Ташкент
logo
SavatKirish
Bosh sahifa  / Dori vositalari  / Tomoq kasalliklari  / ADJISEPT PLYUS pastilkalar so vkusom meda i limona N24

ADJISEPT PLYUS pastilkalar so vkusom meda i limona N24

Retseptsiz
Mahsulot haqida tafsilotlar
Ishlab chiqarilgan joyi:Hindiston
Farmakoterapevtik guruh:

LOR-a'zolari kasalliklarini davolash uchun qo'llanadigan vosita.

Ishlab chiqaruvchi:Agio Pharmaceuticals Ltd
ATX kodi:R02AA20
Barcha Adjisept dorilari
2 ta dorixonada bor
Narxi 36 000 so'm dan
Dorixonadan topish
To‘lov va yetkazib berish usullari Toshkentda
Olib ketish
Ertaga yoki keyinroq 2 ta dorixonadan
Dorixonada karta yoki naqd to‘lov
Yetkazib berish
2 soat ichida yoki ertaga, yetkazib berish narxi onlayn dorixonada ko‘rsatilgan tarif bo‘yicha. Onlayn yoki kuryerga to‘lov

ADJISEPT PLYUS pastilkalar so vkusom meda i limona N24 qo'llanmasi

Saytda e'lon qilingan ma'lumotlar mutaxassislar uchun mo'ljallangan. O'zingizni-o'zingiz davolash bilan shug'ullanmang. Sog'lig'ingizga zarar bermaslik uchun mutaxassis bilan maslahatlashishga ishonch hosil qiling!
Tarkibi va ishlab chiqarilish shakli
Tarkibi:

Har bir pastilka quyidagilarni saqlaydi:

faol moddalar: amilmetakrezol 0,6 mg; 2,4-dixlorbenzil spirti 1,20 mg; lidokain gidroxloridi 10 mg;

yordamchi modda: qandli asos.

Bo'yovchisi: karamel.

Сhiqarilish shakli

6 pastilkadan 4 ta strip tibbiyotda qo'llanilishiga doir yo'riqnomasi bilan birga karton qutida.


Farmakodinamikasi

O'zining tarkibidagi faol moddalari tufayli, ushbu tibbiy preparat o'zida mahalliy antiseptik, bakteritsid, fungitsid va mahalliy anal'getikning xususiyatlarini mujassam etadi. 

Ushbu tibbiy preparat quyidagilarni saqlaydi:

2,4-dixlorbenziletanol va amilmetakrezol, og'iz-xalqum bo'shlig'i patogen bakterial florasiga qarshi ta'sir qiluvchi ikkita antiseptik saqlaydi. Ular muvofiq ravishda spirtlar va fenollar kimyoviy guruhiga mansubdir.

Mahalliy amid guruhi og'riqsizlantiruvchi vositalariga mansub bo'lgan lidokain esa og'riqni tezda yengillashishini chaqiradi.

Farmakokinetikasi

So'rilishi va taqsimlanishi

Shilliq qavatlarga mahalliy qo'llanganidan so'ng lidokain nisbatan tez so'riladi. 8 mg lidokain saqlovchi pastilkalarni qo'llab va proportsional cho'qqi kontsentratsiyalariga (СhK) taxmin qilinib o'tkazilgan tadqiqotlarga asoslanib, 2 mg lidokain yuborilganidan so'ng plazmadagi cho'qqi darajalari taxminan 11 ng/ml ni tashkil qilar ekan, bu tizimli nojo'ya reaktsiyalarning ancha yuqori uchrash tezligi bilan bog'liq darajalardan ancha pastdir. Garchi lidokain me'da-ichak yo'llarida so'rilsa-da, peroral dozaning faqat 35% gina tizim oldi metabolizmi (jigar portal qon aylanishi) orqali o'zgarmagan holda qon aylanish tizimiga yetib boradi.

Biotransformatsiyasi va chiqarilishi

Lidokain ancha miqdor darajasida jigarda metabolizmga uchraydi, buning natijasida jigar funktsiyasi va jigardagi qon oqimining har qanday o'zgarishi lidokainning farmakokinetikasiga va dozalash tartibiga bo'lgan talabga sezilarli ta'sir ko'rsatishi mumkin. Jigar metabolizmi tez va qabul qilingan dozaning 90% ga yaqin, u alkil guruhini yo'qotib, monoetilglitsin yeksilidid (MEGX) va glitsin ekzilidid (GX) shakllanadi. Lidokainning 10% dan kamroq qismi buyrak orqali o'zgarmagan holda ichqariladi. Metabolitlari shuningdek siydik bilan ham chiqariladi.

