Apteka.uz
SavatKirish

ANAPRILIN OZON tabletkalari 40mg N50

Mahsulot haqida tafsilotlar
Ishlab chiqarilgan joyi:Rossiya Federatsiyasi
Kategoriya:Yurak-qon tomir
Faol modda:Propranolol
Ishlab chiqaruvchi:OOO «Ozon»
Teglar:Aritmiyadan
ATX kodi:C07AA05
Barcha Anaprilin dorilari
Mavjud emas
Dorixonadan topish
To‘lov va yetkazib berish usullari Toshkentda
Olib ketish
Ertaga yoki keyinroq 0 ta dorixonadan
Dorixonada karta yoki naqd to‘lov
Yetkazib berish
2 soat ichida yoki ertaga, yetkazib berish narxi onlayn dorixonada ko‘rsatilgan tarif bo‘yicha. Onlayn yoki kuryerga to‘lov

ANAPRILIN OZON tabletkalari 40mg N50 qo'llanmasi

Farmakokinetikasi

So'rilishi

Ichga qabul qilinganda me'da-ichak traktidan tez va yetarlicha to'liq (90%) so'riladi va organizmdan nisbatan tez chiqariladi. Ichga qabul qilingandan so'ng biologik kira olishligi 30-40% ni tashkil qiladi (jigardan "birlamchi o'tish" effekti, mikrosomal oksidlanish), uzoq muddat qo'llanilganda - ortadi (jigar fermentlarini ingibitsiya qiluvchi metabolitlar hosil bo'ladi), biologik kira olishlik qiymati ovqat xususiyatiga va jigar qon oqimi intensivligiga bog'liq.

Oqsilga boy oziq-ovqat mahsulotlari qabul qilinganda biologik kira olishligi 50% ga oshadi. Qon plazmasidagi maksimal kontsentratsiyaga ichga qabul qilingandan so'ng 1-1,5 soatdan keyin erishiladi.

Propranolol P-glikoprotein substrati hisoblanadi. Oddiy terapevtik dozalar diapazonida P-glikoprotein propranolol metabolizmiga ta'sir ko'rsatmasligi ko'rsatilgan.

Taqsimlanishi

Qon plazmasi oqsillari (albumin va alfa 1 kislotali glikoprotein) bilan bog'lanishi - 90-95%. Taqsimlanish hajmi - 3-5 l/kg.

Gematoensefalik va yo'ldosh to'sig'i orqali, shuningdek ko'krak sutiga o'tadi.

Metabolizmi

Propranolol jigarda uchta asosiy yo'l bo'yicha jadal metabolizmga uchraydi: aromatik gidroksillanish (42%), keyingi oksidlanish bilan N-dealkillanish (41%) va to'g'ridan-to'g'ri glyukuronizatsiya (17%). Propranolol metabolizmi yo'llarining nisbati alohida hollarda sezilarli darajada farq qilishi mumkin.

4 ta asosiy metabolit aniqlangan: propranolol glyukuronidi, naftiloksimol kislotasi, glyukuron kislotasi va 4-gidroksipropranololning murakkab sulfat birikmalari.

In vitro tadqiqotlarga ko'ra, propranolol metabolizmida P450 sitoxromi tizimi izofermentlari, asosan, CYP2D6 izofermenti (aromatik gidroksillanish), CYP1A2 izofermenti (zanjirlar oksidlanishi) va kamroq darajada CYP2C19 izofermenti ishtirok etadi.

Sog'lom ko'ngillilarda, CYP2D6 izofermentining "tez" va "sekin" metabolizatorlarida propranolol klirensi va yarim chiqarilish davrida sezilarli farqlar aniqlanmagan.

Chiqarilishi

Yarim chiqarilish davri - 3-6 soat, kursli qo'llash fonida 12 soatgacha uzayishi mumkin. Asosan buyraklar orqali metabolitlar ko'rinishida chiqariladi, o'zgarmagan holda 1% dan kamrog'i chiqariladi. Gemodializda chiqarilmaydi.

Nojo'ya samaralari

Quyida ko'rsatilgan noxush ta'sirlar Jahon sog'liqni saqlash tashkiloti tasnifiga muvofiq ularning paydo bo'lish tezligi darajalariga ko'ra berilgan: juda tez-tez (≥ 1/10); tez-tez (≥ 1/100 dan
Yurak tomonidan buzilishlar: tez-tez emas - atrioventrikulyar blokada; kam hollarda - bradikardiya, yurak yetishmovchiligi, yurak urishini his qilish, miokard o'tkazuvchanligining buzilishi, aritmiya, ko'krakda og'riq.

Tomirlar tomonidan buzilishlar: tez-tez - oyoq-qo'llarning sovushi; kam hollarda - qon bosimining yaqqol pasayishi, ortostatik gipotenziya, angiospazm, mezenterial tromboz, Reyno sindromi.

