Ташкент
logo
SavatKirish

BRALEKORD eritma 100 ml

Mahsulot haqida tafsilotlar
Ishlab chiqarilgan joyi:O'zbekiston
Kategoriya:Dori vositalari
Faol modda:Arginin, Sitikolin
Ishlab chiqaruvchi:Temur Med Farm, OOO
Barcha Bralekord dorilari
18 ta dorixonada bor
Narxi 177 500 so'm dan
Dorixonadan topish
To‘lov va yetkazib berish usullari Toshkentda
Olib ketish
Ertaga yoki keyinroq 18 ta dorixonadan
Dorixonada karta yoki naqd to‘lov
Yetkazib berish
2 soat ichida yoki ertaga, yetkazib berish narxi onlayn dorixonada ko‘rsatilgan tarif bo‘yicha. Onlayn yoki kuryerga to‘lov

BRALEKORD eritma 100 ml o'xshash dorilari

ANEYRIUM 0,5 kapsulalar  N 20
ANEYRIUM 0,5 kapsulalar N 20
O'zbekiston
Vakil:
WELFAR VST
Ishlab chiqaruvchi:
OOO «HVARA»
SLIPOMELL kapsulalar  0,5 N 20
SLIPOMELL kapsulalar 0,5 N 20
O'zbekiston
Vakil:
WELFAR VST
Ishlab chiqaruvchi:
OOO «HVARA»
•2 ta dorixonada bor
Narxi
85 800 so'm dan
RADOKSIL tabletkalari N30
RADOKSIL tabletkalari N30
Turkiya
Ishlab chiqaruvchi:
“Tocura Ilac San. ve Tic. A.S.”
Narxi
178 000 so'm dan

BRALEKORD eritma 100 ml qo'llanmasi

Saytda e'lon qilingan ma'lumotlar mutaxassislar uchun mo'ljallangan. O'zingizni-o'zingiz davolash bilan shug'ullanmang. Sog'lig'ingizga zarar bermaslik uchun mutaxassis bilan maslahatlashishga ishonch hosil qiling!
Tarkibi

Ta’sir etuvchi moddalar: Sitikolin natriya (1g sitikolin moddasi hisobida) – 1,045 g, arginin gidroxlorid – 4,2 g, levokarnitin – 2 g;

Yordamchi modda: in’eksiya uchun suv.

Tarkibi va ishlab chiqarilish shakli

Infuziya uchun eritma. 50 ml, 100 ml, 200 ml shisha flakonlarda.

Farmakodinamikasi

Bralekord tarkibida sitikolin, arginin va levokarnitin faol moddalar sifatida mavjud.

Sitikolin neyronlarning membranasidagi strukturaviy fosfolipidlarning biosintezini rag‘batlantiradi, membranalarning funksiyalarini yaxshilaydi, shu jumladan ion almashinadigan nasoslar va neyroretseptorlarning ishlashini yaxshilaydi. Sitikolin membranani barqarorlashtiruvchi ta’siri tufayli shishlarni yo‘qotish xususiyatiga ega, shuning uchun miya shishini kamaytiradi. Tadqiqot natijalari shuni ko‘rsatdiki, sitikolin ba’zi fosfolipaza faolligini ingibirlaydi, erkin radikallarning qoldiq shakllanishiga to‘sqinlik qiladi, membrana tizimlarining shikastlanishiga yo‘l qo‘ymaydi va himoya antioksidant tizimining saqlanishini ta’minlaydi.

Sitikolin shikastlangan to‘qima hajmini pasaytiradi, hujayralar o‘limining oldini oladi, apoptoz mexanizmlariga ta’sir qiladi va xolinergik uzatishni yaxshilaydi. Sitikolin shuningdek miya insultiga profilaktik neyroprotektiv ta’sirga ega.

Sitikolin miya qon aylanishining o‘tkir buzilishi bo‘lgan bemorlarning tezkor funksional reabilitatsiyasiga yordam beradi, miya to‘qimalariga ishemik zararni kamaytiradi, bu rentgenologik tadqiqotlar natijalari bilan tasdiqlangan.

