КАЛЬЦИНОМАКС таблетки

Mahsulotning ko'rinishi saytdagi rasmdan farq qilishi mumkin.

KALSINOMAKS tabletkalari

Mavjudligini aniqlashtiring
Kelishilgan narx

Preparatning savdo nomi: «Kalsinomaks»

Chiqarilish shakli: Tabletka.

Tarkibi (bir tabletkada):

Faol komponentlari

1

Kalsiy karbonat

(tarkibida elementar kalsiy)

950,0 mg

380,0 mg

2

Rux laktat

3,0 mg

3

Vitamin D3

200 XB

Qo`shimcha moddalar:

4

Kraxmal, stearat kalsiy, apelsin aromatizator va shakar kukuni - 1500,0 mg bo'lguniga qadar

Ta’rifi: Oval shaklli, bir tomonida kesigi bo'lgan, oq rangli apelsin ta`mli tabletkalar. Kul rang g`adir budurliklar va notekis qirralar bo'lishi mumkin.

Farmakoterapevtik guruhi: Kalsiy - fosfor almashinuvini me’yorlashtiruvchi vosita. BFQ.

Farmokologik hususiyatlari: «Kalsinomaks» kombinirlangan preparat bo'lib, tarkibida kalsiy, rux va vitamin D3 ning faol shaklini o'z ichiga oladi. Preparat organizmda kalsiy, rux va vitamin D yetishmovchiligini to'ldiradi.

Kalsiy va vitamin D3 organizmda kalsiy va fosfor almashinuvini boshqaradi. Suyaklar rezorbsiyasini (mo'rtlashishini) kamaytiradi va mustahkamligini oshiradi, tish to'qimasini mineralizasiyasini yaxshilaydi. Kalsiy nerv o'tkazuvchanligini boshqarishda, mushaklar qisqarishida, arterial qon bosimini boshqarishda ishtirok etadi va qon ivish tizimi komponentlari tarkibiga kiradi. Kalsiy hujayra yadrosi, membranasi va to'qima suyuqligi tarkibiga kiradi. Antiallergik, yallig`lanishga qarshi, asidozni oldini oladi, qator ferment va garmonlarni faollashtiradi.

Rux 200 dan ortiq fermentlar tarkibiga kiradi va organizmda moddalar almashinuvida ishtirok etadi. Rux oshqozon osti bezi - insulin garmoni tarkibiga kiradi va qonda qandni miqdorini boshqaradi. Rux- organizmni jinsiy etilishi va rivojlanishiga ijobiy ta'sir qiladi va reproduktiv salomatligini yaxshilaydi. Erkaklarda Rux prostata bezini o'sishini nazorat qiladi va prostata adenomasini oldini olishda ishtirok etadi, spermatozoidlarni va jinsiy garmonlarni faollashtiradi. Rux skeletni shakillanishida muhim rol o'ynaydi (vitamin D3 ni ta'sirini kuchaytiradi), immun tizimini funksional holatini yaxshilaydi, viruslarga qarshi va antitoksik ta'sir qiladi, yuqumli kasalliklarni oldini oladi. Rux soch, tirnoq va terining holatini yaxshilashda, hamda ta'm va hid sezishida katta ahamiyatga ega.

Vitamin D3 Bolalik va o'smirlik davrida vitamin (gormon) D skelet va bo'y uzunligini shakllantirib beradi. Vitamin D3 – ingichka ichakda kalsiy va fosforning so’rilishini ta'minlaydi, yallig`lanishga qarshi, antigipertenziv va boshqa shu kabi biologik ta'sirlarni o'z ichiga oladi.

Farmakokinetikasi: Vitamin va minerallar majmuasiga mos.