Oshqozon-ichak trakti tomonidan buzilishlar: tez-tez emas - ko'ngil aynishi, qusish, diareya, epigastral sohada og'riqlar, ta'mning o'zgarishi; uchrash tezligi noma'lum - og'iz bo'shlig'i shilliq qavatining qurishi, ishemik kolit, qabziyat.

Jigar va o't yo'llari tomonidan buzilishlar: uchrash tezligi noma'lum - jigar funktsiyasining buzilishi.

Asab tizimi tomonidan buzilishlar: kam hollarda - psixoz, hissiy labillik, ongning chalkashishi yoki xotiraning qisqa muddatli yo'qolishi, paresteziya, bosh aylanishi; uchrash tezligi noma'lum - bosh og'rig'i.

Ruhiy buzilishlar: juda tez-tez - uyqu buzilishlari (uyqusizlik, uyquchanlik); tez-tez - ajitatsiya (xavotir bilan kechuvchi uzoq muddatli qo'zg'alish), dahshatli tushlar, ta'sirchanlik; uchrash tezligi noma'lum - depressiya, tirishishlar, katatoniya, psixomotor reaksiyalar tezligining pasayishi.

Nafas olish tizimi, ko'krak qafasi a'zolari va ko'ks oralig'i tomonidan buzilishlar: juda tez-tez - bronxit; tez-tez - bronxiolit; kam hollarda - rinit, burun bitishi, bronxospazm (ba'zan o'lim bilan yakunlanadigan), laringospazm; uchrash tezligi noma'lum - hansirash.

Moddalar almashinuvi va oziqlanish tomonidan buzilishlar: tez-tez - ishtahaning pasayishi; tez-tez emas - gipoglikemiya (1-tur qandli diabeti bo'lgan bemorlarda), giperglikemiya (2-tur qandli diabeti bo'lgan bemorlarda), triglitseridlar va xolesterin kontsentratsiyasining oshishi.

Ko'rish a'zosi tomonidan buzilishlar: kam hollarda - ko'z shilliq qavatining qurishi (ko'z yoshi suyuqligi sekretsiyasining kamayishi), ko'rish o'tkirligining buzilishi; uchrash tezligi noma'lum - keratokon'yunktivit.

Reproduktiv tizim va sut bezlari tomonidan buzilishlar: uchrash tezligi noma'lum - libidoning pasayishi, potentsiyaning pasayishi, Peyroni kasalligi.

Teri va teri osti kletchatkasi tomonidan buzilishlar: kam hollarda - alopetsiya; uchrash tezligi noma'lum - psoriaz kechishining kuchayishi, terlashning kuchayishi, teri giperemiyasi, ekzantema, psoriazsimon teri reaksiyalari, Stivens-Djonson sindromi, toksik epidermal nekroliz, eksfoliativ dermatit, ko'p shaklli eritema, teri toshmasi, teri qichishishi.

Endokrin tizim tomonidan buzilishlar: uchrash tezligi noma'lum - qalqonsimon bez funktsiyasining pasayishi.

Qon va limfa tizimi tomonidan buzilishlar: tez-tez emas - neytropeniya; kam hollarda - trombotsitopeniya; uchrash tezligi noma'lum - agranulotsitoz, leykopeniya.

Laboratoriya va instrumental ma'lumotlar: uchrash tezligi noma'lum - "jigar" transaminazalari faolligi va bilirubin kontsentratsiyasining oshishi, antinuklear antitanachalar titrining oshishi, giperkaliemiya.

Umumiy buzilishlar va preparat yuborilgan joydagi reaksiyalar: uchrash tezligi noma'lum - ko'krak qafasida og'riq, "bekor qilish" sindromi, astenik sindrom (holsizlik), yuqori toliqish.

Tayanch-harakat tizimi va biriktiruvchi to'qima tomonidan buzilishlar: uchrash tezligi noma'lum - artralgiya, mushak kuchsizligi, belda yoki bo'g'imlarda og'riq.

Maxsus saqlash sharoitlari

Beta-adrenoblokatorlarni davolanmagan surunkali yurak yetishmovchiligi bo'lgan bemorlarda, holat barqarorlashmaguncha qo'llash kerak emas.

Yurak yetishmovchiligi (erta bosqichlar) bo'lgan bemorlarga preparatni qo'llashdan oldin yurak glikozidlari va/yoki diuretik vositalarni qo'llash zarur.

Preparatni qabul qilayotgan bemorlarni nazorat qilish YuK va AB ni kuzatish (davolash boshida - har kuni, keyin 3-4 oyda 1 marta), elektrokardiogramma yozishni o'z ichiga olishi kerak.

Keksa bemorlarda buyrak funksiyasini nazorat qilish tavsiya etiladi (4-5 oyda 1 marta).

