Ташкент
logo
SavatKirish

ZUKAMU

ZUKAMU chiqarish shakllari

ZUKAMU granuli 12g N6
ZUKAMU granuli 12g N6
Xitoy
Ishlab chiqaruvchi:
Xinjiang Uygur Pharmaceutical Co., Ltd
•3 ta dorixonada bor
Narxi
61 800 so'm dan
ZUKAMU granuli 12g N9
ZUKAMU granuli 12g N9
Xitoy
Ishlab chiqaruvchi:
Xinjiang Uygur Pharmaceutical Co., Ltd
- ZUKAMU qabul qilish bo'yicha ma'lumot
- ZUKAMUning tarkibi
- ZUKAMU ko'rsatmalar va qarshi ko'rsatmalar
- ZUKAMU narxi Toshkent dorixonalarida

ZUKAMU qo'llanmasi

Saytda e'lon qilingan ma'lumotlar mutaxassislar uchun mo'ljallangan. O'zingizni-o'zingiz davolash bilan shug'ullanmang. Sog'lig'ingizga zarar bermaslik uchun mutaxassis bilan maslahatlashishga ishonch hosil qiling!
Umumiy ma'lumot

QO‘LLASH BO‘YICHA YO‘RIQNOMA

ZUKAMU

ZUKAMU

Preparatning savdo nomi: Zukamu

Dori shakli: ichga qabul qilish uchun eritma tayyorlash uchun granulalar

Tarkibi:

1 sashe (12 g) quyidagilarni saqlaydi:

Faol moddalar (maydalangan o‘simliklar): V mg
Kempferiya galanga (Zanjabil) ildizi (Kaempferia galanga) 830,0
Oddiy Yalpiz o‘tlari (Mentha haplocalyx) 3330,0
Chuchukmiya ildizi va ildizpoyalari (Glycyrrhiza glabra) 330,0
Xitoy Xurmosi mevalari (Ziziphus jujuba) 1760,0
Dorivor Ravoch ildizi va ildizpoyalari (Rheum officinale) 500,0
Pushti Altey urug‘lari (Althea rosea) 830,0
Ayriimon Kordiya mevalari (Cordia dichotoma) 830,0
Dorixona Moychechak o‘tlari (Marticaria chamomilla) 830,0
Oq Nilfiya gullari (Nymphae candida) 1760,0

Yordamchi moddalar: saxaroza, etil spirti, tozalangan suv.

Ta‘rifi: taxirroq-shirin ta‘mli, sarg‘ish-jigarrang rangli granulalar.

Farmakoterapevtik guruhi: o‘tkir respirator kasallik (O‘RK) va gripp simptomlarini bartaraf etish uchun vositalar.

Farmakologik xususiyatlari

O‘simliklardan olinadigan yallig‘lanishga qarshi va balg‘am ko‘chiruvchi ta‘sirga ega majmuaviy preparat. Preparatning ta‘siri uning tarkibiga ikruvchi komponentlarning xususiyatlariga bog‘liqdir.

Kempferiya galanga ildizi (Kaempferia galanga) – Zanjabil. Kempferiya (Zanjabil) ildizi va ildizpoyalari kraxmal, mineral moddalar va 4% gacha efir moyi saqlaydi. Ildizpoyalarining faol komponentlari kamferol, kamferid, sineol, barneol, etilsinnamat va boshqalar hisoblanadi. Antibakterial, yallig‘lanishga qarshi, analgetik xususiyatlarga ega. Xalq tabobatida u siydik haydovchi, balg‘am ko‘chiruvchi vosita hisoblanadi. Nafas yo‘llarining kasalliklarida keng qo‘llaniladi.

Oddiy Yalpiz o‘tlari (Mentha haplocalyx) – efir moyi saqlaydi, uning tarkibida asosan mentol va mentol efirlari, menton, flavonoidlar, ursolat va oleanolat kislotalari saqlanadi.

Ichga qabul qilinganda, reflektor ta‘siri natijasida spazmolitik, tinchlantiruvchi va safro haydovchi ta‘sir ko‘rsatadi. Ko‘ngil aynishida, qusishda va silliq mushaklar spazmini olish uchun spazmolitik vosita sifatida qo‘llaniladi.

Chuchukmiya ildizining ekstrakti yallig‘lanishga qarshi, balg‘am ko‘chiruvchi, spazmolitik ta‘sirlarga ega. Biologik faol moddalar majmuasini, glisirrizin kislotasi, triterpen glikozidlar, flavonoidlar, likvirotozid, trioksixalkonlar, pentasiklik triterpen, karbenoksalen va boshqalarni saqlaydi.

