YUNITROPIK ko'rsatmalar
ISTE‘MOLCHILAR UCHUN MA‘LUMOT
YUNITROPIK® 1%
Ko‘zga tomizish uchun eritma
Tropikamid (tropikamid)
Siz dori vositangizni qo‘llashni boshlashdan oldin ma‘lumotni to‘liq o‘qib chiqing.
- Ushbu ma‘lumotni saqlab qo‘ying. Ehtimol, uni takroran o‘qib chiqish uchun kerak bo‘lishi mumkin.
- Keyinchalik biron-bir savollar paydo bo‘lgan hollarda shifokoringiz yoki dorixona xodimiga murojaat eting.
- Ushbu dori vositasi shaxsan Sizga buyurilgan. Uni boshqa shaxslarga bermang. Agar ularda Sizdagiga o‘xshash belgilar bo‘lsa ham, u ularning sog‘lig‘iga zarar yetkazishi mumkin.
- Agar Siz har qanday nojo‘ya ta‘sir his qilsangiz yoki iste‘molchilar uchun ushbu ma‘lumotda ta‘riflanmagan nojo‘ya ta‘sirlarni sezsangiz, iltimos, shifokoringiz yoki dorixona xodimiga xabar bering.
Iste‘molchilar uchun ushbu ma‘lumotdan Siz quyidagilarni bilib olasiz:
- YUNITROPIK® 1% nima va u nima uchun qo‘llanadi
- YUNITROPIK® 1% ni qo‘llashdan oldin
- YUNITROPIK® 1% qanday qo‘llanadi
- Bo‘lishi mumkin bo‘lgan nojo‘ya ta‘sirlar
- YUNITROPIK® 1% ni qanday saqlash kerak
- Boshqa ma‘lumot
- YUNITROPIK® 1% NIMA VA U NIMA UCHUN QO‘LLANADI
YUNITROPIK® 1% ko‘zga tomizish uchun mo‘ljallangan eritmadir. U davolovchi modda sintetik parasimpatolitiklar nomi bilan ma‘lum dori vositalari guruhiga mansub tropikamid saqlaydi.
U ko‘zlarning nurni sindirish qobiliyati (refraksiya) ni ob‘ektiv aniqlash uchun diagnostika maqsadida qorachiqlarni kengaytirish (midriaz) va ko‘zning kipriksimon tanasi mushaklarini bo‘shashtirish (sikloplegiya) uchun ishlatiladi.
- YUNITROPIK® 1% NI QO‘LLASHDAN OLDIN
YUNITROPIK® 1% qo‘llanilmasin
- tropikamidga, tropik kislotasining boshqa hosilalariga yoki dori vositasining boshqa biron-bir komponentiga allergiya (yuqori sezuvchanlik) da,
- yopiq burchakli glaukoma yoki kamera burchagi anatomik tor bo‘lganda,
- burun shilliq qavatini yallig‘lanishida (rhinitis sicca),
- 3 yoshgacha bo‘lgan bolalarda.
YUNITROPIK® 1% ni qo‘llaganda juda ehtiyotkor bo‘ling
- kichik bolalarda va och yoki moviy rangdagi ko‘zli bolalarda (tropikamidga va shunga o‘xshash moddalarga yuqoriroq sezuvchanlik),
- bolalarda kardiopulmonal (kardiorespirator yetishmovchilik) va CNS (xulqni va muomala qilishni buzilishi) noxush ta‘sirlarning xavfi yuqori bo‘ladi,
- bosh miyani shikastlanishi yoki spastik falaji bo‘lgan bolalar,
- Daun sindromi bo‘lgan bolalar va kattalar,
- juda keksa pasientlarda va ko‘z ichki bosimi yuqori bo‘lishi mumkin bo‘lgan boshqa pasientlar,
- kamalak pardasi yaqqol pigmentasiyali odamlarda va pigmentasiyalangan irq vakillarida siklopletik ta‘siriga rezistentlik namoyon bo‘lishi mumkin. Bunday odamlarda dozani tegishli ravishda moslashtirish kerak,
- yopiq burchakli gaukoma rivojlanishini oldini olish uchun dori vositasini qo‘llashdan oldin kamera burchagining kengligini aniqlash kerak,
- ochiq burchakli glaukoma holatlarida ko‘z ichki bosimi oshishi mumkin, dori vositasini tomizganda ko‘z ichki bosimini o‘lchash tavsiya etiladi.
Boshqa dori vositalarini qo‘llash
YUNITROPIK® 1% va boshqa dori vositalarining samaralari bir-biriga ta‘sir ko‘rsatishi mumkin.
