Ташкент
logo
SavatKirish

Violetta

Violetta chiqarish shakllari

Violetta tabletkalari 0,06 mg / 0,015 mg N28
Violetta tabletkalari 0,06 mg / 0,015 mg N28
Vengriya
Ishlab chiqaruvchi:
OAO «Gedeon Rixter», Vengriya, 1103 Budapesht, ul. Dyomryoi, 19-21
•24 ta dorixonada bor
Narxi
76 707 so'm dan
- Violetta qabul qilish bo'yicha ma'lumot
- Violettaning tarkibi
- Violetta ko'rsatmalar va qarshi ko'rsatmalar
- Violetta narxi Toshkent dorixonalarida

Violetta qo'llanmasi

Ishlab chiqarilish joyi
Vengriya
Kategoriya
Nimaga qarshi
Faol modda
Saytda e'lon qilingan ma'lumotlar mutaxassislar uchun mo'ljallangan. O'zingizni-o'zingiz davolash bilan shug'ullanmang. Sog'lig'ingizga zarar bermaslik uchun mutaxassis bilan maslahatlashishga ishonch hosil qiling!
Qo'llanilishi mumkin bo'lmagan holatlar

Majmuaviy gormonal kontratseptivlar (mgk) quyida sanab o'tilgan xolatlar mavjudligida qo'llanmasliklari kerak. Preparatni qabul qilish boshlanganidan keyin qanday-bo'lmasin xolat aniqlangan bo'lsa, unda uni qabul qilishni darxol to'xtatish kerak.

- ta'sir qiluvchi moddaga yoki "tarkibi" bo'limida sanab o'tilgan yordamchm moddalardan xar qandayiga yuqori sezuvchanlik

- Venoz tromboemboliya (VTE) xavfining mavjudligi.

- xozirgi vaqtdagi yoki anamnezdagi antikoagulyantlarni qabul qilish fonidagi venoz tromboemboliya (masalan, chuqur venalar trombozi (CHVT) yoki o'pka arteriyasining tromboemboliyasi (O'ATE);

 - VTE aniqlangan nasliy yoki orttirilgan moyillik, faollangan protein S (Leydenning V omili) ga rezistentlik, antitrombin III tanqisligi, S protein tanqisligi, S protein tanqisligi;

- davomli immobilizasiya bilan xirurgik aralashuv ("maxsus ko'rsatmalar" bo'limiga qarang);

- VTE rivojlanishining yuqori xavfini ko'psonli omillarining mavjudligi ("maxsus ko'rsatmalar" bo'limiga qarang);

- Arterial tromboemboliya (ate) xavfining mavjuldigi.

- Xozirgi vaqtdagi, anamnezdagi (miokard infarkti) ate yoki prodromal xolatlar (stenokardiya).

- Tserebrovaskulyar kasalliklar – xozirgi vaqtdagi yoki anamnezdagi insult, yoki prodromal xolatlar (tranzitor ishemik xujum (TIX)).

- Gipergomosisteinemiya, antifosfoldipinli antitelalar (kardiolipinga antitelolar, yugirikli antikoagulyant) kabi ate ga aniqlangan nasliy yoki orttirilgan moyillik.

- Anamnezdagi o'choqli nevrologik simptomatika bilan migren.

- Ate rivojlanishining yuqori xavfini ko'psonli omillarini mavjud bo'lishi ("maxsus ko'rsatmalar" bo'limiga qarang), yoki quydagilar kabi bir jiddiy xavf omilini bo'lishi:

- tomirli asoratilari bilan qandli diabet.

- og'ir arterial gipertenziya.

- og'ir dislipoproteidemiya.

- Sut bezlarining xavfli o'smalarini bo'lishi yoki unga gumon.

- Endometriy karsinomasi yoki xar qanday boshqa estrogenga bog'liq o'smaning mavjudligi.

- Jigar o'smalari (xavfli yoki xavfsiz), jigar faoliyatining ko'rsatkichlari normallashgunicha jigarning og'ir kasalliklari.

- Og'ir buyrak etishmovchiligi yoki o'tkir buyrak etishmovchiligi.

- Jinsiy yo'llardan noma'lum genezli qon ketishlari.

- Xozirgi vaqtdagi yoki anamnezdagi yaqqol gipertrigliseridemiya bilan pankreatit.

Violetta® preparatini Ombitasvir, paritaprivir, ritonavir va dasabuvir saqlovchi dori preparatlari bilan bir vaqtda qo'llash mumkin emas ("maxsus ko'rsatmalar" va "dorilarning o'zaro ta'siri" bo'limlariga qarang).

Tarkibi

Bir tabletka quyidagilarni saqlaydi:

faol moddalar: gestoden (mikronlangan) 0,060 mg, etinilestradiol (mikronlangan) 0,015 mg;

yordamchi moddalar: laktoza monogidrati, mikrokristall tsellyuloza, kaliy poliakrilin, magniy stearati.

Plyonka qobiqning tarkibi:

Opadray II sariq 31K32378: laktoza monogidrati, gipromelloza (2910 tip), titan dioksidi (E171), triatsetin, Xinolon sariq ozuqa bo'yovchisi, alyumin laki (E104).

Plasebo bir tabletkasining tarkibi: 

yordamchi moddalar: mikrokristall tsellyuloza, laktoza, oldindan jelatinlangan makkajo'xori kraxmali, magniy stearati, suvsiz kolloid kremniy dioksidi.

Plyonka qobiq tarkibi:

Opadray II yashil 85F21389: qisman gidrolizlangan polivinil spirti, titan dioksidi (E171), makrogol 3350, talk, indigokarmin ozuqa bo'yovchisi, alyumin laki (E132), Xinolon sariq ozuqa bo'yovchisi, alyumin laki (E104), temir qora oksidi (E172), Quyosh shafaq ozuqa bo'yovchisi , FCF alyumin laki (E110).

Farmakodinamikasi

Monofaz majmuaviy peroral kontratseptivdir.

To'g'irlanmagan Perl indeksi: 0,24 (21521 tsikl), ishonch intervali 95% (0,04; 0,57).