Keksa yoshdagi bemorlarda o'sib boruvchi bradikardiya (60 zarba/daq dan kam), arterial gipotenziya (sistolik AB 100 mm sim. ust. dan kam), atrioventrikulyar blokada, bronxospazm, qorinchalar aritmiyalari, jigar va/yoki buyrak funksiyasining og'ir buzilishlari paydo bo'lganda, preparat dozasini kamaytirish yoki davolashni to'xtatish kerak.

I darajali atrioventrikulyar blokadasi bo'lgan bemorlarda preparatni ehtiyotkorlik bilan qo'llash kerak.

Bemorni YuK sanash usuliga o'rgatish va YuK 60 zarba/daq dan kam bo'lganda shifokor maslahati zarurligi haqida yo'riqnoma berish kerak.

Beta-adrenoblokatorlarni qabul qilish chaqirgan depressiya rivojlanganda terapiyani to'xtatish tavsiya etiladi.

Kontakt linzalardan foydalanadigan bemorlar beta-adrenoblokatorlar bilan davolash fonida ko'z yoshi suyuqligi ishlab chiqarilishi kamayishi mumkinligini hisobga olishlari kerak.

Yurak ishemik kasalligi va turg'un arterial gipertenziyani davolash uzoq muddatli bo'lishi kerak - preparatni qabul qilish bir necha yil davomida mumkin.

Davolashni to'xtatish shifokor nazorati ostida asta-sekin amalga oshiriladi: keskin bekor qilish miokard ishemiyasini, anginoz sindromni keskin kuchaytirishi, jismoniy yuklamaga tolerantlikni yomonlashtirishi mumkin. Bekor qilishni asta-sekin, 2 hafta va undan ortiq vaqt davomida har 3-4 kunda dozani 25 % ga kamaytirib o'tkazadilar.

Psoriazi bo'lgan bemorlarda Anaprilin preparatini qo'llash masalasini hal qilishda kutilayotgan foyda va psoriaz kechishining zo'rayishi mumkin bo'lgan xavfini sinchkovlik bilan taqqoslash kerak.

Tireotoksikozda propranolol qalqonsimon bez giperfunksiyasining ma'lum klinik belgilarini (masalan, taxikardiyani) niqoblashi mumkin. Qalqonsimon bez giperfunksiyasi bo'lgan bemorlarda keskin bekor qilish qarshi ko'rsatilgan, chunki simptomatikani kuchaytirishi mumkin.

Propranolol bilan terapiya fonida miasteniya rivojlanishi haqida alohida xabarlar qayd etilgan. Mushak kuchsizligi paydo bo'lganda shifokor maslahati zarur. Qandli diabeti bo'lgan bemorlarda preparatni qo'llash qonda glyukoza kontsentratsiyasi nazorati ostida o'tkaziladi (4-5 oyda 1 marta). Gipoglikemik vositalar bilan bir vaqtda ehtiyotkorlik bilan qo'llash kerak, chunki ovqat qabul qilishdagi uzoq tanaffuslar vaqtida, shuningdek insulin terapiyasi fonida gipoglikemiya rivojlanishi mumkin. Bunda uning taxikardiya yoki tremor kabi belgilari preparat ta'siri hisobiga niqoblangan bo'ladi. Bemorga preparat bilan davolash vaqtida gipoglikemiyaning asosiy belgisi ko'p terlash ekanligi haqida yo'riqnoma berish kerak. Shuningdek ichga qabul qilish uchun gipoglikemik vositalarni qabul qilish fonida giperglikemiya yuzaga kelish xavfi mavjud.

Klonidin bir vaqtda qabul qilinganda uning qabuli preparat bekor qilingandan keyin faqat bir necha kun o'tgach to'xtatilishi mumkin.

Beta-adrenoblokatorlar allergenlarga sezuvchanlikni va anafilaktik reaksiyalar og'irligini oshirishi mumkin. Propranolol anamnezida ushbu allergenlarga og'ir anafilaktik reaksiyasi bo'lgan bemorlarga tayinlanganda qator allergenlarga og'ir reaksiya sababi bo'lishi mumkin. Bunday bemorlar anafilaktik shokni davolash uchun qo'llaniladigan epinefrin (adrenalin) ning odatiy dozalariga reaksiya bermasliklari mumkin.

Feoxromotsitomada faqat alfa-adrenoblokatorlar bilan birgalikda qo'llaniladi. Antipsixotik vositalar (neyroleptiklar) va trankvilizatorlar bilan bir vaqtda qo'llash qarshi ko'rsatilgan.

Katexolaminlar zaxirasini kamaytiruvchi preparatlar (masalan, rezerpin) propranolol ta'sirini kuchaytirishi mumkin. shuningdek preparatlar birikmasini qabul qilayotgan bemorlar arterial gipotenziya va bradikardiyani aniqlash yuzasidan shifokorning doimiy nazorati ostida bo'lishlari kerak.

