BARALGIN M 0,5 tabletkalari N20

BARALGIN M 0,5 tabletkalari N20 haqida qo'llanma
Farmakokinetikasi
Metamizol MITYda yaxshi va tez so'riladi. Peroral qabul qilingandan so'ng metamizol faol 4-N-metilaminoantipirin hosil bo'lishi bilan to'liq metabolizmga uchraydi.
Faol metabolitning qon plazmasi oqsillari bilan bog'lanishi - 50-60%.
Asosan buyraklar orqali chiqariladi. 1 g metamizol qabul qilingandan so'ng 4-N-metilaminoantipirin uchun buyrak klirensi 5 ml±2 ml/daqiqani tashkil etgan. T1/2 – 2,7 soat.
Terapevtik dozalarda ko'krak sutiga o'tadi. Jigar sirrozi bo'lgan bemorlarda 4-N- metilaminoantipirinning yarim chiqarilish davri 3 baravar oshgan va taxminan 10 soatni tashkil etgan.
Nojo'ya samaralari
Allergik reaksiyalar: eshakemi, shu jumladan kon'yunktiva va burun-halqum shilliq qavatlarida, Kvinke shishi, kamdan-kam hollarda - xavfli ekssudativ eritema (Stivens-Djonson sindromi), toksik epidermal nekroliz (Layell sindromi), bronxospastik sindrom, anafilaktik shok.
Qon yaratish a'zolari tomonidan: leykopeniya, kam hollarda immun genezli agranulotsitoz va trombotsitopeniya.
Siydik chiqarish tizimi tomonidan: buyrak funktsiyasining buzilishi, oliguriya, anuriya, proteinuriya; juda kam hollarda - o'tkir interstitsial nefrit rivojlanishi, siydikning qizil rangga bo'yalishi (rubazon kislotasi metaboliti ajralishi hisobiga).
Boshqalar: qon bosimining pasayishi, yurak ritmining buzilishi mumkin.
Qo'llanilishi mumkin bo'lmagan holatlar
— jigar porfiriyasi;
— tug'ma glyukoza-6- fosfat degidrogenaza tanqisligi;
— homiladorlikning I va III trimestri;
— bronxial astma (shu jumladan atsetilsalitsil kislotasi, salitsilatlar yoki boshqa nosteroid yallig'lanishga qarshi preparatlarni qabul qilish bilan induktsiyalangan);
— bronxospazm bilan kechuvchi kasalliklar;
— salitsilatlar, paratsetamol, diklofenak, ibuprofen, indometatsin, naproksenga javoban anafilaktoid reaktsiyalar (eshakemi, rinit, shish) rivojlanishi;
— jigar va buyrak faoliyatining yaqqol buzilishlari,
— qon yaratishning yaqqol buzilishlari (agranulotsitoz, tsitoplastik va infektsion neytropeniya);
— 15 yoshdan kichik bolalar qabul qilmasliklari kerak;
— metamizolga - faol moddaga, shuningdek preparatning boshqa komponentlariga, yoki boshqa pirazolonlarga (izopropilaminofenazol, propifenazon, fenazon yoki fenilbutazon) yuqori sezuvchanlik.
Dozirovkasi
Qabul qilish davomiyligi og'riq qoldiruvchi vosita sifatida tayinlanganda 5 kundan va isitmani tushiruvchi vosita sifatida 3 kundan oshmasligi kerak.
Tabletkalarni yetarli miqdordagi suv bilan ichish kerak. Preparatning sutkalik dozasini oshirish yoki davolash davomiyligini uzaytirish faqat shifokor nazorati ostida mumkin.
BARALGIN M 0,5 tabletkalari N20 o'xshash dorilari
