Ham 2,4-dixlorbenziletanol, ham amilmetakrezolning farmakokinetikasi to'g'risida tegishli ma'lumotlar yo'q.

Farmakoterapevtik guruh

LOR-a'zolari kasalliklarini davolash uchun qo'llanadigan vosita.

Dori shakli

Asal va limon ta'mli shimish uchun pastilkalar.

Nojo'ya samaralari

Hozirgi paytgacha odatda faqat uzoq muddat davolashdan keyin yuz beradigan biron-bir tizimli reaktsiyalar to'g'risida xabar berilmagan.

Qo'llash davri davomida ushbu dori preparatining faol moddalari majmuasi qo'llanganda quyidagi nojo'ya reaktsiyalar xabar berilgan:

Immun tizimi tomonidan buzilishlar

Kam hollarda (≥1/10 000 dan ≤1/1 000 gacha): O'ta yuqori sezuvchanlik reaktsiyalari (achishish, qichishish), angionevrotik shish, tomoqda achishish va noxush ta'm sezish.

Nojo'ya reaktsiyalarning ko'rinishlariga shubha tug'ilganda, ular to'g'risida xabar berish

Dori preparatini qo'llashga ruxsat olinganidan keyin nojo'ya reaktsiyalarning ko'rinishlariga shubha tug'ilganda, ular to'g'risida xabar berishi katta ahamiyatga egadir. Ular dori preparatining afzalliklari/xavfi ko'rsatkichlari monitoringini davom ettirishga imkon beradi.

Maxsus saqlash sharoitlari

Ko'rsatilgan dozaga amal qiling. Katta miqdorlarda yoki ko'p marta qabul qilinganda ushbu dori vositasi nerv tizimiga ta'sir ko'rsatishi mumkin, chunki u qon oqimidan o'tib, ehtimol tirishishlarni chaqirishi yoki yurakka ta'sir ko'rsatishi mumkin. 

Ushbu preparatni 5 kundan ortiq uzoq vaqt qo'llanilishi tavsiya etilmaydi, chunki og'iz bo'shilig'i mikroflorasining tabiiy balansini o'zgarish ehtimoli mavjud. 

Agar 3-4 kundan ortiq vaqt davomida simptomlar saqlanib qolsa, yoki ahvol yomonlashsa yoki yuqori tana harorati, bosh og'rig'i, ko'ngil aynishi yoki qusish, shuningdek terida toshma kabi boshqa simptomlar paydo bo'lsa, klinik holat bakterial infektsiyalar (angina, tonzillit) yuzasidan baholanishi lozim.

Preparatni o'tkir kasalligi bo'lgan keksa yoshdagi patsientlar yoki keksa yoshdagi holsizlangan patsientlar ehtiyotkorlik bilan qo'llashlari kerak, chunki ular ushbu dori vositasining nojo'ya reaktsiyalariga ancha sezuvchandirlar. 

Agar og'iz bo'shlig'i shilliq qavati butligining buzilishlari (o'tkir shilinishlar) bo'lsa, ushbu preparatni og'iz va tomoq sohasida ishlatmaslik kerak, chunki Adjisept®Plyus antiseptik pastilkalari tilni jimirlashishini chaqirishi va shilinishlar, kesiklar xavfini oshirishi mumkin. Shu boisdan, ovqatlanish va issiq ovqatni ichish vaqtida ehtiyotkorlikka amal qilish lozim. Patsient, mahalliy og'riqsizlantirish yutishni qiyinlashtirishi va buning oqibatida aspiratsiya xavfini oshirishi mumkinligini bilishi lozim. Shu sababdan og'iz yoki tomoq sohasida mahalliy anestetiklar bevosita qo'llanganidan keyin ovqat qabul qilishga ruxsat berilmaydi. 

Astma bilan xastalangan patsientlar ushbu tibbiy preparatini shifokor kuzatuvi ostida qabul qilishlari lozim.

Amid turidagi mahalliy anestetiklarga allergiyasi bo'lgan patsientlar, lidokain kabi amid turidagi boshqa moddalarga kesishgan sezuvchanlik bo'lishi to'g'risida bilishlari lozim.

Adjisept®Plyus antiseptik pastilkalari levomentolda saqlanuvchi terpenlarni saqlaydi. Terpenlarning ortiqcha dozalari, bolalarda tirishishlar kabi nevrologik asoratlarni chaqirishi mumkin.

Adjisept®Plyus antiseptik pastilkalari o'z tarkibida saxaroza saqlagani tufayli, uni fruktozani kam uchraydigan nasliy o'zlashtira olmasligi, glyukoza va galaktoza mal'absorbtsiyasi sindromi yoki saxarazno-izomal'taz yetishmovchiligi bo'lgan patsientlarga buyurish mumkin emas.