Violetta® preparatining kontratseptiv samarasi uch bir-birini to'ldiruvchi mexanizmlar orqali amalga oshiriladi:

- gipotalamo-gipofizar tizimiga ta'siri ovulyasiyani bostiradi

- bachadon bo'yni sekreti qovushqoqligining oshishi, spermatozoidlarning bachadon bo'shlig'iga kirishini qiyinlashtiradi.

- endometriyga ta'siri urug'langan tuxum xujayraning implantasiyasiga to'sqinlik qiladi.

Farmakokinetikasi

Etinilestradiol

So'rilishi

Ichga qabul qilinganidan keyin etinilestradiol tez va to'liq so'riladi. 15 mkg qabul qilgandan keyin qon plazmasidagi 30 PG/ml maksimal kontsentrasiyaga (Cmax) 1-1,5 soatda erishiladi. Etinilestradiol yuqori shaxslararo o'zgaruvchanlik jigar orqali "birinchi o'tish" samarasiga duchor bo'ladi. Mutloq Biokiraolishligi taxminan 0,45%ni tashkil qiladi.

Taqsimlanishi

Etinilestradiolning taxminiy taqsimlanish xajmi 15 l/kg ni tashkil qiladi, qon plazmadagi oqsillar bilan taxminan 98% bog'lanadi. Etinilestradiol jigarda jinsiy gormonlarni bog'lovchi globulin (JGBG), va kortikosteroid bog'lovchi globulin (KBG) sintezini induktsiya qiladi. 15 mkg etinilestradiolni qo'llash bilan davolash jarayonida plazmada JGBG kontsentrasiyasi 86 dan 200 nmol/l gacha oshadi.

Metabolizmi

Etinilestradiol to'liq metabolizmga uchraydi (metabolitlarining plazma klirensi taxminan 10 ml/min/kg ni tashkil qiladi). Metabolitlari siydik (40%) va axlat (60%) bilan chiqariladi.

Chiqarilishi

Etinilestradiolning yarim chiqarilish davri (T1/2) taxminan 15 soatni tashkil qiladi. Etinilestradiolning faqat katta bo'lmagan qismi o'zgarmagan xolda chiqariladi. Etinilestradiolning metabolitlari organizmdan siydik va safro bilan 4:6 nisbatida chiqariladi.

Muvozanat kontsentrasiyasi

Muvozanat kontsentrasiyasi xolatiga davolash tsiklining ikkinchi yarmida erishiladi, qon zardobida etinilestradiolning kontsentrasiyasini 1,4-2,1 marta oshishi kuzatiladi.

Gestoden                                                                                                  

So'rilish

Ichga qabul qilinganidan keyin gestoden tez va to'liq so'riladi. Mutloq Biokiraolishligi taxminan 100% ni tashkil qiladi. 60 mkg bir martalik doza qabul qilingandan keyin qon plazmasidagi 2 ng/ml Cmax ga taxminan 1 soatda erishiladi. Plazmadagi gestodenning kontsentrasiyasi JGBG kontsentrasiyasiga kuchli bog'liq.

Taqsimlanishi

60 mkg bir martalik doza qabul qilinganidan keyin taxminiy taqsimlanish xajmi 1,4 l/kg ni tashkil qiladi: gestodenning 30% qon plazmasi albumini bilan bog'lanadi, 50 dan 70% gachasi JGBG bilan bog'lanadi.

Metabolizmi

Gestoden butunlay metabolizmga uchraydi. Bir marotaba 60 mkg qabul qilinganidan so'ng, metabolik klirensi taxminan 0.8 ml/min/kg ni tashkil qiladi. Nofaol metabolitlar siydik (60%) va axlat (40%) orqali chiqariladi.

Chiqarilishi

Taxminiy T1/2 taxminan 13 soatni tashkil qiladi. Agar gestoden etinilestradiol bilan bir vaqtda ishlatilsa, T1/2 20 soatgacha oshadi.

Muvozanat kontsentrasiyasi

Ko'p marta gestoden/etinilestradiol majmuasi qabul qilinganda qon plazmasidagi kontsentrasiyasi 2-4 marta oshadi.

Homiladorlik va laktatsiya davrida qo'llanishi

Xomiladorlik

Violetta® preparatini xomiladorlik vaqtida qo'llash ko'rsatilmagan.

Ko'psonli epidemiologik tekshirishlarning natijalari, dietilstilbestroldan farqli ravishda, xomiladorlikning erta muddatlarida monoterapiya sifatida yoki kombinasiyalarda estrogenlarni qabul qilishda rivojlanish nuqsonlari paydo bo'lishi xavfini istisno qilish imkoniyatini beradi. Bundan tashqari, eskiroq, yuqori androgen progestagenlar uchun ta'riflangan, xomilaning (ayniqsa ayol jinsli) jinsiy differentsasiyasi uchun xavflar, zamonaviy progestagenlar (ushbu preparat kabi) uchun taalluqli emas, ular juda kam androgen xususiyatlarga ega, yoki umuman ega emas.

Violetta® preparatini qabul qilish qayta tiklanganda tug'uruqdan keyingi VTE yuqori xavfini xisobga olinishi kerak ("qo'llash usuli va dozalari" va "maxsus ko'rsatmalar" bo'limlariga qarang).

Emizish davri

MPK ko'krak sutining miqdorini kamaytirib va tarkibini o'zgartirib, laktasiyaga ta'sir qilishi mumkin. Ushbu preparatni emizish davrida qo'llash tavsiya etilmaydi, chunki estrogenlar va progesteronlar ko'krak sutiga o'tishi va yangi tug'ilgan chaqaloqning organizmiga ta'sir qilishi mumkin.

Emizishni davom ettirishning zarurati bo'lganda, kontratsepsiyaning boshqa usullarini qo'llash kerak.

Dozirovkasi

Dozalash tartibi

Ichga qabul qilish uchun.

Violetta® preparatini qanday qabul qilish kerak

Tabletkalar blisterda ko'rsatilgandek, ma'lum tartibda katta bo'lmagan miqdordagi suv bilan, xar kuni taxminan ayni bir vaqtda qabul qilinadi. Kuniga 1 tabletkadan ketma-ket 28 kun davomida (kuniga 1 faol sariq tabletka 24 kun davomida, so'ngra kuniga 1 yashil tabletka keyingi 4 kun), o'ramlar orasidagi tanafussiz qabul qilinadi. Bekor qilish fon ketishi odatda ta'sir qiluvchi modda saqlovchi oxirgi tabletka qabul qilinganidan keyin 2-3 kun o'tgach boshlanadi, va yangi o'ramdan tabletkalarni qabul qilish boshlangunicha davom etishi mumkin.