Qo`llash uchun ko`rsatma:

Kalsiy, Rux va vitamin D yetishmovchiligini oldini olish va bartaraf etish uchun:

-noto’g`ri ovqatlanish oqibatida kelib chiqadigan kalsiy, rux va vitamin D yetishmovchiligida;

-homiladorlik va emizikli davrida talab oshganda;

-bolalarni intensiv o'sish davrida talabni qondirish uchun;

-ayollar va erkaklar reproduktiv sog`lig`ini tiklashda majmua tarkibida;

-kelib chiqishi har xil bo`lgan osteoporoz muammosini majmuali bartaraf qilishda;

-kuchli jismoniy va aqliy mehnat;

- suyak va bo’gimlar shikastlanishlaridan keyin;

-50 yoshdan oshgan odamlarga tavsiya etiladi.


Qo`llash usuli va dozalari:

3 yoshdan 12 yoshgacha bo'lgan bolalarda 1 tabletkadan 1 – 2 mahal.

12 yoshdan oshgan bolalar va kattalarda 1 tabletkadan 2 – 3 mahal.

Kurs davomiyligi kamida 1 oyni tashkil qiladi.

Kalsinomaks og`iz orqali qabul qilinadi. Tabletkalarni chaynash yoki shimish mumkin. Preparat ovqatlanish vaqtida yoki ovqatdan keyin qabul qilinadi.

Shifokor ko'rsatmasiga binoan kurs davomiyligi o'zgarishi mumkin.

Nojo`ya ta'siri:

Tarkibiga kiruvchi ayrim moddalarga nisbatan yuqori sezuvchanlik.

Qarshi ko`rsatma:

Preparat tarkibiga kiruvchi komponentlarga yuqori sezuvchanlik bo'lsa.

Giperkalsiemiya (qonda kalsiy konsentrasiyasi yuqori),

Giperkalsiuriya (peshobda kalsiy oshib ketishi),

Gipervitaminoz D,

Og`ir buyrak yetishmovchiligi,

Faol tuberkulez,

Sarkoidoz,

Nefrolitiaz.

Me'yoridan ortiqcha qabul qilinsa: Hozirgi kungacha me'yoridan ortiqcha qabul qilinganlik holatlari haqida habar berilmagan.

Boshqa dori vositalar bilan o'zaro ta'siri:

Temir preparatlari kalsiy tuzlari so'rilishini susaytirishi mumkinligi sababli bu preparatlar sutkani har xil vaqtida ichish tavsiya qilinadi.

Alohida holatlar: Tarkibida tanin saqlovchi choy va boshqa ichimliklar kalsiy moddasini so`rilishini susaytirganligi sababli, ular bilan birga istemol qilish tavsiya qilinmaydi.

Chiqarilish shakli: Chaynaluvchi tabletkalar 1500 mg. Yuqori himoyaga ega bo'lgan maxsus qopqoqli polietilen flakonda 60 dona tabletkadan. Karton qutichada bitta flakon va qo’llash bo'yicha yo'riqnoma joylashtirilgan.

Saqlash sharoiti: Bolalar qo'li yetmaydigan, harorati +4°C dan +25°C gacha va namligi 80% dan oshmaydigan xonada saqlanishi lozim.

Saqlash muddati: 2 yil. Qutichada ko'rsatilgan muddat tugaganidan so'ng qabul qilish tavsiya qilinmaydi.

Dorixonadan berish tartibi: Reseptsiz. BFQ.Dori vositasi hisoblanmaydi.

Mahsulot haqida to'liq ma'lumotga ega bo'lish uchun sotuvchi bilan yuqoridagi telefon raqami orqali yoki elektron so'rovnoma orqali murojat qiling.

Fikr qoldirish
Baho:
              
Matnni kiriting

Ismingiz
Fikr-mulohazangiz moderator tekshiruvidan so'ng nashr etiladi

Mahsulot bo'yicha savolingiz bormi?

Savol qoldirish
Yetkazib beruvchi :

Sharofobod ko'ch., 2 uy, Toshkent, Toshkent, O'zbekiston