Balg‘am ko‘chiruvchi, yallig‘lanishga va allergiyaga qarshi ta‘sir ko‘rsatadi, me‘da-ichak yo‘llarining surunkali yallig‘lanish kasalliklarida ayniqsa, me‘da shirasi kislotasi oshib ketgan hollarda, me‘da va o‘n ikki barmoq ichak yarasi bitishini tezlashtiradi. Glisirrizin kislotasi, organizmda metabolik o‘zgarishlarga uchrab, kortikosteroidga o‘xshash ta‘sir ko‘rsatadi.

Nafas yo‘llarining balg‘am ajralishi qiyin bo‘lgan, yo‘tal bilan kechuvchi o‘tkir va surunkali infeksion-yallig‘lanish kasalliklarini (bronxitlar, traxeobronxitlar, bronxopnevmoniya, bronxoektatik kasallik va h.k.) davolashda tavsiya etiladi.

Xitoy xurmosi mevalari (Ziziphus jujuba) (yoki Unabi) Dunyoning eng yaxshi dorivor o‘simliklari beshtaligiga kiradi. Xurmo mevalari 30% gacha qandlar, 2,5% gacha organik kislotalar,  3,7% gacha yog‘li moylar, 3% gacha oqsillar va 10% gacha oshlovchi moddalar saqlanadi, ammo unabi tarkibiga shuningdek boshqa muhim moddalar: karotin, tiamin, riboflavin, nikotin va folat kislotasi, tokoferollar, katexinlar; organizmdan simob, qo‘rg‘oshin, mis tuzlarini, bakterial toksinlar va radioaktiv izotoplarni chiqarib yuboruvchi pektin; kaliy, kalsiy, fosfor, magniy saqlaydi.

Unabining quritilgan mevalarini qaynatmasi yo‘talga qarshi va yallig‘lanishga qarshi vosita sifatida bronxitda, hansirashda, ko‘kyo‘talda, bosh aylanishida keng qo‘llaniladi. Unabi mevalari og‘ir infeksion kasalliklardan keyin organizm kuchini tiklaydi. Ularni buyrak va qovuqning infeksion kasalliklarida, yaralai stomatitda va og‘iz bo‘shlig‘ining yallig‘lanish kasalliklarida buyuriladi.

Dorivor Ravoch ildizi va ildiz poyalari (Rheum officinale) – tarkibida surgi va ichak peristaltikasini kuchaytiruvchi ta‘sir ko‘rsatuvchi antraglikozidlar (reumemodin, rein, xrizofanol, emodin) va oshlovchi moddalar, burishtiruvchi va yallig‘lanishga qarshi ta‘sir ko‘rsatuvchi tanoglikozidlar saqlaydi. Ildizining asosiy xususiyatlari – yallig‘lanishga qarshi, burishtiruvchi va safro haydovchi xususiyatlardir. Va shuning uchun tabobatda yallig‘lanishga qarshi, burishtiruvchi va safro haydovchi vosita sifatida qo‘llaniladi.

Pushti Altey urug‘lari (Althea rosea) – Reflektor balg‘am ko‘chiruvchi, shuningdek mahalliy yallig‘lanishga qarshi ta‘sirga ega, bronxial sekretning qovushqoqligini pasaytiradi.

Nafas yo‘llarining qiyin ajraluvchi balg‘amli yo‘tal bilan kechuvchi kasalliklari (traxeit, traxeobronxit, bronxit) da qo‘llaniladi.

Ayrisimon Kordiya mevalari (Cordia dichotoma). Ushbu o‘simlikning mevalari tibbiyot amaliyotda aromatizatorlar sifatida qo‘llaniladi.

Dorixona Moychechak o‘tlari (Marticaria chamomilla) – tarkibida: efir moyi ( uning asosiy komponenti xamazulen) flavonoidlar (apigenin, kversetin, lyuteolin, kversimeritrin, rutin va boshqalar), kumarinlar (gerniarin, umbelliferon), matrikarin, matrisin, antemis kislotasi,  karotin, vitamin S, shilimshiq, achchiq va boshqa moddalar saqlaydi.

Yallig‘lanishga, allergiyaga qarshi, spazmolitik, terlatuvchi, antiseptik, burishtiruvchi, regenerasiya jarayonlarini rag‘batlantiruvchi ta‘sir ko‘rsatadi.