Violetta® preparatini qabul qilishni qanday boshlash kerak

Agar oldingi oyda gormonal kontratsepsiya o'tkazilmagan bo'lsa

Tabletkalarni xayz ko'rish tsiklining birinchi kunidan boshlash kerak (ya'ni xayz ko'rish qon ketishining birinchi kuni).

Boshqa majmuaviy gormonal kontratseptivlardan o'tish (peroral majmuaviy kontratseptiv (PMK), qin xalqasi yoki transdermal plastir).

Violetta® preparatini oldingi PMK oxirgi faol tabletkasi (ta'sir qiluvchi moddaning oxirgi tabletkasi) qabul qilinganidan keyin, keyingi kuni boshlash afzalroq, lekin xech qachon tabletkalarni qabul qilishdagi odatdagi tanafusdan keyingi kundan kech emas yoki oldingi PMK plasebo tabletkalarni qabul qilgandan keyingi kuni. Transdermal plastir yoki qin xalqasi qo'llangan xolda, ayol preparat qabul qilishni ular olib tashlangan kuni boshlashi kerak, lekin xech qachon yangi xalqa kiritilishi yoki yangi plastir yopishtirilishi kerak bo'lgan kundan kech emas.

Faqat gestagenlar ("mini-pili", in'ektsion shakillari, implantat) saqlovchi gestagenlardan, gestagenni ajratib chiqaradigan bachadon ichki terapevtik tizimidan (bitt) o'tish

"Mini-pili" qabul qilishdan xar qanday kunda, implantat yoki gestagen ajratib chiqaradigan bitt dan - ular olib tashlangan kuni, in'ektsion shaklidan, navbatdagi in'ektsiya qilinishi kerak bo'lgan kundan o'tish mumkin, lekin xamma xollarda tabletkalarni qabul qilishning birinchi 7 kunida qo'shimcha kontratsepsiyaning to'siqli usullarini qo'llash kerak.

Xomiladorlikning birinchi uch oyligidagi Abortdan keyin 

Ayol preparat qabul qilishni darxol boshlashi mumkin. Bu shartga rioya qilinganda kontratsepsiyaning qo'shimcha choralari talab etilmaydi.

Tug'uruqdan yoki xomiladorlikning ikkinchi uch oyligidagi Abortdan keyin

Preparat qabul qilishni tug'uruqdan yoki ikkinchi uch oylik vaqtidagi Abortdan keyin 21-28 kunlari boshlash tavsiya etiladi. Agar preparatni qabul qilish kechroq boshlansa, tabetkalarni qabul qilishni birinchi 7 kunlari davomida qo'shimcha kontratsepsiyaning to'siqli usulini ishlatish kerak. Lekin, agar preparatni qabul qilish boshlangunicha jinsiy aloqa bo'lgan bo'lsa, PMK ni qo'llashni boshlash oldidan xomiladorlikni istisno qilish kerak, ayol birinchi xayz ko'rishni kutishi kerak.

Emizish davrida qo'llash xaqida "maxsus ko'rsatmalar" bo'limi, "xomiladorlik va emizish davrida qo'llanishi" kichik bo'limiga qarang.

O'tkazib yuborilgan tabletkalarni qabul qilish

Agar sariq tabletka qabul qilinmagan bo'lsa, ayniqsa, agar ular o'ramning boshida bo'lsa, kontratsepsiyaning samaradorligi pasayishi mumkin.

Agar preparatni qabul qilishdagi kechikish 12 soatdan kamroq bo'lsa, kontratseptiv ximoya pasaymaydi. O'tkazib yuborilgan tabletkani iloji boricha tezroq qabul qilish kerak, navbatdagi tabletka odatdagi vaqtida qabul qilinadi.

Agar sariq tabletkani qabul qilishdagi kechikish 12 soatdan ko'proq bo'lsa, kontratseptiv ximoya kafolatlanmaydi.

Bunday xolda, quydagi ikki asosiy qoidalarga amal qilish kerak:

1. Tabletkalarni qabul qilish xech qachon 4 kundan ortiq uzulmasligi kerak.

2.Gipotalamo-gipofizar-tuxumdon tizimini adekvat bostirilishiga erishish uchun tabletkalarni 7 kun uzuluksiz qabul qilish talab etiladi.

Muvofiq qo'llanganda quydagi tavsiyalar berilishi mumkin:

1-7 kunlar

Oxirgi o'tkazib yuborilgan tabletkani iloji boricha tezroq qabul qilish kerak, bu xaqida ayolning esiga kelgan zaxoti, xattoki bu ikki tabletkani bir vaqtda qabul qilishni taqazo qilsa xam. Navbatdagi tabletkani odatdagi vaqtda qabul qilish kerak. Keyingi 7 kun davomida qo'shimcha kontratsepsiyaning to'siqli usulini (masalan, prezervativ) ishlatish kerak.  Agar jinsiy aloqa oldingi 7 kun davomida bo'lgan bo'lsa, xomiladorlik yuz berishi mumkinligini xisobga olish kerak. O'tkazib yuborilgan tabletkalarning soni qanchalik ko'p bo'lsa, va preparatni qabul qilishdagi tanaffusga qancha yaqin bo'lsa, xomiladorlik yuz berishining xavfi shuncha yuqori bo'ladi.

8-14 kunlar

Oxirgi o'tkazib yuborilgan tabletkani iloji boricha tezroq qabul qilish kerak, bu xaqida ayolning esiga kelgan zaxoti, xattoki bu ikki tabletkani bir vaqtda qabul qilishni taqazo qilsa xam. Navbatdagi tabletkani odatdagi vaqtda qabul qilish kerak. Agar birinchi o'tkazib yuborilgan tabletkadan oldingi 7 kun davomida tabletkalar muntazam qabul qilingan bo'lsa, kontratsepsiyaning qo'shimcha usullari talab etilmaydi. Agar ayol tabletkalarni muntazam qabul qilmagan bo'lsa yoki bittadan ko'p tabletkani o'tkazib yuborgan bo'lsa, keyingi 7 kun davomida kontratsepsiyaning qo'shimcha usullarini ishlatishi kerak.