Davolash fonida verapamil, diltiazemni vena ichiga yuborishdan saqlanish kerak.

Psixotrop vositalar, masalan, MAO ingibitorlari bilan birga, ular 2 haftadan ortiq kursli qo'llanilganda ehtiyotkorlik bilan qo'llash kerak.

Xloroform yoki efir bilan umumiy anesteziya o'tkazishdan bir necha kun oldin preparat qabul qilishni to'xtatish zarur (miokard funksiyasi susayishi va arterial gipotenziya rivojlanish xavfining oshishi). Shifokor-anesteziologni bemor Anaprilin qabul qilayotgani haqida ogohlantirish zarur.

Chekuvchi bemorlarda beta-adrenoblokatorlar samaradorligi chekmaydiganlarga qaraganda pastroq. Qon va siydikda katexolaminlar, normetanefrin va vanilinbodom kislotasi, antinuklear antitelalar titrlarini tekshirishdan oldin Anaprilin preparatini bekor qilish kerak.

Nafas olish qiyinlashuvi bilan kechuvchi quyi nafas yo'llarining respirator infektsiyasida preparat bilan terapiyani to'xtatib turish kerak. Beta2-agonistlar va ingalyatsion glyukokortikosteroidlarni qo'llashga yo'l qo'yiladi. Preparatni qo'llashni qayta boshlash faqat bemor to'liq tuzalgandan so'ng mumkin. Qayta infektsiyada, shuningdek izolyatsiyalangan bronxospazm holatida preparatni qo'llash butunlay to'xtatilishi kerak.

Davolash vaqtida alkogol qabul qilish tavsiya etilmaydi.

Beta-adrenoblokatorlarni periferik qon aylanishi buzilishlari bo'lgan bemorlarda ehtiyotkorlik bilan qo'llash zarur, chunki ushbu simptomlarning kuchayishi mumkin.

Tabiiy qizilmiyani iste'mol qilishdan saqlanish kerak: oqsilga boy ovqat propranololning biologik kiraolishligini oshirishga qodir.

Propranolol doping-test o'tkazilganda ijobiy natija berishi mumkin.

Preparatning transport vositalarini va mexanizmlarni boshqarish qobiliyatiga ta'siri:

Anaprilin preparatining transport vositalarini va mexanizmlarni boshqarish qobiliyatiga ta'siri o'rganilmagan. Bosh aylanishi, uyquchanlik, psixomotor reaksiyalar tezligining pasayishi kabi nojo'ya ta'sirlar paydo bo'lishi mumkinligi sababli, davolash davrida transport vositalarini boshqarishda va diqqatni yuqori jamlashni hamda psixomotor reaksiyalar tezligini talab qiladigan boshqa potensial xavfli faoliyat turlari bilan shug'ullanishda ehtiyotkorlikka rioya qilish kerak.

Qo'llanilishi mumkin bo'lmagan holatlar

- Ta'sir etuvchi moddaga yoki preparatning boshqa komponentlariga yuqori sezuvchanlik

- II-III darajali atrioventrikulyar (AV) blokada

- sinus tuguni zaifligi sindromi (shu jumladan sinoaurikulyar (sinoatrial) blokada)

- bradikardiya (YUR 60 urish/daq dan kam)

- arterial gipotenziya (sistolik AB 100 mm sim. ust. dan kam)

- nazorat qilib bo'lmaydigan surunkali yurak yetishmovchiligi

- o'tkir yurak yetishmovchiligi

- o'tkir miokard infarkti

- kardiogen shok

- o'pka shishi

- Printsmetal stenokardiyasi

- kardiomegaliya (yurak yetishmovchiligi belgilarisiz)

- og'ir periferik tomir kasalliklari (Reyno sindromi)

- metabolik atsidoz (shu jumladan diabetik ketoatsidoz)

- bronxial astma, bronxospastik reaktsiyalarga moyillik, o'pkaning surunkali obstruktiv kasalligi (shu jumladan anamnezda)

- feoxromotsitoma (alfa-adrenoblokatorlarni bir vaqtda qo'llamasdan)

- spastik kolit

- antipsixotik vositalar (neyroleptiklar), anksiolitiklar (xlorpromazin, trioksazin va b.), monoaminoksidaza (MAO) ingibitorlari, "sekin" kaltsiy kanallari blokatorlari (SKKB) bilan bir vaqtda qo'llash ("Boshqa dori vositalari bilan o'zaro ta'siri" bo'limiga qarang)

- homiladorlik

- emizish davri

- 18 yoshgacha bo'lganlar (samaradorlik va xavfsizlik aniqlanmagan)

- laktaza yetishmovchiligi, laktozani o'zlashtiraolmaslik, glyukoza-galaktoza malabsorbtsiyasi (preparat laktoza saqlaydi).

