Apteka.uz
SavatKirish

Avisil granulalari 100 mg N30

Mahsulot haqida tafsilotlar
Ishlab chiqarilgan joyi:Hindiston
Faol modda:Nimesulid
Ishlab chiqaruvchi:Avantika Medex Pvt. Ltd
ATX kodi:M01AX17
Barcha AVISIL dorilari
Mavjud emas
Dorixonadan topish
To‘lov va yetkazib berish usullari Toshkentda
Olib ketish
Ertaga yoki keyinroq 0 ta dorixonadan
Dorixonada karta yoki naqd to‘lov
Yetkazib berish
2 soat ichida yoki ertaga, yetkazib berish narxi onlayn dorixonada ko‘rsatilgan tarif bo‘yicha. Onlayn yoki kuryerga to‘lov

Avisil granulalari 100 mg N30 haqida qo'llanma

Tarkibi

Bir paketcha quyidagilarni saqlaydi: 

faol modda: 100 mg nimesulid 

yordamchi moddalar: maltodekstrin, natriy saxarin, saxaroza, suvsiz limon kislotasi, apelsin aromatizatori, natriy laurilsulfati, gidroksipropilmetilsellyuloza.

Tarkibi va ishlab chiqarilish shakli

3 g granulalar kompozit materialdan (alyuminiy, qog'oz, polietilen) tayyorlangan paketchalarda.

30 paketchalar tibbiyotda qo'llanilishiga doir yo'riqnomasi bilan karton qutida.  

Farmakodinamikasi

Ichga qabul qilinganida so'rilishi – yuqori (ovqat qabul qilish so'rilish tezligini pasaytiradi, bunda so'rilish darajasiga ta'sir qilmaydi). Maksimal kontsentrasiyasiga Cmax erishish vaqti 1,5-2 soatni tashkil etadi. Plazma oqsillari bilan bog'lanishi – 95%, eritrositlar bilan – 2%, lipoproteinlar bilan – 1%, kislotali alfa-1-glikoproteid bilan 1% ni tashkil etadi. Dozasini o'zgartirish bog'lanish darajasiga ta'sir qilmaydi. Cmax – 3,5-6,5 mg/l. Vd – 0,19-0,35 l/kg. Yallig'lanish o'chog'ining nordon muhitiga (40%), sinovial suyuqlikka (43%) yaxshi o'tadi. Gistogematik to'siqlar orqali oson o'tadi. Jigarda to'qima monooksigenazalari bilan metabolizmga uchraydi. 4-gidroksinimesulid asosiy metaboliti (25%) o'xshash farmakologik faollikka ega, ammo molekulalar o'lchamini kichrayishi oqibatida sog-2 ning gidrofob kanali bo'ylab metil guruhining faol bog'lanish markaziga tez duffuziya qilishi mumkin. 4-gidroksinimesulid suvda eruvchan birikma hisoblanadi, uni chiqarilishi uchun glutation va metabolizmning II bosqich kon'yugasiya reaktsiyasi (sulfat guruhini birikishi, glyukuron kislotasini birikishi va boshq.) talab etilmaydi. Nimesulidni T1/2 – 1,56-4,95 soat, 4-gidroksinimesulidniki – 2,89-4,78 soatni tashkil etadi. 4-gidroksinimesulid buyraklar orqali (65%) va safro bilan (35%) chiqariladi, enterogepatik resirkulyasiyaga uchraydi.

Farmakologik ta'siri

Nosteroid yallig'lanishga qarshi vosita. Yallig'lanishga qarshi, og'riq qoldiruvchi, isitmani tushiruvchi, antiagregant ta'sir ko'rsatadi. Boshqa NYAQP dan farqli ravishda, tsiklooksigenaza-2 (sog-2) ni selektiv susaytiradi, yallig'lanish o'chog'ida prostaglandinlar sintezini tormozlaydi; tsiklooksigenaza-1 (sog-1) ga yaqqolroq ifodalangan susaytiruvchi ta'sir ko'rsatadi (sog'lom to'qimalarda prostaglandinlar sintezini susayishi bilan bog'liq bo'lgan nojo'ya samaralarni kamroq chaqiradi).

Nojo'ya samaralari

Quyida keltirilgan nojo'ya reaktsiyalarning tez-tezligi quyidagicha aniqlanadi: juda keng tarqalgan (≥1/10), tarqalgan (>1/100, <1/10), tarqalmagan (>1/1000, <1/100), kam hollarda (>1/10 000, <1/1000), juda kam hollarda (<1/10 000), shu jumladan alohida holatlar.