Agar Siz boshqa dori vositalarini, shu jumladan shifokor reseptisiz olingan dori vositalarini qo‘llayotgan yoki yaqin orada qo‘llagan bo‘lsangiz, iltimos, bu haqida shifokoringizga xabar bering.
Agar boshqa shifokor Sizga yangi dori vositasini buyurmoqchi bo‘lsa, Siz YUNITROPIK® 1% – ko‘zga tomizish uchun eritmani qo‘llayotganligingiz haqida ogohlantiring.
Agar Siz shuningdek ko‘z uchun boshqa dori vositalarini qo‘llayotgan bo‘lsangiz, ularni bir vaqtda qo‘llash maqsadga muvofiqligini okulistdan so‘rang. Umuman olganda YUNITROPIK® 1% va boshqa dori vositalarini qo‘llash orasida kamida besh minutlik interval bo‘lishiga rioya qilish kerak.
Dori vositasining midriatik (qorachiqni kengaytiruvchi) ta‘siri miotiklar (qorachiqni toraytiruvchi moddalar) saqlovchi ko‘z uchun dori vositalarini mahalliy qo‘llash bilan kamaytiriladi. Dori vositasi miotiklarning ko‘z ichki bosimini pasaytiruvchi qobiliyatini susaytirishi mumkin. Antigistamin (allergiyada qo‘llanadigan dori vositalari), antidepressantlar (depressiyada qo‘llanadigan dori vositalari) kabi dori vositalarini bir vaqtda qo‘llash YUNITROPIK® 1% dori vositasining ta‘sirini kuchaytirishi mumkin.
Nitratlar, dizopiramidlar, glyukokortikoidlar va galoperidol bir vaqtda qo‘llanilganda ham ko‘z ichki bosimini oshirishi mumkin.
YUNITROPIK® 1% ni ovqat va ichimliklar bilan qo‘llash
Ko‘zga tomizish uchun eritma haqida gap ketayotganligi tufayli, uni qo‘llash ovqat yoki ichimliklar bilan bog‘liq emas.
Homiladorlik va emizish
Har qanday dori vositasini qo‘llashdan oldin shifokor bilan maslahatlashing
Homiladorlik
Dori vositasi Sizning homilangizga ta‘sir ko‘rsatishi mumkin. Agar Siz homilador bo‘lsangiz, bunga shifokoringizni diqqatini qarating. YUNITROPIK® 1% ni homiladorlik davrida faqat juda zarur holatlarda qo‘llanilsin.
Emizish davri
Dori vositasi Sizning bolangizga ta‘sir ko‘rsatishi mumkin. Agar Siz emizsangiz, bunga shifokoringizni diqqatini qarating. YUNITROPIK® 1% ni homiladorlik davrida faqat juda zarur holatlarda qo‘llanilsin.
Avtomobilni boshqarish va mashinalarga xizmat ko‘rsatish
Ko‘z uchun dori vositasini qo‘llagandan keyin qisqa vaqt o‘tgach ko‘rishni noaniqligi paydo bo‘ladi va qorachiqlarni kenayishi oqibatida – shuningdek avtomobilni boshqarolmaydigan, mashinalarga xizmat ko‘rsatolmaydigan yoki balandlikda ishlarni bajaraolmaydigan qiluvchi ko‘rlikka sezuvchanlik oshishi ham mumkin. Bundan tashqari, dori vositasi qo‘llanilgandan keyin darmonsizlik, xolsizlik yoki kardiovaskulyar tizimga ta‘siri kabi umumiy noxush ta‘sirlarni inkor etib bo‘lmaydi.
Yuqorida keltirilgan faoliyatlarni midriaz (qorachiqni kengayishi), akkomodasiyani buzilishi (ko‘rishni aniqlashishi) va yorug‘likdan qo‘rqish yoki dori vositasining boshqa noxush ta‘sirlari to‘liq bartaraf etilgandan keyingina bajarish mumkin.
YUNITROPIK® 1% ning tarkibidagi ayrim komponentlar haqida muhim ma‘lumot
Dori vositasi konservant – benzalkoniy xloridi saqlaydi. YUNITROPIK® 1% bilan bir vaqtda yumshoq kontakt linzalar taqish mumkin emas. Qatttiq kontakt linzalarni yechish va dori vositasi tomizilgandan keyin kamida 20 minutdan keyin taqilishi kerak.
- YUNITROPIK® 1% QANDAY QO‘LLANADI
YUNITROPIK® 1% ni har doim shifokoringiz buyurganidek qo‘llang. Agar Siz biron-bir narsada ishonch hosil qilmasangiz, shifokoringiz yoki dorixona xodimidan so‘rang.