Adjisept®Plyus antiseptik pastilkalari o'z tarkibida glyukoza saqlagani tufayli, glyukoza-galaktozani so'rilishini buzilishi bo'lgan patsientlar ushbu preparatni qo'llamasliklari lozim.

Homiladorlik va laktatsiya davrida qo'llanilishi

Adjisept®Plyus antiseptik pastilkalarining homiladorlik vaqtidagi xavfsizligi aniqlanmagan.

Lidokainni homiladorlik vaqtida mahalliy qo'llanishi to'g'risida juda ko'p sonli ma'lumotlar tug'ma rivojlanish nuqsonlari yuqori xavfi yo'qligidan dalolat beradi. Lidokain yo'ldosh orqali o'tadi; biroq doza pastligi tufayli, so'rilishi juda past. Hayvonlarda o'tkazilgan tadqiqotlar reproduktiv toksiklik borligini ko'rsatmagan. 

Preparatning faol moddalari amilmetakrezol va 2,4-dixlorbenziletanolni homiladorlik vaqtida ishlatilishi to'g'risida ma'lumotlar yo'q. Hujjatlar bilan tasdiqlangan tajriba bo'lmaganida Adjisept®Plyus antiseptik pastilkalarini homiladorlik vaqtida qo'llash tavsiya etilmaydi.

Laktatsiya

Adjisept®Plyus antiseptik pastilkalarini emizish davrida qo'llash xavfsizligi aniqlanmagan. Lidokain uncha ko'p bo'lmagan miqdorlarda ko'krak suti bilan ajralib chiqadi. Dozasi past bo'lganligi tufayli, chaqaloqqa lidokainning xech qanday ta'siri taxmin qilinmaydi. Emizish davrida faol moddalar - amilmetakrezol va 2,4-dixlorbenziletanolni ajralib chiqishi to'g'risida ma'lumotlar yo'q. Emizishni to'xtatish yoxud Adjisept®Plyus antiseptik pastilkalari bilan davolashni to'xtatish to'g'risidagi qarorni, ona uchun dekslansoprazol bilan davolashning foydasi va bola uchun emizishning foydasini hisobga olgan qabul qilish kerak.

Reproduktiv funktsiya

Lidokain, amilmetakrezol va 2,4-dixlorbenziletanolni reproduktiv funktsiyaga, emizishga ta'siri to'g'risida ma'lumotlar yo'q.

Qo'llanilishi

Kattalar va 12 yoshdan katta o'smirlarda faringit, angina kabi va tonzillektomiyadan keyingi og'riqli holatlarni simptomatik davolash uchun qo'llaniladi.

Qo'llanilishi mumkin bo'lmagan holatlar

Ta'sir etuvchi moddaga yoki sanab o'tilgan komponentlaridan birontasiga o'ta yuqori sezuvchanlikda qo'llash mumkin emas.

Og'riqsizlantiruvchi vositaning tez so'rilishi va laringospazm xavfini hisobga olib, mahsulotni 12 yoshgacha bo'lgan bolalarda qo'llash mumkin emas.

Dori vositalarining o'zaro ta'siri

Boshqa preparatlar bilan klinik jihatdan ahamiyatli o'zaro ta'siri aniqlanmagan. Preparatni boshqa mahalliy mikroblarga qarshi vositalar bilan bir vaqtda qo'llash mumkin.

Ta'rifi

Ikki yoqlama qavariq, limon hidli va o'ziga xos nordonroq ta'mga ega, jigarrang-sariq rangli dumaloq shaklli pastilkalar.

Dozirovkasi

Oromukoz (og'iz bo'shlig'i shilliq qavatiga) qo'llash uchun buyuriladi. Pastilkani og'iz bo'shlig'ida asta-sekin shiming, pastilkani lunjda shimmang. Ushbu preparatni ovqatlanish yoki suyuqlik ichishdan oldin qabul qilmang.

Agar 3-4 kundan keyin ahvolni yaxshilanishi kuzatilmasa, patsientni shifokorga murojaat qilishi tavsiya etiladi.

Ushbu preparatni 5 kundan ortiq uzoq muddat qo'llash tavsiya etilmaydi.

Kattalar va 12 yoshdan katta o'smirlar:

1 pastilka har 2-3 soatda va zarurat tug'ilganida 24 soat davomida maksimal 8 pastilka qo'llaniladi.

Patsient bolalar 

Preparatni 12 yoshgacha bo'lgan bolalarda qo'llash mumkin emas.

Keksa yoshdagi patsientlar

Dozaga tuzatish kiritish talab etilmaydi.

