитсиз шикастланиши, ирит, иридоциклит, блефароконъюнктивит, блефарит, эписклерит, склерит, кўзнинг жарохатланишидан ва операциядан кейинги яллиғланишлар.
Оториноларингологияда катталар ва олти ойликдан ошган болаларда:
Ўткир ўрта отит, оторея (тимпаностомик шунтлаш олиб борилгандан кейин), қуйидаги микроорганизмлар чақирган: Staphylococcus aureus, Streptococcus pneumoniae, Haemophilus influenzae, Moraxella catarrhalis, Pseudomonas aeruginosa.
Ўткир ташқи отит, қуйидаги микроорганизмлар чақирган: Staphylococcus aureus, Pseudomonas aeruginosa.
Retseptli
- Suspensiya
- Tomchilar

























