Apteka.uz
SavatKirish

AVISIL

AVISIL chiqarilish shakllari

Avisil granulalari 100 mg N30
Avisil granulalari 100 mg N30
Hindiston
Ishlab chiqaruvchi:
Avantika Medex Pvt. Ltd
- AVISIL qabul qilish bo'yicha ma'lumot
- AVISILning tarkibi
- AVISIL ko'rsatmalar va qarshi ko'rsatmalar
- AVISIL narxi Toshkent dorixonalarida

AVISIL haqida qo'llanma

Qo'llanilishi mumkin bo'lmagan holatlar

 Nimesulid yoki preparatning biron-bir komponentiga nisbatan yuqori sezuvchanlik, anamnezida atsetilsalisil kislotasi yoki boshqa NYAQP qo'llangandan keyin allergik reaktsiyalar (bronxospazm, rinit, eshakemi), zo'rayish bosqichidagi me'da yoki o'n ikki barmoq ichak yara kasalligi, anamnezida qaytalanuv yara kasalligi yoki me'da-ichak qon ketishlari, qon ivishi tizimini og'ir buzilishlari, og'ir yurak etishmovchiligi, buyrak funktsiyasining yaqqol buzilishlari (kreatinin klirensi<30 ml/min), anamnezida preparat qo'llanganida gepatotoksik reaktsiyalar, jigar etishmovchiligi 12 yoshgacha bo'lgan bolalar, homiladorlik va emizish davri, boshqa potentsial gepatotoksik dori vositalari bilan bir vaqtda buyurish, alkogolizm, doriga qaramlik, tana haroratini oshishi va/yoki grippsimon simptomlarda qo'llash mumkin emas.

Tarkibi

Bir paketcha quyidagilarni saqlaydi: 

faol modda: 100 mg nimesulid 

yordamchi moddalar: maltodekstrin, natriy saxarin, saxaroza, suvsiz limon kislotasi, apelsin aromatizatori, natriy laurilsulfati, gidroksipropilmetilsellyuloza.

Farmakodinamikasi

Ichga qabul qilinganida so'rilishi – yuqori (ovqat qabul qilish so'rilish tezligini pasaytiradi, bunda so'rilish darajasiga ta'sir qilmaydi). Maksimal kontsentrasiyasiga Cmax erishish vaqti 1,5-2 soatni tashkil etadi. Plazma oqsillari bilan bog'lanishi – 95%, eritrositlar bilan – 2%, lipoproteinlar bilan – 1%, kislotali alfa-1-glikoproteid bilan 1% ni tashkil etadi. Dozasini o'zgartirish bog'lanish darajasiga ta'sir qilmaydi. Cmax – 3,5-6,5 mg/l. Vd – 0,19-0,35 l/kg. Yallig'lanish o'chog'ining nordon muhitiga (40%), sinovial suyuqlikka (43%) yaxshi o'tadi. Gistogematik to'siqlar orqali oson o'tadi. Jigarda to'qima monooksigenazalari bilan metabolizmga uchraydi. 4-gidroksinimesulid asosiy metaboliti (25%) o'xshash farmakologik faollikka ega, ammo molekulalar o'lchamini kichrayishi oqibatida sog-2 ning gidrofob kanali bo'ylab metil guruhining faol bog'lanish markaziga tez duffuziya qilishi mumkin. 4-gidroksinimesulid suvda eruvchan birikma hisoblanadi, uni chiqarilishi uchun glutation va metabolizmning II bosqich kon'yugasiya reaktsiyasi (sulfat guruhini birikishi, glyukuron kislotasini birikishi va boshq.) talab etilmaydi. Nimesulidni T1/2 – 1,56-4,95 soat, 4-gidroksinimesulidniki – 2,89-4,78 soatni tashkil etadi. 4-gidroksinimesulid buyraklar orqali (65%) va safro bilan (35%) chiqariladi, enterogepatik resirkulyasiyaga uchraydi.

Farmakologik ta'siri

Nosteroid yallig'lanishga qarshi vosita. Yallig'lanishga qarshi, og'riq qoldiruvchi, isitmani tushiruvchi, antiagregant ta'sir ko'rsatadi. Boshqa NYAQP dan farqli ravishda, tsiklooksigenaza-2 (sog-2) ni selektiv susaytiradi, yallig'lanish o'chog'ida prostaglandinlar sintezini tormozlaydi; tsiklooksigenaza-1 (sog-1) ga yaqqolroq ifodalangan susaytiruvchi ta'sir ko'rsatadi (sog'lom to'qimalarda prostaglandinlar sintezini susayishi bilan bog'liq bo'lgan nojo'ya samaralarni kamroq chaqiradi).

