Apteka.uz
SavatKirish

Adjisept

Adjisept chiqarilish shakllari

ADJISEPT PLYUS pastilkalar so vkusom mentola i evkalipta N24
Retseptsiz
ADJISEPT PLYUS pastilkalar so vkusom mentola i evkalipta N24
Hindiston
Ishlab chiqaruvchi:
Agio Pharmaceuticals Ltd
•1 ta dorixonada bor
Narxi
36 000 so'm dan
ADJISEPT pastilkalar so vkusom mentola i evkalipta N24
Retseptsiz
ADJISEPT pastilkalar so vkusom mentola i evkalipta N24
Hindiston
Ishlab chiqaruvchi:
Agio Pharmaceutical Limited
•3 ta dorixonada bor
Narxi
28 079 so'm dan
ADJISEPT pastilkalar so vkusom meda N24
Retseptsiz
ADJISEPT pastilkalar so vkusom meda N24
Hindiston
Ishlab chiqaruvchi:
Agio Pharmaceutical Limited
•3 ta dorixonada bor
Narxi
28 079 so'm dan
ADJISEPT pastilkalar klassicheskiy N24
Retseptsiz
ADJISEPT pastilkalar klassicheskiy N24
Hindiston
Ishlab chiqaruvchi:
Agio Pharmaceutical Limited
•1 ta dorixonada bor
Narxi
36 840 so'm dan
ADJISEPT PLYUS pastilkalar so vkusom meda i limona N24
Retseptsiz
ADJISEPT PLYUS pastilkalar so vkusom meda i limona N24
Hindiston
Ishlab chiqaruvchi:
Agio Pharmaceuticals Ltd
•1 ta dorixonada bor
Narxi
36 000 so'm dan
- Adjisept qabul qilish bo'yicha ma'lumot
- Adjiseptning tarkibi
- Adjisept ko'rsatmalar va qarshi ko'rsatmalar
- Adjisept narxi Toshkent dorixonalarida

Adjisept haqida qo'llanma

Qo‘llash ko‘rsatmalari

  • og'iz bo'shlig'i va halqumning infektsion-yallig'lanish kasalliklari

Qo'llanilishi mumkin bo'lmagan holatlar

  • — 5 yoshgacha bo‘lgan bolalar; — preparat komponentlariga yuqori sezuvchanlik.

Tarkibi

  • 1 tab. amilmetakrezol 600 mkg 2,4-dixlorbenzil spirti 1.2 mg yordamchi ingredientlar: suvsiz limon kislotasi, mentol, limon aromatizatori, bo‘yoqchi quyosh botishi sariq, bo‘yoqchi xinolin sariq, tozalangan suv. amilmetakrezol 600 mkg 2,4-dixlorbenzil spirti 1.2 mg

Farmakologik ta'siri

Ajdisept - antiseptik vosita, yallig'lanishga qarshi, og'riq qoldiruvchi va mahalliy og'riqsizlantiruvchi ta'sir ko'rsatadi. Mikrob hujayralari oqsillarini koagulyatsiya qiladi; keng spektrli grammusbat va grammanfiy mikroorganizmlarga nisbatan faol; zamburug'ga qarshi ta'sir ko'rsatadi. Yuqori nafas yo'llari shilliq qavatlarining ta'sirlanishi simptomlarini bartaraf etadi, shilliq qavatga dekongestiv ta'sir ko'rsatadi. Ajdisept burun bitishini kamaytiradi. Tomoqdagi ta'sirlanish va og'riqni yumshatadi.

Nojo'ya ta'sirlar

  • Ko'rsatmalar bo'yicha tavsiya etilgan dozalarda qo'llanilganda preparatning nojo'ya ta'siri qayd etilmagan.

Dori shaklining ta'rifi

  • Shimish uchun tabletkalar Shimish uchun tabletkalar (ananasli) Shimish uchun tabletkalar (limonli) Shimish uchun limonli tabletkalar, to'q-sariq, dumaloq.

Dori vositalarining o'zaro ta'siri

Ajisept preparatining boshqa guruh dori preparatlari bilan klinik ahamiyatli o‘zaro ta’siri aniqlanmagan.

Umumiy ma'lumot

QO‘LLASH BO‘YICHA YO‘RIQNOMA Adjisept

AGISEPT

 

Preparatning savdo nomi: Adjisept

Dori shakli: shimish uchun klassik; asal va limonli, mentol va evkaliptli pastilkalar

Tarkibi:

Har bil pastilka quyidagilarni saqlaydi

Klassik pastilkalar:

faol moddalar: 2,4-dixlorbenzil spirti – 1,20 mg, amilmetakrezol – 0,60 mg;

yordamchi moddalar: qand, suyuq glyukoza, suvsiz limon kislotasi, mentol, Ponso 4R bo‘yovchisi, Karmoizin bo‘yovchisi, anis moyi, qalampir yalpizi moyi, tozalangan suv.

Asal va limonli pastilkalar:

faol moddalar: 2,4-dixlorbenzil spirti – 1,20 mg, amilmetakrezol – 0,60 mg;

yordamchi moddalar: qand, suyuq glyukoza, suvsiz limon kislotasi, mentol, karamel, asal ta‘mli qo‘shimcha, limon moyi, tozalangan suv.

Mentol va evkaliptli pastilkalar:

faol moddalar: 2,4-dixlorbenzil spirti – 1,20 mg, amilmetakrezol – 0,60 mg;

yordamchi moddalar: qand, suyuq glyukoza, suvsiz limon kislotasi, mentol, indigokarmin, evkalipt moyi, tozalangan suv.