15-24 kunlar

Tabletkalarni qabul qilishdagi lozim bo'lgan tanaffus tufayli, kontratseptiv ishonchlikning pasayishini xavfi muqarrar. Lekin, preparatni qabul qilish sxemasini to'g'irlab, kontratseptiv ximoyaning pasayishini oldini olish mumkin. Buning uchun quydagi tavsiyalarga amal qilish lozim – birinchi o'tkazib yuborilgan tabletkadan oldingi 7 kun davomida, xamma tabletkalar to'g'ri qabul qilingan bo'lsa, kontratsepsiyaning qo'shimcha usullarini ishlatishning zarurati yo'q. Aks xolda, ayol birinchi tavsiyaga amal qilishi va 7 kun davomida kontratsepsiyaning boshqa qo'shimcha usullarini ishlatishi kerak.

1. Oxirgi o'tkazib yuborilgan tabletkani iloji boricha tezroq qabul qilish kerak, bu xaqida ayolning esiga kelgan zaxoti, xattoki bu ikki tabletkani bir vaqtda qabul qilishni taqazo qilsa xam. Navbatdagi tabletkani, ta'sir qiluvchi tabletkalar tamom bo'lgunicha, odatdagi vaqtda qabul qilish kerak. Oxirgi qatordagi 4 plasebo tabletkalar qabul qilinmaydi. Navbatdagi o'ramdan tabletkalarni qabul qilishni, oldingi o'ramdagi tabletkalarni qabul qilish yakunlangandan keyin darxol boshlash kerak. Ikkinchi o'ramdan tabletkalar tugamagunicha, "bekor qilish" qon ketishining extimoli kam, lekin preparatni qabul qilish kunlarida "surkaluvchi" qonli ajralmalar yoki "yorib o'tish" qon ketishlari kuzatilishi mumkin.

2. Ayol shuningdek joriy o'ramdan tabletkalarni qabul qilishni uzishi xam mumkin. Bunday xolda 4 kun davomida oxirgi qatordan 1 plasebo tabletkadan, o'tkazib yuborilgan kunlarni xam qo'shib qabul qilishi, shundan keyin yangi o'ramdan tabletkalarni qabul qilishni boshlashi kerak.

Agar ayol tabletkalarni qabul qilishni to'xtatgan bo'lsa, va so'ngra plasebo tabletkalarni qabul qilish vaqtida unda "bekor qilish" qon ketishi bo'lmasa, xomiladorlikni istisno qilish kerak.

Me'da-ichak qon ketishlaridagi tavsiyalar

Og'ir me'da-ichak buzilishlarida (masalan, qusish yoki diareya) preparatning so'rilishi to'liq bo'lmasligi mumkin, shuning uchun kontratsepsiyaning qo'shimcha choralarini ishlatish kerak.Agar tabletka qabul qilgandan keyin 3-4 soat davomida qusish yuz bersa, iloji boricha tezroq qo'shimcha tabletkani, lekin odatdagi qabul qilish vaqtidan 12 soatdan kech bo'lmasdan qabul qilish kerak. Agar 12 soatdan ko'p vaqt o'tgan bo'lsa, tabletkalarni o'tkazib yuborishdagi tavsiyalarga rioya qilish kerak ("qo'llash usuli va dozalari" bo'limi va "o'tkazib yuborilgan tabletkalarni qabul qilish" kichik bo'limiga qarang). Agar ayol o'zining odatdagi qabul qilish sxemasini almashtirishni xoxlamasa, boshqa o'ramdan qo'shimcha tabletkani qabul qilishi kerak.

Qanday qilib "bekor qilish" qon ketishini kechiktirish mumkin

Agar ayol xayz ko'rish qon ketishini boshlanish kunini kechiktirishni xoxlasa, plasebo tabletkalarni qabul qilishni o'tkazib yuborib, Violetta® preparatining yangi o'ramidan tabletkalarni qabul qilishni davom ettirishi mumkin. Yangi o'ramdan tabletkalar kerakligicha uzoq vaqt qabul qilinishi mumkin, shu jumladan o'ramdagi tabletkalar tugagunicha.  Bu davrda "surkaluvchi" qonli ajralmalar yoki "yorib o'tish" qon ketishi kuzatilishi mumkin. Plasebo tabletkalarini qabul qilgandan keyin, Violetta® muntazam qabul qilishni qayta tiklash kerak.

Agar ayol xayz ko'rish qon ketishining boshlanishini xaftaning boshqa kuniga o'tkazishni xoxlasa, plasebo tabletkalarni qabul qilish davrini, u qancha kun xoxlasa, shunchaga qisqartirishi kerak. Tabletkalarni qabul qilishdagi tanaffus qancha qisqa bo'lsa, "bekor qilish" qon ketishi yuz bermasligining extimoli shuncha yuqori bo'ladi, va ikkinchi o'ramdan tabletkalarni qabul qilish vaqtida "surkaluvchi" qonli ajralmalar yoki "yorib o'tish" qon ketishi kuzatiladi (qon ketishining boshlanish kunini kechiktirish xolidagi kabi).

Dozani oshirib yuborilishi

MPK ning katta dozalarini qabul qilish natijasida xech qanday jiddiy noxush samaralar kuzatilmagan.  MPK ni qo'llash tajribasi, bunday xollar quydagi simptomlar bilan birga kechishi mumkinligidan dalolat beradi: ko'ngil aynishi, qusish, yoshroq qizlarda axamiyatsiz qindan qon ketishlar.

Spesifik antidoti mavjud emas, shuning uchun davolash – simptomatik.

Maxsus saqlash sharoitlari

Maxsus ogoxlantirishlar va extiyotkorlik choralari

Quyida ko'rsatilgan xolatlar yoki omillardan qanday bo'lmasin biri mavjud bo'lganida, ayol bilan Violetta® preparatini qabul qilishning maqsadga muvofiqligini muxokama qilish kerak.

