Baralgin
Baralgin chiqarilish shakllari
Baralgin haqida qo'llanma
Qo‘llash ko‘rsatmalari
- Turli etiologiyali og'riq sindromi (o'tkir yoki surunkali): shu jumladan, bosh, tish, migren og'rig'i, nevralgiyalar, ildizcha sindromi, mushaklardagi og'riqlar, dismenoreyada. Baralgin M visseral kelib chiqishli og'riqlarda (buyrak, jigar, ichak sanchig'ida) spazmolitik vositalar bilan kombinatsiyada qo'llaniladi. Baralgin M jarrohlik va diagnostik aralashuvlardan keyin og'riqlarni kamaytirish uchun ishlatilishi mumkin. Shamollash va boshqa infektsion-yallig'lanish kasalliklarida yuqori tana harorati. Preparatni qo'llash maqsadga muvofiqligi har bir holatda isitmaning yaqqolligi, xarakteri va o'zlashtira olinishiga qarab hal qilinadi.
Qo'llanilishi mumkin bo'lmagan holatlar
- — jigar porfiriyasi; — tug‘ma glyukoza-6-fosfat degidrogenaza tanqisligi; — homiladorlikning I va IIl trimestri; — bronxial astma (shu jumladan atsetilsalitsil kislotasi, salitsilatlar yoki boshqa nosteroid yallig‘lanishga qarshi preparatlarni qabul qilish bilan induksiyalangan); — bronxospazm bilan kechuvchi kasalliklar; — salitsilatlar, paratsetamol, diklofenak, ibuprofen, indometatsin, naproksenga javoban anafilaktoid reaksiyalar (eshakemi, rinit, shish) rivojlanishi; — jigar va buyrak funksiyasining yaqqol buzilishlari; — qon yaratishning yaqqol buzilishlari (agranulotsitoz, tsitoplastik va infeksion neytropeniya); — 3 oylikkacha bo‘lgan yoki tana vazni 5 kg dan kam bo‘lgan yangi tug‘ilgan chaqaloqlarga mumkin emas; — metamizolga — faol moddaga, shuningdek preparatning boshqa komponentlariga yoki boshqa pirazolonlarga (izopropilaminofenazol, propifenazon, fenazon yoki fenilbutazon) yuqori sezuvchanlik
Tarkibi
- 500 mg metamizol natriy. Yordamchi moddalar: magniy stearati, polietilenglikol 4000. metamizol natriy 500 mg/ml Yordamchi moddalar: in'ektsiya uchun suv. metamizol natriy 500 mg Yordamchi moddalar: makrogol 4000 - 47 mg, magniy stearati - 3 mg
Farmakokinetikasi
Farmakologik ta'siri
Nojo'ya ta'sirlar
- Allergik reaktsiyalar: eshakemi, shu jumladan kon'yunktiva va burun-halqum shilliq qavatlarida, Kvinke shishi, kamdan-kam hollarda - xavfli ekssudativ eritema (Stivens-Djonson sindromi), toksik epidermal nekroliz (Layell sindromi), bronxospastik sindrom, anafilaktik shok. Qon yaratish organlari tomonidan: leykopeniya, kamdan-kam hollarda agranulotsitoz va immun genezli trombotsitopeniya. Siydik chiqarish tizimi tomonidan: buyrak funktsiyasining buzilishi, oliguriya, anuriya, proteinuriya, juda kamdan-kam hollarda o'tkir interstitsial nefrit rivojlanishi, siydikning qizil rangga bo'yalishi (metabolit - rubazon kislotasi ajralishi hisobiga). Mahalliy reaktsiyalar: m/o yuborilganda yuborish joyida infiltratlar bo'lishi mumkin. Boshqalar: AB pasayishi, yurak ritmining buzilishi bo'lishi mumkin.