Jigar va/yoki buyrak yetishmovchiligi

Adjisept®Plyus antiseptik pastilkalarini jigar yoki buyrak yetishmovchiligi bo'lgan patsientlarda qo'llanilishi to'g'risida ma'lumotlar yo'q.

Dozani oshirib yuborilishi

Simptomatikasi

Ta'sir etuvchi moddalarning past kontsentratsiyalarini hisobga olib, dozani oshirib yuborilishi deyarli yuz bermaydi. Dozani oshirib yuborilishi noto'g'ri qo'llash oqibatida (ancha yuqori dozalar qo'llanganda, shilliq qavatlar shikastlanganda) yuz berishi mumkin. Dastlab belgilar yuqori nafas yo'llari va ovqat hazm qilish yo'llarida jimirlash ko'rinishida namoyon bo'ladi. Tizimli reaktsiyalar lidokainni so'rilishi oqibatida yuz berishi mumkin. Lidokain bilan intoksikatsiyaning eng jiddiy oqibatlari markaziy nerv tizimida (uyqusizlik, bezovtalik, qo'zg'alish va nafasni susayishi) va yurak-qon tomir tizimida (gipotenziya, yurak ritmini buzilishi, yurakni to'xtab qolishi) namoyon bo'lishi, shuningdek metgemoglobinemiya yuz berishi mumkin.

Davolash 

Davolash simptomatik va tutib turuvchi bo'lishi kerak; tibbiy kuzatuv o'tkazgan afzal. Metgemoglobinemiyani metilen ko'kini (1-4 mg/kg dozada) vena ichiga zudlik bilan yuborish yo'li bilan davolash mumkin.

ADJISEPT PLYUS pastilkalar so vkusom meda i limona N24 boshqa chiqarish shakllari

Narxi
30 000 so'm dan
Narxi
33 500 so'm dan

ADJISEPT PLYUS pastilkalar so vkusom meda i limona N24 savollari

ADJISEPT PLYUS pastilkalar so vkusom meda i limona N24 fikr-mulohazalari

Reyting 0, 0 ta sharh asosida

Ishlab chiqaruvchining dorilar

SIPROFLOKSASIN ADJIO tabletkalari 500mg N100
Retseptli
SIPROFLOKSASIN ADJIO tabletkalari 500mg N100
Hindiston
Ishlab chiqaruvchi:
Agio Pharmaceuticals Ltd
•10 ta dorixonada bor
Narxi
75 000 so'm dan
ADJIDIKLO-SUPER gel 30 g 5%
Retseptsiz
ADJIDIKLO-SUPER gel 30 g 5%
Hindiston
Ishlab chiqaruvchi:
Agio Pharmaceuticals Ltd
•15 ta dorixonada bor
Narxi
40 000 so'm dan
ADJIDIKLO-SUPER gel 5% 30g
Retseptsiz
ADJIDIKLO-SUPER gel 5% 30g
Hindiston
Ishlab chiqaruvchi:
Agio Pharmaceuticals Ltd
Narxi
40 000 so'm dan
FLYUZAROL maz 15 g 0,03%
FLYUZAROL maz 15 g 0,03%
Hindiston
Ishlab chiqaruvchi:
Agio Pharmaceuticals Ltd
ADJIMETRIL gel 20 g
Retseptsiz
ADJIMETRIL gel 20 g
Hindiston
Ishlab chiqaruvchi:
Agio Pharmaceuticals Ltd
•27 ta dorixonada bor
Narxi
30 000 so'm dan
ADJIMETRIL gel 20g
Retseptsiz
ADJIMETRIL gel 20g
Hindiston
Ishlab chiqaruvchi:
Agio Pharmaceuticals Ltd
Narxi
30 000 so'm dan
ADJISEPT PLYUS pastilkalar so vkusom meda i limona N24
Retseptsiz
ADJISEPT PLYUS pastilkalar so vkusom meda i limona N24
Hindiston
Ishlab chiqaruvchi:
Agio Pharmaceuticals Ltd
•2 ta dorixonada bor
Narxi
36 000 so'm dan
MEZAMAKS krem 15 g 0,1%
Retseptli
MEZAMAKS krem 15 g 0,1%
Hindiston
Ishlab chiqaruvchi:
Agio Pharmaceuticals Ltd
•14 ta dorixonada bor
Narxi
42 000 so'm dan

Alifbo bo'yicha dori vositalar ro'yxati

scroll-top

Biz portalimiz ishini takomillashtirish maqsadida cookie-fayllardan foydalanamiz. Ishni davom ettirar ekansiz, ulardan foydalanishga rozilik bildirgan bo‘lasiz. Batafsil