Bu xolatlar yoki xavf omillaridan xar qandayi yomonlashganda yoki birinchi ko'rinishlarida, ayol preparatni qabul qilishni to'xtatish xaqidagi masalani xal qilish uchun davolovchi shifokor bilan maslaxatlashish kerak.

Qon aylanishining buzilishi

Venoz tromboemboliya (VTE) rivojlanishining xavfi.

Xar qanday mgk ni qo'llash, ularni qabul qilayotganlarda, bu preparatlarni qabul qilmayotganlar bilan solishtirganda, pasientkalarda VTE xavfini oshiradi. Levonorgestrel, norgestimat yoki noretisteron saqlovchi preparatlar, venoz tromboemboliya rivojlanishini eng kam xavfi bilan assosiasiyalangan. Violetta® kabi boshqa preparatlar, tromboemboliya xavfini ikki marta oshirishi mumkin.

VTE rivojlanishini yuqoriroq xavfi bo'lgan mgk foydasiga tanlov faqat ishonch imkoniyatini beruvchi ayol bilan maslaxatdan keyin qilinishi kerak, u ushbu kontratseptivni qabul qilish bilan bog'liq bo'lgan VTE xavfini, unda mavjud bo'lgan xavf omillariga preparatning ta'siri va bunday preparatlarni qabul qilishni birinchi yili VTE rivojlanishining xavfi maksimal ekanligini to'liq tushinadi. Preparatni qabul qilishlar orasidagi 4 xafta va ko'proq tanaffusdan keyin mgk qo'llash qayta tiklanganda xam yuqori xavf kuzatiladi.

Xomilador bo'lmagan va mgk qabul qilmayotgan 10000 ayollardan 2 tasida, bir yil davomida VTE rivojlanadi. Lekin ayrim ayollarda VTE extimoli ancha yuqori bo'lishi mumkin va konkret xavf omillariga bog'liq (pastga qarang).

Gestoden saqlovchi mgk ni qabul qilayotgan 10000 ayollar orasida bir yil davomida 9-12 tasida VTE rivojlanishi xaqida ma'lumotlar bor1. Solishtirish uchun, levonorgestrel saqlovchi mgk ni qo'llash, 10000 ayollar orasida 6 tasida VTE rivojlanishini chaqiradi2

Ikkala xollarda xam bir yildagi VTE soni, xomiladorlik vaqtidagiga yoki tug'uruqdan keyingi davrdagiga qaraganda kam VTE 1-2% xollarda o'lim bilan yakunlanishga olib kelishi mumkin.


Bir yilda 10000 ayollar orasida VTE xollarining miqdori

1 tez-tezlik epidemiologik tekshirishlarning ma'lumotlarini yig'indi taxlilining natijalari bo'yicha baxolangan, levonorgestrel saqlovchi mgk uchun shundaylar bilan solishtirib, turli preparatlar uchun nisbiy xavf xisoblangan.

2 levonorgestrel saqlovchi mgk uchun nisbiy xavfga asoslangan, 10000 ayol-yil mediana diapazoni 5-7, mgk ni ishlatmaganlar bilan solishtirganda, taxminan 2,3-3,6 ni tashkil qiladi.

Mgk qo'llanganda o'ta kam boshqa qon tomirlarining, masalan, jigar, charvi, buyrak venalari va arteriyalari yoki ko'z to'r pardasi tomirlarining trombozi paydo bo'ladi.


VTE rivojlanishining xavf omillari

Mgk qabul qilayotganlardagi venoz tromboembolik asoratlarning xavfi, qo'shimcha xavf omillari mavjudligida, ayniqsa agar ko'psonli xavf omillari bo'lsa, axamiyatli yuqori bo'lishi mumkin.

Violetta® preparatini ko'psonli xavf omillari bo'lgan ayollarda qo'llash mumkin emas, chunki bu pasientkalar venoz tromboz rivojlanishining yuqori xavf guruxiga kiradilar ("qo'llash mumkin bo'lmagan xolatlar" bo'limiga qarang). Ayolda birdan ortiq xavf omili bo'lsa, aloxida omillarning oddiy yig'indisiga qaraganda, yuqoriroq bo'lishi mumkin, bunday xolda VTE ning umumiy xavfini xisobga olish kerak. Agar "foyda-xavf" nisbati noxush bo'lsa, unda mgk ni buyurishdan voz kechish kerak ("qo'llash mumkin bo'lmagan xolatlar" bo'limiga qarang).

Jadval. VTE rivojlanishi uchun xavf omillari

Xavf omili

Izoh

Semirib ketish (tana massasi indeksi (BMI) 30 kg / m2 dan ortiq).

TVI ortishi bilan xavf ortadi.

Ayniqsa, qo'shimcha xavf omillari bo'lgan ayollarda.

Uzoq muddatli immobilizatsiya, katta jarrohlik, oyoq yoki tos a'zolari jarrohligi, neyroxirurgiya yoki katta travma

Eslatma: Vaqtinchalik immobilizatsiya, shu jumladan 4 soatdan ortiq davom etadigan samolyot parvozlari, ayniqsa boshqa xavf omillari mavjud bo'lganda, VTE xavfi hisoblanadi.

Bunday hollarda, yamoq / tabletka / halqadan foydalanishni to'xtatish (rejalashtirilgan operatsiyadan kamida 4 hafta oldin) va to'liq tiklanishdan keyin kamida 2 hafta oldin davom etmaslik tavsiya etiladi. Kiruvchi homiladorlikning oldini olish uchun boshqa kontratseptsiya usulidan foydalanish kerak.

Agar Violetta® ilgari to'xtatilmagan bo'lsa, antitrombotik terapiya ko'rib chiqilishi kerak

Oila tarixining kuchayishi (aka-uka, opa-singillar yoki VTE bilan og'rigan ota-onalar, ayniqsa nisbatan erta yoshda, 50 yoshdan oldin).

Agar genetik moyillikdan shubha qilingan bo'lsa, har qanday MGCni ishlatishdan oldin shifokor bilan maslahatlashish kerak.

VTE bilan bog'liq boshqa kasalliklar

Onkologik kasalliklar, tizimli qizil yuguruk, gemolitik-uremik sindrom, surunkali yallig'lanishli ichak kasalliklari (Kron kasalligi yoki yarali kolit) va o'roqsimon hujayrali anemiya.