Dozirovkasi
- 500 mg 500 mg/ml
Dozani oshirib yuborilishi
Dori shaklining ta'rifi
- Oqdan deyarli oq ranggacha bo'lgan dumaloq, yassi tabletkalar, bir tomonida 'Baralgin M" gravirovkasi va ikkinchi tomonida ajratuvchi chiziqchasi bor. Oqdan deyarli oq ranggacha bo'lgan dumaloq, yassi tabletkalar, bir tomonida 'Baralgin M" gravirovkasi va ikkinchi tomonida ajratuvchi chiziqchasi bor. Inyeksiya uchun eritma tabletkalar
Maxsus saqlash sharoitlari
Sitostatik vositalarni olayotgan bemorlarni davolashda metamizol natriyni qabul qilish faqat shifokor nazorati ostida amalga oshirilishi kerak.
Homiladorlik vaqtida, ayniqsa dastlabki 3 oyda va oxirgi 3 oyda hech qanday nosteroid yallig'lanishga qarshi vositalarni qo'llash mumkin emas.
Atopik bronxial astma va pollinozlari bo'lgan bemorlarda yuqori sezuvchanlik reaksiyalari rivojlanishi xavfi yuqori. Uzoq muddat qo'llanilganda periferik qon manzarasini nazorat qilish zarur. Metamizol natriy qabul qilish fonida agranulotsitoz rivojlanishi mumkin, shu munosabat bilan haroratning asossiz ko'tarilishi, qaltirash, tomoqda og'riq, yutinish qiyinlashishi, stomatit, og'iz bo'shlig'ining eroziv-yarali shikastlanishlari, vaginit yoki proktit aniqlanganda preparatni zudlik bilan bekor qilish zarur. Preparatni qorindagi o'tkir og'riqlarni qoldirish uchun ishlatish mumkin emas (sababi aniqlangungacha).
Sistolik qon bosimi 100 mm sim. ust. dan past bo'lgan bemorlarga yoki qon aylanishi beqarorligida (masalan, miokard infarktida boshlanayotgan og'ir qon aylanishi buzilishi, ko'p sonli jarohat, boshlanayotgan shok holatida), anamnestik ko'rsatmalarda buyrak kasalliklari (pielonefrit, glomerulonefrit) bo'lgan va uzoq muddatli alkogolli anamnezda alohida ehtiyotkorlik talab etiladi.
Homiladorlik va emizish
Homiladorlikning dastlabki va oxirgi uch oyligi davomida Baralgin M ni qabul qilish mumkin emas. Homiladorlikning to'rtinchidan oltinchi oylarigacha Baralgin M ni qabul qilish qat'iy tibbiy ko'rsatmalar bo'yicha amalga oshirilishi kerak.
Baralgin M qabul qilingandan so'ng emizish 48 soatga to'xtatilishi kerak.
Dori vositalarining o'zaro ta'siri
Nojo'ya samaralari
Allergik reaksiyalar: eshakemi, shu jumladan kon'yunktiva va burun-halqum shilliq qavatlarida, Kvinke shishi, kamdan-kam hollarda - xavfli ekssudativ eritema (Stivens-Djonson sindromi), toksik epidermal nekroliz (Layell sindromi), bronxospastik sindrom, anafilaktik shok.
Qon yaratish a'zolari tomonidan: leykopeniya, kam hollarda immun genezli agranulotsitoz va trombotsitopeniya.
Siydik chiqarish tizimi tomonidan: buyrak funktsiyasining buzilishi, oliguriya, anuriya, proteinuriya; juda kam hollarda - o'tkir interstitsial nefrit rivojlanishi, siydikning qizil rangga bo'yalishi (rubazon kislotasi metaboliti ajralishi hisobiga).
Boshqalar: qon bosimining pasayishi, yurak ritmining buzilishi mumkin.
- 1. Dori vositalari va tibbiy buyumlar Davlat reestri (O‘zbekiston Respublikasi)
- 2. Ishlab chiqaruvchining rasmiy yo‘riqnomasi
- 3. Anatomik-terapevtik-kimyoviy tasnif (ATX)
