Maxsus ko‘rsatmalari

Yorug'likdan himoyalangan joyda 25С dan yuqori bo'lmagan haroratda saqlansin. 

Bolalar ololmaydigan joyda saqlansin.


Yaroqlilik muddati-3 yil.

O'ramida ko'rsatilgan yaroqlilik muddati o'tgach qo'llanilmasin

Dori vositalarining o'zaro ta'siri

Nimesulid furosemidning biokiraolishligini pasaytirishi, plazma oqsillarining fenofibrat, salisil kislotasi, tolbutamid bilan bog'lanishiga raqobati sifatida namoyon bo'lishi to'g'risida ma'lumotlar bo'lgan. Avisil plazma oqsillarida salisil kislotasi va furosemidni (varfarin emas) o'rnini bosishi mumkin. Sulfonilmochevina saqlovchi turli preparatlar bilan davolangan diabeti bo'lgan bemorlarda, qonda qand miqdori va glyukoza bo'lgan toleranglikka ta'sir etuvchi preparatlarga hech qanday ta'sir ko'rsatmaydi. Nimesulidni buyrak gemodinamikasiga shikastlovchi ta'sir etuvchi siydik haydovchi vositalar bilan bir vaqtda qabul qilish tavsiya etilmaydi. 

To'yinmagan yog'kislotalarining fiziologik kontsentrasiyalari nimesulidning zardob albumini bilan bog'lanishiga ta'sir etmaydi. Gipoalbuminemiya yoki giperbilirubinemiyasi bo'lgan jigar tsirrozi yoki buyrak etishmovchiligi bo'lgan bemorlarda nimesulidni bog'lanishi pasayadi. Varfarin, furosemid, glibenklamid, talyuksifon, digitoksin terapevtik kontsentrasiyalarda nimesulidni bog'lanishiga ta'sir etmagan. Fenofibrat nimesulidni siqib chiqarishi mumkin. Nimesulid bor bo'lganda metotraksatning erkin fraktsiyalari ancha oshishi mumkin. 

Yurak etishmovchiligi kuchsiz namoyon bo'lgan bemorlarda nimesulidni terapevtik dozalarda qisqa muddat davomida ichga qabul qilish digoksinning zardobdagi profilini o'zgartirmaydi.

Qo‘llash usuli va dozirovkasi

Avisil ichga qabul qilinadi. 1 paketchadagi granulalarni 80-100 ml suvda eritiladi. Davolash davomiyligini klinik holatga bog'liq va iloji boricha qisqaroq bo'lishi kerak. 

Kattalar va 12-18 yoshdagi o'smirlar uchun tavsiya etiladigan doza 100 mg dan ovqatdan keyin sutkada 2 martani tashkil etadi. Keksa yoshdagi pasientlarda dozani kamaytirish talab etilmaydi. 

O'rtacha yaqqollikdagi buyrak etishmovchiligi bo'lgan (kreatinin klirensi minutiga 30-80 ml) bemorlar Avisilni yaxshi o'zlashtiradilar. Bunday bemorlar uchun dozani kamaytirish tavsiya etilmaydi. Buyrak funktsiyasining og'ir buzilishlarida (kreatinin klirensi<30 ml/min) preparatni qo'llash mumkin emas. 

Nojo'ya reaktsiyalarning rivojlanish xavfini iloji boricha kamaytirish maqsadida, minimal samarali doza eng qisqa muddat davomiyligida qabul qilinishi kerak. 

Avisilni maksimal qabul qilish davomiyligi 15 kundan oshmasligi kerak.

Diqqat: ushbu sahifadagi preparat tavsifi rasmiy yo‘riqnomaning soddalashtirilgan va to‘ldirilgan versiyasidir. Ma’lumot faqat tanishish maqsadida taqdim etilgan va o‘z-o‘zini davolash uchun qo‘llanma sifatida foydalanilmasligi kerak. AVISIL preparatini qabul qilishdan oldin albatta shifokor bilan maslahatlashing
Manbalar ro‘yxati:

AVISIL haqida savollar

AVISIL haqida fikr-mulohazalar

Reyting 5.0, 1 ta sharh asosida

Alifbo bo'yicha dori vositalar ro'yxati

scroll-top

Biz portalimiz ishini takomillashtirish maqsadida cookie-fayllardan foydalanamiz. Ishni davom ettirar ekansiz, ulardan foydalanishga rozilik bildirgan bo‘lasiz. Batafsil