Ehtiyotkorlik bilan:

Jigar va/yoki buyrak yetishmovchiligi, qalqonsimon bez giperfunktsiyasi, miasteniya, yurak yetishmovchiligi, feoxromotsitoma, psoriaz, og'irlashgan allergologik anamnez, periferik qon aylanishining buzilishi, keksa yosh, I darajali atrioventrikulyar blokada, respirator kasalliklar, qandli diabet.

Homiladorlik va laktatsiya:

Anaprilin preparatini homiladorlik vaqtida va emizish davrida qo'llash tavsiya etilmaydi.

Shuning uchun tug'ish yoshidagi ayollarda preparatni qabul qilishni boshlashdan oldin homiladorlikni istisno qilish kerak, davolash vaqtida esa ular ishonchli kontratseptsiya usullaridan foydalanishlari kerak. Preparat bilan davolash vaqtida homiladorlik fakti tasdiqlanganda, uning qabulini imkon qadar tezroq to'xtatish va bemorni bola uchun xavf eng kam bo'lgan boshqa preparatlarni qabul qilishga o'tkazish kerak.

Homiladorlik

Homiladorlikda preparat faqat qat'iy ko'rsatmalar bo'yicha, agar ona uchun taxmin qilinadigan foyda homila uchun potentsial xavfdan ustun bo'lgan holdagina qo'llaniladi (homila o'sishining kechikishi, ona qornida nobud bo'lishi, erta tug'ruq, shuningdek yangi tug'ilgan chaqaloqda bradikardiya, arterial gipotenziya, gipoglikemiya va nafas falaji rivojlanishi mumkinligi sababli).

Agar homiladorlik vaqtida beta-adrenoblokatorlarni qo'llash zarur bo'lsa, u holda selektiv beta1-adrenoblokatorlarni qo'llash afzalroqdir. Davolashni tug'ruqdan 48-72 soat oldin to'xtatish kerak. Buning imkoni bo'lmagan hollarda, bachadon-platsentar qon oqimini va homila o'sishini nazorat qilish, shuningdek tug'ruqdan keyingi dastlabki 3 sutka davomida yangi tug'ilgan chaqaloq ustidan qat'iy kuzatuvni ta'minlash kerak.

Emizish davri

Propranolol ko'krak suti bilan ajralib chiqadi. Laktatsiya davrida preparatni qo'llash zarurati tug'ilganda emizishni to'xtatish kerak.

Dori vositalarining o'zaro ta'siri

Propranololning antigipertenziv samarasi diuretiklar, rezerpin, gidralazin va boshqa gipotenziv vositalar (angiotenzin-aylantiruvchi ferment ingibitorlari, angiotenzin II retseptorlari antagonistlari, alfa-adrenoblokatorlar) bilan bir vaqtda qo'llanilganda kuchayadi.

Markaziy ta'sirga ega gipotenziv vositalar (klonidin, guanfatsin, moksonidin, metildopa, rilmenidin) bilan bir vaqtda qo'llanilganda simpatik tonus pasayishi hisobiga yurak yetishmovchiligi kechishi yomonlashishi mumkin (YQS va yurakdan qon otilib chiqishi pasayishi, vazodilatatsiya simptomlari kuchayishi). Ushbu preparatlar keskin bekor qilingan hollarda, ayniqsa propranolol bekor qilinishidan oldin, "rikoshet" arterial gipertenziya rivojlanishi mumkin.

Digidropiridin qatori IMKK (amlodipin, felodipin, latsidipin, nifedipin, nikardipin, nimodipin, nitrendipin) bilan bir vaqtda qo'llash arterial gipotenziya rivojlanish xavfini oshirishi mumkin. Yurak yetishmovchiligi bo'lgan bemorlarda miokard qisqarish qobiliyatining yanada pasayishi xavfi oshishini istisno qilib bo'lmaydi.

Propranolol klonidin qo'llanilishi to'xtatilishidan bir necha kun oldin bekor qilinishi kerak ("Maxsus ko'rsatmalar" bo'limiga qarang).

Ortostatik gipotenziyani chaqiruvchi preparatlar (nitratlar, 5-fosfodiesteraza ingibitorlari, tritsiklik antidepressantlar, neyroleptiklar, dofamin retseptorlari agonistlari, levodopa, amifostin, baklofen va boshqalar) beta-adrenoblokatorlar ta'sirini kuchaytirishi mumkin.

Antigipertenziv samarani nosteroid yallig'lanishga qarshi preparatlar (natriy ushlanib qolishi va buyraklar tomonidan prostaglandin sintezi bloklanishi), estrogenlar (natriy ushlanib qolishi) va MAO ingibitorlari susaytiradi.

Simetidin propranolol biokiraolishligini oshiradi.

Qon plazmasida lidokain konsentratsiyasini oshiradi, teofillin klirensini kamaytiradi. Fenotiazin hosilalari bilan bir vaqtda qo'llash qon plazmasida ikkala preparat konsentratsiyasini oshiradi.