Kattalar va 3 yoshdan oshgan bolalar
Refraksiyani aniqlash uchun sikloplegiyani chaqirish uchun
Kattalar va 3 yoshdan oshgan bolalar – YUNITROPIK® 1% dori vositasining 1 tomchisi kon‘yunktival qopchaga tomiziladi va 5 minutdan keyin tomizish takrorlanadi.
Midriazni chaqirish uchun
Ko‘z tubini tekshirishda midriaz chaqirish uchun tekshirishdan 15-20 minut oldin YUNITROPIK® 1% dori vositasining 1 tomchisi kon‘yunktiva qopchaga tomiziladi.
Ko‘zga tomizish uchun barcha eritmalar kabi so‘rilishni kamaytirish uchun tomchini tomizishdan oldin ko‘z ichki burchagi sohasida ko‘z yoshi qopchasini bosish va tomizishgandan 1 minutdan keyin qo‘yib yuborish tavsiya etiladi.
Kontakt linzalardan foydalanuvchi shaxslar
Agar Siz kontakt linzalardan foydalansangiz, YUNITROPIK® 1% ni tomizishdan oldin Siz ularni yechishingiz kerak.
YUNITROPIK® 1% ni tomizgandan keyin kontakt linzalarni takroran taqishdan oldin kamida 15 minut kuting.
Qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnoma
- Qo‘llaringizni yuving va qulay joyga o‘tiring yoki turing.
- Qopqoqchani burab yeching.
- Pastga qaratilgan flakonni katta barmoq va boshqa barmoqlar orasida ushlang.
- Ko‘rsatkich barmoq bilan shikastlangan ko‘zning pastki qovog‘ini biroz torting.
- Tomchilagichning uchini ko‘zlaringizga yaqinlashtiring, lekin u ko‘zlar va atrofdagi sohalarga tegmasligi kerak.
- Ko‘zlaringizga bir tomchi tushishi uchun flakonni biroz siqing, so‘ngra pastki qovoqni qo‘yib yuboring.
- Burunga yaqin joyda shikastlangan ko‘zning burchagini bosing. Ko‘zlarni yumilgan holatda 1 minut ushlab turing.
- Agar shifokor tavsiya etgan bo‘lsa, muolajani boshqa ko‘z uchun ham takrorlang.
- Qo‘llagandan keyin darhol flakonga qopqoqni zich qilib yoping.
Dori vositasini qo‘llagandan keyin Siz yorug‘likka sezuvchanlikni oshganligini his qilishingiz mumkin, shuning uchun qorachiq kengaygandan keyin ko‘zni jadal yorug‘likdan himoyalash kerak.
Agar Siz YUNITROPIK® 1% dori vositasini keragidan ortiq qo‘llagan bo‘lsangiz
Tavsiya etilgan dozaga rioya qilinganda dozani oshirib yuborilishi ehtimoli deyarli yo‘q.
Ko‘zga tomizish uchun eritmasining dozasini to‘satdan oshirib yuborilganda yoki to‘satdan ichga qabul qilgan hollarda dozani oshirib yuborilishi belgilari paydo bo‘lishi mumkin. Dozani oshirib yuborilishiga vazodilatasiya (qon tomirlarni kengayishi), teri va shilliq qavatlarni qurishi, taxikardiya (yurak faoliyatini tezlashishi), tana haroratini oshishi, qabziyat, retensiya (siydikni tutilishi), ta‘sirchanlik, hulqni buzilishi kabi atropinning tizimli (umumiy) ta‘sirlari kiradi.
Doza oshirib yuborilganda darhol shifokorni chaqirish kerak.
YUNITROPIK® 1% dori vositasi ichga qabul qilingan hollarda iloji boricha tezroq shifokoringiz bilan bog‘lanish kerak.
Agar Siz YUNITROPIK® 1% ni qo‘llashni unutgan bo‘lsangiz
Agar Siz YUNITROPIK® 1% ni qo‘llashni unutgan bo‘lsangiz, odatdagi vaqtda tavsiya etilgan dozani qo‘llashni davom ettiring. O‘tkazib yuborilgan dozani o‘rnini to‘ldirish uchun ikki marta dozani qabul qilmang.
Agar Siz YUNITROPIK® 1% ni qo‘llashni to‘xtatgan bo‘lsangiz
Agar shifokor Sizga aytmagan bo‘lsa, YUNITROPIK® 1% ni qo‘llashni to‘xtatmang.