Miya travmatik jarohatlarini tiklanish davrini qisqartiradi va travmadan keyingi sindromning intensivligini pasaytiradi.

Sitikolin miya faoliyati darajasini oshirishga yordam beradi, amneziya darajasini pasaytiradi, miya yarim ishemiyasida kuzatiladigan kognitiv, sezgir va motorli kasalliklar holatini yaxshilaydi.

Arginin (α-amino-δ-guanidinovalerian kislotasi) – aminokislota bo‘lib, shartli almashinmaydigan aminokislotalar sinfiga kiradi va organizmning ko‘psonli hayotiy muhim faoliyatlarning faol va har tomonlama xujayra regulyatori hisoblanib, organizmning og‘ir holatida muhim protektor samara ko‘rsatadi. Arginin gidroxloridi antigipoksik, membranani barqarorlashtiruvchi, sitoprotektor, antioksidant, antiradikal, dezintoksikatsion faollik ta’sir ko‘rsatib, oraliq almashinuv va energiya bilan ta’minlash jarayonlarini faol boshqaruvchisi sifatida namoyon bo‘ladi, organizmda gormonal balansni tutib turishda ma’lum rol o‘ynaydi. Ma’lumki arginin qonda insulin, glyukagon, somatotrop gormonlar va prolaktinlar miqdorini oshiradi, prolin, poliamin, agmatin sintezida ishtirok etadi, fibrinogenoliz, spermatogenez jarayonlariga kirishadi, membranani qutbsizlantiruvchi ta’sir ko‘rsatadi. Arginin gidroxloridi endoteliotsitlarda azot oksidi sintezini katalizatsiya qiladigan NO-sintaza-fermentiga substrat hisoblanadi. Preparat guanilatsiklazani faollashtiradi va qon tomirlar endoteliysida siklik guanidinmonofosfat (sGMF) miqdorini oshiradi, qon tomirlar endoteliyida trombotsitlar va leykotsitlar faolligi va adgeziyasini kamaytiradi, adgeziyalovchi proteinlar VCAM-1 va MSR-1 sintezini bostiradi va shu bilan aterosklerotik blyashalarning hosil bo‘lishi va rivojlanishini oldini oladi, qon tomirlar devoridagi silliq miotsitlar migratsiyasi va proliferatsiyasi stimulyatori va kuchli vazakonstriktor bo‘lgan endotelin-1 sintezini bostiradi. Arginin gidroxloridi shuningdek oksidativ stressning kuchli endogen stimulyatori – assimetrik dimetilarginin sintezini bostiradi. Preparat T-hujayralarni ishlab chiqaruvchi ayrisimon bezining faoliyatini rag‘batlantiradi, jismoniy yuklama vaqtida qondagi glyukoza miqdorini boshqaradi. Yaqqol kislota hosil qiluvchi ta’sir ko‘rsatadi va kislota-ishqor muvozanatini muvofiqlashtirishga olib keladi.

Levokarnitin B guruhi vitaminlari bilan bog‘liq bo‘lgan tabiiy moddadir. U metabolik jarayonlarda hujayra membranalari orqali sitoplazmadan mitoxondriyaga yog‘ kislotalarini tashuvchisi sifatida ishtirok etadi, bu yerda ular ATF shaklida ko‘p miqdordagi metabolik energiya hosil qilib beta-oksidlanishga uchraydi, lipid peroksidatsiyasini oldini oladi va antioksidant ta’sirga ega. Lipoliz jarayonlarini kuchaytirib, yog‘larni erituvchi ta’siriga ega va giperlipidemiyani yo‘q qiladi, antiaterosklerotik xususiyatlarga ega. Fosfolipidlar, sfingomiyelin, serebrosidlar, atsetilxolin sintezida ishtirok etib, u membranani himoya qiluvchi, neyrotrofik ta’sirga ega, asab impulslarining uzatilishini normallashtiradi.