Qon yaratilishini buzilishlari

Kam hollarda

Anemiya, eozinofiliya

Juda kam hollarda

Trombositopeniya, pantsitopeniya, pupura

Immun tizimi tomonidan buzilishlar

Kam hollarda

Yuqori sezuvchanlik reaktsiyalari

Juda kam hollarda

Anafilaksiya

Metabolizm buzilishlar

Kam hollarda

Giperkaliemiya

Ruhiy buzilishlar

Kam hollarda

Xavotirlik asabiylik, tungi dahshatlar

Nerv tizimi tomonidan buzilishlar

Tarqalmagan

Bosh aylanishi

Juda kam hollarda

Bosh og'rishi, uyquchanlik, entsefalopatiya (Reye sindromi)

Ko'rishni buzilishlari

Kam hollarda

Ko'rishni noaniqligi

Juda kam hollarda

Ko'rish patologiyasi

Eshitish va vestibulyar apparat buzilishlari

Juda kam hollarda

Bosh aylanishi

Yurak tomonidan buzilishlar

Kam hollarda

Taxikardiya

Qon tomirlar tomonidan buzilishlar

Tarqalmagan

Arterial gipertenziya

Kam hollarda

Qon ketishi, arterial bosim o'zgarib turishlari, qon quyilishlari

Nafas tizimi tomonidan buzilishlar

Tarqalmagan

Dispnoe

Kam hollarda

Bronxial astma, bronxospazm

Me'da-ichak yo'llari tomonidan buzilishlar

Tarqalgan

Diareya, ko'ngil aynishi, qusish

Tarqalmagan

Qabziyat, meteorizm, gastrit

Juda kam hollarda

Qorinda og'riq, dispepsiya, stomatit, melena, me'da-ichakdan qon ketishlari, me'da yoki o'n ikki barmoq ichak yarasi yoki perforasiyasi

Gepatobilyar tizimi tomonidan buzilishlar

Juda kam hollarda

Gepatit (shu jumladan tez davom etib o'limga olib keladigan) sariqlik, xolestaz

Teri va teri osti klechatkasi tomonidan buzilishlar

Tarqalmagan

Qichishish, toshma, ko'p terlash

Kam hollarda

Eritema, dermatit

Juda kam hollarda

Eshakemi, angionevrotik shish, shu jumladan yuz shishi, ko'p shaklli eritema, Stivens-Djonson sindromi, toksik epidermal nekroliz

Buyrak va siydik chiqarish yo'llari buzilishlari

Kam hollarda

Dizuriya, gematuriya, siydikni tutilishi

Juda kam hollarda

Buyrak etishmovchiligi, oliguriya, interstisial nefrit

Umumiy buzilishlar

Tarqalmagan

Shishlar

Kam hollarda

Umumiy lohaslik, asteniya

Juda kam hollarda

Gipotermiya

Laboratoriya ko'rsatkichlari

Tarqalgan

Jigar fermentlari faolligini oshishi

Maxsus ko‘rsatmalari

Yorug'likdan himoyalangan joyda 25С dan yuqori bo'lmagan haroratda saqlansin. 

Bolalar ololmaydigan joyda saqlansin.


Yaroqlilik muddati-3 yil.

O'ramida ko'rsatilgan yaroqlilik muddati o'tgach qo'llanilmasin

Qo'llanilishi

Revmatoid artrit, osteoartroz, turli etiologiyali artritlar, artralgiyalar, mialgiyalar, operasiyadan va jarohatdan keyingi og'riqlar, bursit, tendinit, algodismenoreya, tish og'rig'i va bosh og'rig'ida qo'llanadi. Preparat simptomatik davolash uchun mo'ljallangan, og'riq va yallig'lanishni preparatni qo'llash vaqtida kamaytiradi, kasallikni zo'rayishiga ta'sir qilmaydi.

Qo'llanilishi mumkin bo'lmagan holatlar

 Nimesulid yoki preparatning biron-bir komponentiga nisbatan yuqori sezuvchanlik, anamnezida atsetilsalisil kislotasi yoki boshqa NYAQP qo'llangandan keyin allergik reaktsiyalar (bronxospazm, rinit, eshakemi), zo'rayish bosqichidagi me'da yoki o'n ikki barmoq ichak yara kasalligi, anamnezida qaytalanuv yara kasalligi yoki me'da-ichak qon ketishlari, qon ivishi tizimini og'ir buzilishlari, og'ir yurak etishmovchiligi, buyrak funktsiyasining yaqqol buzilishlari (kreatinin klirensi<30 ml/min), anamnezida preparat qo'llanganida gepatotoksik reaktsiyalar, jigar etishmovchiligi 12 yoshgacha bo'lgan bolalar, homiladorlik va emizish davri, boshqa potentsial gepatotoksik dori vositalari bilan bir vaqtda buyurish, alkogolizm, doriga qaramlik, tana haroratini oshishi va/yoki grippsimon simptomlarda qo'llash mumkin emas.

