Ташкент
logo
SavatKirish

Zinerit

Zinerit chiqarish shakllari

ZINERIT poroshok 30ml
ZINERIT poroshok 30ml
Niderlandlar
Ishlab chiqaruvchi:
Astellas Farma Yurop BV
•3 ta dorixonada bor
Narxi
215 000 so'm dan
- Zinerit qabul qilish bo'yicha ma'lumot
- Zineritning tarkibi
- Zinerit ko'rsatmalar va qarshi ko'rsatmalar
- Zinerit narxi Toshkent dorixonalarida

Zinerit qo'llanmasi

Ishlab chiqarilish joyi
Niderlandlar
Kategoriya
Nimaga qarshi
Saytda e'lon qilingan ma'lumotlar mutaxassislar uchun mo'ljallangan. O'zingizni-o'zingiz davolash bilan shug'ullanmang. Sog'lig'ingizga zarar bermaslik uchun mutaxassis bilan maslahatlashishga ishonch hosil qiling!
Qo‘llash ko‘rsatmalari
  • husnbuzar toshmasini davolash.
Qo'llanilishi mumkin bo'lmagan holatlar
  • — eritromitsin va boshqa makrolidlarga yuqori sezuvchanlik; — rux (tsink) yoki preparatning boshqa komponentlariga yuqori sezuvchanlik.
Tarkibi
  • eritromitsin 1.2 g mikronizatsiyalangan rux atsetati digidrati 360 mg Erituvchi: diizopropilsebat, etanol.
Farmakokinetikasi
Preparat komponentlarining kompleks bog‘lanishi faol moddalarning teriga yaxshi kirib borishini ta'minlaydi. Rux asosan follikulyar epiteliy bilan bog‘lanadi va tizimli qon oqimiga rezorbsiyalanmaydi. Eritromitsinning arzimas qismi tizimli absorbtsiyaga uchraydi va keyinchalik organizmdan chiqariladi.
Farmakologik ta'siri
Eritromitsin-rux majmuasi. Yallig'lanishga qarshi, mikroblarga qarshi va komedonolitik ta'sir ko'rsatadi. Eritromitsin husnbuzar toshmasini keltirib chiqaradigan mikroorganizmlarga: Propionibacterium acnes va Staphylococcus epidermidis ga bakteriostatik ta'sir ko'rsatadi. Rux yog' bezlari sekreti ishlab chiqarilishini kamaytiradi, burishtiruvchi ta'sir ko'rsatadi.
Nojo'ya ta'sirlar
  • Mahalliy reaktsiyalar: ba'zida preparat surtilgan joyda achishish hissi, ta'sirlanish, terining qurishi yuzaga kelishi mumkin. Qoida tariqasida, bu hodisalar kuchsiz ifodalangan va preparatni bekor qilish va/yoki simptomatik terapiya o'tkazishni talab qilmaydi.
Dozani oshirib yuborilishi
Preparatni mahalliy qo‘llash xususiyatlari tufayli tasodifiy doza oshib ketishining ehtimoli kam.
Dori shaklining ta'rifi
  • Sirtga qo'llash uchun eritma tayyorlash uchun kukun;
Dori vositalarining o'zaro ta'siri
Hozirgi vaqtgacha Zineritning boshqa dori preparatlari bilan klinik ahamiyatli o‘zaro ta’siri aniqlanmagan.
Umumiy ma'lumot

QO‘LLASH BO‘YICHA YO‘RIQNOMA

ZINERIT®

ZINERYT

 

Savdo nomi: Zinerit®

Dori shakli: erituvchi va applikator bilan majmuada sirtga qo‘llash uchun eritmani tayyorlash uchun kukun.

Tarkibi:

Preparatni o‘rami ikkita flakondan iborat bo‘lib, ulardan biri kukun ko‘rinishidagi faol moddalarni, boshqasi – eritma ko‘rinishidagi yordamchi moddalarni saqlaydi. Aralashtirilgunigacha flakon ichidagilari  quyidagi tarkibiga ega:

Faol moddalar (birinchi flakonda)
  Dastlabki miqdori (mg/30ml) *3,35% hisobga olgandagi miqdori **5% hisobga olgandagi miqdori
Eritromisin 100% (Ph. Eur.) 1200 1240 1302
Mikroionlashtirilgan rux asetati digidrati, (Ph. Eur.) 360,0 372,0 389,4
Yordamchi  komponentlar (ikkinchi flakonda)  
  Dastlabki miqdori

(g/30ml)

 
Diizopropil sebakat (monografiya) 7,81 (8,36 ml)  
Etanol (Ph. Eur.) 17,1 (21,6 ml)  
1 ml tayyorlangan preparat  quyidagi  tarkibga ega:  
Eritromisin 100% 40 mg  
Rux asetati digidrati, mikroionlashtirilgan 12 mg  
Diizopropil sebakt 0,25 mg  
Etanol 0,55g  

*faol komponentlarni eritromisin va rux asetat digidrati miqdori tayyor preparatni  tayyorlashda ularning konsentrasiyasini kompensasiya qilish maqsadida 3,35% oshirilgan, faol komponentlarni erituvchi bilan aralashtirilganda (har 1000 mg kukun 0,79 ml ga ekvivalent) uning dastlabki xajmi oshadi.