Yosh

35 yoshdan keyin xavf sezilarli darajada oshadi.

Venoz trombozning rivojlanishi yoki ko'chayib ketishida tomirlarning varikoz kengayishini va yuzaki tomirlar tromboflebitining mumkin bo'lgan roli masalasi baxsli bo'lib qolmoqda.
Xomiladorlik vaqtida, ayniqsa tug'uruqdan keyingi davrning birinchi 6 xaftasida tromboemboliya rivojlanishining yuqori xavfini xisobga olish kerak ("maxsus ko'rsatmalar" bo'limi va "xomiladorlik va emizish davrida qo'llash" kichik bo'limiga qarang).

Venoz tromboemboliya simptomlari (chuqur venalar trombozi va O'ATE)
Ushbu simptomlar paydo bo'lganda shoshilinch tibbiy yordamga murojaat qilish, shuningdek tibbiyot xodimini mgk ni qabul qilayotganlik xaqida xabardor qilish kerak
Chuqur venalar trombozi (CHVT) ning simptomlari:

-oyoqning va/yoki oyoq panjasining bir tomonlama shishi yoki oyoqdagi tomir bo'ylab shish;
-faqat vertikal xolatda yoki yurganda oyoqda og'riq yoki diskomfort;
-xaroratni oshishi, shikastlangan oyoqning teri qoplamasini qizarishi yoki rangini o'zgarishi.
O'pka arteriyasi tromboemboliyasi (O'ATE) ning simptomlari
-to'satdan nafasni qiyinlashishining xurujlari, nafasni tezlashishi;
-to'satdan yo'tal, u qon tupurish bilan birga kechishi mumkin;
-ko'krak qafasida o'tkir og'riq;
-kuchli xolsizlik yoki bosh aylanishi;
-yurakning tez-tez urishi yoki nomuntazam urishi.

Bu simptomlardan ayrimlari (masalan, xansirash, yo'tal) nospesifik xisoblanadi va boshqa tez-tezroq uchraydigan va og'irligi kamroq asoratlarning (masalan, nafas yo'llarining infektsiyalari) belgilari sifatida noto'g'ri talqin qilinishlari mumkin.
Tomirlarning okklyuziyasini boshqa belgilari: to'satdan og'riq, shish va oyoqning biroz ko'karishi.
Ko'z tomirlarining okklyuziyasida simptomlar ko'rishning noaniqligidan (og'riq tuyg'ularisiz) ko'rishni yo'qotilishigacha (rivojlanib borganda) bo'lishi mumkin. Aloxida xollarda ko'rishning yo'qotilishi amalda darxol rivojlanishi mumkin.

Arterial tromboemboliya (ate) rivojlanishining xavfi
Epidemiologik tekshirishlarning natijalari mgk qo'llash va arterial tromboemboliya rivojlanishining yuqori xavfi (miokard infarkti) yoki miya qon aylanishining buzilishi (masalan, TIX), insult orasida o'zaro bog'liqlik mavjudligini ko'rsatadi. Ate xollari o'lim bilan yakunlanishi mumkin.

Ate rivojlanishining xavf omillari
Mgk qo'llanganda arterial tromboembolik asoratlar yoki miya qon aylanishining buzilishlari rivojlanishining xavfi, xavf omillari bo'lgan ayollarda oshadi (jadvalga qarang). Violetta® preparatini ate rivojlanishining bir jiddiy xavf omili yoki ko'psonli xavf omillari bo'lgan ayollarda qo'llash mumkin emas, chunki bu ayollar arterial tromboz rivojlanishining yuqori xavf guruxiga kiradilar ("qo'llash mumkin bo'lmagan xolatlar" bo'limiga qarang). Ayolda bittadan ko'p xavf omillari bo'lganida xavfning oshish darajasi, aloxida omillarni oddiy yig'indisidagiga qaraganda yuqoriroq bo'lishi mumkin, bunday xolda ate ning umumiy xavfini xisobga olish kerak. Agar "foyda-xavf" nisbati noxush bo'lsa, mgk ni buyurishdan voz kechish kerak ("qo'llash mumkin bo'lmagan xolatlar" bo'limiga qarang).
Jadval. ACE rivojlanishi uchun xavf omillari. <

Xavf omili

Izoh

Dori vositalarining o'zaro ta'siri

Izox: mumkin bo'lgan o'zaro ta'sirlarni aniqlash uchun muvofiq dori vositalarining qo'llash bo'yicha yo'riqnomalari bilan tanishib chiqish kerak.



Farmakodinamik o'zaro ta'sirlar

Ombitasvir/paritaprivir/ritonavir va dasabuvir, ribavirin bilan birga yoki usiz, saqlovchi dori preparatlari bilan bir vaqtda qo'llash, alaninaminotransferaza (Alt) faolligining oshishi xavfini oshiradi ("qo'llash mumkin bo'lmagan xolatlar" va "maxsus ko'rsatmlar" bo'limlariga qarang). Shuning uchun Violetta® preparatini qabul qilayotgan ayollar, dori vositalarining ushbu kombinasiyasi bilan davolashni boshlashdan oldin, kontratsepsiyaning muqobil usuliga (masalan, faqat gestogen saqlovchi peroral kontratseptivlar yoki nogormonal usullar) o'tishlari kerak. Violetta® preparatini qabul qilishni dori vositalarining ko'rsatilgan kombinasiyasi bilan davolash yakunlanganidan keyin 2 xafta o'tgach qayta tiklash mumkin.

Farmakokinetik o'zaro ta'sirlar

Boshqa dori vositalarning Violetta® preparatiga ta'siri

Jigarning mikrosomal fermentlarini induktsiyalovchi dori vositalari bilan o'zaro ta'siri bo'lishi mumkin, buning natijasida jinsiy gormonlarning klirensi oshishi mumkin, bu, o'z navbatida, "yorib o'tish" bachadon qon ketishlariga va/yoki kontratseptiv samaraning pasayishiga olib kelishi mumkin.

