Apteka.uz
SavatKirish

BioGaia Probiotik tomchilar 5ml

Mahsulot haqida tafsilotlar
Ishlab chiqarilgan joyi:Shvetsiya
Kategoriya:Dori vositalari
Ishlab chiqaruvchi:BioGaya AB, Kungsbroplan 3
Barcha BIOGAIA dorilari
Mavjud emas
Dorixonadan topish
To‘lov va yetkazib berish usullari Toshkentda
Olib ketish
Ertaga yoki keyinroq 0 ta dorixonadan
Dorixonada karta yoki naqd to‘lov
Yetkazib berish
2 soat ichida yoki ertaga, yetkazib berish narxi onlayn dorixonada ko‘rsatilgan tarif bo‘yicha. Onlayn yoki kuryerga to‘lov
Biologik aktiv qo'shimcha (BAQ). Ushbu mahsulot dori vositasi emas

BioGaia Probiotik tomchilar 5ml haqida qo'llanma

Saqlash shartlari

Quruq, bevosita quyosh nurlaridan himoyalangan va bolalar qo’li etmaydigan joyda 25 °C dan yuqori bo’lmagan haroratda saqlang.

Tarkibi va ishlab chiqarilish shakli

5 tomchi tarkibi:

tashuvchi – kungaboqar yog’i; faol moddasi kamida 108 (100 mln) Lactobacillus reuteri DSM 17938 yashash qobiliyatiga ega bakteriyalari; tashuvchisi to’liq gidrogenlangan raps yog’i. Tarkibida GMO yo’q. Laktoza va sut oqsillarini o’z ichiga olmaydi. Konservantlarsiz.
* Lactobacillus reuteri DSM 17938 yetishtiriluvchi aralashmasining taxminan 10% mono- va disaxaridlardan iborat bo’lib, ularning 5% ni saxaroza tashkil qiladi.
L. reuteri Protectisтм ichaklar mikroflorasining fiziologik muvozanatini va ovqat hazm qilish jarayonini saqlab turadi va tartibga soladi. L. reuteri Protectisтм laktozaning parchalanishiga yordam beradi, shu bilan birga, sut va sirka kislotalarini ishlab chiqaradi va ovqat hazm qilish tizimidagi patogen va shartli- patogen mikroorganizmlarga nisbatan, shu jumladan Helicobacter pylori ga nisbatan antagonistik faollikka ega bo’lgan reuterin, reytrotsiklin va boshqa moddalarning shakllanishiga yordam beradi. Shunday qilib, L. reuteri Protectisтм ovqat hazm qilish tizimining tabiiy himoyasini oshiradi va ichaklarning normal mikrobiotsenozini shakllantirish uchun qulay sharoit yaratadi. L. reuteri Protectisтм ning ta’siri organizmning infektsiyalarga qarshi birinchi himoya chizig’i sifatidagi ichaklar immunitet tizimini faollashtirish qobiliyati bilan bog’liq. L. reuteri Protectisтм me’da shirasi va o’t tuzlariga chidamli.

Chiqarish shakli va qadoqlanishi:

Diskli namyutgich va dozalagich bilan to`q shisha flakondagi 5 ml tomchilar karton qutiga kiritma varaq bilan birga solingan

Nojo'ya samaralari

Aniqlanmagan.

Maxsus ko‘rsatmalari

Dori vositasi emas.

Qo'llanilishi

BioGaya Probiotik. Bolalar uchun tomchilar / BioGaiaтм Probiotic. Drops for babу ichaklarning funksional holatini saqlab turish uchun L. reuteri Protectisтм tirik sut kislotasi bakteriyalarining qo’shimcha manbai sifatida tavsiya etiladi.

Qo'llanilishi mumkin bo'lmagan holatlar

Mahsulot tarkibiy qismlariga yuqori sezuvchanlik.

Dori vositalarining o'zaro ta'siri

BioGaya Probiotik. Bolalar uchun tomchilar/BioGaiaтм Probiotic. Drops for babу antibiotiklar va boshqa dori vositalari bilan bir vaqtda qo’llanilishi mumkin.

Dozirovkasi

Qo’llashdan oldin shifokor bilan maslahatlashish lozim. Hayotning birinchi kunlaridan boshlab, bolalar uchun kuniga 1 marta 5 tomchidan. Kattalar uchun kuniga 1-2 marta 5 tomchidan. Qo’llash muddati kasallikning sababiga va organizmning individual xususiyatlariga bog’liq. Qo’llashdan oldin yaxshilab silkiting! BioGaya Probiotik.
Bolalar uchun tomchilar/ BioGaiaтм Probiotic. Drops for babу qoshiqda beriladi, sut, suv, boshqa suyuqlik yoki ovqatga qo’shilishi mumkin (preparat ularning ta’mini o’zgartirmaydi). Issiq ovqatga qo’shmang.

Yaroqlilik muddati (oy)

Yaroqlilik muddati - ishlab chiqarilgan sanadan boshlab 24 oy.
Shisha idishni ochgandan so’ng, 25 °C dan yuqori bo’lmagan haroratda 3 oy davomida saqlang.

Diqqat: ushbu sahifadagi preparat tavsifi rasmiy yo‘riqnomaning soddalashtirilgan va to‘ldirilgan versiyasidir. Ma’lumot faqat tanishish maqsadida taqdim etilgan va o‘z-o‘zini davolash uchun qo‘llanma sifatida foydalanilmasligi kerak. BioGaia Probiotik tomchilar 5ml preparatini qabul qilishdan oldin albatta shifokor bilan maslahatlashing

BioGaia Probiotik tomchilar 5ml o'xshash dorilari

RADOKSIL tabletkalari N30
RADOKSIL tabletkalari N30
Turkiya
Ishlab chiqaruvchi:
“Tocura Ilac San. ve Tic. A.S.”
Narxi
179 999 so'm dan
LONGIDAZA suppozitorii 3000me N10
LONGIDAZA suppozitorii 3000me N10
Rossiya Federatsiyasi
Vakil:
Petrovaks
Ishlab chiqaruvchi:
Petrovaks Farm NPO, OOO
Narxi
370 000 so'm dan
ERATON tabletkalari N30
ERATON tabletkalari N30
Turkiya
Ishlab chiqaruvchi:
Rad Gida Laboratuvari ve Ilac Sanayi Ticaret Limited
Narxi
116 300 so'm dan
Narxi
542 800 so'm dan
Analoglar BioGaia Probiotik tomchilar 5ml
Analoglari yo'q

BioGaia Probiotik tomchilar 5ml haqida savollar

BioGaia Probiotik tomchilar 5ml haqida fikr-mulohazalar

Reyting 0, 0 ta sharh asosida

Ko‘rilgan mahsulotlar

Alifbo bo'yicha dori vositalar ro'yxati

scroll-top

Biz portalimiz ishini takomillashtirish maqsadida cookie-fayllardan foydalanamiz. Ishni davom ettirar ekansiz, ulardan foydalanishga rozilik bildirgan bo‘lasiz. Batafsil