Siteal
Siteal chiqarilish shakllari

Siteal haqida qo'llanma
Umumiy ma'lumot
QO‘LLASH BO‘YICHA YO‘RIQNOMA
SITEAL
CYTEAL
Preparatning savdo nomi: Siteal
Ta‘sir etuvchi moddalar (XPN): xlorgeksedin biglyukonat, geksamidina diizetionat, para-xlormetakrezol.
Dori shakli: sirtga qo‘llash uchun eritma
Tarkibi:
100 ml eritma quyidagilarni saqlaydi:
faol moddalar: xlorgeksidin biglyukonati (20№ eritma) – 0,5 ml;
gekcamidin diizetionat – 100 mg;
para-xlormetakrezol – 300 mg;
yordamchi moddalar: to‘ldiruvchi (rN5) kokamidopropilbetain 30%, kopra yog‘da eruvchi dietanolamid kislotasi, YeDTA, konifrol parfyum, laktat kislotasi, tozalangan suv 100 ml gacha.
Ta‘rifi: rangsiz, hushbo‘y hidli, ko‘pik hosil qiluvchi eritma
Farmakoterapevtik guruhi: antiseptik vosita
ATX kodi: D08AC52
Farmakologik xususiyatlari
Tarkibidagi uchta faol komponentini sinergizmi tufayli Siteal Stapylococcus Aureus, Streptococcus Faecalis, Gardenella Vaginalis, Escherichia Coli, Neisseria Gonorrhea, Pseudomonas Aeruginosa, Chlamydia Trachomatis, Proteus Vulgaris grammanfiy va grammusbat bakteriyalarga bakteriostatik ta‘sir ko‘rsatadi; anaerob va aerob urogenital infeksiyalar, soddalar, xlamidiyalar, mikoplazmalar, ureoplazmalar, gonokokklarga bakterisid ta‘sir ko‘rsatadi; virusid ta‘sirga ega; Candida albicans avlodi zamburug‘lariga va dermatofitlarga fungistatik ta‘sir ko‘rsatadi.
Biologik muhitlarda (yiring, qon, seroz suyuqligi va b.) samaralidir.
Farmakokinetikasi
Shikastlanmagan teriga qo‘yilganida preparat so‘rilmaydi.
Qo‘llanilishi
- antiseptik vosita sifatida teriga ishlov berish uchun, shuningdek quyidagi ginekologik kasalliklarda shilliq qavatlarni yuvish uchun: vulvitlar, genital qichishish, vaginitlar, servisitlar, molochnisa, shu jumladan bolalar, o‘smirlar va keksa ayollardagi oddiy qiyilishlar;
- qin infeksiyalarini oldini olish uchun (shu jumladan bachadon ichki spirallar ishlatilganida), jinsiy aloqa yo‘li bilan yuqqan infeksiyalarni oldini olish uchun;
- birlamchi infeksiya va superinfeksiya oqibatida chaqirilgan teri kasalliklarini davolash uchun yordamchi vosita sifatida;
- tibbiy xodimlarning qo‘llariga, jarohat yuzalariga antiseptik ishlov berish uchun, ularning bitishini tezlashtirish va ikkilamchi infeksiyalarni oldini olish uchun qo‘llanadi.
Qo‘llash usuli va dozalari
- mahalliy davolash uchun ishlatiladi, jumladan tampon yordamida sirtga ishlov berish (suyultirilmagan preparat) yoki sprinsevaniya qilinadi (1:10 nisbatda suyultirilgan)
- dermatologiya va ginekologiya amaliyotida eritma odatdagi covun kabi ishlatiladi;
- jarohlik amaliyotida eritma 1:10 nisbatida cuyultirilgan holda jarohatlarga anticeptik ishlov berish va yuvish uchun ishlatiladi.
Cuyultirilgan preparatning eritmasini bevosita ishlatish oldidan tayyorlash lozim. Preparat qo‘llanganidan so‘ng applikasiya qilingan joylarni yaxshilab yuvish lozim.
Siteal har kuni ishlatiladi, o‘rtacha davolash kursi 10-15 kunni tashkil qiladi.
Nojo‘ya ta‘sirlari
- geksamidinga nisbatan yuqori sezuvchanlikda qo‘llash mumkin emas.
Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar
Preparat komponentlariga bo‘lgan yuqori cezuvchanlik.
Dorilarning o‘zaro ta‘siri
Kation va anion antiseptik vositalarining o‘zaro ta‘siri yuzaga kelishi mumkinligini inobatga olib (antagonizm, faolsizlanish va b.), ularni bir vaqtda yoki ketma-ket qo‘llash tavsiya etilmaydi.