** eritromisin va rux asetati digidratini faol komponentlarni miqdorini qo‘shimcha oshirilishi, 5% ga oshirilishi tayyor preparatni saqlashda uning konsentrasiyani saqlanishi bilan bog‘liq.

Ta‘rifi: rangsiz, tiniq suyuqlik.

Farmakoterapevtik guruhi: xusnbuzarli toshmani davolash uchun vosita.

ATS kodi: D10AF52

 

Farmakologik xususiyatlari

Farmakodinamikasi

Zinerit – eritromisin–rux kompleksidir. Yallig‘lanishga qarshi, mikrobga qarshi va komedonolitik ta‘sir ko‘rsatadi.

Eritromisin husnbuzarli toshmani chaqiruvchi mikroorganizmlarga: Proplonibacterium acne va Streptococcus epidermidis ga bakteriostatik ta‘sir qiladi. Rux yog‘ bezlari sekretini ishlab chiqarilishini kamaytiradi, burishtiruvchi ta‘sir ko‘rsatadi.

 

Farmakokinetikasi

Preparat komponentlarini kompleks bog‘lanishi teriga faol moddalarni yaxshi kirishini ta‘minlaydi. Rux asosan follikulyar epiteliy bilan bog‘lanadi va tizimli qon oqimiga so‘rilmaydi. Eritromisinning oz qismi tizimli taqsimlanishga uchraydi va keyinchalik organizmdan chiqariladi.

 

Qo‘llanilishi

– xusnbuzarli toshmani davolashda qo‘llanadi.

 

Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar

eritromisinga va boshqa makrolidlarga yuqori sezuvchanlik;

– ruxga yuqori sezuvchanlik.

 

Qo‘llash usuli va dozalari

Sirtga. Zineritni berilgan applikator yordamida terining shikastlangan sohasiga yupqa qavat qilib sutkada 2 marta: ertalab (makiyajni surtishdan oldin) va kechqurun (yuvingandan keyin) surtiladi. Preparatning tayyor eritmasini flakonni biroz qiyshaytirib, yengil bosib surtiladi. Eritmani surtish tezligi applikatorni teriga nisbatan bosimi kuchi orqali boshqariladi. Taxminiy bir martalik doza – 0,5 ml ni tashkil etadi. Qurigandan keyin eritma ko‘rinmay qoladi.

Davolash kursini davomiyligi – 10-20 hafta. Alohida hollarda 2 haftadan keyinoq klinik yaxshilanish kuzatilishi mumkin.

 

Nojo‘ya ta‘siri

Mahalliy reaksiyalar: ba‘zida preparatni surtilgan joyda achishish hissi, ta‘sirlanish, terini qurishi (odatda bunday holatlar sust ifodalangan va preparatni bekor qilishni va/yoki simptomatik davolashni o‘tkazishni talab qilmaydi) paydo bo‘lishi mumkin.

 

Boshqa dori vositalari bilan o‘zaro ta‘siri

Hozirgi vaqtgacha Zineritni boshqa dori preparatlari bilan klinik ahamiyatga ega o‘zaro ta‘sirlari aniqlanmagan.

 

Preparatning dozasini oshirib yuborilishi

Preparatni mahalliy qo‘llashni o‘ziga hosligi tufayli dozani tasodifan oshirib yuborilish ehtimoli kam.

 

Maxsus ko‘rsatmalar

Boshqa makrolidlarga, linkomisinga, klindamisinga nisbatan kesishgan rezistentlikni rivojlanish ehtimolini hisobga olish lozim. Ko‘zga, og‘iz bo‘shlig‘i va burun shilliq qavatiga tushishidan saqlanish kerak (ta‘sirlanishi yoki kuyishi mumkin).

 

Homiladorlik va laktasiya

Hozirgi vaqtda preparatni homiladorlik va laktasiya (emizish) davrida ko‘rsatmalar bo‘yicha tavsiya qilingan dozalarda qo‘llash mumkinligi aniqlangan.

 

Chiqarilish shakli

Sirtga qo‘llash uchun eritmani tayyorlash uchun kukun, erituvchi bilan 30 ml dan flakonlarda va applikator bilan qo‘llash yo‘riqnomasi bilan karton qutida.

 

Saqlash sharoiti

15 dan  25oS gacha bo‘lgan haroratda, bolalar olaolmaydigan joyda saqlansin.

 

Yaroqlilik muddati

3 yil. Yaroqlilik muddati tugaganidan keyin qo‘llanilmasin.

 

Dorixonalardan berish tartibi

Reseptsiz.

 

Ulashish:

Zinerit narxlari

Dorixonalar
Manzil
Ish vaqti
Sotib olmoq

Zinerit barcha rasmlari

Barcha rasmlar
Barcha rasmlar

Zinerit haqida savollar

Zinerit haqida fikr-mulohazalar

Reyting 4.1, 9 ta sharh asosida

Alifbo bo'yicha dori vositalar ro'yxati

scroll-top

Biz portalimiz ishini takomillashtirish maqsadida cookie-fayllardan foydalanamiz. Ishni davom ettirar ekansiz, ulardan foydalanishga rozilik bildirgan bo‘lasiz. Batafsil