ALTEYa sirop 125g

ALTEYa sirop 125g qo'llanmasi
Farmakologik ta'siri
O'simlik kelib chiqishiga ega vosita. Gulxayri ildizi o'simlik shillig'i (35% gacha), asparagin, betain, pektin moddalari, kraxmal saqlaydi. O'rab oluvchi, yumshatuvchi, balg'am ko'chiruvchi, yallig'lanishga qarshi ta'sir ko'rsatadi. O'simlik shilliqlari shilliq qavatlarni yupqa qatlam bilan qoplaydi, bu sirtda uzoq vaqt saqlanib qoladi va ularni ta'sirlanishdan himoya qiladi. Natijada yallig'lanish jarayoni kamayadi va to'qimalarning o'z-o'zidan regeneratsiyasi engillashadi. Oshqozon shilliq qavatiga ta'sir qilganda, o'simlik shillig'i pardasining himoya ta'siri oshqozon shirasi kislotaliligi qanchalik yuqori bo'lsa, shunchalik uzoq va samarali bo'ladi (xlorid kislotasi bilan aloqa qilganda o'simlik shillig'ining qovushqoqligi ortadi).
Nojo'ya samaralari
Allergik reaksiyalar bo'lishi mumkin.
Agar yo'riqnomada ko'rsatilgan har qanday nojo'ya ta'sirlar kuchaysa yoki Siz yo'riqnomada ko'rsatilmagan boshqa nojo'ya ta'sirlarni sezsangiz, bu haqda shifokorga xabar bering.
Maxsus saqlash sharoitlari
Yuqori nafas yo'llarining shilliq qavati yuzasida o'simlik shillig'i pardasining hosil bo'lishi nafaqat yaqqol davolovchi samara beradi, balki boshqa dori vositalarining mahalliy ta'siri uzoqroq davom etishiga yordam beradi.
Bal'g'am ko'chiruvchi vosita sifatida gulxayri preparatlarini natriy bikarbonat bilan kombinatsiyada qo'llash mumkin.
Qandli diabeti bo'lgan bemorlar 1 choy qoshiq siropda taxminan 4,2 g saxaroza (0,35 NB), 1 osh qoshiqda esa taxminan 16,8 g saxaroza (1,4 NB) borligini hisobga olishlari kerak.
Preparatni qo'llash alohida diqqat va tezkor reaksiyalarni talab qiluvchi potensial xavfli faoliyat turlarini bajarishga (avtotransportni boshqarish, harakatlanuvchi mexanizmlar bilan ishlash, dispetcher va operator ishi va h.k.) ta'sir qilmaydi.
Qo'llanilishi mumkin bo'lmagan holatlar
- preparat komponentlariga yuqori individual sezuvchanlik;
- tug'ma fruktoza o'zlashtiraolmaslik;
- glyukoza-galaktoza malabsorbtsiyasi;
- saxaraza/izomaltaza tanqisligi.
Ehtiyotkorlik bilan
Qandli diabeti bo'lgan bemorlarga va uglevodlar miqdori kamaytirilgan dietada bo'lgan shaxslarga.
Agar Sizda sanab o'tilgan kasalliklardan biri bo'lsa, preparatni qabul qilishdan oldin albatta shifokor bilan maslahatlashing.
Dori vositalarining o'zaro ta'siri
Kodein saqlovchi preparatlar va boshqa yo'talga qarshi dori vositalari bilan bir vaqtda qo'llash mumkin emas, chunki bu suyultirilgan balg'amni yo'talib chiqarishni qiyinlashtiradi.
Dozirovkasi
Ichga, 12 yoshgacha bo'lgan bolalarga – 1 choy qoshiq siropdan, oldindan ¼ stakan iliq suvda suyultirilgan holda, kuniga 4–5 marta ovqatdan keyin; 12 yoshdan katta bolalar va kattalarga – 1 osh qoshiq siropdan, oldindan ½ stakan suvda suyultirilgan holda, kuniga 4–5 marta ovqatdan keyin.
Davolash kursi 10–15 kun. Davomiyligini oshirish va takroriy davolash kurslarini o'tkazish shifokor bilan kelishilgandan keyin mumkin.
Hajm/og'irlik
ALTEYa sirop 125g o'xshash dorilari



Alteya sirop boshqa chiqarish shakllari
ALTEYa sirop 125g analoglari
ALTEYa sirop 125g narxlari va Toshkentdagi dorixonalardagi mavjudligi
{
"data": {
"id": 59866,
"stores_apteka_id": 348197,
"slug": "alteya-sirop-125-g",
"stores_apteka_slug": "alteya-sirop-125g",
"name": "ALTEYa sirop 125g",
"brand_name": "ALTEYa",
"image": "uploads/iblock/ca9/ca94916f019e3529f0e79acc4cce40d5.webp",
"atx_code": "R05CА05",
"drug_form_id": 19,
"over_the_counter": false,
"prescription_type": "unknown",
"availability": "available",
"reviews_count": 0,
"reviews_rating": 0,
"has_pickup": true,
"has_delivery": false,
"manufacturer": null,
"manufacturer_plain": "Sintez, OAO",
"representative": null,
"representative_plain": null,
"distributor": null,
"distributor_plain": null,
"is_manufacturer_advertiser": false,
"is_representative_advertiser": false,
"is_dietary_supplement": false,
"is_medical_device": false,
"category": {
"id": 495,
"slug": "preparaty-pri-prostudnykh-zabolevaniyakh-i-grippe",
"name": "Shamollash va gripp",
"external_link_title": "Terapevt maslahati",
"external_link": null
},
"drug_group": {
"id": 7752,
"slug": "alteya-sirop",
"name": "Alteya sirop"
},
"is_purchasable": true,
"country": {
"id": 20,
"slug": "rossiya",
"name": "Rossiya Federatsiyasi"
},
"active_ingredients": [
{
"id": 7640,
"slug": "korni-alteya",
"name": "kornya alteya"
}
],
"tags": []
}
}