Tireostatik va uterotonizatsiya qiluvchi vositalar ta'sirini kuchaytiradi; antigistamin vositalar ta'sirini kamaytiradi.

Immunoterapiya uchun yoki teri sinamalari uchun ishlatiladigan allergenlar kiritilishi fonida og'ir tizimli reaksiyalar (anafilaksiya) rivojlanishi ehtimolini oshiradi.

Amiodaron, verapamil, diltiazem, bepridil - propranololning manfiy xrono-, ino- va dromotrop ta'siri yaqqolligi kuchayishi.

V/i yuborish uchun yod saqlovchi rentgenokontrast vositalar anafilaktik reaksiyalar rivojlanish xavfini oshiradi.

Fenitoin v/i yuborilganda, ingalyatsion umumiy anesteziya uchun dori vositalari (uglevodorod hosilalari) kardiodepressiv ta'sir yaqqolligini va AB pasayishi ehtimolini oshiradi.

Insulin va ichga qabul qilish uchun gipoglikemik vositalar samaradorligini o'zgartiradi, rivojlanayotgan gipoglikemiya simptomlarini (taxikardiya, AB oshishi) niqoblaydi.

Propranolol ksantinlar (difillindan tashqari) klirensini kamaytiradi.

Antigipertenziv samarani glukokortikosteroidlar susaytiradi.

Yurak glikozidlari, metildopa, rezerpin va guanfatsin, antiaritmik vositalar bradikardiya, atrioventrikulyar blokada, yurak to'xtashi va yurak yetishmovchiligi rivojlanishi yoki chuqurlashishi xavfini oshiradi.

Qutbsizlantirmaydigan miorelaksantlar ta'sirini va kumarinlarning antikoagulyant samarasini uzaytiradi.

Tri- va tetratsiklik antidepressantlar, antipsixotik vositalar (neyroleptiklar), etanol, sedativ va uxlatuvchi vositalar MNT susayishini kuchaytiradi. MAO ingibitorlari bilan bir vaqtda qo'llash antigipertenziv ta'sirning sezilarli kuchayishi tufayli tavsiya etilmaydi, MAO ingibitorlari va propranolol qabul qilish o'rtasidagi davolashdagi tanaffus kamida 14 kunni tashkil etishi kerak. Anksiolitiklar (xlorpromazin, trioksazin va b.) bilan bir vaqtda qo'llash beta-adrenoblokatorlarning antigipertenziv ta'sirini kuchaytiradi.

Gidrogenlanmagan sporinya alkaloidlari periferik qon aylanishi buzilishlari rivojlanish xavfini oshiradi.

Sulfasalazin qon plazmasida propranolol konsentratsiyasini oshiradi (metabolizmni tormozlaydi), rifampitsin yarim chiqarilish davrini qisqartiradi.

Dozirovkasi

DozalashPreparatni ichga, ovqatdan oldin qabul qilish kerak.

Arterial gipertenziyada - ichga, 40 mg dan sutkasiga 2 marta. Antigipertenziv samara yetarli bo'lmaganda dozani haftalik interval bilan 40 mg dan 3 marta yoki 80 mg dan sutkasiga 2 martagacha oshiradilar. Maksimal sutkalik doza - 320 mg.

Stenokardiya, yurak ritmi buzilishlarida - boshlang'ich 20 mg dozada (10 mg dan 2 tabletka yoki 40 mg dan ½ tabletka) sutkasiga 3 marta, keyin dozani haftalik interval bilan 2-3 qabulda 80-120 mg gacha oshiradilar. Maksimal sutkalik doza - 240 mg.

Takroriy miokard infarkti profilaktikasi - terapiyani o'tkazilgan miokard infarktidan keyingi 5- va 21-kunlar orasida 2-3 kun davomida sutkasiga 4 marta 40 mg dozada, keyin sutkasiga 2 marta 80 mg dozada boshlash kerak.

Migren xurujlari profilaktikasi uchun, essentsial tremorda, dientsefal sindrom fonidagi simpatoadrenal krizlarda - boshlang'ich 40 mg dozada sutkasiga 2-3 marta qo'llash tavsiya etiladi, zarurat bo'lganda doza haftalik interval bilan 160 mg/sutkagacha asta-sekin oshiriladi.

Feoxromotsitomada - faqat alfa-adrenoreseptorlar blokatorlari bilan kombinatsiyada qo'llaniladi. Operatsiyadan oldin 3 kun davomida sutkasiga 60 mg dozada qo'llaniladi. Operatsiya qilib bo'lmaydigan xavfli feoxromotsitomada sutkasiga 30 mg dozada qo'llaniladi.

Tireotoksikoz va tireotoksik kriz terapiyasida yordamchi vosita sifatida - 10-20 mg dozada sutkasiga 3-4 marta. Zarurat bo'lganda dozani 2-3 qabulda sutkasiga 120-160 mg gacha oshirish mumkin.