Levokarnitin - oqsil va yog‘ almashinuvini normallashtiradi, gidroksidi qon zahirasini tiklaydi, keto kislotalar va anayerob glikolizning hosil bo‘lishini ingibirlaydi, lakto atsidozni pasaytiradi, to‘qimalarning gipoksiyaga chidamliligini oshiradi, shuningdek, motor faolligini oshiradi va jismoniy mashqlar bajarish saloxiyatini oshiradi, natijada glikogeng tejaladi va uning jigarda zaxirasi ortadi. Levokarnitin anabolik ta’sirga ega, tiroksinning qisman antagonisti xisoblanib gipertireozda kuchaygan metabolizmni normallashtiradi, me’da shirasining ajralishini rag‘batlantiradi, oqsil va uglevodlar molekulalarining parchalanishini sekinlashtiradi. Tananing ortiqcha vaznini pasaytiradi va mushaklardagi yog‘ni kamaytiradi. U neyrotrofik ta’sirga ega, apoptoz rivojlanishini ingibirlaydi, ta’sirlangan hududni cheklaydi va asab to‘qimalarining tuzilishini tiklaydi.

Farmakokinetikasi

Bralekord tomir ichiga yuborilganda yaxshi so‘riladi. Parenteral usulda yuborilganda u barcha to‘qimalarga yaxshi kirib boradi, skelet mushaklari va miokardda yuqori konsentratsiyalar hosil bo‘ladi. Buyraklar tomonidan asosan atsil efirlari shaklida ajraladi, erkin karnitin esa qayta so‘riladi. Preparat ichak va jigarda metabollanib, xolin va sitidin hosil qiladi. Qo‘llashdan keyin sitikolin miya to‘qimalari tomonidan so‘riladi, xolinlar fosfolipidlarga, sitidin esa sitidin nukleoidlari va nuklein kislotalariga ta’sir qiladi. Sitikolin tezda miya to‘qimalariga yetib boradi va hujayralar membranalariga, sitoplazma va mitoxondriyalarga faol qo‘shilib, fosfolipidlar faolligini oshiradi.

Uzluksiz infuziya bilan qon plazmasidagi arginin gidroxloridning maksimal kontsentratsiyasiga yuborish boshlangandan 20-30 daqiqadan so‘ng erishiladi. Arginin gidroxloridi platsent to‘sig‘iga kirib boradi, buyrak kalavasida filtrlanadi, ammo buyrak kanallarida deyarli to‘liq qayta so‘riladi.

Yuborilgan dozaning ozgina qismi siydik va najas bilan chiqariladi (3% dan kam). Yana dozaning taxminan 12% nafas yo‘llari orqali chiqariladi. Preparatning siydik va nafas yo‘llari orqali chiqarilishi ikki bosqichga ega: birinchi faza tez ajraladi (siydik bilan - dastlabki 36 soat ichida, nafas olish yo‘llari orqali - dastlabki 15 soat ichida), ikkinchi faza sekin ajralib chiqadi. Sitikolin va levokarnitin dozasining asosiy qismi metabolik jarayonlarda ishtirok etadi.

Dori shakli

Infuziya uchun eritma

Nojo'ya samaralari

Umumiy no’jo‘ya ta’sirlar: gipertermiya, qizish xissi, tana og‘rig‘i.

Mushak-skelet tizimidan: bo‘g‘inlarda og‘riq.

Ruhiy kasalliklar: gallyutsinatsiyalar, vahima hujumi

Asab tizimidan: kuchli bosh og‘rig‘i, bosh aylanishi, qo‘rquv, zaiflik, sudorgi, titroq, ko‘pincha infuziya tezligi oshib ketganda.

Yurak-qon tomir tizimi tomonidan: arterial gipotenziya, taxikardiya, qon bosimining o‘zgarishi, yurak urishining o‘zgarishi, yurak mintaqasidagi og‘riq.

Nafas olish tizimidan: nafas qisilishi.