Dori vositalarining o'zaro ta'siri

Nimesulid furosemidning biokiraolishligini pasaytirishi, plazma oqsillarining fenofibrat, salisil kislotasi, tolbutamid bilan bog'lanishiga raqobati sifatida namoyon bo'lishi to'g'risida ma'lumotlar bo'lgan. Avisil plazma oqsillarida salisil kislotasi va furosemidni (varfarin emas) o'rnini bosishi mumkin. Sulfonilmochevina saqlovchi turli preparatlar bilan davolangan diabeti bo'lgan bemorlarda, qonda qand miqdori va glyukoza bo'lgan toleranglikka ta'sir etuvchi preparatlarga hech qanday ta'sir ko'rsatmaydi. Nimesulidni buyrak gemodinamikasiga shikastlovchi ta'sir etuvchi siydik haydovchi vositalar bilan bir vaqtda qabul qilish tavsiya etilmaydi. 

To'yinmagan yog'kislotalarining fiziologik kontsentrasiyalari nimesulidning zardob albumini bilan bog'lanishiga ta'sir etmaydi. Gipoalbuminemiya yoki giperbilirubinemiyasi bo'lgan jigar tsirrozi yoki buyrak etishmovchiligi bo'lgan bemorlarda nimesulidni bog'lanishi pasayadi. Varfarin, furosemid, glibenklamid, talyuksifon, digitoksin terapevtik kontsentrasiyalarda nimesulidni bog'lanishiga ta'sir etmagan. Fenofibrat nimesulidni siqib chiqarishi mumkin. Nimesulid bor bo'lganda metotraksatning erkin fraktsiyalari ancha oshishi mumkin. 

Yurak etishmovchiligi kuchsiz namoyon bo'lgan bemorlarda nimesulidni terapevtik dozalarda qisqa muddat davomida ichga qabul qilish digoksinning zardobdagi profilini o'zgartirmaydi.

Ta'rifi

apelsin hidli oq rangdan och sariq ranggacha bo'lgan granulalangan kukun.

Dozirovkasi

Avisil ichga qabul qilinadi. 1 paketchadagi granulalarni 80-100 ml suvda eritiladi. Davolash davomiyligini klinik holatga bog'liq va iloji boricha qisqaroq bo'lishi kerak. 

Kattalar va 12-18 yoshdagi o'smirlar uchun tavsiya etiladigan doza 100 mg dan ovqatdan keyin sutkada 2 martani tashkil etadi. Keksa yoshdagi pasientlarda dozani kamaytirish talab etilmaydi. 

O'rtacha yaqqollikdagi buyrak etishmovchiligi bo'lgan (kreatinin klirensi minutiga 30-80 ml) bemorlar Avisilni yaxshi o'zlashtiradilar. Bunday bemorlar uchun dozani kamaytirish tavsiya etilmaydi. Buyrak funktsiyasining og'ir buzilishlarida (kreatinin klirensi<30 ml/min) preparatni qo'llash mumkin emas. 

Nojo'ya reaktsiyalarning rivojlanish xavfini iloji boricha kamaytirish maqsadida, minimal samarali doza eng qisqa muddat davomiyligida qabul qilinishi kerak. 

Avisilni maksimal qabul qilish davomiyligi 15 kundan oshmasligi kerak.

Diqqat: ushbu sahifadagi preparat tavsifi rasmiy yo‘riqnomaning soddalashtirilgan va to‘ldirilgan versiyasidir. Ma’lumot faqat tanishish maqsadida taqdim etilgan va o‘z-o‘zini davolash uchun qo‘llanma sifatida foydalanilmasligi kerak. Avisil granulalari 100 mg N30 preparatini qabul qilishdan oldin albatta shifokor bilan maslahatlashing

Avisil granulalari 100 mg N30 o'xshash dorilari

NUROFEN EKSPRESS kapsulalar  200mg N8
Retseptsiz
NUROFEN EKSPRESS kapsulalar 200mg N8
Niderlandlar
Ishlab chiqaruvchi:
Pateon Softdjels B.V., De Postoxooonstraat 7
•39 ta dorixonada bor
Narxi
29 700 so'm dan
NUROFEN bolalar uchun qulupnay ta’mli suspenziya 100ml 100mg/5ml
Retseptsiz
NUROFEN bolalar uchun qulupnay ta’mli suspenziya 100ml 100mg/5ml
Buyuk Britaniya
Ishlab chiqaruvchi:
Rekitt Benkizer Xelsker (Velikobritaniya) Limited
•7 ta dorixonada bor
Narxi
35 900 so'm dan
KETONAL FORTE tabletkalari 100mg N20
KETONAL FORTE tabletkalari 100mg N20
Sloveniya
Ishlab chiqaruvchi:
Sandoz Pharmaceuticals d.d., Sloveniya proizvedeno: Lek d.d.
•77 ta dorixonada bor
Narxi
33 000 so'm dan
XONDROKSID gel 30g 5%
Retseptsiz
XONDROKSID gel 30g 5%
Rossiya Federatsiyasi
Ishlab chiqaruvchi:
Nijfarm, AO
Narxi
45 000 so'm dan