Davolash taktikasi

Jigar mikrosomal fermentlarining induktsiyasi bir necha kun davolashdan keyinoq kuzatilishi mumkin. Jigar mikrosomal fermentlarining maksimal induktsiyasi odata bir necha xafta davomida kuzatiladi. Preparat bekor qilinganidan keyin fermentlarning induktsiyasi 4 xafta davomida saqlanishi mumkin.

Qisqa muddatli davolash

Mikrosomal fermentlarning induktorlari bo'lgan preparatlar bilan davolash olayotgan ayollarga, MPK qabul qilishga qo'shimcha vaqtinchalik kontratsepsiyaning to'siqli yoki boshqa usulini ishlatish tavsiya etiladi. Kontratsepsiyaning to'siqli usulini yo'ldosh davolashning xamma davri davomida va u bekor qilinganidan keyin yana 28 kun davomida ishlatish kerak. Agar o'ramdagi faol tabletkalarni qabul qilish yakunlanganidan keyin jigar mikrosomal fermentlarining induktor-preparatini qo'llash davom etsa, plasebo tabletkalarni qabul qilishni o'tkazib yuborib, navbatdagi o'ramdan tabletkalarni qabul qilishni boshlash kerak.

Uzoq muddatli davolash

Jigar mikrosomal fermentlarining induktor-preparatlarni uzoq muddat qabul qilayotgan ayollarga, kontratsepsiyaning boshqa ishonchli nogormonal usulini ishlatish tavsiya etiladi.

Adabiyotlarda quydagi o'zaro ta'sirlar ta'riflangan:

MPK klirensini oshiruvchi moddalar (fermentlarning induktsiyasi yo'li bilan MPK samaradorligini pasaytiradi): barbituratlar, bozentan, karbamazepin, fenitoin, primidon, rifampisin, OITV ni davolash uchun preparatlar: ritonavir, nevirapin va efavirenz, shuningdek, mumkin, felbamat, grizeofulvin, okskarbazepin, topiramat va teshik dalachoy (Hypericum perforatum) saqlovchi o'simlik preparatlari.

Modafinilni qabul qilish vaqtida va u bekor qilinganidan keyin bir tsikl davomida kontratsepsiyaning samaradorligini pasayishi xavfi mavjud.

MPK klirensiga turlicha ta'sir qiluvchi moddalar

MPK bilan bir vaqtda qo'llanganda OITV proteaza ingibitorlari va teskari transkriptazaning nonukleozidli ingibitorlarining ko'pchilik kombinasiyalari, shu jumladan S gepatiti virusi proteazasi ingibitorlari bilan kombinasiyalari, qon plazmasida estrogen yoki progesteronning kontsentrasiyasini oshirishi yoki pasaytirishi mumkin. Ayrim xollarda bunday ta'sir klinik axamiyatli bo'lishi mumkin.

Mumkin bo'lgan dorilarning o'zaro ta'sirini aniqlash va ular bilan bog'liq bo'lgan tavsiyalar uchun, OITV/SGV (S gepatiti virusi) davolash uchun mo'ljallangan yo'ldosh preparatlarning tibbiyotda qo'llash bo'yicha yo'riqnomalarida taqdim etilgan ma'lumotlarni xisobga olish kerak. Proteaza ingibitorlari yoki teskari transkriptazaning nonukleozidli ingibitorlarini olayotgan ayollar, qo'shimcha kontratsepsiyaning to'siqli usullarini ishlatishlari kerak.

MPK klirensini pasaytiruvchi moddalar (fermentlarning ingibitorlari)

Fermentlarning ingibitorlari bilan mumkin bo'lgan o'zaro ta'sirning klinik axamiyati noma'lum.

CYP3A4 izofermentining kuchli ingibitorlari bilan bir vaqtda qo'llash, qon plazmasida estrogenni xam, progesteronni xam kontsentrasiyasini oshishiga olib kelishi mumkin.

Etorikoksib sutkada 60 mg va 120 mg dozalarda 0,035 mg etinilestradiol saqlovchi mgk bilan bir vaqtda qo'llanganda, qon plazmasida etinilestradiolning kontsentrasiyasini muvofiq 1,4 va 1,6 marta oshishi kuzatilgan.

Violetta® preparatini boshqa dori preparatlariga ta'siri

MPK boshqa dori vositalarining metabolizmiga ta'sir qiladi, bu qon plazmasida va to'qimalarda ularnig kontsentrasiyasini oshishiga (masalan, Tsiklosporin) yoki pasayishiga (masalan, lamotridjin) olib keladi.

Klinik tekshirishlarning ma'lumotlari bo'yicha etinilestradiol CYP1A2 izofermentining substratlarini, qon plazmasida ularning kontsentrasiyasini biroz (masalan, teofillin) yoki o'rtacha (masalan, tizanidin) oshishiga olib kelib, klirensini bostiradi.

Laboratoriya testlari

MPK qabul qilish ayrim laboratoriya testlarining, jigar, buyraklar, qalqonsimon bezi, buyrak usti bezlari faoliyatining bioximik ko'rsatgichlarini xam qo'shib, natijalariga; qon plazmasidagi transport oqsillarning kontsentrasiyasiga, masalan, kortikosteroidlarni bog'lovchi globulinni, va lipidlar/lipoproteinlarning fraktsiyalariga, karbonsuvlar almashinuvining ko'rsatgichlariga, qonning ivishi va fibrinolizga ta'sir qilishi mumkin. O'zgarishlar odatda laboratoriya ko'rsatgichlarining normal qiymatlari chegarasidan chiqmaydi.

Tarkibi va ishlab chiqarilish shakli

24 preparatning planshetlar va 4 platsebo planshetlar Tinik PVX film va alyuminiy folga qavariq joylanadi.

Har bir qavariq laminirlangan alyuminiy folga sashega joylanadi.

1 qavariq sachet tekis karton Marek, haftalik yorliq cutter bilan va tibbiy qo'g'irchoq kulik yerks bilan birga karton quti kutiga joylanadi.

Nojo'ya samaralari

PMK qo'llashda quydagi noxush reaktsiyalar aniqlangan.

Jiddiy noxush reaktsiyalarni "maxsus ko'rsatmalar" bo'limidan qarang.

