AKRIDOFERON inyeksiya uchun eritma 2ml 125mg/ml

AKRIDOFERON inyeksiya uchun eritma 2ml 125mg/ml haqida qo'llanma
Farmakokinetikasi
Maksimal ruxsat etilgan doza yuborilganda qondagi maksimal kontsentratsiya 1-2 soatdan keyin erishiladi, 24 soatdan keyin preparat iz miqdorida aniqlanadi. Gematoensefalik to'siqni yengib o'tadi. Yarim chiqarilish davri 4-5 soatni tashkil qiladi. Uzoq vaqt qo'llanilganda organizmda kumulyatsiya qilinmaydi.
Farmakologik ta'siri
Akridonsirka kislotasi interferonning past molekulyar induktori hisoblanadi, bu uning biologik faolligining keng doirasini belgilaydi (viruslarga qarshi, immunomodulyatsion, yallig'lanishga qarshi va b.)
Akridonsirka kislotasi yuborilgandan so'ng interferon ishlab chiqaruvchi asosiy hujayralar makrofaglar, T- va B-limfotsitlar hisoblanadi. Infektsiya turiga qarab, immunitetning u yoki bu bo'g'ini faolligining ustunligi kuzatiladi. Preparat limfoid elementlar saqlovchi organlar va to'qimalarda (taloq, jigar, o'pka) yuqori titrdagi interferon tarkibini induktsiya qiladi, suyak iligi o'zak hujayralarini faollashtiradi, granulotsitlar hosil bo'lishini rag'batlantiradi. Akridonsirka kislotasi T-limfotsitlar va tabiiy qotil hujayralarni faollashtiradi, T-xelperlar va T-supressorlar subpopulyatsiyalari o'rtasidagi balansni me'yorlashtiradi. Alfa-interferonlar faolligini kuchaytiradi. Akridonsirka kislotasi kana ensefaliti, gripp, gepatit, gerpes, sitomegalovirus, odam immunitet tanqisligi virusi, papilloma virusi va boshqalarga nisbatan samarali.
Nojo'ya samaralari
Allergik reaksiyalar.
Maxsus ko‘rsatmalari
Gripp va respirator virusli infeksiyalarni davolashda simptomatik terapiya o'tkaziladi.
Qalqonsimon bez kasalliklarida shifokor-endokrinolog maslahati zarur.
Mushak ichiga yoki vena ichiga qo'llanilganda, in'ektsiya eritmasi sekin yuboriladi, chunki eritma gipertonik hisoblanadi.
Akridonsirka kislotasining erkaklar va ayollar fertilligiga ta'siri noma'lum.
Qo'llanilishi mumkin bo'lmagan holatlar
- faol substansiyaga yoki har qanday yordamchi moddalarga yuqori sezuvchanlik;
- homiladorlik;
- emizish;
- dekompensatsiyalangan jigar sirrozi;
- to‘rt yoshgacha bo‘lgan bolalar.
Dori vositalarining o'zaro ta'siri
Akridoferon interferonlar va nukleozidlar analoglari ta'sirini kuchaytiradi.
Dozirovkasi
Kattalar
Akridoferon mushak ichiga yoki vena ichiga sutkasiga bir marta bazaviy sxema bo‘yicha qo‘llaniladi: kunora. Davolash kursi davomiyligi kasallikka bog‘liq.
Bolalar
Pediatriya amaliyotida Akridoferon mushak ichiga yoki vena ichiga sutkasiga bir marta bazaviy sxema bo‘yicha qo‘llaniladi: kunora. Sutkalik terapevtik doza tana vazniga 6-10 mg\kg ni tashkil qiladi.
Buyrak yoki jigar yetishmovchiligi bo‘lgan bemorlarda akridon sirka kislotasi bilan tadqiqotlar o‘tkazilmagan.
AKRIDOFERON inyeksiya uchun eritma 2ml 125mg/ml o'xshash dorilari