Avisil granulalari 100 mg N30 analoglari

NAYZ gel 50 g 1%
NAYZ gel 50 g 1%
Hindiston
Ishlab chiqaruvchi:
D-r Reddi s Laboratoris Ltd
•4 ta dorixonada bor
Narxi
62 600 so'm dan
NAYZ gel 20 g 1%
NAYZ gel 20 g 1%
Hindiston
Ishlab chiqaruvchi:
D-r Reddi s Laboratoris Ltd
•123 ta dorixonada bor
Narxi
25 800 so'm dan
NIMULID gel 30 g 1%
Retseptli
NIMULID gel 30 g 1%
Hindiston
Ishlab chiqaruvchi:
Panacea Biotec Ltd
•22 ta dorixonada bor
Narxi
27 000 so'm dan
NAYZ tabletkalari 100mg N20
Retseptli
NAYZ tabletkalari 100mg N20
Hindiston
Ishlab chiqaruvchi:
Dr.Reddy's Laboratories Ltd
•72 ta dorixonada bor
Narxi
33 000 so'm dan
NIMID tabletkalari 100mg N10
Retseptli
NIMID tabletkalari 100mg N10
Hindiston
Vakil:
Kusum
Ishlab chiqaruvchi:
Kusum Healthcare Pvt. Ltd.
•3 ta dorixonada bor
Narxi
15 000 so'm dan
SUARON tabletkalari 100mg N20
SUARON tabletkalari 100mg N20
Gruziya
Vakil:
GMP
Ishlab chiqaruvchi:
GM Pharmaceuticals Ltd.
•3 ta dorixonada bor
Narxi
32 000 so'm dan
NIMID gel 30 g 10 mg/g
NIMID gel 30 g 10 mg/g
Hindiston
Vakil:
Kusum
Ishlab chiqaruvchi:
Kusum Healthcare Pvt. Ltd.
•5 ta dorixonada bor
Narxi
30 000 so'm dan
NAYZ gel 20g 1%
Retseptli
NAYZ gel 20g 1%
Hindiston
Ishlab chiqaruvchi:
Dr.Reddy's Laboratories Ltd
•123 ta dorixonada bor
Narxi
25 800 so'm dan
NIMESIL granulalari 100mg N30
Retseptli
NIMESIL granulalari 100mg N30
Italiya
Ishlab chiqaruvchi:
Laboratori Guidotti S.p.A. (Menarini Group), Italiya proizvedeno: Fine Foods Pharmaceuticals N.T.M. S.p.A.
•53 ta dorixonada bor
Narxi
4 444 so'm dan
NIMID tabletkalari 100mg N100
Retseptli
NIMID tabletkalari 100mg N100
Hindiston
Vakil:
Kusum
Ishlab chiqaruvchi:
Kusum Healthcare Pvt. Ltd.
•30 ta dorixonada bor
Narxi
78 100 so'm dan
FORSIL apelsin ta’mli kukun 3g N30
FORSIL apelsin ta’mli kukun 3g N30
O'zbekiston
Vakil:
Nika Pharm
Ishlab chiqaruvchi:
Nika Pharm
•37 ta dorixonada bor
Narxi
36 000 so'm dan
EMETRON tabletkalari 100 mg N20
Retseptli
EMETRON tabletkalari 100 mg N20
Makedoniya
Vakil:
VEGAPHARM
Ishlab chiqaruvchi:
Vegapharm LLP., Velikobritaniya proizvedeno: Replek Farm Ltd. Skopje
•2 ta dorixonada bor
Narxi
40 000 so'm dan

Avisil granulalari 100 mg N30 haqida savollar

Avisil granulalari 100 mg N30 haqida fikr-mulohazalar

Reyting 0, 0 ta sharh asosida

Ko‘rilgan mahsulotlar

Alifbo bo'yicha dori vositalar ro'yxati

scroll-top

Biz portalimiz ishini takomillashtirish maqsadida cookie-fayllardan foydalanamiz. Ishni davom ettirar ekansiz, ulardan foydalanishga rozilik bildirgan bo‘lasiz. Batafsil