Ovqat hazm qilish traktidan: og‘iz qurushi, ko‘ngil aynishi, qusish, diareya.

Elektrolitlar muvozanati: kaliy darajasining o‘zgarishi, xloridli atsidoz.

Immunitet tizimidan: titroq, shish, allergik reaktsiyalar, shu jumladan: toshma, purma, qichishish, angioyedema, anafilaktik shok, tana haroratining ko‘tarilishi, haddan tashqari terlash, yo‘talish, aksirish, nafas olish qiyinlashishi, mahalliy yoki umumiy urtiker.

Infuziya joyidagi o‘zgarishlar: shish, toshma, qichishish, og‘riq, qizish xissi.

Noqulay reaksiyalar yuzaga kelganda, eritmaning yuborilishini to‘xtatish, bemorning ahvolini baholash va tegishli yordamni ko‘rsatish kerak.

Qo'llanilishi

Miyada qon aylanish buzilishining o‘tkir bosqichida, xamda ushbu buzilishlarining asoratlari va oqibatlarida.
• Miya shikastlanishi va uning oqibatlarida.
• Miya patologiyasining degenerativ va qon tomirlar buzilishlarida kelib chiqadigan asab kasalliklarida (kognitiv, sezgir, motorli).
• Gipoksik holatlarda.
• Kardiomiopatiya, miokard distrofiyasi, yurak ishemik kasalligida (stenokardiya, o‘tkir miokard infarkti, postinfarkt holatlari), CHF, yurak lipidozi, ateroskleroz, ritm va o‘tkazuvchanlikning buzilishlarida;
• Asabiy anoreksiya sindromi (anoreksiya nervoza) va ruhiy kasalliklarda jismoniy charchoq;

Qo'llanilishi mumkin bo'lmagan holatlar

Dori tarkibiy qismlariga yuqori sezuvchanlikda
• parasempatik nerv tizimida tonusning ortishida ;
• gipervolemiya, gipernatremiya, giperkalemiya, giperxloremiya, alkaloz, sut kislotali atsidozda;
• og‘ir arterial gipertenziya, dekompensatsiyalangan yurak etishmovchiligida
• oliguriya, anuriya
• o‘tkir buyrak etishmovchiligida
• hujayradan tashqari gipergidratatsiyada;

Dori vositalarining o'zaro ta'siri

Preparatni qabul qilishdan oldin shiforkor bilan boshqa dorilar bilan o‘zaro tasirini maslaxatlashing.

Sitikolin levodopaning ta’sirini kuchaytiradi.

Melofenoksat tarkibli dorilar bilan bir vaqtda preparatni qo‘llash mumkin emas.

Preparat sefamandol, amfoteritsin, etil spirt, tiopental, aminokapron kislota, metaraminol, ampitsillin, Vibramitsin va monotsiklin bilan qo‘llanilmaydi.

Aminofilin bilan bir vaqtning o‘zida foydalanilsa qonda insulin miqdorini oshishiga olib kelishi mumkin.

Arginin gidroxloriddan foydalanganda, preparat spironolaktonni qabul qilayotgan yoki qabul qilayotgan bemorlarda buyrak etishmovchiligi fonida og‘ir va doimiy giperkalemiya keltirib chiqarishi mumkinligini yodda tutish kerak. Oldindan kaliyni tejaydigan diuretiklarni qo‘llash qonda kaliy miqdorini oshirishi mumkin. Aminofilin bilan bir vaqtning o‘zida foydalanish bilan qonda insulin miqdorini oshirish mumkin.

Glyukokortikoidlarning to‘qimalarda to‘planishini oshiradi (jigardan tashqari), boshqa anabolik steroidlar ta’sirni kuchaytiradi.

Ta'rifi

Rangsiz yoki biroz sariq rangli eritma.

Dozirovkasi

Vena ichiga yuborish uchun.

Kattalar uchun tavsiya etilgan dozasi tomchilatib yuborish shaklida kuniga 50 ml dan 200 ml gacha (daqiqada 30-60 tomchi).