Bemorlarning alohida guruhlari

Jigar funktsiyasi buzilgan bemorlarda qo'llanilishi

Propranololning biologik o'zlashtirilishi jigar funktsiyasi buzilgan bemorlarda oshishi mumkin, bu dozani to'g'irlashni talab qilishi mumkin. Jigar funktsiyasining og'ir buzilishlari bo'lgan bemorlarda preparatning boshlang'ich dozasi YuQS nazorati ostida sutkasiga 3 marta 20 mg dan oshmasligi kerak.

Buyrak funktsiyasi buzilgan bemorlarda qo'llanilishi

Buyrak funktsiyasi buzilganda preparatning boshlang'ich dozasini kamaytirish yoki preparatni qabul qilish oralig'ini oshirish kerak (qon plazmasida propranolol kontsentratsiyasining oshishi mumkin).Dozani oshirib yuborishSimptomlari:

Yurak tomonidan: bradikardiya, AB pasayishi, atrioventrikulyar blokada, qorinchalar ichki o'tkazuvchanligining sekinlashishi, yurak yetishmovchiligi.

Nafas olish tizimi tomonidan: bronxospazm.

Laboratoriya ko'rsatkichlari: gipoglikemiya.

Nerv tizimi tomonidan: tirishishlar bo'lishi mumkin, chunki propranolol gematoentsefalik to'siq orqali o'tadi.

Davolash: bemorni kardiostimulyatorga ulash. Asosiy hayotiy muhim ko'rsatkichlarni nazorat qilish zarur: glyukoza kontsentratsiyasi, psixoemotsional status; bradikardiya bo'lganda atropin qo'llaniladi. Agar bemorda plazma o'rnini bosuvchi eritmalarni yuborishga tegishli reaktsiya kuzatilmasa, glyukagon yoki katexolaminlarni qo'llash imkoniyatini ko'rib chiqish kerak. Bronxospazmda aminofillin yuborish ko'rsatilgan. Gemodializ samarasiz.
Diqqat: ushbu sahifadagi preparat tavsifi rasmiy yo‘riqnomaning soddalashtirilgan va to‘ldirilgan versiyasidir. Ma’lumot faqat tanishish maqsadida taqdim etilgan va o‘z-o‘zini davolash uchun qo‘llanma sifatida foydalanilmasligi kerak. ANAPRILIN OZON tabletkalari 40mg N50 preparatini qabul qilishdan oldin albatta shifokor bilan maslahatlashing

ANAPRILIN OZON tabletkalari 40mg N50 o'xshash dorilari

TELMISTA tabletkalari 40mg N28
Retseptli
TELMISTA tabletkalari 40mg N28
Sloveniya
Vakil:
KRKA
Ishlab chiqaruvchi:
Krka d.d.
•103 ta dorixonada bor
Narxi
39 885 so'm dan
TIOTRIAZOLIN tabletkalari 200mg N90
Retseptli
TIOTRIAZOLIN tabletkalari 200mg N90
Ukraina
Vakil:
Arterium
Ishlab chiqaruvchi:
Kievmedpreparat, PAO
Narxi
75 500 so'm dan
TELMISTA tabletkalari 20mg N28
Retseptli
TELMISTA tabletkalari 20mg N28
Polsha
Vakil:
KRKA
Ishlab chiqaruvchi:
Krka d.d., Sloveniya proizvedeno: Krka Polska SP.z.o.o.

