ALTEYa sirop 125g

ALTEYa sirop 125g haqida qo'llanma
Farmakokinetikasi
Ma'lumotlar yo'q.
Farmakologik ta'siri
Balg'am ko'chiruvchi Yallig'lanishga qarshi
Nojo'ya samaralari
Allergik reaksiyalar bo'lishi mumkin.
Agar yo'riqnomada ko'rsatilgan har qanday nojo'ya ta'sirlar kuchaysa yoki Siz yo'riqnomada ko'rsatilmagan boshqa nojo'ya ta'sirlarni sezsangiz, bu haqda shifokorga xabar bering.
Maxsus ko‘rsatmalari
Qandli diabeti bo'lgan bemorlar 1 choy qoshiq siropda taxminan 4,2 g saxaroza (0,35 NB), 1 osh qoshiqda esa taxminan 16,8 g saxaroza borligini hisobga olishlari kerak.
Preparatni qo'llash alohida diqqat va tezkor reaksiyalarni talab qiluvchi potensial xavfli faoliyat turlarini bajarishga (avtotransportni boshqarish, harakatlanuvchi mexanizmlar bilan ishlash, dispetcher va operator ishi va h.k.) ta'sir qilmaydi.
Qo'llanilishi mumkin bo'lmagan holatlar
Preparat komponentlariga yuqori individual sezuvchanlik, tug'ma fruktoza o'zlashtiraolmaslik, glyukoza-galaktoza malabsorbtsiyasi, saxaraza/izomaltaza tanqisligi.
Ehtiyotkorlik bilan
Qandli diabeti bo'lgan bemorlarga va uglevodlar miqdori kamaytirilgan dietada bo'lgan shaxslarga.
Agar Sizda sanab o'tilgan kasalliklardan biri bo'lsa, preparatni qabul qilishdan oldin albatta shifokor bilan maslahatlashing.
Homiladorlik va emizish davrida qo'llanilishi Maxsus tadqiqotlar o'tkazilmaganligi sababli homiladorlik va emizish davrida qo'llash tavsiya etilmaydi.
Dori vositalarining o'zaro ta'siri
Kodein saqlovchi preparatlar va boshqa yo'talga qarshi dori vositalari bilan bir vaqtda qo'llash mumkin emas, chunki bu suyultirilgan balg'amni yo'talib chiqarishni qiyinlashtiradi.
Dozirovkasi
Davolash kursi 10-15 kun. Davomiyligini oshirish va takroriy davolash kurslarini o'tkazish shifokor bilan kelishilgandan keyin mumkinDozani oshirib yuborishAllergik reaktsiyalar bo'lishi mumkin.
Agar yo'riqnomada ko'rsatilgan nojo'ya ta'sirlardan birortasi kuchaysa yoki siz yo'riqnomada ko'rsatilmagan boshqa nojo'ya ta'sirlarni sezsangiz, bu haqda shifokorga xabar bering.
Hajm/og'irlik
ALTEYa sirop 125g o'xshash dorilari