Oq Nilfiya gullari (Nymphae candida) – yallig‘lanishga qarshi, tinchlantiruvchi, isitmani tushiruvchi, og‘riq qoldiruvchi ta‘sir kursatadi.

Oq Nilfiya gullari damlama va qaynatmalar ko‘rinishida sariq kasalligida samaralidir, ularni tinchlantiruvchi, isitmani tushiruvchi va og‘riq qoldiruvchi vosita sifatida qo‘llangan.

Farmakokinetikasi

Keltirilmagan.

 

Qo‘llanilishi

  • Tomoqni ta‘sirlanishi va yallig‘lanishi
  • yo‘tal va «kashandalar» yo‘tali
  • gripp,
  • burun bitishi, bosh og‘rig‘i va istima bilan kechuvchi shamollash kasalliklari,
  • yuqori nafas yo‘llarining infeksiyalari (laringofaringit, sinusit, traxeit va angina) da qo‘llaniladi.

Qo‘llash usuli va dozalari

Bir sashe-paketchaning ichidagi modda bir stakan issiq suvda eritiladi, olingan eritma asta-sekin ichiladi. Kattalarga 1 sashe-paketchadan kuniga 2-3 marta ovqatdan keyin buyuriladi. Davolash kursi – 5-7 kun, yoki shifokor tavsiyasiga ko‘ra belgilanadi.

Nojo‘ya ta‘sirlari

Preparat odatda yaxshi o‘zlashtiriladi. Yuqori shaxsiy sezuvchanlikda allergik reaksiyalari (toshma, qichishish, eshakemi) rivojlanishi mumkin.

Biron-bir noxush reaksiyalar paydo bo‘lganida davolovchi shifokor yoki farmasevtga murojaat qilish kerak.

 

Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar

Preparatning tarkibiy komponentlariga yuqori shaxsiy sezuvchanlik.

Homiladorlik, laktasiya davri.

18 yoshgacha bo‘lgan bolalarda qo‘llash mumkin emas (samaradorligi va xavfsizligi aniqlanmagan).

 

Dorilarning o‘zaro ta‘siri

Ma‘lumotlar yo‘q.

Maxsus ko‘rsatmalar

Pasientlarda, zarurat bo‘lganida preparatning dozasiga tuzatish kiritish lozim.

Homiladorlik yoki emizish davrida qo‘llanilishi.

Homiladorlik yoki emizish davrida preparatning organizmga ta‘siri batafsil o‘rganilmagan, shuning uchun qo‘llash tavsiya etilmaydi.

Bolalar.

Preparatni bolalar va o‘smirlarda qo‘llash tavsiya etilmaydi, chunki bu yosh guruhi pasientlarida preparatni qabul qilish yuzasidan yetarli tadqiqotlar yo‘q.

Avtotransportni boshqarishda yoki boshqa mexanizmlar bilan ishlashda reaksiya tezligiga ta‘sir etish xususiyati.

Avtotransportni boshqarishda yoki boshqa mexanizmlar bilan ishlashda, shuningdek boshqa potensial xavfli faoliyat turlari bilan shug‘ullanishda ehtiyotkor bo‘lish kerak.

Preparat bolalar ololmaydigan joyda saqlansin va yaroqlilik muddati o‘tgach ishlatilmasin.

 

Dozani oshirib yuborilishi

Dozani oshirib yuborilishining klinik ko‘rinishlari to‘g‘risida ma‘lumotlar yo‘q.

 

Chiqarilish shakli

12 g sasheda. 6 yoki 9 sashe qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnomasi bilan birga karton qutida.

 

Saqlash sharoiti

Qorong‘i va quruq joyda, 30°S dan yuqori bo‘lmagan haroratda saqlansin.

 

Yaroqlilik muddati

2 yil.

 

Dorixonalardan berish tartibi.

Shifokor reseptisiz beriladi.

Ulashish:

ZUKAMU narxlari

ZUKAMU barcha rasmlari

Barcha rasmlar
Barcha rasmlar

ZUKAMU savollari

ZUKAMU fikr-mulohazalari

Reyting 5.0, 1 ta sharh asosida
Светлана
24.07.2021 17:34
5
Очень понравился ваш препарат,отлично блокирует кашель

Alifbo bo'yicha dori vositalar ro'yxati

scroll-top

Biz portalimiz ishini takomillashtirish maqsadida cookie-fayllardan foydalanamiz. Ishni davom ettirar ekansiz, ulardan foydalanishga rozilik bildirgan bo‘lasiz. Batafsil