Ташкент
logo
SavatKirish
Bosh sahifa  / Dori vositalari  / Tomoq kasalliklari  / ANZIBEL tabletkalari so vkusom solodki N10

ANZIBEL tabletkalari so vkusom solodki N10

Retseptsiz
Mahsulot haqida tafsilotlar
Ishlab chiqarilgan joyi:O'zbekiston
Ishlab chiqaruvchi:Nobel Pharmsanoat, IP OOO
ATX kodi:R02
Barcha Anzibel dorilari
Mavjud emas
Dorixonadan topish
To‘lov va yetkazib berish usullari Toshkentda
Olib ketish
Ertaga yoki keyinroq 0 ta dorixonadan
Dorixonada karta yoki naqd to‘lov
Yetkazib berish
2 soat ichida yoki ertaga, yetkazib berish narxi onlayn dorixonada ko‘rsatilgan tarif bo‘yicha. Onlayn yoki kuryerga to‘lov

ANZIBEL tabletkalari so vkusom solodki N10 o'xshash dorilari

ANZIBEL tabletkalari so vkusom solodki N10 qo'llanmasi

Saytda e'lon qilingan ma'lumotlar mutaxassislar uchun mo'ljallangan. O'zingizni-o'zingiz davolash bilan shug'ullanmang. Sog'lig'ingizga zarar bermaslik uchun mutaxassis bilan maslahatlashishga ishonch hosil qiling!
Farmakokinetikasi

Benzokain – 4-aminobenzoy kislotasining murakkab efiri bo'lgan kimyoviy tuzilishga ega mahalliy anestetik, ko'pgina mahalliy anestetiklar kabi, og'iz bo'shlig'i va tomoq shilliq qavati orqali tez so'riladi, asosan qon plazmasida va kamroq darajada jigarda esteraza fermenti ta'sirida gidrolizlanadi, oz miqdori plazma oqsillari bilan bog'lanadi.
Xlorgeksidin, kation faol tabiati tufayli teri, shilliq qavat va boshqa to'qimalar bilan mustahkam bog'lanadi va shuning uchun juda yomon so'riladi. Ichga qabul qilingandan so'ng xlorgeksidin kontsentratsiyasi qon plazmasida aniqlanmaydi.
Enoksolon – glitsirrizin kislotasidan ajratib olingan murakkab triterpen, yallig'lanishga qarshi ta'sir ko'rsatadi.

Farmakologik ta'siri

Shimish uchun tabletkalar ANZIBEL xlorgeksidinning antiseptik samarasi, enoksolonning bukkofaringeal (yonoq-halqum) shilliq qavatiga yallig‘lanishga qarshi samarasi va benzokainning mahalliy anesteziya qiluvchi samarasi hisobiga og‘iz bo‘shlig‘i va tomoqning rotoglotka sohasida mahalliy ta’sirlanish ko‘rinishida namoyon bo‘luvchi infeksion-yallig‘lanish kasalliklarini davolash uchun qo‘llaniladi.

Nojo'ya samaralari

Kamdan-kam hollarda:
- ovqat hazm qilish, ta'mning buzilishi, tish pigmentatsiyasi;
- gipertenziya;
- yuqori sezuvchanlik reaksiyasi: toshma, qichishish, teri shishi, nafas olishning qiyinlashishi (benzokainga, prokain, tetrakain kabi 4-aminobenzoy kislotasi hosilalari bo'lgan boshqa preparatlarga yuqori sezuvchanligi bo'lgan bemorlarda).

Maxsus saqlash sharoitlari

Preparat tarkibida sportchilarda doping-testining ijobiy natijasini berishi mumkin bo'lgan benzokain borligini nazarda tutish kerak.
ANZIBEL shimish uchun har bir tabletkasi sorbitol saqlaydi, u me'da shilliq qavatining ta'sirlanishini va diareyani chaqirishi mumkin.
Preparatni fruktozani nasliy o'zlashtiraolmasligi bo'lgan bemorlar qabul qilmasliklari kerak.
Homiladorlik va laktatsiya davri
ANZIBEL shimish uchun preparatining homiladorlik va laktatsiya davridagi ta'siri o'rganilmagan.
Dori vositasining transport vositasini yoki potensial xavfli mexanizmlarni boshqarish qobiliyatiga ta'sirining o'ziga xosligi
Davolash davrida avtomobilni boshqarish yoki boshqa potensial xavfli mexanizmlar bilan bog'liq faoliyatga qandaydir cheklovlar zarurligidan dalolat beruvchi ma'lumotlar yo'q.

Qo'llanilishi mumkin bo'lmagan holatlar

- preparat tarkibiy qismlariga yuqori sezuvchanlik;
- fenilketonuriya;
- 6 yoshgacha bo'lgan bolalar;
- homiladorlik va laktatsiya davri;
- irsiy fruktoza o'zlashtira olmaslik.

Dori vositalarining o'zaro ta'siri

ANZIBELning boshqa dori preparatlari bilan o‘zaro ta’siri holatlari qayd etilmagan. Preparatni og‘iz bo‘shlig‘ida shimish uchun mo‘ljallangan boshqa antiseptiklar bilan bir vaqtda qabul qilish tavsiya etilmaydi.

Dozirovkasi

Kattalar va 12 yoshdan oshgan bolalarga:
Tabletka og'iz bo'shlig'ida 2-3 soatlik oraliq bilan sekin shimiladi (chaynalmaydi). Og'iz bo'shlig'i va halqumning o'tkir yallig'lanish kasalliklari va surunkali kasalliklar zo'rayishida maksimal sutkalik doza - sutkasiga 8 tabletka. Davolash kursi 7 kundan oshmasligi kerak.
6 dan 12 yoshgacha bo'lgan bolalarga:
Tabletka og'iz bo'shlig'ida 4-5 soatlik oraliq bilan sekin shimiladi (chaynalmaydi). Og'iz bo'shlig'i va halqumning o'tkir va surunkali yallig'lanish kasalliklari zo'rayishini davolash va oldini olishda maksimal sutkalik doza - 6 tabletka. Davolash kursi 7 kundan oshmasligi kerak.

Anzibel boshqa chiqarish shakllari

Narxi
38 000 so'm dan
Narxi
30 000 so'm dan
ANZIBEL tabletkalari so vkusom imbirya N30
Retseptsiz
ANZIBEL tabletkalari so vkusom imbirya N30
O'zbekiston
Ishlab chiqaruvchi:
Nobel-Pharmsanoat, IP OOO
•49 ta dorixonada bor
Narxi
30 000 so'm dan

ANZIBEL tabletkalari so vkusom solodki N10 analoglari

Narxi
38 000 so'm dan
Narxi
30 000 so'm dan

ANZIBEL tabletkalari so vkusom solodki N10 haqida savollar

ANZIBEL tabletkalari so vkusom solodki N10 haqida fikr-mulohazalar

Reyting 0, 0 ta sharh asosida

Alifbo bo'yicha dori vositalar ro'yxati

scroll-top

Biz portalimiz ishini takomillashtirish maqsadida cookie-fayllardan foydalanamiz. Ishni davom ettirar ekansiz, ulardan foydalanishga rozilik bildirgan bo‘lasiz. Batafsil