Xar qanday PMK ni qo'llash VTE xavfini oshiradi. PMK turiga muvofiq va ate xavflari bilan xavflar xaqidagi ma'lumotni "maxsus ko'rsatmalar" bo'limidan qarang.

Klinik tekshirishlarda amenoreya 15% ayol pasientkalarda kuzatilgan "maxsus ko'rsatmalar" bo'limidan qarang. Pklinik tekshirishlarning III fazasi va postmarketing davrida pasientkalar xabar bergan eng ko'p uchraydigan noxush reaktsiyalar bosh og'rig'i, migren, qon ketishi va "surkaluvchi" qonli ajralmalar bo'lgan.

Majmuaviy peroral kontratseptivlar qo'llanganda shuningdek quydagi noxush reaktsiyalar aniqlangan:

Tizim a'zolari sinfi

Ko'pincha

≥1/100 don

≤1/10 gacha

Tez-tez emas

≥1/1000 don

≤1/100 gacha

Kamera

≥1/10 000 don

≤1/1000 gacha

Juda oz

≤1/10000

Yuqumli va parazitar kasalliklar

Vaginit, shu jumladan kandidoz vulvovaginit

Tez, xavfsiz va aniq

o'sishning sekinlashishi

(bu jumla

kistalar va poliplar)

Jigar adenomasi, gepatotsellyulyar

lular karsinoma

Immun tizimining buzilishi

anafilaktik

anafilaktoid

Reaksiyalar juda kam uchraydi.

bolalarda shish, anginevrotik shish, qon aylanish etishmovchiligi, astma

etishmovchilik

Tizimli qizil yugurukning yomonlashishi

Metabolizm va ovqatlanishning buzilishi

Ishtahaning pasayishi yoki ortishi

dislipidemiya (shu jumladan gipertrigliseridemiya).

Astma)

Glyukoza bardoshliligi

sindirish

porfiriya -

yomonlashishi

shi

Ruhiy buzilishlar

Kayfiyatning o'zgarishi, ya'ni

shu jumladan depressiya, libido

sindirish

Asab tizimining buzilishlari

Bezovtali

bosh aylanishi, bo'sh

og'riq

Xoreaning yomonlashishi

Qurilish a'zosi

tomonidan buzilishlar

kontakt linzalari

ga mos keladi

hisoblash qobiliyatining yo'qligi

Nima bu

retinal venaning tiqilib qolishi

oyoqlarning trombozi

Qon tomir kasalliklari

Arterial gipertenziya

O'chokli

Venoz / arterial tromboemboliya

Oshqozon-ichak kasalliklari

Ko'ngil aynishi, qusish, qorin og'rig'i

Oshqozonda yo'tal, oshqozon shishishi

Pankreatit

Jigar va o't yo'llarining buzilishi

Xolestatik sariqlik

Xuddi shunday kasallik, xolestaz*

Teri osti to'qimalarining buzilishi

Akne

Chidamlilik, hirsutizm, alopesiya xavfi bilan toshma, xloazma (melazma)

Konjenital eritema

Ko'p shaklli eritema

Buyraklar va siydik yo'llarining buzilishi

Gemolitik-uremik sindrom

Reproduktiv tizim va sut bezlari faoliyatining buzilishi

Ko'krak og'rig'i Ko'krakdagi og'riq, sut bezlaridan oqindi, disme

norreya, vaginal oqindi, hayz davrining buzilishi, ektropion

Umumiy buzilishlar va administratsiya joyining holati

Suyuqlikni ushlab turish / shish

s

Laboratoriya va instrumental ma'lumotlar

Tana vazni

oshirish/kamaytirish


*Majmuaviy peroral kontratseptivlar o't tosh kasalligining kechishini yomonlashtirishi va xolestazni chuqurlashtirishlari mumkin.
Aloxida noxush reaktsiyalarning ta'rifi
Arterial/venoz trombotik va tromboembolik asoratlarning yuqori xavfi, miokard infarkti, insult, tranzitor ishemik xujum, venoz tromboz, shu jumladan o'pka arteriyalarining tromboemboliyasini, MPK ni qabul qilayotgan ayollarda aniqlangan. Batafsil ma'lumotni "maxsus ko'rsatmalar" bo'limidan qarang.
Gumon qilingan noxush reaktsiyalar xaqidagi xabarlar
Dori preparati qayd etilganidan keyin taxmin qilingan noxush reaktsiyalar xollari xaqida ma'lumot taqdim qilish muxim. Bu dori vositasining foyda/xavf nisbatini uzuluksiz monitoringini o'tkazish imkoniyatini beradi. Tibbiyot xodimlaridan xisobotning milliy tizimini ishlatib, xar qanday gumon qilingan noxush reaktsiyalar xaqida xabar berish so'raladi.

Qo'llanilishi

Gormonal peroral kontratsepsiya.

Violetta® preparatini buyurishdan oldin ayolda shaxsiy xavf omillari mavjudligini xisobga olish, ayniqsa venoz tromboemboliyaga (VTE) nisbatan, shuningdek boshqa majmuaviy gormonal kontratseptivlarni (mgk) qabul qilishda VTE xavfi bilan, Violetta® preparatini qo'llashdagi VTE xavfini qiyoslash kerak ("qo'llash mumkin bo'lmagan xolatlar" va "maxsus ko'rsatmalar" bo'limlariga qarang).

Ta'rifi

Preparat tabletkalari

Dumaloq shaklli, iki tomonlama qavariq, sariq rangli plyonka qobiq bilan qoplangan, bir tomonida "" gravirovkasi bo'lgan, boshqa tomoni gravirovkasiz tabletkalar.

Plasebo tabletkalari

Yashil, dumaloq, ikki tomonlama qavariq, plyonka qobiq bilan qoplangan, diametri taxminan 6 mm li tabletkalar.

Violetta narxlari

Violetta barcha rasmlari

Barcha rasmlar

Violetta savollari

Violetta fikr-mulohazalari

Reyting 0, 0 ta sharh asosida

Alifbo bo'yicha dori vositalar ro'yxati

scroll-top

Biz portalimiz ishini takomillashtirish maqsadida cookie-fayllardan foydalanamiz. Ishni davom ettirar ekansiz, ulardan foydalanishga rozilik bildirgan bo‘lasiz. Batafsil