Maxsus ko‘rsatmalar
Preparatni teri orqali so‘rilishi uchun imkoniyat bo‘lgan hollarda (chala va muddatdan oldin tug‘ilgan chaqaloqlarda terining katta maydon yuzasiga takroriy applikasiya, shikastlangan teriga applikasiya, ayniqsa kuyishlarda, shilliq qavatlarga applikasiya, bolalarda okklyuzion bog‘lovlar yoki plyonkalar ishlatilganda) uni ehtiyotkorlik bilan qo‘llash kerak.
Preparatni ko‘zga va quloqqa (agar nog‘ora parda teshik bo‘lgan hollarda) tushishiga yo‘l qo‘ymaslik kerak.
Preparat oftalmologiya amaliyotida mahalliy ishlatilmaydi.
Preparat oddiy covunlar va po‘kak daraxtidan tayyorlangan materiallar, shuningdek boshqa anticeptik vositalar bilan birga ishlatilmaydi.
Homiladorlik va laktasiya
Sitealni homiladorlik va emizish davrida ishlatish mumkin.
Preparat bolalar ololmaydigan joyda saqlansin va yaroqlilik muddati o‘tgach ishlatilmasin.
Dozani oshirib yuborilishi
Aniqlanmagan.
Chiqarilish shakli
Ko‘pik hosil qiluvchi eritma zichligi bo‘lgan yuqori maxsus polimer o‘ramda 250 ml dan qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnomasi bilan birga.
Saqlash sharoiti
Yorug‘likdan himoyalangan, 250S dan yuqori bo‘lmagan haroratda.
Preparatning tayyorlangan eritmalari saqlanmaydi.
Ishlatilgandan so‘ng flakon zich yopilsin. Yutilmasin.
Yaroqlilik muddati
3 yil.
Dorixonalardan berish tartibi
Reseptsiz
Qo'llanilishi mumkin bo'lmagan holatlar
Yuqori sezuvchanlik.
Homiladorlik va laktatsiya davrida qo'llanishi
Agar Siz homilador yoki emizayotgan bo'lsangiz, homiladorlikka gumon yoki rejangiz bo'lsa, ushbu dori vositasini qo'llashdan oldin o'zingizning shifokor yoki farmatsevt bilan maslaxatlashing.
Ehtiyotkorlik chorasi sifatida, Sitealni homiladorlik yoki emizish vaqtida qo'llashdan saqlanish kerak.
Maxsus ko‘rsatmalari
Preparatning tayyorlangan eritmalari saqlashga yaroqsiz. Preparatni oftalmologik amaliyotda, shuningdek nog'ora parda teshilishi holatida tashqi eshitish yo'lini tozalash uchun ishlatish tavsiya etilmaydi.
Preparatni takroriy applikatsiyalarda, ayniqsa katta teri yuzasida, okklyuziv bog'lam ostida, shikastlangan terida (xususan, kuygan), bolalarda va shilliq qavatlarda ehtiyotkorlik bilan qo'llash kerak. Preparat tibbiy manipulyatsiyalar: punktsiya, qon olishdan oldin teriga antiseptik ishlov berish, jarrohlik materialini dezinfeksiya qilish uchun, qattiq va suyuq sovunlar bilan birga ishlatilmaydi. Flakon ochilgandan so'ng preparatning mikrob bilan ifloslanishi xavfi mavjud. Tasodifan yutib yuborilganda oshqozonni yuvish o'tkazilmasin (ko'pikli eritma).
Dori vositalarining o'zaro ta'siri
Agar Siz boshqa dori preparatlarini qabul qilayotgan, yaqinda qabul qilgan yoki ehtimol qabul qilmoqchi bo'lsangiz, o'zingizning shifokorga yoki farmatsevtga xabar bering.
Boshqa aniseptiklar bilan birga qo'llashdan saqlanish kerak, chunki bu samaradorligini kamayishiga olib kelishi mumkin.
Oddiy sovun va po'kakli daraxtdan tayyorlangan materiallar bilan bir vaqtda qo'llamang.
Sirtga qo'llash uchun Siteal eritmasini ovqat, ichimlik va alkogolь bilan qo'llash
To'g'ri kelmaydi.
Qo‘llash usuli va dozirovkasi
Eritmalarni bevosita qo‘llashdan oldin tayyorlash kerak.
Preparat applikatsiyasi har kuni amalga oshiriladi, o‘rtacha davolash kursi 10-15 kunni tashkil qiladi; profilaktika uchun - 3-6 oy davomida haftasiga 2 marta.
Preparat qo‘llanilgandan so‘ng applikatsiya joyini ko‘p miqdorda suv bilan yuvish zarur.
- 1. Dori vositalari va tibbiy buyumlar Davlat reestri (O‘zbekiston Respublikasi)
- 2. Ishlab chiqaruvchining rasmiy yo‘riqnomasi
- 3. Anatomik-terapevtik-kimyoviy tasnif (ATX)