Bu dori vositasini qo‘llash yuzasidan keyinchalik savollar tug‘ilsa, shifokoringiz yoki dorixona xodimiga murojaat eting.
- BO‘LISHI MUMKIN BO‘LGAN NOJO‘YA TA‘SIRLAR
Barcha dori vositalari kabi YUNITROPIK® 1% garchi hammada ham namoyon bo‘lmasada, nojo‘ya ta‘sirlar chaqirishi mumkin.
Dori vositasini qo‘llaganda ayrim mahalliy (ko‘zlarda) yoki umumiy noxush ta‘sirlar namoyon bo‘lishi mumkin.
Juda tez-tez uchraydigan nojo‘ya ta‘sirlar (10 pasiendan 1 tasidan ko‘prog‘ida namoyon bo‘ladi)
- ko‘zlarda og‘riq, ko‘zlarni ta‘sirlanishi (ko‘zda achishish, qichishish, sanchuvchi og‘riq hissi yoki qum yoki mexanik kiritma mavjudligi hissi), ko‘zlarni qizarishi,
- bosh aylanishi, bosh og‘rig‘i.
Tez-tez uchraydigan nojo‘ya ta‘sirlar (100 pasientdan 1-10 tasida namoyon bo‘ladi)
- ko‘z ichki bosimini oshishi, ko‘rishni noaniqligi, yorug‘likdan qo‘rqish, qovoqlarni yallig‘lanishi (blefarit), kon‘yunktivaga qon ketishi, ko‘zlarni harakatchanligini buzilishi, kon‘yunktiva va qovoqlarda allergik reaksiyalar,
- taxikardiya (yurak faoliyatini tezlashishi), bradikardiya (yurak faoliyatini sekinlashishi), gipotenziya (qon bosimini pasayishi), ko‘ngil aynishi, og‘izni qurishi, qorin distenziyasi (dam bo‘lishi), qorinning yuqori qismida og‘riq, toliqish, holsizlik, muvozanatni buzilishi, anafilaktik shok.
Tez-tez uchramaydigan nojo‘ya ta‘sirlar (1000 pasientdan 1-10 tasida namoyon bo‘ladi)
- hulqni va muomala qilishni buzilishi, eng avvalo bolalarda,
- teri toshmasi.
Kam hollarda uchraydigan nojo‘ya ta‘sirlar (10000 pasientdan 1-10 tasida namoyon bo‘ladi)
- yurakni to‘xtashi
Agar Siz har qanday nojo‘ya ta‘sirni jiddiy deb hisoblasangiz yoki Siz iste‘molchilar uchun bu yo‘riqnomada ta‘riflanmagan nojo‘ya ta‘sirlarni sezsangiz, iltimos, bu haqida shifokoringizga xabar bering.
- YUNITROPIK® 1% NI QANDAY SAQLASH KERAK
Bolalar ololmaydigan joyda saqlansin.
Etiketka yoki qutidagi EXP qisqartmasidan keyin keltirilgan yaroqlilik muddati o‘tgach YUNITROPIK® 1% qo‘llanilmasin. Yaroqlilik muddati ko‘rsatilgan oyning oxirgi kuniga mos keladi.
Dori vositasi 30°S dan yuqori bo‘lmagan haroratda saqlansin.
Sovuq va muzlashdan himoyalansin. Yorug‘lik ta‘siridan himoyalansin.
Birinchi marta ochgandan keyin 28 kun davomida ishlatilsin.
Agar Siz dori vositasini ko‘rinarli shikastlanishlari yoki flakonni birinchi ochish himoya tasmasini shikastlanishini sezsangiz, YUNITROPIK® 1% ni qo‘llamang. Bunday hollarda dori vositasini dorixonaga qaytaring.
Dori vositalarini oqava suvlarga yoki maishiy chiqindilarga tashlash mumkin emas. Ishlatilmagan dori vositasini dorixonaga qaytarilsin. Bu choralar atrof muhitni himoya qilishga yordam beradi.
- BOSHQA MA‘LUMOT
YUNITROPIK® 1% nima saqlaydi
- Davolovchi modda bo‘lib 1 ml eritmada 10 mg tropikamid hisoblanadi.
- Boshqa komponentlari: natriy xloridi,
dinatriy edetati digidrati
benzalkoniy xloridi – konservant
xlorid kislotasi
in‘eksiya uchun suv.
YUNITROPIK® 1% qanday ko‘rinishga ega va o‘ram ichidagisi
1x10 ml, 1x5 ml, 3x5 ml (tomchilagichli polietilen flakon).
Sotuvda barcha o‘lchamdagi flakonlar bo‘lmasligi mumkin.
Chiqarish shakllari