Davolash: dastlabki 2 hafta, kuniga 2 marta 50-100 mldan. Maksimal sutkalik doza 200 ml ni tashkil qiladi.

O‘tkir va shoshilinch holatlarda, preparat dastlabki 24 soat ichida ishlatilsa, maksimal terapevtik ta’sirga erishiladi.

Preparatning dozalarini va davolanish davomiyligini miyaning shikastlanish darajasiga va boshqa kasalliklarga qarab individual belgilanadi.

Keksa bemorlarda dozani sozlash talab qilinmaydi.

Bolalarda preparatni qo‘llash bo‘yicha ma’lumotlar etarli emas.

Dozani oshirib yuborilishi

Simptomlar: buyrak yetishmovchiligi, gipoglikemiya, metabolik atsidoz.

Davolash: Dozani oshirib yuborish holatida preparat infuziyasini to‘xtatish kerak. So‘ngra fiziologik reaksiyalarni nazorat qilish va hayotiy funksiyalarni ta’minlash kerak. Agar kerak bo‘lsa, ishqoriy moddalar va diurezni o‘rnatuvchi uchun vositalar (saluretiklar), elektrolitlar eritmalari (0,9% natriy xlorid eritmasi, 5% glyukoza eritmasi) yuboriladi. Davolash simptomatikdir.

Ehtiyot choralari

Doimiy intrakranial qon ketish holatida kuniga dozani 100 mldan va infuziya tezligini daqiqasiga 30 tomchidan oshirmaslik kerak.

Yuqori sezuvchanlik reaksiyasining har qanday namoyon bo‘lishi holatida darhol eritmaning kiritilishini to‘xtatish va kerakli davolanishni amalga oshirish zarur.

Buyrak yetishmovchiligi bo‘lgan bemorlarda diurez va plazmadagi kaliy miqdorini infuziyani boshlashdan oldin tekshirilishi kerak, chunki preparat giperkalemiya rivojlanishiga yordam berishi mumkin.

Ichki sekretsiya bezlari funksiyalarini buzilishida extiyotkorlik bilan qo‘llash lozim. Preparat insulin va o‘sish gormoni sekretsiyasini rag‘batlantirishi mumkin.

Agar og‘iz qurushi kuzatilsa, qonda qand miqdorini tekshirish kerak.

Elektrolitlar almashinuvi buzilishi, buyrak kasalliklarida ehtiyotkorlik bilan qo‘llash kerak. Agar preparatni qabul qilish paytida asteniya belgilari kuchayib ketsa, davolanishni bekor qilish kerak.

Stenokardiya buzilishlari mavjud bemorlarda ehtiyotkorlik bilan foydalaning.

Homiladorlik yoki laktatsiya davrida qo‘llash.

Bralekordni homilador ayollarda qo‘llash haqida ma’lumot yo‘q. Preparatning ona sutiga chiqarilishi va uning homilaga ta’siri haqida ma’lumotlar noma’lum. Shuning uchun homiladorlik va emizikli davrda preparat qo‘llash mumkin emas.

Avtotransport vositalarini yoki boshqa mexanizmlarni boshqarishda reaksiya tezligiga ta’sir qilish qobiliyati.

Ba’zi hollarda markaziy asab tizimining yon reaksiyalari transport vositalarini boshqarish yoki mexanizmlarni boshqarish qobiliyatiga ta’sir qilishi mumkin.

Analoglar BRALEKORD eritma 100 ml
Analoglari yo'q

BRALEKORD eritma 100 ml savollari

BRALEKORD eritma 100 ml fikr-mulohazalari

Reyting 0, 0 ta sharh asosida

Alifbo bo'yicha dori vositalar ro'yxati

scroll-top

Biz portalimiz ishini takomillashtirish maqsadida cookie-fayllardan foydalanamiz. Ishni davom ettirar ekansiz, ulardan foydalanishga rozilik bildirgan bo‘lasiz. Batafsil