Ta‘rifi:

Klassik shimish uchun pastilkalar: Dumaloq, ikkiyoqlama qavariq, qizg‘ish-qizil rangli anis va yalpiz hidli pastilkalar; bir xil bo‘yalmaslikka, karamel massasida havo pufakchalari borligiga sezilarsiz darajada chetlari notekisligiga yo‘l qo‘yiladi.

Asal va limonli pastilkalar: Dumaloq, ikkiyoqlama qavariq, och sariq rangli, limon hidli pastilkalar; bir xil bo‘yalmaslikka, karamel massasida havo pufakchalari borligiga, sezilarsiz darajada chetlari notekisligiga yo‘l qo‘yiladi.

Mentol va evkaliptli pastilkalar: Dumaloq, ikkiyoqlama qavariq, moviy rangli, mentol va evkalipt hidli pastilkalar; bir xil bo‘yalmaslikka, karamel massasida havo pufakchalari borligiga, sezilarsiz darajada chetlari notekisligiga yo‘l qo‘yiladi.

Farmakoterapevtik guruhi: antiseptiklar.

ATX kodi: R02AA20

 

Farmakologik xususiyatlari

Og‘iz bo‘shlig‘i va halqumda mahalliy qo‘llash uchun majmuaviy antiseptik preparat. Mikroblarga qarshi ta‘sirga ega. Grammusbat va grammanfiy mikroorganizmlarga nisbatan faol.

Tabiiy dorivor qo‘shimcha og‘iz va xalqum shilliq qavatlarida yallig‘lanishga qarshi ta‘sir ko‘rsatadi.

Tizimli so‘rilishi pastligi sababli, Adjisept preparatining farmakokinetikasi to‘g‘risidagi ma‘lumotlar mavjud emas.

 

Qo‘llanilishi

Og‘iz bo‘shlig‘i va halqumning infeksion-yallig‘lanish kasalliklarida qo‘llaniladi.

 

Qo‘llash usuli va dozalari

Kattalarga 1 pastilkadan har 2 soatda buyuriladi.

Maksimal sutkalik doza – 8 pastilka.

5 yoshdan katta bolalarga 1 pastilkadan har 4 soatda buyuriladi.

Pastilkalar to‘liq erib ketgunicha shimiladi.

 

Nojo‘ya ta‘sirlari

Ko‘rsatmalar bo‘yicha tavsiya qilingan dozalarda qo‘llanganida preparatning nojo‘ya ta‘sirlari aniqlanmagan.

 

Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar

Preparatning komponentlariga yuqori sezuvchanlik.

5 yoshgacha bo‘lgan bolalarda qo‘llash mumkin emas.

 

Dorilarning o‘zaro ta‘siri

Adjisept preparatini boshqa guruh dori preparatlari bilan klinik ahamiyatli o‘zaro ta‘siri aniqlanmagan.

 

Maxsus ko‘rsatmalar

Adjisept preparati qandli diabeti bo‘lgan bemorlar tomonidan qabul qilinganda, har bir pastilka 1,56 g qand saqlashini hisobga olish kerak.

Preparat bolalar ololmaydigan joyda saqlansin va yaroqlilik muddati o‘tgach ishlatilmasin

 

Chiqarilish shakli

6 pastilkadan stripda; 2 yoki 4 strip qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnomasi bilan karton qutida.

 

Saqlash sharoiti

Quruq, yorug‘likdan himoyalangan, 25°S dan yuqori bo‘lmagan haroratda.

Yaroqlilik muddati

3 yil.

Dorixonalardan berish tartibi

Reseptsiz.

Ulashish:
Diqqat: ushbu sahifadagi preparat tavsifi rasmiy yo‘riqnomaning soddalashtirilgan va to‘ldirilgan versiyasidir. Ma’lumot faqat tanishish maqsadida taqdim etilgan va o‘z-o‘zini davolash uchun qo‘llanma sifatida foydalanilmasligi kerak. Adjisept preparatini qabul qilishdan oldin albatta shifokor bilan maslahatlashing
Manbalar ro‘yxati:

Adjisept narxlari

Dorixonalar
Manzil
Ish vaqti
Sotib olish
Eco Pharm №7
Bektemir tumani, Suvsoz 2 mavzesi, 77 uy
Du, Se, Ch, Pa, Ju, Sh, Ya | 08:00-00:00
34 000 so'm
Bron qilish
D5
Olmazor tumani, Sag'bon ko'ch., 246 uy
Du, Se, Ch, Pa, Ju, Sh, Ya | 09:00-18:00
34 700 so'm
Bron qilish
D5 №4
Shayxontoxur tumani, Samarqand Darvoza ko'ch., 1 uy
Du, Se, Ch, Pa, Ju, Sh, Ya | 09:00-18:00
37 000 so'm
Bron qilish
Target Farm №9
Mirzo Ulug'bek tumani, Sayram ko'ch., 2 uy
Du, Se, Ch, Pa, Ju, Sh, Ya | 09:00-22:00
39 000 so'm
Bron qilish

Adjisept haqida savollar

Adjisept haqida fikr-mulohazalar

Reyting 5.0, 8 ta sharh asosida

Alifbo bo'yicha dori vositalar ro'yxati

scroll-top

Biz portalimiz ishini takomillashtirish maqsadida cookie-fayllardan foydalanamiz. Ishni davom ettirar ekansiz, ulardan foydalanishga rozilik bildirgan bo‘lasiz. Batafsil