ANAPRILIN OZON tabletkalari 40mg N50 xususiyatlari

Anaprilin boshqa chiqarish shakllari

ANAPRILIN tabletkalari 40mg N10
ANAPRILIN tabletkalari 40mg N10
Belarusiya
Ishlab chiqaruvchi:
Radiks, NPP
•1 ta dorixonada bor
Narxi
1 400 so'm dan
ANAPRILIN tabletkalari 40mg N10
Retseptli
ANAPRILIN tabletkalari 40mg N10
Belarusiya
Ishlab chiqaruvchi:
Borisovskiy zavod medisinskix preparatov, OAO
•1 ta dorixonada bor
Narxi
1 400 so'm dan
ANAPRILIN GR tabletkalari 40mg N50
Retseptli
ANAPRILIN GR tabletkalari 40mg N50
O'zbekiston
Ishlab chiqaruvchi:
Grace Pharma, OOO
ANAPRILIN RENEWAL tabletkalari 10mg N56
ANAPRILIN RENEWAL tabletkalari 10mg N56
Rossiya Federatsiyasi
Ishlab chiqaruvchi:
Obnovlenie PFK AO
ANAPRILIN tabletkalari 40mg N50
Retseptli
ANAPRILIN tabletkalari 40mg N50
O'zbekiston
Ishlab chiqaruvchi:
Radiks, CHNPP
•124 ta dorixonada bor
Narxi
7 500 so'm dan
ANAPRILIN tabletkalari 40mg N10
Retseptli
ANAPRILIN tabletkalari 40mg N10
O'zbekiston
Ishlab chiqaruvchi:
Radiks, CHNPP
•1 ta dorixonada bor
Narxi
1 400 so'm dan
ANAPRILIN tabletkalari 40mg N50
ANAPRILIN tabletkalari 40mg N50
Belarusiya
Ishlab chiqaruvchi:
Tatximfarmpreparati, AO
•124 ta dorixonada bor
Narxi
7 500 so'm dan
ANAPRILIN tabletkalari so vkusom meda 40mg N50
ANAPRILIN tabletkalari so vkusom meda 40mg N50
Rossiya Federatsiyasi
Ishlab chiqaruvchi:
Medisorb, AO
•124 ta dorixonada bor
Narxi
7 500 so'm dan
ANAPRILIN tabletkalari 40mg N50
Retseptli
ANAPRILIN tabletkalari 40mg N50
Belarusiya
Ishlab chiqaruvchi:
Borisovskiy zavod medisinskix preparatov, OAO
•124 ta dorixonada bor
Narxi
7 500 so'm dan
ANAPRILIN GR tabletkalari 40mg N10
Retseptli
ANAPRILIN GR tabletkalari 40mg N10
O'zbekiston
Ishlab chiqaruvchi:
Grace Pharma, OOO
ANAPRILIN GR tabletkalari 40mg N20
Retseptli
ANAPRILIN GR tabletkalari 40mg N20
O'zbekiston
Ishlab chiqaruvchi:
Grace Pharma, OOO
ANAPRILIN GR tabletkalari 40mg N30
Retseptli
ANAPRILIN GR tabletkalari 40mg N30
O'zbekiston
Ishlab chiqaruvchi:
Grace Pharma, OOO
ANAPRILIN GR tabletkalari 40mg N100
Retseptli
ANAPRILIN GR tabletkalari 40mg N100
O'zbekiston
Ishlab chiqaruvchi:
Grace Pharma, OOO

ANAPRILIN OZON tabletkalari 40mg N50 analoglari

ANAPRILIN tabletkalari so vkusom meda 40mg N50
ANAPRILIN tabletkalari so vkusom meda 40mg N50
Rossiya Federatsiyasi
Ishlab chiqaruvchi:
Medisorb, AO
•124 ta dorixonada bor
Narxi
7 500 so'm dan
ANAPRILIN RENEWAL tabletkalari 10mg N56
ANAPRILIN RENEWAL tabletkalari 10mg N56
Rossiya Federatsiyasi
Ishlab chiqaruvchi:
Obnovlenie PFK AO
ANAPRILIN tabletkalari 40mg N10
ANAPRILIN tabletkalari 40mg N10
Belarusiya
Ishlab chiqaruvchi:
Radiks, NPP
•1 ta dorixonada bor
Narxi
1 400 so'm dan
ANAPRILIN tabletkalari 40mg N50
ANAPRILIN tabletkalari 40mg N50
Belarusiya
Ishlab chiqaruvchi:
Tatximfarmpreparati, AO
•124 ta dorixonada bor
Narxi
7 500 so'm dan
ANAPRILIN tabletkalari 40mg N10
Retseptli
ANAPRILIN tabletkalari 40mg N10
O'zbekiston
Ishlab chiqaruvchi:
Radiks, CHNPP
•1 ta dorixonada bor
Narxi
1 400 so'm dan
ANAPRILIN tabletkalari 40mg N50
Retseptli
ANAPRILIN tabletkalari 40mg N50
O'zbekiston
Ishlab chiqaruvchi:
Radiks, CHNPP
•124 ta dorixonada bor
Narxi
7 500 so'm dan
ANAPRILIN tabletkalari 40mg N10
Retseptli
ANAPRILIN tabletkalari 40mg N10
Belarusiya
Ishlab chiqaruvchi:
Borisovskiy zavod medisinskix preparatov, OAO
•1 ta dorixonada bor
Narxi
1 400 so'm dan
ANAPRILIN tabletkalari 40mg N50
Retseptli
ANAPRILIN tabletkalari 40mg N50
Belarusiya
Ishlab chiqaruvchi:
Borisovskiy zavod medisinskix preparatov, OAO
•124 ta dorixonada bor
Narxi
7 500 so'm dan

ANAPRILIN OZON tabletkalari 40mg N50 haqida savollar

ANAPRILIN OZON tabletkalari 40mg N50 haqida fikr-mulohazalar

Reyting 0, 0 ta sharh asosida

Alifbo bo'yicha dori vositalar ro'yxati

scroll-top

Biz portalimiz ishini takomillashtirish maqsadida cookie-fayllardan foydalanamiz. Ishni davom ettirar ekansiz, ulardan foydalanishga rozilik bildirgan bo‘lasiz. Batafsil